“Xarajatlar plyus” shartnomasi
– bunday shartnomaga ko’ra pudratchiga
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan yoki boshqacha qilib oldindan belgilangan harajatlar
va ularga qo’shimcha ushbu xarajatlar summasining ma’lum foizi yoki qat’iy
belgilangan mukofot summasi qoplanadi
Amortizatsiya
- bu nomoddiy aktivlarni xarid qilib olish tannarxini ularning
foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq holda taqsimlashdir.
Asosiy vositalarning turkumi
– bu bir xil xususiyatga va tadbirkorlik
sub’ektining faoliyatida foydalanish maqsadlariga ega bo’lgan aktivlarning guruhidir.
Balans qiymati
– bu har qanday jamg’arilgan eskirish va yig’ilgan
qadrsizlanish bo’yicha zararlar chegirib tashlanganidan so’ng aktivning tan olinadigan
summasidir.
Depresiatsiya
- bu mulk, mashina va asbob-uskunalar (er kirmaydi)
tannarxining ularning foydali xizmat qilish muddatiga sistematik va o’zaro bog’liq
holda taqsimlashdir.
Eskirish
– bu aktivning eskirish hisoblanadigan qiymatini uning foydali xizmat
muddati davomida sistematik tarzda xarajatlarga olib borishdir.
Dostları ilə paylaş: |