Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari    bo’yicha  Komitet  (MHXSK)  – 

nodavlat tashkilot bo’lib, unga butun jaxon buxgalterlik faoliyati sohasining vakillari 

a’zodirlar.  Komitet  doimiy  ravishda  Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlarini 

ishlab  chiqish  va  rivojlantirish  uchun  javobgardir.  Moliyaviy  hisobotning  xalqaro 

standartlari  esa,  ma’lumki,  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  moliyaviy  hisobotni 

tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.         

MHXSK  –  mustaqil  notijorat  tashkilot  bo’lib,  u  butun  jaxonda  tijorat 

korxonalari  va  boshqa  tashkilotlar  tomonidan  moliyaviy  hisobotlarni  tuzish 

jarayonida  qo’llaniladigan  buxgalterlik  printsiplarini  muvofiqlashtirishga  erishish 

maqsadida tuzilgandir.  

Gap  shundaki,  BMT  davlatlararo  ekspert  guruhi    bir  qancha korporatsiyalar 

buyicha  hisobni  tashkil  etish  amaliyoti  va  46  milliy  hisob  tizimi  buyicha  hisobot 

berilishini  o’rganib  chiqib,  ko’p  ko’rsatkichlar  bo’yicha  milliy  hisob  tizimlarini 

taqqoslab bo’lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Markaz hisobotida  shunday xulosaga 

kelindi:  ayrim  rivojlangan  mamlakatlarda  ko’p  sonli  kompaniyalar  hisob  davrining 

oxirigacha  e’lon  kilingan  foydaga  tenglash  maqsadida  turli  rezerv  tizimlarini 

ishlatadilar. Milliy hisob tizimlarida amaldagi barcha belgilari bo’yicha rivojlangan 

va rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy tizimlarni ajratib turgan bir qancha farqlar 

o’rin egallar ekan. 

Mutaxassislar  tomonidan  13  ta  milliy  hisob  tizimining  o’rganilishi  shuni 

kursatdiki,  ulardan  fakat  4  tasidagina(Germaniya,  AKSh,  Angliya,  Yaponiya) 

resurslarni baholash uslubiyati davlat tomonidan qonuniy ravishda belgilab qo’yilar 

ekan.  Natijada  resurslar  eng  kam  baholash  usulida  hisoblanib,  davlat  foydasini 

ko’zlaydi,  chunki,  kompaniya  bu  holda  foyda  summasini  maksimal  darajada 

ko’rsatishga majbur bo’ladi.  

Bu  milliy  tizimlarning  yana    23  tasini  o’rganish  shuni  kursatadiki,  ulardan 

8tasida  (Avstraliya,  Belgiya,  Kanada,  Frantsiya,  Italiya,  Norvegiya,  Shvetsiya, 

Shveytsariya)davlat uchun emas, balki korxona uchun qulayrok sharoit yaratar ekan. 

U    tashqi  bozorda  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirish  va  qator  boshqa    sharoitlarni 

taqazo  etadi.  To’la  ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  milliy  buxgalteriya  hisobi  yangi 

yunalishlarni  ishlatish  hisobi  bilan  mamlakat  iqtisodi  rivojlanishi  ma’lum  taktik  va 

strategik  vazifalarini  yechishga  imkon  beradi.  Buxgalteriya  hisobi  milliy  tizimlari 

tahlili nuqtai nazaridan firmalarning mablag’ va resurslarini chet el valyutasida aks 

ettirilishi qiziqish uyg’otadi.  

Balans  tuzilgan  sananing  joriy  kursi  bo’yicha  baholangan  chet  el  valyutasida 

balans  moddalarining  kengayish  darajasi  bo’yicha  tahlil  o’tkazildi  va  ma’lumotlar  

tuzildi.  Bu  jihatdan  firmalarga  ko’proq  darajada  qulayliklar  Frantsiya,  Yaponiya, 

Norvegiya,  Niderlandiya,  Angliya,  Shveytsariya  mamlakatlarida,    Avstraliya  va 

AQSh firmalari uchun esa kamroq qulayliklar mavjud ekanligi aniqlandi. 

Milliy  hisob  tizimlarida  iqtisodni  tartibga  solishga  davlatning  ta’sir  darajasi 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə