Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 

 

Tayanch so’zlar 

 

Moliyaviy  instrument  -  bu  bir  tashkilotning  moliyaviy  aktivini  va  boshqa 



tashkilotning  moliyaviy  majburiyati  yoki  ulushli  instrumentini    ko’payishiga  olib 

keladigan shartnomadir.  

Moliyaviy aktiv – shunday aktivki, bunda u: 

(a)  pul mablag’idir; 

(b)  boshqa tashkilotning ulushli instrumentidir; 

Moliyaviy majburiyat – shunday majburiyatki, bunda u: 

(a)  quyidagilar bo’yicha shartnomaviy majburiyatdir: 

boshqa  tashkilotga  pul  mablag’i  yoki  boshqa  moliyaviy  aktivni  yetkazib 



berish; yoki 

tashkilot uchun potentsial noqulay bo’lgan shartlarda boshqa tashkilot bilan 



moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash; yoki 

(b)  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlari  bilan  hisob-kitob  qilinadigan  yoki 

qilinishi mumkin bo’lgan shartnoma va u: 

shunday  noderivativdirki,  bunda  u  bo’yicha  tashkilotga  o’z  ulushli 



instrumentlarining  o’zgaruvchan  miqdorini  qabul  qilish  majburiyati  yuklatiladi  yoki 

yuklatilishi mumkin; yoki 

derivativdir,  qaysiki  tashkilotning  o’z  ulushli  instrumentlarining  qat’iy 



belgilangan  miqdoriga  qat’iy  belgilangan  pul  mablag’lari  summasini  yoki  boshqa 

moliyaviy  aktivni  almashishdan  tashqari  boshqa  usulda  hisob-kitob  qilinadi  yoki 

qilinishi mumkin.  

Ulushli instrument - bu tashkilotning barcha majburiyatlari chegirilgandan so’ng 

uning aktividagi qoldiq ulushni tasdiqlovchi har qanday shartnomadir.  

Haqqoniy  qiymat  -  bu  baholash  sanasida  bozor  ishtirokchilari  o’rtasidagi 

odatdagi  operatsiyada  aktivni  sotishda  olinishi  mumkin  bo’lgan  yoki  majburiyatni 

o’tkazishda  to’lanishi  mumkin  bo’lgan  narxdir  (MHXS  13  “Haqqoniy  qiymatni 

baholash” ga qarang). 

Qayta  sotiladigan  (qayta  sotish  huquqini  beradigan)  instrument  -  bu  moliyaviy 

instrument egasiga uni emitentga pul mablag’iga yoki boshqa moliyaviy aktivga qayta 

sotish huquqini beradigan, yoki noaniq kelgusi hodisa sodir bo’lganda yoki instrument 

egasining  vafoti  yoki  nafaqaga  chiqishi  bilan  emitentga  avtomatik  tarzda  qayta 

sotiladigan moliyaviy instrumentdir. 

Derivativ instrument – bu moliyaviy aktiv: 

 (a)  qiymati  foiz  stavkasining,  qimmatli  qog’ozlar  kursi,  tovarlar  narxi,  valyuta 

kursi, narx indeksi yoki kredit reytingining stavkasi o’zgarishi natijasida o’zgaradigan; 

 (b)  xarid  qilish  uchun  hech  qanday  boshlang’ich  investitsiya  yoki  boshqa 

shartnomalarga  nisbatan  salmoqli  bo’lmagan  boshlang’ich  investitsiyalarni  talab 

etadigan  va  uning  kursi  moliya  kon’yunkturasining  o’zgarishigi  bog’liq  bo’lgan 

instrumentlar; 

 (v) ularni to’lash kelgusida amalga oshiriladigan 




 

 

232 



 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə