Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.

 

Sotilgan mahsulot savdo ustamasi: 

40000+360000-450000/(100% + 20%) = 25000 sh.b. 



2.

 

Sotish bahosi: 

450000/(100% + 20%) = 375000 sh.b.  




 

 

73 



 

Xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar tovar-moddiy zaxiralarga ega bo’lganida, ular 

bu  TMZlarni  ishlab  chiqarish  xarajatlari  summasida  baholaydilar.  Bu  xarajatlar, 

asosan,  xizmat  ko’rsatishda  bevosita  band  bo’lgan  xodimlar,  shu  jumladan  ularni 

nazorat  qiladigan  xodimlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  mexnat  haqi  va  boshqa  xarajatlar, 

hamda tegishli ustama xarajatlardan tashkil topadi. Xizmatlarni sotishda band bo’lgan 

va  umumiy  ma’muriy  xodimlarga tegishli  bo’lgan  mexnat  haqi  va boshqa  xarajatlari 

tannarxga kiritilmaydi,  va ular kelib chiqqan davrning xarajatlari sifatida tan olinadi. 

Aksariyat  hollarda,  xizmat  ko’rsatuvchi  tashkilotlarning  TMZlari  tannarxiga  ular 

tomonidan  xizmat  narhiga  kiritiladigan  foyda  me’yori  yoki  taqsimlanmaydigan 

ustama xarajatlar kiritilmaydi. 

MHXS  41  “Qishloq  xo’jaligi”ga  asosan  xo’jalik  sub’ekti  o’zining  biologik 

aktivlaridan  yig’ib  olgan  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  o’z  ichiga  oladigan  tovar-

moddiy  zaxiralari,  ularni    dastlabki  tan  olishda  yig’im  paytidagi  sotish  xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  bo’yicha  baholanadi.  Bu  o’sha  sanadagi  tovar-

moddiy zaxiralarning, mazkur standart qo’llanilishi maqsadidagi, tannarxidir.  

TMZlar  tannarxini  baholash  uchun,  qulaylik  maqsadida,  me’yoriy  xarajatlar 

bo’yicha  tannarxni  hisoblash  usuli  yoki  chakana  usuli  kabi  usullardan  foydalanish 

mumkin,  agarda  ularni  qo’llash  natijalari  taxminan  tannarxga  teng  bo’lsa.  Me’yoriy 

xarajatlarda  xom  ashyo  va  materiallar,  ishchi  kuchi,  samaradorlik  va  quvvatdan 

foydalanishning normal darajasi hisobga olinadi. Me’yorlar  doimiy tarzda tahlil qilib 

turiladi, va, zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga qarab qayta ko’rib chiqiladi. 

Chakana  usuli  ko’pincha  chakana  savdo  sohasida  ko’p  sonli,  tez-tez  o’zgarib 

turuvchi,  va  bir  xil  foyda  olib  keladigan  shunday  TMZlarni  baholash  uchun 

foydalaniladiki,  ular  tannarxini  hisoblash  uchun  boshqa  usullarni  qo’llashni  amaliy 

iloji  bo’lmaydi.  Tovar-moddiy  zaxiraning  tannarxi  ushbu  TMZning  sotish  qiymatini 

yalpi  foydaning  tegishli  foiziga  kamaytirish  yo’li  bilan  aniqlanadi.  Qo’llaniladigan 

foizni  aniqlashda,  qiymati  dastlabki  sotish  narhidan  kamaytirilgan  tovar-moddiy 

zaxiralari  hisobga  olinadi.  Ko’pincha  hamma  chakana  savdo  BOBlari  bo’yicha 

o’rtacha foiz qo’llaniladi. 



5-misol. 

Oy boshiga kompaniyada A tovardan 200 dona 15 sh.b. dan bor edi. Kelgusi oy 

davomida A tovar bo’yicha quyidagi sotib olish va sotishlar amalga oshirildi: 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə