Standartlari


 BHXS (IFRS) 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

8.2. BHXS (IFRS) 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”

 

Ushbu  standartning  maqsadi  tadbirkorlik  sub’ekti  bir  yoki  bir  nechta  boshqa 



tadbirkorlik  sub’ektlarini  nazorat  qilgan  hollarda  jamlangan  moliyaviy  hisobotlarni 

tayyorlash va taqdim etish printsiplarini belgilashdan iborat. 

Ushbu standart maqsadga erishish uchun: 

(a) 


bir  yoki  bir  nechta  boshqa  tadbirkorlik  sub’ektlari  (sho’’ba  tadbirkorlik 

sub’ektlari)ni  nazorat  qiluvchi  tadbirkorlik  sub’ekti  (bosh  tashkilot)  jamlangan 

moliyaviy hisobotlar taqdim etishini talab qiladi; 

(b) 


nazorat qilish printsipini ta’riflaydi va nazorat qilishni jamlash uchun asos 

sifatida belgilaydi; 

(v) 

investor  investitsiyalar  ob’ektini  nazorat  qilayotgani  yoki  qilmayotgani 



va,  binobarin,  investitsiyalar  ob’ektini  jamlashni  amalga  oshirishi  yoki  amalga 

oshirmasligi  lozimligini  aniqlash  uchun  nazorat  qilish  printsipini  qanday  qo’llashni 

ko’rsatadi;  

(g) 


jamlangan  moliyaviy  hisobotlarni  tayyorlash  maqsadida  buxgalteriya 

hisobiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi; va 

(d) 

investitsion  tadbirkorlik  sub’ekti  tushunchasiga  ta’rif  beradi  va 



investitsion  tadbirkorlik  sub’ektining  muayyan  sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ektlarini 

jamlashga nisbatan istisno holatni belgilaydi. 

Investor  o’zining  biron-bir  tadbirkorlik  sub’ekti  (investitsiyalar  ob’ekti)da 

ishtiroki xususiyatidan qat’i nazar, u investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega yoki 

ega  emasligini  baholab,  o’zi  bosh  tashkilot  hisoblanishi  yoki  hisoblanmasligini 

aniqlashi lozim.  

Investor,  agar  u  investitsiyalar  ob’ektida  ishtirok  etishdan  o’zgaruvchan 

daromadlar  olish  bilan  bog’liq  risklarga  yo’liqqan  yoki  bunday  daromadni  olish 

huquqiga  ega,  shuningdek  investitsiyalar  ob’ektiga  nisbatan  o’z  vakolatlarini  amalga 

oshirish  orqali  daromadga  ta’sir  ko’rsatish  imkoniyatiga  ega  bo’lsa,  investitsiyalar 

ob’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi.  

Shunday  qilib,  investor  faqat  quyidagi  hollarda  investitsiyalar  ob’ekti  ustidan 

nazoratga ega bo’ladi: 

investitsiyalar ob’ektiga nisbatan vakolatlarga ega bo’lsa; 

ob’ektda ishtirok etishdan o’zgaruvchan daromadlar olish bilan bog’liq risklarga 

yo’liqqan yoki bunday daromadni olish huquqiga ega bo’lsa; va 




 

 

241 



 

investorning  daromadlari  miqdoriga  ta’sir  ko’rsatish  maqsadida  investitsiyalar 

ob’ektiga nisbatan o’z vakolatlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lsa. 

Investor,  agar  unda  hozir  ahamiyatga  molik  faoliyatni,  ya’ni  investitsiyalar 

ob’ektining daromadiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan  faoliyatni boshqarish  imkoniyatini 

beradigan  mavjud  huquqlar bo’lsa, investitsiyalar ob’ektiga nisbatan  vakolatlarga ega 

bo’ladi. 

Vakolatlar  huquqlar  natijasida  yuzaga  keladi.  Ayrim  hollarda  vakolatlarni 

baholash  qiyinchilik  tug’dirmaydi,  masalan,  investitsiyalar  ob’ektiga  nisbatan 

vakolatlar  ulushli  instrumentlar,  xususan  aktsiyalar  yaratadigan  ovoz  berish 

huquqlarining  bevosita  mahsuli  hisoblansa  va  vakolatlarni  baholash  faqat  tegishli 

aktsiyalar  paketi  bilan  bog’liq  ovoz  berish  huquqlarini  ko’rib  chiqish  yo’li  bilan 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Boshqa  hollarda  baholash  bu  qiyinroq  bo’ladi  va  bir 

nechta omillarni ko’rib chiqishni talab qilishi mumkin (masalan, vakolatlar bir yoki bir 

nechta shartnoma bo’yicha kelishuvlar mahsuli bo’lsa).   

Investor,  agar  u  investitsiyalar  ob’ektiga  nisbatan  vakolatlarga  ega  bo’lish, 

investitsiyalar ob’ektida ishtirok etishdan o’zgaruvchan daromadlar olish bilan bog’liq 

risklarga  yo’liqish  yoki  bunday  daromadni  olish  huquqiga  ega  bo’lish  bilan  bir 

qatorda,  investor  investitsiyalar  ob’ektida  ishtirok  etishdan  oladigan  daromadga  ta’sir 

ko’rsatish  maqsadida  o’z  vakolatlaridan  foydalanish  imkoniyatiga  ham  ega  bo’lsa, 

investitsiyalar ob’ekti ustidan nazoratga ega bo’ladi.   

Shunday  qilib,  qarorlar  qabul  qilish  huquqiga  ega  bo’lgan  investor  o’zi 

printsipal yoki agent hisoblanishini aniqlashi lozim.  

Bosh  tashkilot  o’xshash  operatsiyalar  hamda  o’xshash  vaziyatlardagi  boshqa 

hodisalar  uchun  yagona  hisob  siyosati  yordamida  jamlangan  moliyaviy  hisobotlarni 

tayyorlashi lozim.  

Investitsiyalar  ob’ektini  jamlash  investor  investitsiyalar  ob’ekti  ustidan 

nazoratni qo’lga kiritgan paytdan boshlanadi va investor investitsiyalar ob’ekti ustidan 

nazoratni yo’qotgan paytda tugallanadi.  

Bosh  tashkilot  moliyaviy  holat  to’g’risidagi  jamlangan  hisobotda  kapital 

tarkibidagi  nazorat  kuchiga  ega  bo’lmagan  ulushlarni  bosh  tashkilot  mulkdorlarining 

kapitalidan alohida ifodalashi lozim.  

Bosh tashkilotning sho’’ba tadbirkorlik ob’ektida ishtirokchi sifatidagi ulushida 

yuz bergan, bosh tashkilot sho’’ba tadbirkorlik ob’ekti  ustidan  nazoratni  yo’qotishiga 

olib  kemaydigan  o’zgarishlar  kapital  bilan  operatsiyalar  (ya’ni  mulkdorlar  bilan 

operatsiyalar) sifatida hisobga olinadi. 

Agar  bosh  tashkilot  sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ekti  ustidan  nazoratni  yo’qotgan 

bo’lsa, bosh tashkilot: 

(a)  sobiq  sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ektining  aktivlari  va  majburiyatlarini 

moliyaviy holat to’g’risidagi jamlangan hisobotda hisobdan chiqaradi. 

(b)          nazorat  yo’qotilgan  sanada  sobiq  sho’’ba  tadbirkorlik  sub’ektida  qolgan 

har qanday investitsiyalarning haqqoniy qiymatda tan olishni to’xtatadi va keyinchalik 

bunday investitsiyalarni, shuningdek sobiq sho’’ba tadbirkorlik sub’ektidan yoki uning 

foydasiga  to’lanishi  lozim  bo’lgan  har  qanday  summalarni  hisob  yuritishda  tegishli 

MHXSda belgilangan tartibda aks ettiradi. Mazkur haqqoniy qiymat moliyaviy aktivni 

MHSS  9  ga  muvofiq  dastlabki  tan  olishda  haqqoniy  qiymat  yoki,  zarur  holda,  qaram 




 

 

242 



 

tadbirkorlik  sub’ekti  yoki  birgalikdagi  faoliyatga  investitsiyalar  tannarxi  sifatida 

baholanadi. 

(v)    nazoratni  yo’qotish bilan bog’liq bo’lgan, sobiq  nazorat paketida  hisobga 

olinadigan foyda yoki zararni tan oladi. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə