Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”

 ushbu xo’jalik 

sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy  va kamaytirilgan 

foyda; 


(j) 

iloji  boricha,  taqdim  qilingan  davrlardan  oldingi  davrlarga  tegishli 

bo’lgan tuzatish summasi.  

Keyingi  davrlarning  moliyaviy  hisobotlarida  yuqorida  qayd  etilgan 

ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 

Hisob  siyosatiga  ixtiyoriy  ravishda  o’zgartirish  kiritish  joriy  davrga  yoki  har 

qanday  oldingi  davrga  ta’sir  qilganida,  ushbu  davrga  ta’sir  qilishi  mumkin 

bo’lganida,  bundan  tuzatish  summasini  aniqlashni  amaliy  iloji  yo’q  bo’lgan  holatlar 

istisno,  yoki  kelgusi  davrlarga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lganida,  xo’jalik  sub’ekti 

quyidagilarni oshkor etishi kerak:  

(a) 

hisob siyosatidagi o’zgarishning xususiyati; 



(b) 

yangi  hisob siyosatini qo’llash  natijasida  ishonchli  va o’rinliroq axborot 

ta’minlanishining sabablari; 

(v) 


iloji  boricha,  joriy  davr  va  taqdim  qilingan  har  qanday  oldingi  davr 

uchun quyidagilar bo’yicha tuzatish summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 



agar MHXS 33 “



Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”

 ushbu xo’jalik 

sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy  va kamaytirilgan 

foyda; 


(g) 

iloji  boricha,  taqdim  qilingan  davrlardan  oldingi  davrlarga  tegishli 

bo’lgan tuzatish summasi; va 

(d) 


agar  retrospektiv  qo’llashni  biror  oldingi  davr  uchun  yoki  taqdim 

qilingan  davrlardan  oldingi  davrlar  uchun  amalga  oshirishni  amaliy  iloji  bo’lmasa, 

bunday  vaziyat  bo’lishiga  olib  kelgan  sharoitlar  va  hisob  siyosatidagi  o’zgarish 

qachondan boshlab va qanday qilib qo’llanilganligining tavsifi. 

Keyingi  davrlarning  moliyaviy  hisobotlarida  yuqorida  qayd  etilgan 



 

 

47 



 

ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 

Xo’jalik  sub’ekti  yangi  chiqarilgan,  ammo  haligacha  kuchga  kirmagan 

MHXSni qo’llamagan bo’lsa, xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etishi lozim:  

(a) 

ushbu faktni o’zini; va 



(b) 

ushbu  yangi  MHXSni  birinchi  marta  qo’llashning  xo’jalik  sub’ektining 

moliyaviy  hisobotlariga  mumkin  bo’lgan  ta’sirini  baholash  uchun  ma’lum  bo’lgan 

yoki oqilona ravishda baholanishi mumkin bo’lgan o’rinli ma’lumotlar.  

Tadbirkorlik  faoliyatiga  xos  bo’lgan  noaniqliklar  mavjud  bo’lishi  natijasida, 

moliyaviy  hisobotlardagi  ko’pgina  moddalar  aniq  baholana  olmaydi  va  faqat 

taxminiy baholanishi mumkin. Taxminiy baholashlar eng so’nggi ishonchli axborotga 

tayangan  holda  hukm  chiqarishni  qamrab  oladi.  Masalan,  quyidagilarni  taxminiy 

baholash zarur bo’lishi mumkin:  

(a) 


umidsiz qarzlar; 

(b) 


tovar-moddiy zaxiralarning qadrsizlanishi; 

(v) 


moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarning haqqoniy qiymati; 

(g) 


eskiradigan 

aktivlarning 

foydali 

xizmat 


muddati 

yoki 


ularda 

mujassamlangan kelgusi iqtisodiy naf qay tarzda olinishi; va 

(d) 

kafolat majburiyatlari. 



Buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarishning  ta’siri,  bunda

 

uni 


quyidagi  davr  foydasi  yoki  zararida  aks  ettirish  orqali  istiqbolli  ravishda  tan  olinishi 

kerak: 


(a) 

o’zgarish  ro’y  bergan  davr,  agar  o’zgarish  faqat  ushbu  davrga  ta’sir 

qilsa; yoki 

(b) 


o’zgarish ro’y bergan davr  va kelgusi davrlar, agar o’zgarish  ikkalasiga 

ham ta’sir qiladigan bo’lsa. 

Buxgalteriya hisobi maqsadida baholashdagi o’zgarish qay darajada aktivlar va 

majburiyatlarning  o’zgarishini  keltirib  chiqarsa,  yoki  kapitalning  qandaydir 

moddasiga  tegishli  bo’lsa,  u  tegishli  bo’lgan  aktivlarning,  majburiyatlarning  yoki 

kapital  moddasining  balans  qiymatini  tuzatish  yo’li  bilan  o’zgarish  ro’y  bergan 

davrda tan olinishi kerak.  

Xo’jalik  sub’ekti  joriy  davrga  ta’sir  qiladigan  yoki  kelgusi  davrlarga  ta’sir 

qilishi  kutilayotgan  buxgalteriya  hisobi  maqsadida  baholashdagi  o’zgarishning 

xususiyatini  va  summasini  oshkor  etishi  kerak,  bundan  kelgusi  davrlarga  bo’lgan 

ta’sirini, ushbu ta’sirni baholashni amaliy iloji yo’q bo’lganida, oshkor etish istisno.  

Agar  kelgusi  davrlarga  bo’lgan  ta’sir  summasi,  ushbu  ta’sirni  baholashni 

amaliy  iloji  yo’q  bo’lgani  tufayli,  oshkor  etilmasa,  xo’jalik  sub’ekti  ushbu  faktni 

oshkor etishi lozim. 

Xo’jalik  sub’ekti  oldingi  davrlardagi  ahamiyatli  xatolarni,  ular  topilganidan 

keyin  chiqarilishi  ruxsat  etilgan  moliyaviy  hisobotlarning  birinchi  to’plamida, 

retrospektiv tarzda quyidagicha tuzatishi lozim:  

(a) 


xato  paydo  bo’lgan,  taqdim  etilgan  oldingi  davr(lar)  uchun  qiyosiy 

ma’lumotlarni qayta hisoblash yo’li bilan;   

(b) 

agar xato taqdim etilgan oldingi davrlarning eng daslabki davridan oldin 



yuzaga  kelgan  bo’lsa,  oldingi  taqdim  etilgan  davrlarning  eng  daslabki  davridagi 


 

 

48 



 

aktivlar,  majburiyatlar  va  kapitalning  boshlang’ich  qoldiqlarini  qayta  hisoblash  yo’li 

bilan. 

Oldingi  davr  xatosi  retrospektiv  qayta  hisoblash  yo’li  bilan  tuzatilishi  kerak, 

bundan  xatoning  biror-bir  davrga  tegishli  ta’sirini  yoki  yig’ilgan  ta’sirini  aniqlashni 

amaliy iloji yo’q bo’lgan holatlar istisno. 

Xatoning  taqdim  qilingan  bir  yoki  undan  ortiq  oldingi  davrlar  uchun  qiyosiy 

ma’lumotga nisbatan biror-bir davrga tegishli bo’lgan ta’sirini aniqlashni amaliy iloji 

bo’lmaganida,  xo’jalik  sub’ekti  retrospektiv  qayta  hisoblashni  amaliy  iloji  bo’lgan 

davrlardan  eng  birinchi  davridagi  (bu  joriy  davr  ham  bo’lishi  mumkin)  aktivlarning, 

majburiyatlarning va kapitalning boshlang’ich qoldiqlarini qayta hisoblashi lozim. 

Joriy  davrning  boshida  xatoning  hamma  oldingi  davrlarga  bo’lgan  yig’ilgan 

ta’sirini  aniqlashni  amaliy  iloji  bo’lmaganida,  xo’jalik  sub’ekti  qayta  hisoblashni 

amaliy  iloji  paydo  bo’lgan  eng  dastlabki  sanadan  boshlab  xatoni  istiqbolli  ravishda 

tuzatish maqsadida qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblashi kerak. 

Xo’jalik sub’ekti quyidagilarni oshkor etadi:  

(a) 

oldingi davrdagi xatoning xususiyati; 



(b) 

taqdim  qilingan  har  bir  oldingi  davr  uchun,  amaliy  iloji  boricha, 

tuzatishning quyidagilar bo’yicha summasi: 

moliyaviy hisobotning ta’sir ko’rsatilgan har qanday moddasi; va 



agar MHXS 33 “



Bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda”

 ushbu xo’jalik 

sub’ektiga tegishli bo’lsa, bitta aktsiyaga to’g’ri keladigan bazaviy  va kamaytirilgan 

foyda; 


(v) 

taqdim  qilingan  oldingi  davrlardan  eng  dastlabki  davr  boshiga 

tuzatishning summasi; va 

(g) 


agar  retrospektiv  qayta  hisoblashni  biror  oldingi  davr  uchun  amalga 

oshirishni  amaliy  iloji  bo’lmasa,  bunday  vaziyat  bo’lishiga  olib  kelgan  sharoitlar  va 

xato qachondan boshlab va qanday qilib tuzatilganligining tavsifi. 

Keyingi  davrlarning  moliyaviy  hisobotlarida  yuqorida  qayd  etilgan 

ma’lumotlarni qaytadan oshkor etish shart emas. 

Ba’zi vaziyatlarda, joriy davr bilan qiyosiylikka erishish uchun bir yoki undan 

ortiq  davrlar  uchun  qiyosiy  ma’lumotni  tuzatishni  amaliy  iloji  bo’lmaydi.  Masalan, 

yangi hisob siyosatini retrospektiv qo’llash  yoki oldingi davr xatosini tuzatish uchun 

retrospektiv  qayta  hisoblash  imkoniyatini  yaratadigan  tarzda  ma’lumotlar  oldingi 

davrlarda  yig’ilmagan  bo’lishi  mumkin,  va  bunday  ma’lumotlarni  qaytadan  paydo 

qilishni amaliy iloji yo’q bo’lishi mumkin. 

 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə