Kapital xarajatlar
– bu sifatini yuksaltirish (improve quality) (betterments or
improvements); aktivlarning xizmat qilish muddatini uzaytirishga olib keladigan
(extent the life) sarflarga aytiladi.
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv
- bu ko’zlangan foydalanish yoki
sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir.
Monetar aktivlar
- bu egalikdagi pul mablag’lari va qat’iy belgilangan yoki
aniqlanadigan pul miqdorlarida olinadigan aktivlardir.
Mulk-mulk-egasi-egallagan mulk
– bu (mulk egasi yoki moliyaviy ijara
shartnomasi asosida ijara oluvchi tomonidan) ishlab chiqarishda yoki tovarlar
yetkazib berish yoki xizmatlar ko’rsatishda yoki ma’muriy maqsadlarda
foydalaniladigan egalikdagi mulk.
Narxi qat’iy belgilangan shartnoma
- qat’iy belgilangan narxga yoki qurilish
ishlarining birligiga qat’iy belgilangan stavkaga (bu stavka ba’zi hollarda xarajatlar
o’zgarishi sababli qayta ko’rib chiqiladi) pudratchi rozi bo’lgan qurilish
shartnomasidir.
Nomoddiy aktiv
- bu moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan
aniqlanadigan nomonetar aktiv.
Dostları ilə paylaş: |