Standartlari


- MAVZU. NOMOLIYaVIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVChI



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

4- MAVZU. NOMOLIYaVIY AKTIVLARNI HISOBGA OLUVChI 

STANDARTLARINING TAVSIFI 

 

4.1. BHXS (IAS) 2 “Zaxiralar” 

BHXS  (IAS)  2  “Zaxiralar”  nomli



  s

tandartning  maqsadi  tovar-moddiy 

zaxiralarni  (TMZlarni)  hisobga  olish  tartibini  belgilashdan  iboratdir.  TMZlarni 

hisobga  olishda  asosiy  masala  bo’lib  TMZlarning  tannarxi  qanday  summada    aktiv 

sifatida  tan  olinishi  va  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  daromadlar  kelgusi  davrlarda  tan 

olinguncha  hisobga  olinishi  kerakligi  hisoblanadi.  Ushbu  Standart  tannarx  va  uning 

keyinchalik  xarajat  sifatida  tan  olinishi,  shu  jumladan  uning  har  qanday  sof  sotish 

qiymatigacha  kamaytirilishi  bo’yicha  ko’rsatmalarni  beradi.  U,  shuningdek,  tovar-

moddiy  zaxiralarning  tannarhini  aniqlashda  qo’llaniladigan  tannarxni  hisoblash 

formulalari bo’yicha ko’rsatmalarni keltiradi. 

Ushbu  standart,  quyidagilardan  tashqari,  barcha  tovar-moddiy  zaxiralarga 

nisbatan qo’llaniladi

8

:  


 

qurilish  shartnomalari,  shu  jumladan  ular  bilan  bevosita  bog’liq  bo’lgan 



xizmat shartnomalari ostida kelib chiqadigan tugallanmagan  ishlab chiqarish (BHXS 

11 “Qurilish Shartnomalari” ga qarang); 

 

moliyaviy instrumentlar (BHXS 32 “Moliyaviy Instrumentlar: Taqdim etish” 



va MHHS 9 “Moliyaviy Instrumentla”r ga qarang); va 

 



qishloq xo’jaligi faoliyatiga tegishli biologik aktivlar va yig’im jarayonidagi 

qishloq xo’jaligi hosillari (BHXS 41 “Qishloq xo’jaligi”). 

Ushbu  Standart  quyidagilar  egaligidagi  tovar-moddiy  zaxiralarga  nisbatan 

qo’llanilmaydi:  

 

qishloq  va  o’rmon  xo’jaliklari  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilar, 



yig’imdan  so’nggi  qishloq  xo’jaligi  hosillari,  foydali  qazilmalar  va  qazilma 

mahsulotlari,  agar  ular  shu  sohalarda  o’rnatilgan  ilg’or  amaliyotlarga  muvofiq  sof 

sotish  qiymati  bo’yicha  baholanadigan  bo’lsa.  Agar  bunday  TMZlar  sof  sotish 

qiymati bo’yicha baholanadigan bo’lsa, ushbu qiymatdagi  o’zgarishlar shu o’zgarish 

ro’y bergan davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi. 

 



o’z  TMZlarini    sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymat  bo’yicha 

baholaydigan,  tovarlarni  sotuvchi  broker-treyderlari.  Bunday  TMZlar  sotish 

xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymat  bo’yicha  hisobga  olinganida,  sotish 

xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatdagi  o’zgarishlar  o’zgarish  ro’y  bergan 

davrdagi foyda yoki zararida tan olinadi. 

Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri kamroq 

bo’lsa, o’sha bo’yicha baholanishi lozim.  

Tovar-moddiy  zaxiralar  tannarxiga  TMZlarni  sotib  olish,  qayta  ishlash  va  

ularni  hozirgi  paytdagi  joylashishi  hamda  holatiga  keltirish  uchun  amalga  oshirilgan 

boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim. 

Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narhi, import bojlari va 

boshqa  soliqlar  (soliq  idoralari  tomonidan  xo’jalik  sub’ektiga  keyinchalik 

                                            

8

 



M.Bonham and others.Generally accepted Accounting practice under IFRS. Ernst & Young LLP, United States, 2010.- part 2. 

p.1327-1328.

 



 

 

71 



 

qaytariladiganlardan  tashqari),  tashish,  ortish-tushirish  hamda  tayyor  mahsulotlar, 

materiallar  va  xizmatlarni  sotib  olish  bilan  bevosita  bog’liq  boshqa  jami  xarajatlar 

kiradi.  Savdo  chegirmalari,  qoplab  berishlar  va  shu  kabilar  sotib  olish  xarajatlaridan 

chegirilib tashlanishi lozim.  

Tovar-moddiy  zaxiralarni  qayta  ishlash  xarajatlariga  mahsulotni  ishlab 

chiqarish  bilan  bevosita  bog’liq  xarajatlar,  masalan  bevosita  mehnat  xarajatlari, 

kiradi.  Ularga,  shuningdek,  materiallarni  tayyor  mahsulotga  aylantirishda  amalga 

oshiriladigan  va  sistematik  tarzda  taqsimlanadigan  doimiy  va  o’zgaruvchan  ustama 

xarajatlar  ham  kiradi.  Doimiy  ishlab  chiqarish    ustama  xarajatlari  -  bu    ishlab 

chiqarish  hajmidan  qat’iy  nazar  nisbatan  doimiy  bo’lib  qoladigan  bilvosita  ishlab 

chiqarish  xarajatlaridir,  masalan  ishlab  chiqarish  binolari  va  uskunalarining  eskirishi 

va  ularni  saqlash  xarajatlari  hamda  ishlab  chiqarishni  boshqarish  xarajatlari. 

O’zgaruvchan  ishlab  chiqarish  ustama  xarajatlari  bu  ishlab  chiqarish  hajmiga 

to’g’ridan-to’g’ri  yoki  deyarli  to’g’ridan-to’g’ri  bog’liqlikda  o’zgaradigan  bilvosita 

ishlab  chiqarish  xarajatlaridir,  masalan  bilvosita  materiallar  va    bilvosita  mehnat 

xarajatlari. 

Boshqa  xarajatlar  TMZlar  tannarxiga,  faqatgina  TMZlarni  hozirgi  paytdagi 

joylashishi  va  holatiga  keltirish  uchun  sarflangan  xarajatlar  hajmidagina,  kiritiladi. 

Masalan,  no-ishlab  chiqarish  ustama  xarajatlari  yoki  maxsus  mijozlar  uchun 

mahsulotlarni  yasash  xarajatlarini  tovar-moddiy  zaxiralar  tannarxiga  kiritish  o’rinli 

bo’lishi mumkin. 

Tovar-moddiy  zaxiralar  tannarxiga  kiritilmaydigan  va  ular  kelib  chiqqan  davr 

xarajatlari sifatida tan olinadigan xarajatlar misoliga quyidagilar kiradi

9

:  


(a) 

me’yoridan  tashqari  sarflangan  xom  ashyo,  mehnat  va  boshqa  ishlab 

chiqarish xarajatlari summasi; 

(b) 


saqlash  xarajatlari,  agar  bu  xarajatlar  ishlab  chiqarish  jarayonining 

keyingi bosqichlari uchun talab etilmasa; 

(v) 

tovar-moddiy  zaxiralarni  xozirgi  paytdagi  joylashishi  va  holatiga 



keltirish bilan bog’liq bo’lmagan ma’muriy ustama xarajatlar; va 

(g) 


sotish xarajatlari. 

MHXS  23  “Qarzlar  bo’yicha  xarajatlar”  olingan  qarzlar  bo’yicha  xarajatlar 

tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan kamdan-kam hollarini belgilaydi.  

Xo’jalik sub’ekti tovar-moddiy zaxiralarni kechiktirib to’lash shartlarida sotib 

olishi  mumkin.  Agar  bunday  kelishuv  amalda  moliyalashtirish  elementini  o’z  ichiga 

olsa,  bu  element,  masalan,  odatdagi  shartlarda  kreditga  sotib  olish  narhi  va  to’lov 

summasi  orasidagi  farq,  ushbu  moliyalashtirish  davrida  foiz  xarajatlari  sifatida  tan 

olinishi shart. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə