Standartlari


- MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

8- MAVZU. KONSOLIDATsIYaLASh ASOSLARINI HISOBGA 

OLUVChI STANDARTLARINING TAVSIFI 

 

8.1. BHXS (IAS) 28 “Qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi 

investitsiyalar” 

Mazkur  Standartning  maqsadi  qaram  tashkilotlardagi  investitsiyalarga  nisbatan 

buxgalteriya  hisobini  belgilash  hamda  qaram  tashkilotlar  va  qo’shma  korxonalardagi 

investitsiyalarni  hisobga  olishda  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  qo’llanilishiga 

nisbatan talablarni belgilashdan iboratdir.  

Agarda  tashkilot,  bevosita  yoki  bilvosita  (masalan  sho’’ba  tashkilotlari  orqali), 

investitsiya  ob’ektida  20  foiz  yoki  undan  ko’proq  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo’lsa, 

bunday  tashkilot  jiddiy  ta’sirga  ega  deb  hisoblanadi,  agarda  bunday  ta’sir  mavjud 

emasligi  yaqqol  namoyon  bo’lmasa.  Aksincha,  agarda  tashkilot,  bevosita  yoki 

bilvosita  (masalan  sho’’ba  tashkilotlari  orqali),  investitsiya  ob’ektida  20  foizdan 

kamroq  ovoz  berish  huquqiga  ega  bo’lsa,  bunday  tashkilot  jiddiy  ta’sirga  ega  emas 

deb  hisoblanadi,  agarda  bunday  ta’sir  yaqqol  namoyon  bo’lmasa.  Boshqa  investor 

investitsiya  ob’ektida  sezilarli  yoki  ko’pchilik  egalik  huquqiga  ega  bo’lishi 

tashkilotning jiddiy ta’sirga ega bo’lishiga tusqinliq qilishini anglatmaydi. 

Tashkilot  tomonidan  jiddiy  ta’sirning  mavjudligi  odatda  quyidagi  holatning 

birida yoki bir nechasida namoyon bo’ladi:  

(a) 

investitsiya  ob’ektining  direktorlar  kengashida  yoki  sho’nga  o’xshash 



boshqaruv organida vakilga ega bo’lish; 

(b) 


siyosatni  ishlab  chiqish  jarayonida  ishtirok  etish,  jumladan  dividendlar 

yoki boshqa taqsimotlar bo’yicha muhokamalarda ishtirok etish; 

(v) 

tashkilot  bilan  uning  investitsiya  ob’ekti  o’rtasidagi  ahamiyatli 



operatsiyalar; 

(g) 


rahbariyat xodimlarining o’zaro almashinuvi; yoki 

(d) 


muhim texnik ma’lumotlarni ta’minlash. 

Tashkilot  aktsiya  varrantlarini,  aktsiya  “koll”  optsionlarini,  oddiy  aktsiyalarga 

konvertatsiya  qilinadigan  qarz  yoki  ulushli  instrumentlar,  yoki,  agarda  qo’llanilganda 

yoki  konvertatsiya  qilinganda,  tashkilotga  boshqa  tashkilotning  moliyaviy  va 

operatsion  siyosatlari  bo’yicha  qo’shimcha  ovoz  berish  huquqini  beradigan  yoki 

boshqa  tomonning  ovoz  berish  huquqini  kamaytiradigan  potentsialga  ega  boshqa 

sho’nga  o’xshash  instrumentlarga  (ya’ni  potentsial  ovoz  berish  huquqlariga)  egalik 

qilishi  mumkin.  Joriy  davrda  qo’llanilishi  yoki  konvertatsiyalanishi  mumkin  bo’lgan 

potentsial  ovoz  berish  huquqlarining,  jumladan  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  egalik 

qilinadigan  potentsial  ovoz  berish  huquqlarining  mavjudligi  va  ta’siri  tashkilot  jiddiy 

ta’sirga  ega  bo’lishi  yoki  bo’lmasligini  baholashda  inobatga  olinadi.  Potentsial  ovoz 

berish  huquqlari  joriy  davrda  qo’llanilmaydi  yoki  konvertatsiya  qilinmaydi  deb 

hisoblanadi,  qachonki  ular,  masalan,  kelgusi  sanagacha  yoki  kelgusi  hodisagacha 

qo’llanilmasa yoki konvertatsiya qilinmasa. 

Potentsial  ovoz  berish  huquqlari  jiddiy  ta’sirga  olib  kelishini  baholashda, 

tashkilot  potentsial  huquqlarga  ta’sir  etadigan  barcha  ma’lumotlarni  va  holatlarni 

(jumladan,  potentsial  ovoz  berish  huquqlarini  qo’llash  shartlari  hamda  alohida  yoki 

birgalikda  inobatga  olinishidan  qat’iy  nazar,  har  qanday  boshqa  shartnomaviy 




 

 

233 



 

kelishuvlarni)  tahlil  qiladi,  bundan  ushbu  potentsial  huquqlarni  qo’llash  yoki 

konvertatsiya  qilish  bo’yicha  rahbariyatning  hohishi  va  moliyaviy  imkoniyatlar 

istisno. 

Qachonki tashkilot investitsiya ob’ektining moliyaviy va operatsion siyosatining 

qarorlarida ishtirok etish huquqini yo’qotsa, u ushbu investitsion ob’ekt ustidan jiddiy 

ta’sirni  yo’qotadi. Jiddiy ta’sirning  yo’qotilishi  mutlaq  yoki  nisbiy egalik  huquqining 

darajasidagi  o’zgarish  bilan  yoki  ushbu  o’zgarishsiz  sodir  bo’lishi  mumkin.  Bunday 

holat, masalan, qaram tashkilot hukumat, sud, ma’muriyat yoki tartibga soluvchi organ 

nazorati ostida bo’lganida sodir bo’lishi mumkin. Bunday holat shartnomaviy kelishuv 

natijasida ham sodir bo’lishi mumkin. 

Ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulida,  dastlabki  tan  olinishda  qaram 

tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiya  tannarxda  tan  olinadi,  va  uning 

balans  qiymati  xarid  sanasidan  so’ng  investitsiya  ob’ektining  foyda  yoki  zararidagi 

investorning  ulushini  tan  olish  paytida  ko’payadi  yoki  kamayadi.  Investitsiya 

ob’ektining  foyda  yoki  zararidagi  investorning  ulushi  investorning  foyda  yoki  zarari 

tarkibida  tan  olinadi.  Investitsiya  ob’ekti  tomonidan  taqsimlangan  summalarni  olish 

natijasida  investitsiyaning balans qiymati kamayadi.  Investitsiya ob’ektining boshqa 

umumlashgan daromadidagi o’zgarishlardan yuzaga keladigan investitsiya ob’ektidagi 

investorning  ulushidagi  o’zgarishlar  natijasida  ham  investitsiyaning  balans  qiymatini 

to’g’rilash  zarur  bo’lishi  mumkin.  Bunday  o’zgarishlar  asosiy  vositalarni  qayta 

baholashdan  va  bir  valyutadan  boshqa  valyutaga  o’tkazishdagi  valyuta  kursi 

farqlaridan  yuzaga  keladigan  o’zgarishlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ushbu  o’zgarishlardagi 

investorning ulushi investorning boshqa umumlashgan daromadida tan olinadi (BHXS 

1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish” ga qarang). 

Investitsiya  ob’ekti  tomonidan  taqsimlangan  summalarni  olish  natijasida  tan 

olinadigan  daromad  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiyadan 

investor  tomonidan  ishlab  topilgan  daromadning  maqbul  o’lchovini  anglatmasligi 

mumkin,  chunki  olingan  summalar  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning 

faoliyati  natijalarini  yetarlicha  aks  ettirmasligi  mumkin.  Investor  investitsiya  ob’ekti 

ustidan  birgalikdagi  nazoratga,  yoki  jiddiy  ta’sirga,  ega  bo’lganligi  tufayli,  investor 

qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning faoliyati natijasida ulushga, va buning 

natijasida,  o’z  investitsiyasi  bo’yicha  foydalilikka  egadir.  Investor  ushbu  ulushni 

shunday hisobga oladiki, bunda   ushbu investitsiya ob’ektining foyda yoki zararidagi 

investorning  ulushini  moliyaviy  hisobotlarda  aks  ettirish  natijasida  investorning 

moliyaviy hisobotlari ko’lami kengayadi. Natijada, ulush bo’yicha hisobga olish usuli 

investorning  sof  aktivlari  va  foyda  yoki  zarari  to’g’risida  ko’proq  ma’lumotlarni  o’z 

ichiga olgan hisobotni ta’minlaydi. 

Ba’zi holatlarda, tashkilot uning egalik ulushi bilan bog’liq daromadlarga unga 

ayni  paytda  huquq  beradigan  operatsiya  natijasida,  aslida,  mavjud  bo’lgan  egalik 

ulushiga 

ega 


bo’ladi.  Bunday  holatlarda,  investitsiya  ob’ekti  tomonidan 

taqsimlanadigan summalarning tashkilotga tegishli ulushi ushbu potentsial ovoz berish 

huquqlarining  amalga  oshirilishi  hamda  ayni  paytda  daromadlarni  olishga  huquq 

beradigan    boshqa  derivativ  instrumentlardan  amalda  foydalanishni  hisobga  olgan 

holda aniqlanadi. 

MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar” ulush bo’yicha hisobga olish usuli bo’yicha 




 

 

234 



 

hisobga olingan qaram tashkilotlardagi va qo’shma korxonalardagi ulushlarga nisbatan 

qo’llanilmaydi.  Qachonki  potentsial  ovoz  berish  huquqlarini  qamrab  oladigan 

instrumentlar  mazmunan  qaram  tashkilotdagi  va  qo’shma  korxonadagi  egalik  ulushi 

bilan  bog’liq daromadlarga  nisbatan  huquqni ta’minlasa, instrumentlar MHXS 9  ning 

qo’llash  doirasida  bo’lmaydi.  Boshqa  barcha  holatlarda,  qaram  tashkilotdagi  va 

qo’shma  korxonadagi  potentsial  ovoz  berish  huquqlarini  qamrab  oladigan 

instrumentlar MHXS 9 ga muvofiq hisobga olinadi. 

Qaram tashkilotdagi va qo’shma korxonadagi investitsiya, yoki investitsiyaning 

qismi,  MHXS  5  “Sotish  uchun  mo’ljallangan  uzoq  muddatli  aktivlar  va  tugatilgan 

faoliyatlar”  ga  muvofiq  sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflanmaguncha, 

investitsiya,  yoki  sotishga  mo’ljallangan  sifatida  tasniflanmagan  investitsiyadagi  har 

qanday qoldiq ulush, uzoq muddatli aktiv sifatida tasniflanishi lozim. 

Investtsiya  ob’ekti  ustidan  birgalikdagi  nazoratga,  yoki  jiddiy  ta’sirga,  ega 

tashkilot  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  bo’yicha  o’zining  qaram  tashkilotdagi 

yoki qo’shma korxonadagi investitsiyasini hisobga olishi lozim. 

Tashkilot 

o’zining  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi 

investitsiyasiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi talab etilmaydi, 

agarda  tashkilot  MHXS  10dagi  istisno  doirasida  jamlangan  moliyaviy  hisobotlarni 

tayyorlashdan  ozod  etiladigan  bosh  tashkilot  bo’lsa  yoki  agarda  quyidagilarning 

barchasi qo’llanilsa: 

(a) 

Tashkilot  to’liq  egalik  qilinadigan  sho’’ba  tashkilotidir,  yoki  boshqa 



tashkilotning  qisman  egalik  qilinadigan  sho’’ba  tashkilotidir  va  uning  boshqa  mulk 

egalari, jumladan boshqa  hollarda ovoz berish  huquqiga ega bo’lmagan  mulk egalari, 

tashkilotning  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulini  qo’llashi  to’g’risida  xabardor 

qilingan va bunga qarshilik qilmaydigan bo’lsa. 

(b) 

Tashkilotning qarz yoki  ulushli  instrumentlari ochiq bozorda  (ichki  yoki 



tashqi  fond  birjasi  yoki  birjadan  tashqari  bozor,  jumladan  mahalliy  va  hududiy 

bozorlarda) savdo qilinmasa. 

(v) 

Tashkilot ochiq bozorda instrumentlarning har qanday turkumini emissiya 



qilish  maqsadida  qimmatli  qog’ozlar  qumitasiga  yoki  boshqa  tartibga  soluvchi 

tashkilotga  o’zining  moliyaviy  hisobotlarini  taqdim  etmagan  bo’lsa  hamda  taqdim 

etish jarayonida bo’lmasa. 

(g) 


Tashkilotning  yakuniy  yoki har qanday oraliq bosh tashkilot MHXSlarga 

mos keladigan jamlangan moliyaviy hisobotlarni aholi foydalanishi uchun chop etsa. 

Qachonki  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiya  bevosita, 

yoki  bilvosita,  venchur  kapital  tashkiloti  bo’lgan  tashkilot,  yoki  o’zaro  fond,  birlik 

trast  fondi  va  sho’nga  o’xshash  tashkilotlari,  jumladan  investitsiyaga-bog’langan 

sug’urta  fondlari,  orqali  egalik  qilinsa,  tashkilot  ushbu  qaram  tashkilotlardagi  yoki 

qo’shma korxonalardagi  investitsiyalarni  MHXS 9 ga  muvofiq  haqqoniy qiymatidagi 

o’zgarishlar  foyda  yoki  zararda  hisobga  olinadigan  investitsiya  sifatida  aks  ettirishni 

tanlashi mumkin.  

Qachonki  tashkilot  qaram  tashkilotda  investitsiyaga  ega  bo’lib,  uning  ma’lum 

qismi  bilvosita  venchur  kapital  tashkiloti,  yoki  o’zaro  fond,  birlik  trast  fondi  va 

sho’nga  o’xshash  tashkilotlari,  jumladan  investitsiyaga-bog’langan  sug’urta  fondlari, 

orqali  egalik  qilinsa,  bunda  venchur  kapital  tashkiloti,  yoki  o’zaro  fond,  birlik  trast 



 

 

235 



 

fondi  va  sho’nga  o’xshash  tashkilotlari,  jumladan  investitsiyaga-bog’langan  sug’urta 

fondlari,  investitsiyaning  ushbu  qismi  ustidan  jiddiy  ta’sirga  ega  bo’lishidan  qat’iy 

nazar,  tashkilot  qaram  tashkilotdagi  investitsiyaning  ushbu  qismini  MHXS  9  ga 

muvofiq  haqqoniy  qiymatidagi  o’zgarishlar  foyda  yoki  zararda  hisobga  olinadigan 

investitsiya  sifatida  aks  ettirishni  tanlashi  mumkin.  Agarda  tashkilot  ushbu  tanlovni 

amalga oshirsa, tashkilot venchur kapital tashkiloti, yoki o’zaro fond, birlik trast fondi 

va  sho’nga  o’xshash  tashkilotlari,  jumladan  investitsiyaga-bog’langan  sug’urta 

fondlari,  orqali  egalik  qilinmaydigan  qaram  tashkilotdagi  o’z  investitsiyasining  har 

qanday qoldiq qismiga nisbatan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashi lozim.  

Tashkilot 

sotish 


uchun 

mo’ljallangan  sifatida  tasniflanish  mezonini 

qanoatlantiradigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi investitsiyaga, yoki 

investitsiyaning  qismiga,  nisbatan  MHXS  5  ni  qo’llashi  lozim.  Sotish  uchuna 

mo’ljallangan sifatida tasniflanmagan qaram tashkilotdagi  yoki qo’shma korxonadagi 

investitsiyaning  har  qanday  qoldiq  qismi  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  qismning  chiqib  ketishi  sodir  bo’lgunga  qadar  ulush  bo’yicha  hisobga 

olish  usulida  hisobga  olinishi  lozim.  Chiqib  ketish  sodir  bo’lgandan  so’ng,  tashkilot 

qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi har qanday qoldiq ulushni MHXS 9 ga 

muvofiq  hisobga  olishi  lozim,  bunda  qoldiq  ulush  tashkilot  ulush  bo’yicha  hisobga 

olish  usulidan  foydalanadigan  holatdagi  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxona 

bo’lishda davom etmaguncha. 

Qachonki  oldin  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  qaram 

tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiyaga,  yoki  investitsiyaning  qismi, 

bundan  buyon  bunday  tasniflanish  mezonini  qanoatlantirmasa,  u  sotish  uchun 

mo’ljallangan sifatida tasniflangan sanadan boshlab retrospektiv tarzda ulush bo’yicha 

hisobga  olish  usuli  yordamida  hisobga  olinishi  lozim.  Sotish  uchun  mo’ljallangan 

sifatida  tasniflanishdan  keyingi  davrlardagi  moliyaviy  hisobotlar  o’z  navbatida 

o’zgartirilishi lozim.  

Tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulidan foydalanishni shunday sanadan 

boshlab  to’xtatishi  lozimki,  bunda  uning  investitsiyasi  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma 

korxonaga investitsiya bo’lib boshqa hisoblanmaydi:  

(a) 

Agar  investitsiya  sho’’ba  tashkilotga  investitsiya  bo’lib  o’zgaradigan 



bo’lsa, tashkilot o’z investitsiyasini MHXS 3 “Biznes birlashuvlari” va MHXS 10 ga 

muvofiq hisobga olishi lozim. 

(b) 

Agarda sobiq qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi qoldiq ulush 



moliyaviy  aktiv  bo’lsa,  tashkilot  qoldiq  ulushni  haqqoniy  qiymatda  baholashi  lozim. 

Qoldiq  ulushning  haqqoniy  qiymati,  xuddi  MHXS  9  ga  muvofiq  moliyaviy  aktivdek, 

dastlabki  tan  olinishda  uning  haqqoniy  qiymati  sifatida  hisoblanishi  lozim.  Tashkilot 

foyda yoki zararda quyidagilar o’rtasidagi har qanday farqni tan olishi lozim: 

har  qanday  qoldiq  ulushning  haqqoniy  qiymati  va  qaram  tashkilotdagi 



yoki  qo’shma  korxonadagi  ulush  qismining  chiqib  ketishi  bo’yicha  har  qanday 

tushumlar bilan 

ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  to’xtatilgan  sanadagi  investitsiyaning 



balans qiymati. 

(v) 


Qachonki  tashkilot  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulidan  foydalanishni 

to’xtatsa,  tashkilot  ushbu  investitsiyaga  nisbatan  oldin  boshqa  umumlashgan 




 

 

236 



 

daromadda  tan  olingan  barcha  miqdorlarni  shunday  bir  xil  asosda  hisobga  olishi 

lozimki,  xuddi  investitsiya  ob’ekti  tegishli  aktivlarni  yoki  majburiyatlarni  bevosita 

hisobdan chiqarganda talab etilgan kabi asosda. 

Shu  tufayli,  agarda  investitsiya  ob’ekti  tomonidan  oldin  boshqa  umumlashgan 

daromadda  tan  olingan  foyda  yoki  zarar  tegishli  aktivlar  yoki  majburiyatlar  hisobdan 

chiqarilganida  foyda  yoki  zarar  tarkibida  qayta  tasniflanadigan  bo’lsa,  tashkilot  oldin 

kapitalda  aks  ettirilgan  foyda  yoki  zararni  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli 

to’xtatilganida foyda yoki zarar tarkibiga o’tkazadi (qayta tasniflash bo’yicha tuzatish 

sifatida). Masalan, agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona xorijdagi bo’linmaga 

tegishli  yig’ilgan  kurs  farqlariga  ega  bo’lsa  va  tashkilot  ulush  bo’yicha  hisobga  olish 

usulidan foydalanishni to’xtatsa, tashkilot xorijdagi bo’linmaga nisbatan oldin boshqa 

umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararni foyda yoki zararga o’tkazishi 

(qayta tasniflashi) lozim. 

Agarda  qaram  tashkilotdagi  investitsiya  qo’shma  korxonadagi  investitsiyaga 

o’zgarsa yoki qo’shma korxonadagi  investitsiya tashkilotdagi  investitsiyaga o’zgarsa, 

tashkilot  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulini  qo’llashni  davom  ettiradi  va  qoldiq 

ulushni qayta baholamaydi.  

Agarda  tashkilotning  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  egalik 

ulushi kamaysa, ammo tashkilot ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashni davom 

ettirsa,  tashkilot  egalik  ulushidagi  ushbu  kamayishga  nisbatan  oldin  boshqa 

umumlashgan daromadda tan olingan foyda yoki zararning qismini foyda yoki zararga 

o’tkazishi  (qayta  tasniflashi)  lozim,  xuddiki  ushbu  foyda  yoki  zarar  tegishli  aktivlar 

yoki  majburiyatlarning  chiqib  ketishida  foyda  yoki  zararga  o’tkazilishi  (qayta 

tasniflanishi) talab etilganidek.  

Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llash uchun o’rinli bo’lgan amallarning 

ko’pchiligi BHXS 10 da izohlangan jamlash amallariga o’xshashdir. Bundan tashqari, 

sho’’ba  tashkilotini  sotib  olishni  hisobga  olishda  qo’llaniladigan  amallarni 

belgilaydigan  tushunchalar  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi 

investitsiyani sotib olishni hisobga olishda ham qabul qilinadi. 

Guruhning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushi bosh tashkilot 

va  uning  sho’’ba  tashkilotlari  tomonidan  ushbu  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma 

korxonadagi  egalik  huquqlarining  jamlanmasidir.  Guruhning  boshqa  qaram 

tashkilotlardagi  yoki  qo’shma  korxonalardagi  egalik  huquqlari  ushbu  maqsadda 

inobatga  olinmaydi.  Qachonki  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  sho’’ba 

tashkilotlarga,  qaram  tashkilotlarga  yoki  qo’shma  korxonalarga  ega  bo’lsa,  ulush 

bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda hisobga olinadigan foyda yoki zarar, boshqa 

umumlashgan  daromad  va    sof  aktivlar  bo’lib  moliyaviy  hisobotlarda  bir  xil  hisob 

siyosatlari aks ettirilishi uchun zarur bo’lgan har qanday tuzatishlar kiritilishidan keyin 

qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  moliyaviy  hisobotlarida  tan  olingan 

foyda  yoki  zarar,  boshqa  umumlashgan  daromad  va    sof  aktivlari  hisoblanadi 

(jumladan  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  uning  qaram  tashkilotlar 

yoki  qo’shma  korxonalari  foyda  yoki  zararidagi,  boshqa  umumlashgan  daromadidagi 

va sof aktivlaridagi ulushi) . 

Tashkilot  (jumladan  uning  jamlangan  sho’’ba  tashkilotlari)  bilan  uning  qaram 

tashkiloti  yoki  qo’shma  korxonasi  o’rtasidagi  “Pastdan  yuqoriga  qaratilgan”  va 




 

 

237 



 

“Yuqoridan pastga qaratilgan” operatsiyalardan yuzaga keladigan  foyda yoki zararlar 

tashkilotning 

moliyaviy 

hisobotlarida 

faqatgina 

o’zaro  bog’liq  bo’lmagan 

investorlarning qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi ulushlari darajasida tan 

olinadi. “Pastdan yuqoriga qaratilgan” operatsiyalar, masalan, qaram tashkilotdan yoki 

qo’shma  korxonadan  investorga  aktivlarning  sotilishidir.  “Yuqoridan  pastga 

qaratilgan” operatsiyalar, masalan, investordan uning qaram tashkilotga yoki qo’shma 

korxonasiga  aktivlarning  sotilishi  yoki  taqdim  etilishidir.  Ushbu  operatsiyalardan 

yuzaga  keladigan  investorning  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  foyda 

yoki zararlaridagi ulushi chiqarib tashlanadi.  

Qachonki  yuqoridan  pastga  qaratilgan  operatsiyalar  sotiladigan  yoki  taqdim 

etiladigan  aktivlarning  sof  sotish  qiymatida  kamayishni,  yoki  ushbu  aktivlarning 

qadrsizlanishi  natijasida  olinadigan  zararni,  aks  ettirsa,  ushbu  zararlar  investor 

tomonidan  to’liq  tan  olinishi  lozim.  Qachonki  pastdan  yuqoriga  qaratilgan 

operatsiyalar  sotib  olinadigan  aktivlarning  sof  sotish  qiymatida  kamayishni,  yoki 

ushbu  aktivlarning  qadrsizlanishi  natijasida  olinadigan  zararni,  aks  ettirsa,  investor 

ushbu zararlardagi o’z ulushini tan olishi lozim. 

Nomonetar  aktivning  qaram  tashkilotga  yoki  qo’shma  korxonaga  qaram 

tashkilot yoki qo’shma korxona kapitalidagi ulush evaziga berilishi BHXS 16 “Asosiy 

vositalar”  da  izohlangandek  ushbu  nomonetar  aktivning  kapitalga  qo’yilma  sifatida 

berilishi  tijorat  maqsadlarida  amalga  oshirilmagan  holatdan  tashqari.  Agarda  ushbu 

qo’yilma  tijorat  maqsadida  amalga  oshirilmagan  bo’lsa,  foyda  yoki  zarar 

o’zlashtirilmagan  deb  hisoblanadi.  Bunday  o’zlashtirilmagan  foyda  va  zararlar  ulush 

bo’yicha  hisobga  olish  usuli  yordamida  hisobga  olingan  investitsiyadan  chegirib 

tashlanishi  lozim  va  tashkilotning  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  jamlangan  hisobotida 

yoki  tashkilotning  investitsiyalari  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  yordamida 

hisobga olingan moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida muddati kechiktirilgan foyda 

yoki zararlar sifatida taqdim etilmasligi lozim. 

Agar  tashkilot  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  kapitalidagi  ulushga  ega 

bo’lishga  qo’shimcha  tarzda,    monetar  yoki  nomonetar  aktivlarni  ham  olsa,  tashkilot 

olingan  monetar  yoki  nomonetar  aktivlarga  tegishli  bo’lgan  nomonetar  qo’yilma 

bo’yicha foyda yoki zararning qismini o’zining foyda yoki zararida to’liq tan oladi.  

Investitsiya  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxonani  tashkil  etadigan  sanadan 

boshlab  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usuli  asosida  hisobga  olinadi.  Investitsiya  sotib 

olinganida,  investitsiyaning  tannarxi  bilan  investitsiya  ob’ektining  aniqlanadigan 

aktivlari  va  majburiyatlarining  sof  haqqoniy  qiymatlaridagi  tashkilotning  ulushi 

o’rtasidagi har qanday farq quyidagicha hisobga olinadi:  

(a) 


Qaram 

tashkilotga 

yoki 

qo’shma  korxonaga  tegishli  gudvill 



investitsiyaning  balans  qiymatiga  kiritiladi.  Ushbu  gudvillni  amortizatsiya  qilishga 

ruxsat etilmaydi. 

(b) 

investitsiya  ob’ektining  aniqlanadigan  aktivlari  va  majburiyatlarining  sof 



haqqoniy  qiymatidagi  tashkilot  ulushining    investitsiya  tannarxidan  har  qanday  ortiq 

qismi investitsiya sotib olingan davrda qaram tashkilotning yoki qo’shma korxonaning 

foyda  yoki  zararidagi  tashkilotning  ulushini  aniqlashda  daromad  sifatida  hisobga 

olinadi. 

Qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  foyda  yoki  zararidagi 



 

 

238 



 

tashkilotning  ulushiga  xarid  sanasidan  so’nggi  tegishli  tuzatishlar,  masalan,  xarid 

sanasidagi  eskirish  hisoblanadigan  aktivlarning  haqqoniy  qiymatlariga  asoslangan 

ularning  eskirishini  hisobga  olish  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Xuddi  shuningdek,  

qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  foyda  yoki  zararidagi  tashkilotning 

ulushiga  xarid  sanasidan  so’nggi  tegishli  tuzatishlar  gudvill  yoki  asosiy  vositalar 

kabilar  uchun  qadrsizlanishdan  olingan  zararlarni  hisobga  olish  maqsadida  amalga 

oshiriladi. 

Qaram tashkilotning  yoki qo’shma korxonaning eng yaqin oradagi oldingi davr 

uchun  moliyaviy  hisobotlari tashkilot tomonidan  ulush bo’yicha  hisobga olish usulini 

qo’llashda  foydalaniladi.  Qachonki  tashkilotning  hisobot  davrining  oxiri  qaram 

tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonanining  hisobot  davri  oxiridan  farq  qilsa,  qaram 

tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  tashkilotning  foydalanishi  uchun  tashkilotning 

moliyaviy  hisobotlarining  sanasi  bilan  bir  xil  bo’lgan  sana  holatiga  o’z  moliyaviy 

hisobotlarini tayyorlaydi, bunda uni tayyorlash amaliy imkonsiz bo’lmaguncha. 

Qachonki  ulush  bo’yicha  hisobga  olish  usulini  qo’llashda  foydalanilgan  qaram 

tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  moliyaviy  hisobotlari  tashkilotning 

moliyaviy hisobotlari sanasidan farq qiladigan sanada tayyorlangan bo’lsa, tuzatishlar 

ushbu  sana  bilan  tashkilotning  moliyaviy  hisobotlari  sanasi  orasida  sodir  bo’ladigan 

muhim  operatsiyalar yoki  hodisalar ta’sirlariga nisbatan amalga oshirilishi  lozim. Har 

qanday  holatda,  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonanining  hisobot  davri  oxiri 

bilan tashkilotning hisobot davrining oxiri o’rtasidagi farq uch oydan ortiq bo’lmasligi 

lozim. Hisobot davrlarining uzunligi va hisobot davrlari oxirlari o’rtasidagi har qanday 

farq davrdan davrga bir xil bo’lishi lozim.  

Tashkilotning  moliyaviy  hisobotlari  bir  xil  bo’lgan  operatsiyalar  va  hodisalar 

uchun yagona hisob siyosatlari asosida tayyorlanishi lozim.  

Agarda qaram tashkilot yoki qo’shma korxona bir xil operatsiyalar va hodisalar 

uchun  tashkilotning  hisob  siyosatlaridan  farq  qiladigan  siyosatlardan  foydalansa, 

tuzatishlar  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  hisob  siyosatlarini 

tashkilotning siyosatlariga mos kelishini ta’minlash uchun amalga oshiriladi, qachonki 

qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  moliyaviy  hisobotlari  tashkilot 

tomonidan ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashda foydalanilsa.  

Agarda  qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  tashkilotdan  tashqari  boshqa 

tomonlar  tomonidan  egalik  qilinadigan  amaldagi  kumulyativ  imtiyozli  aktsiyalarga 

ega  bo’lsa  va  ular  kapital  sifatida  tasniflangan  bo’lsa,  tashkilot  foyda  yoki  zarardagi 

o’zining  ulushini  bunday  aktsiyalar  bo’yicha  dividendlarga  nisbatan  to’g’rilagandan 

so’ng  hisoblaydi,  bunda  dividendlar  e’lon  qilingan  yoki  qilinmaganligidan  qat’iy 

nazar.  


Agarda  qaram  tashkilotning  yoki  qo’shma  korxonaning  zararlaridagi 

tashkilotning  ulushi  uning  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  ulushiga 

teng yoki ortiq bo’lsa, tashkilot keyingi zararlardagi o’z ulushini tan olishni to’xtatadi. 

Qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  ulush,  ulush  bo’yicha  hisobga  olish 

usuli  asosida  aniqlangan  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi 

investitsiyaning  balans  qiymati  bo’lib,  unga  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma 

korxonadagi  tashkilotning  sof  investitsiyasining  qismini,  mohiyatan,  tashkil  etadigan 

har  qanday  uzoq  muddatli  ulushlar  qo’shiladi.  Masalan,  yaqin  kelajakda  hisob-kitob 




 

 

239 



 

qilinishi  rejalashtirilmagan  yoki  sodir  bo’lish  ehtimoli  mavjud  bo’lmagan  modda, 

mohiyatan,  ushbu  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  tashkilotning 

investitsiyasining ko’payishiga olib keladi. Bunday moddalar imtiyozli aktsiyalarni va 

uzoq  muddatli  debitorlik  qarzlari  yoki  kreditlarni  o’z  ichiga  olishi  mumkin,  ammo 

savdo  bo’yicha  debitorlik  qarzlari,  savdo  bo’yicha  kreditorlik  qarzlarini  yoki 

kafolatlangan  kreditlar  kabi  tegishli  garov  mavjud  bo’lgan  har  qanday  uzoq  muddatli 

debitorlik  qarzlarini  o’z  ichiga  olmaydi.  Oddiy  aktsiyalardagi  tashkilotning 

investitsiyasidan ortiq  miqdorda  ulush bo’yicha  hisobga olish  usuli orqali tan olingan 

zararlar  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  tashkilot  ulushining  boshqa 

tarkibiy  qismlariga  ularning  muddatiga  teskari  (ya’ni  likvidatsiyada  afzalligi)  tarzda 

qo’llaniladi. 

Tashkilotning investitsiya ob’ektidagi ulushi nolgacha kamaytirilganidan so’ng, 

faqatgina  tashkilot  yuridik  yoki  konstruktiv  majburiyatlarga  ega  bo’lgan  yoki  qaram 

tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  nomidan  to’lovlarni  amalga  oshirgan  darajada 

qo’shimcha zararlar qoplanadi, va majburiyat tan olinadi. Agarda qaram tashkilot yoki 

qo’shma  korxona  keyinchalik  foydalarni  hisobotda  aks  ettirsa,  tashkilot  faqatgina 

foydalardagi  o’zining  ulushi  tan  olinmagan  zararlardagi  ulushiga  teng  bo’lgandan 

so’ng ushbu foydalardagi o’z ulushini tan olishni boshlaydi. 

Ulush bo’yicha hisobga olish usulini qo’llashdan, jumladan qaram tashkilotning 

yoki  qo’shma  korxonaning  zararlarini  tashkilot  qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma 

korxonadagi o’zining sof investitsiyasining qo’shimcha qadrsizlanishi bo’yicha zararni 

tan  olishi  kerak  yoki  kerak  emasligini  aniqlash  uchun  BHXS  39  “Moliyaviy 

instrumentlar: tan olish va baholash” ni qo’llaydi.  

Tashkilot  sof  investitsiyaning  ma’lum  qismini  va  qadrsizlanish  bo’yicha  zarar 

miqdorini tashkil etmaydigan qaram tashkilotdagi yoki qo’shma korxonadagi o’zining 

sof  investitsiyasiga  nisbatan  har  qanday  qo’shimcha  qadrsizlanish  zararini  tan  olishi 

zarurligini aniqlash uchun BHXS 39 ni qo’llaydi.  

Qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiyaning  balans 

qiymatining  qismini  tashkil  etadigan  gudvill  alohida  tan  olinmasligi  tufayli,  u  BHXS 

36  “Aktivlarning  qadrsizlanishi”  dagi  qadrsizlanishga  tekshirish  talablarini  qo’llash 

maqsadida  uning  qardsizlanganligi  tekshirilmaydi.  Aksincha,  investitsiyaning  butun 

balans  qiymati  BHXS  36  ga  muvofiq  yagona  aktiv  sifatida  uning  qoplanadigan 

summasini  (foydalanishdagi  qiymat  bilan  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy 

qiymat  o’rtasidagi  ko’prog’i)  uning  balans  qiymatiga  taqqoslash  yo’li  bilan 

investitsiyaning  qadrsizlanganligi  tekshiriladi,  agar  BHXS  39  ning  talablari 

qo’llanilishi  natijasida  investitsiya  qadrsizlangan  bo’lishi  mumkinligi  aniqlansa. 

Ushbu  holatlarda  tan  olingan  qadrsizlanish  bo’yicha  zarar  qaram  tashkilotdagi  yoki 

qo’shma  korxonadagi  investitsiyaning  balans  qiymatining  ma’lum  qismini  tashkil 

etadigan  har  qanday  aktiv,  jumladan  gudvil,  hisobidan  qoplanmaydi.  O’z  navbatida, 

ushbu  qadrsizlanish  bo’yicha  zararning  tiklanishi  BHXS  36  ga  muvofiq 

investitsiyaning qoplanadigan summasi oshishi darajasida tan olinadi. Investitsiyaning 

foydalanishdagi qiymatini aniqlashda, tashkilot quyidagilarni baholaydi:  

(a) 


qaram tashkilot  yoki qo’shma korxona tomonidan  hosil qilinishi kutilgan 

kelgusi pul oqimlarining joriy qiymatidagi o’zining ulushini, jumladan qaram tashkilot 

yoki qo’shma korxona  faoliyatlaridan pul  oqimlari  va investitsiyaning  yakuniy chiqib 



 

 

240 



 

ketishidan tushumlardagi ulushini; yoki 

(b) 

investitsiyadan  va  uning  yakuniy  chiqib  ketishidan  olinadigan 



dividendlardan  yuzaga  kelishi  kutilgan  baholangan  kelgusi  pul  oqimlarining  joriy 

qiymatini. 

To’g’ri  farazlardan  foydalangan  holda,  ikkala  usul  ham  bir  xil  natijani 

ta’minlaydi. 

Qaram  tashkilotdagi  yoki  qo’shma  korxonadagi  investitsiyaning  qoplanadigan 

qiymati har bir qaram tashkilot yoki qo’shma korxona uchun baholanishi lozim, bunda 

qaram  tashkilot  yoki  qo’shma  korxona  o’z  faoliyatida  tashkilotning  boshqa  aktivlari 

bo’yicha  pul  oqimlaridan  sezilarli  darajada  mustaqil  bo’lgan  pul  oqimlarini  yuzaga 

keltirmaguncha. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə