Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

haqqoniy qiymat xeji

: tan olingan aktivning yoki majburiyatning yoki tan 

olinmagan  qat’iy  kelishuvning,  yoki  bunday  aktivning,  majburiyatning  yoki  qat’iy 

kelishuvning aniqlanadigan qismining, haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlarga duchorlik 

riskining  xeji  bo’lib,  u  muayyan  riskga  tegishli  bo’ladi  va  foyda  yoki  zararga  ta’sir 

etishi mumkin.  

(b) 

pul  oqimi  xeji

:  pul  oqimlaridagi  o’zgaruvchanlikka  duchorlik  riskining 

xeji  bo’lib,  u  -  tan  olingan  aktiv  yoki  majburiyat  (masalan  o’zgaruvchan  foizli  qarz 

bo’yicha  barcha  yoki  ayrim  kelgusi  foiz  to’lovlari)  yoki  yuqori  ehtimolli 

rejalashtirilgan  operatsiya  bilan  bog’liq  muayyan  riskga  tegishli  bo’ladi  va  -  foyda 

yoki zararga ta’sir etishi mumkin.  

(v) 

xorijdagi  bo’linmaga  sof  investitsiyaning  xeji, 

bunda  BHXS  21  da 

ta’riflangandek.  

Qat’iy  kelishuv  bo’yicha  xorijiy  valyuta  riskining  xeji  haqqoniy  qiymat  xeji 

sifatida yoki pul oqimi xeji sifatida hisobga olinishi mumkin. 

Xejlash aloqasi xej hisobi sifatida tasniflanadi, faqatgina agarda quyidagi barcha 

shartlar qanoatlantirilsa.  

(a) 


xej  boshlanishida,  xejlash  aloqasining  va  tadbirkorlik  sub’ektining  xejni 

amalga  oshirish  bo’yicha  riskni  boshqarish  maqsadi  va  strategiyasining  rasmiy 

belgilangan  va  hujjatlashtirilgan  bo’lsa.  Ushbu  hujjatlashtirish  xejlash  instrumentini, 

xejlangan  modda  yoki  operatsiyani,  xejlanadigan  risk  xususiyatini  va  tadbirkorlik 

sub’ekti xejlangan moddaning haqqoniy qiymatidagi yoki xejlangan riskga tegishli pul 

oqimlaridagi 

o’zgarishlarga  duchorlikni  o’zaro  qoplash  bo’yicha  xejlash 

instrumentining samaradorligini qanday baholashini aniqlashni o’z ichiga oladi. 

(b) 

Muayyan  xejlash  aloqasi  bo’yicha  dastlabki  hujjatlashtirilgan  riskni 



boshqarish  strategiyasiga  mos  tarzda,  xej  xejlangan  riskga  tegishli  haqqoniy 

qiymatdagi  yoki  pul  oqimlaridagi  o’zgarishlarni  o’zaro  qoplashga  erishishda  yuqori 

samarador bo’lishi kutiladi. 

(v) 


Pul  oqimi  xejlarida,  xejning  predmeti  bo’lgan  rejalashtirilgan  operatsiya 

yuqori  ehtimolli  bo’lishi  shart  va  yakuniy  bosqichda  foyda  yoki  zararga  ta’sir  etishi 

mumkin bo’lgan pul oqimlarining o’zgarishiga nisbatan duchorlikni aks ettirishi shart. 

(g) 


Xejning  samaradorligi  ishonchli  baholanishi  mumkin,  ya’ni  xejlangan 

riskga tegishli xejlangan moddaning haqqoniy qiymati yoki pul oqimlari bilan xejlash 

instrumentining haqqoniy qiymati ishonchli baholanishi mumkin. 

(d) 


Xej  ukluksiz  baholanib,  u  xej  belgilangan  moliyaviy  hisobot  davrlari 

mobaynida yuqori samarador bo’lgani uchun aniqlanadi. 

Haqqoniy qiymat xejlari 

 

Agarda  haqqoniy  qiymat  xeji  davr  mobaynida    u  quyidagicha  hisobga 



olinishi lozim:  

(a) 


xejlash  instrumentini  haqqoniy  qiymatda  (derivativ  xejlash  instrumenti 

uchun)  yoki  BHXS  21  ga  muvofiq  baholangan  uning  balans  qiymatining  xorijiy 

valyuta  qismini  (noderivativ  xejlash  instrumenti  uchun)  qayta  baholashdan  yuzaga 

keladigan foyda yoki zarar foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi lozim; va 

(b) 

xejlangan  riskga  tegishli  xejlangan  modda  bo’yicha  foyda  yoki  zarar 




 

 

215 



 

xejlangan  moddaning  balans  qiymatini  to’g’rilashi  va  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan 

olinishi lozim. Bu qo’llaniladi, agarda xejlangan modda tannarxda baholangan bo’lsa. 

Moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar  portfelining  qismi  bo’yicha 

foiz  stavkasi  riskining  haqqoniy  qiymat  xejida  foyda  yoki  zararni  quyidagicha  aks 

ettirish orqali qanoatlantirilishi mumkin:  

(a) 

xejlangan  modda  aktiv  bo’lgan  qayta  narxlash  davrlari  uchun,  aktivlar 



ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi; yoki 

(b) 


xejlangan  modda  majburiyat  bo’lgan  qayta  narxlash  davrlari  uchun, 

majburiyatlar ichidagi bitta ajratilgan qator moddasi. 

(a)  va  (b)  da  keltirilgan  ajratilgan  qator  moddalari  moliyaviy  aktivlar  yoki 

moliyaviy majburiyatlar aks ettirilgan qatorlar tagida aks ettirilishi lozim. Ushbu qator 

moddalarida  kiritilgan  summalar  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotdan  chiqarib 

tashlanishi  lozim,  qachonki  ular  tegishli  bo’lgan  aktivlar  yoki  majburiyatlar  hisobdan 

chiqarilsa. 

Agarda faqatgina xejlangan moddaga tegishli muayyan risklar xejlangan bo’lsa, 

xejlangan  riskga  tegishli  bo’lmagan  xejlangan  moddaning  haqqoniy  qiymatidagi  tan 

olingan o’zgarishlar MHXS 9 da belgilangandek tan olinadi.  

Tadbirkorlik sub’ekti xej hisobini prospektiv tarzda to’xtatishi lozim, agarda:  

(a) 


xejlash  instrumentining  muddati  tugasa  yoki  u  sotilsa,  bekor  qilinsa  yoki 

amalga  oshirilsa  (ushbu  maqsad  uchun,  xejlash  instrumentini  boshqa  xejlash 

instrumenti  orqali  almashtirish  yoki  muddatini  uzaytirish  xejlash  instrumentining 

muddati  tugashini  yoki  u  bekor  qilinishini  anglatmaydi,  agarda  bunday  almashtirish 

yoki  muddatini  uzaytirish  tadbirkorlik  sub’ektining  hujjatlashtirilgan  xejlash 

strategiyasining qismi bo’lsa); 

(b) 

xej hisobining mezonlarini bundan buyon qanoatlantirmasa; yoki 



(v) 

tadbirkorlik sub’ekti belgilashni bekor qiladi. 

Effektiv  foiz  usuli  qo’llanilgan  xejlangan  moliyaviy  instrumentning  balans 

qiymatiga (yoki foiz stavkasi riski bo’yicha portfel xeji holatida, yuzaga keladigan har 

qanday  tuzatish  amortizatsiya  qilish  orqali  foyda  yoki  zararga  olib  borilishi    lozim. 

Amortizatsiyalash  tuzatish  paydobo’lishi  bilan  boshlanishi  mumkin  va  xejlangan 

moddaning  xejlanadigan  riskga  tegishli  uning  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlarga 

tuzatilishi 

to’xtatilishidan 

kechiktirmasdan 

boshlanishi 

lozim. 


Tuzatish 

amortizatsiyalash  boshlanadigan  sanadagi  qayta  hisoblangan  effektiv  foiz  stavkasiga 

asoslanadi.  Biroq,  moliyaviy  aktivlar  yoki  moliyaviy  majburiyatlar  portfeli  bo’yicha 

foiz  stavkasi  riskining  haqqoniy  qiymat  xeji  holatida  (va  faqat  bunday  xejda),  agarda 

qayta  hisoblangan  effektiv  foiz  stavkasi  orqali  amortizatsiyalash  amaliy  imkonsiz 

bo’lsa,  tuzatish  bir  tekis  maromda  amortizatsiyalanishi  lozim.  Tuzatish  moliyaviy 

instrumentning  so’ndirilishiga  qadar  yoki,  foiz  stavkasi  riski  bo’yicha  portfel  xeji 

holatida,  tegishli  qayta  narxlash  davrining  tugashiga  qadar  to’liq  amortizatsiyalanishi 

lozim.  

Qachonki  tan  olinmagan  qat’iy  kelishuv  xejlangan  modda  sifatida  belgilansa, 

xejlangan  riskga  tegishli  qat’iy  kelshuvning  haqqoniy  qiymatidagi  keyingi  yig’ilgan 

o’zgarish  foyda yoki zararda tan olingan mos ravishdagi  foyda  yoki zarar bilan birga 

aktiv  yoki  majburiyat  sifatida  tan  olinadi.  Xejlash  instrumentining  haqqoniy 

qiymatidagi o’zgarishlar ham foyda yoki zararda tan olinadi.  




 

 

216 



 

Qachonki  tadbirkorlik  sub’ekti  haqqoniy  qiymat  xejida  xejlangan  modda 

bo’lgan  aktiv  sotib  olish  yoki  majburiyatni  tan  olish  bo’yicha  qat’iy  kelishuvni 

imzolasa, tadbirkorlik sub’ekti qat’iy  kelishuvni bajarishi  natijasida  yuzaga keladigan 

aktiv yoki majburiyatning dastlabki balans qiymati shunday maqsadda to’g’rilanadiki, 

bunda  u  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  hisobotda  tan  olingan  xejlangan  riskga  tegishli 

qat’iy kelishuvning haqqoniy qiymatidagi yig’ilgan o’zgarishni o’z ichiga oladi. 

Agarda pul oqimi xeji davr mobaynida quyidagicha hisobga olinishi lozim:  

(a) 

samarali  xej  deb  aniqlangan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  foyda  yoki 



zararning qismi  boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va 

(b) 


xejlash  instrumenti bo’yicha  foyda  yoki zararning samarasiz qismi  foyda 

yoki zararda tan olinishi lozim. 

Yanada aniqroq qilib, pul oqimi xeji quyidagicha hisobga olinadi:  

(a) 


kapitalning  xejlangan  modda bilan bog’liq alohida qismi quyidagilarning 

kamrog’ida to’g’rilanadi (mutlaq summalarda): 

xej  boshlanishidan  buyon  xejlash  instrumenti  bo’yicha  yig’ilgan  foyda 



yoki zarar; va 

xej boshlanishidan buyon  xejlangan  modda bo’yicha kutilgan kelgusi pul 



oqimlarining haqqoniy qiymatidagi (keltirilgan qiymatidagi) yig’ilgan o’zgarish; 

(b) 


xejlash  instrumenti  yoki  uning  belgilangan  qismi  (qaysiki  samarasiz  xej) 

bo’yicha  har  qanday  qoldiq  foyda  yoki  zarar  foyda  yoki  zarar  tarkibida  tan  olinishi 

lozim; va 

(v) 


agarda  tadbirkorlik  sub’ektining  muayyan  xejlash  aloqasi  bo’yicha 

hujjatlashtirilgan  riskni boshqarish strategiyasi xej samaradorligini baholashda xejlash 

instrumenti  bo’yicha  foyda  yoki  zararning  yoki  tegishli  pul  oqimlarining  ma’lum 

qismini inobatga olmasa foyda yoki zararning ushbu inobatga olinmagan qismi MHXS 

9 ga muvofiq tan olinadi. 

Agarda  rejalashtirilgan  operatsiyaning  xeji  keyinchalik  moliyaviy  aktiv  yoki 

moliyaviy majburiyatni tan olinishiga olib kelsa, umumlashgan daromadda tan olingan 

tegishli foyda yoki zararlar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan foyda 

yoki zararga shunday davrda yoki davrlarda olib borilishi (qayta tasniflanishi) lozimki, 

bunda  ushbu  davr  yoki  davrlar  mobaynida  xejlangan  rejalashtirilgan  pul  oqimlari 

foyda yoki zararga ta’sir etadi (masalan, foizli daromad yoki foizli xarajat tan olingan 

davrlar).  Biroq,  agarda  tadbirkorlik  sub’ekti  boshqa  umumlashgan  daromadda  tan 

olingan  zararning  barchasi  yoki  qismi  bir  yoki  undan  ortiq  kelgusi  davrlarda 

tiklanmasligini  ko’zda  tutsa,  u  foyda  yoki  zararda  qayta  tasniflashning  to’g’rilanishi 

sifatida tiklanishi kutilmagan summani qayta tasniflashi lozim.  

Agarda  rejalashtirilgan  operatsiyaning  xeji  keyinchalik  nomoliyaviy  aktiv  yoki 

nomoliyaviy  majburiyatni  tan  olinishiga  olib  kelsa,  yoki  rejalashtirilgan  operatsiya 

nomoliyaviy  aktiv  yoki  nomoliyaviy  majburiyat  uchun  haqqoniy  qiymat  xeji  hisobi 

qo’llaniladigan qat’iy kelishuvga aylansa, tadbirkorlik sub’ekti quyidagi (a) yoki (b) ni 

qabul qilishi lozim:  

(a) 

umumlashgan daromadda tan olingan tegishli  foyda yoki zararlarni qayta 



tasniflashning  to’g’rilanishi    sifatida  foyda  yoki  zararga  shunday  davrda  yoki 

davrlarda  olib  borilishi  (qayta  tasniflashi)  lozimki,  bunda  ushbu  davr  yoki  davrlar 

mobaynida  xejlangan  rejalashtirilgan  pul  oqimlari  foyda  yoki  zararga  ta’sir  etadi 



 

 

217 



 

(masalan,  eskirish  xarajati  yoki  sotuvlar  tannarxi  tan  olingan  davrlar).  Biroq,  agarda 

tadbirkorlik  sub’ekti  boshqa  umumlashgan  daromadda  tan  olingan  zararning  barchasi 

yoki qismi bir yoki undan ortiq kelgusi davrlarda tiklanmasligini ko’zda tutsa, u foyda 

yoki zararda qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida tiklanishi kutilmagan summani 

qayta tasniflashi lozim.  

(b) 

 u  umumlashgan  daromadda  tan  olingan  tegishli  foyda  yoki  zararlarni 



chiqarib  tashlaydi  va  ularni  aktivning  yoki  majburiyatning  dastlabki  tannarxiga  yoki 

boshqa balans qiymatiga kiritadi. 

Tadbirkorlik sub’ekti (a) yoki (b) ni o’zining hisob siyosati sifatida qabul qilishi 

lozim va uni bir me’yorda barcha xejlarga nisbatan qo’llashi lozim.  

Pul  oqimi  xejlaridan  boshqa  pul  oqimi  xejlarida,  boshqa  umumlashgan 

daromadda tan olingan summalar qayta tasniflashning to’g’rilanishi sifatida kapitaldan 

foyda  yoki  zararga  shunday  davrda  yoki  davrlarda  qayta  tasniflanishi  lozimki,  bunda 

ushbu davr yoki davrlar mobaynida xejlangan rejalashtirilgan pul oqimlari foyda yoki 

zararga ta’sir etadi (masalan, rejalashtirilgan sotuv sodir bo’lganda).  

Quyidagi  holatlarning  birortasida  tadbirkorlik  xej  hisobini  prospektiv  tarzda 

to’xtatishi lozim:  

(a) 


Xejlash  instrumenting  muddati  tugasa  yoki  u  sotilsa,  bekor  qilinsa  yoki 

amalga  oshirilsa  (ushbu  maqsad  uchun,  xejlash  instrumentini  boshqa  xejlash 

instrumenti  orqali  almashtirish  yoki  muddatini  uzaytirish  muddat  tugashini  yoki 

xejlash instrumetining bekor qilinishini anglatmaydi, agarda bunday almashtirish yoki 

muddatini 

uzaytirish 

tadbirkorlik 

sub’ektining 

hujjatlashtirilgan 

xejlash 


strategiyasining  qismi  bo’lsa).  Bunday  holatda,  xej  amalda  bo’lgan  davrdan  boshlab 

boshqa  umumlashgan  daromadda  tan  olingan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  yig’ilgan 

foyda  yoki  zarar  rejalashtirilgan  operatsiya  sodir  bo’lgunga  qadar  kapital  tarkibida 

ajratilgan holda qolishi lozim. (b) 

Xej  bundan  buyon  xej  hisobining  mezonlarini 

qanoatlantirmaydi.  Bunday  holatda,  xej  amalda  bo’lgan  davrdan  boshlab  boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olingan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  yig’ilgan  foyda 

yoki zarar rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar kapital tarkibida ajratilgan 

holda qolishi lozim.  

(v) 


Rejalashtirilgan operatsiyaning bundan buyon sodir bo’lishi kutilmaydi va 

bunday holatda xej amalda bo’lgan davrdan boshlab boshqa umumlashgan daromadda 

tan olingan xejlash instrumenti bo’yicha har qanday tegishli yig’ilgan foyda yoki zarar 

qayta tasniflashning to’g’rilanishi  sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi 

(qayta tasniflanishi) lozim. (g)  Tadbirkorlik  sub’ekti  xejni  belgilashni  bekor  qiladi. 

Rejalashtirilgan  operatsiya  xejlarida,  xej  amalda  bo’lgan  davrdan  boshlab  boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olingan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  yig’ilgan  foyda 

yoki zarar  rejalashtirilgan operatsiya sodir bo’lgunga qadar  yoki  uning sodir bo’lishi 

bundan  buyon  kutilmasligiga  qadar  kapital  tarkibida  alohida  modda  bo’lib  qolishi 

lozim.  Agarda  operatsiyaning  sodir  bo’lishi  bundan  buyon  kutilmasa,  boshqa 

umumlashgan  daromadda  tan  olingan  yig’ilgan  foyda  yoki  zarar  qayta  tasniflashning 

to’g’rilanishi  sifatida kapitaldan foyda yoki zararga olib borilishi (qayta tasniflanishi) 

lozim.  

Xorijdagi  bo’linmaga  sof  investitsiyaning  xejlari,  jumladan  sof  investtsiyaning 

qismi    sifatida  hisobga  olingan  monetar  modda  (BHXS  21)  xeji,  pul  oqimi  xejlariga 



 

 

218 



 

o’xshash tarzda hisobga olinishi lozim:  

(a) 

samarali  xej  deb  aniqlangan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  foyda  yoki 



zararning qismi boshqa umumlashgan daromadda tan olinishi lozim; va 

(b) 


samarasiz qism foyda yoki zararda tan olinishi lozim. 

Boshqa umumlashgan daromadda tan olingan  xejning samarali qismiga tegishli 

bo’lgan  xejlash  instrumenti  bo’yicha  foyda  yoki  zarar  qayta  tasniflashning 

to’g’rilanishi  ifatida  kapitaldan  foyda  yoki  zararga  BHXS  21  ga  muvofiq  xorijdagi 

bo’linmaning chiqib ketishida yoki qisman chiqib ketishida qayta tasniflanishi lozim. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə