Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2-misol. 

Kompaniya  xaridorlar  bilan  ishlashni  takomillashtirish  va  avtomatlashtirish 

maqsadida  kompyuter  dasturi  sotib  oldi.  Dasturning  sotib  olish  narhi  100000  sh.b., 

urnatish  va  testdan  o’tkazish  6000  sh.b.  ni  tashkil  qiladi,  xodimlarni  o’qitish  2000 

sh.b., kelgusida dasturni yangilab borish va xizmat ko’rsatish uchun 3000 sh.b. kerak 

bo’ladi. 

Nomoddiy  aktiv  tannarxini  aniqlash  uchun  xarajatlarni  hisoblaymiz. 

(100000+6000)  106000  sh.b.  Xodimlarni  o’qitish  xarajati  foyda  va  zararlarga, 

dasturni yangilab borish va xizmat ko’rsatish uchun xarajatlar paydo bo’lgan davrida 

tan olinadi. 

MHXS  3  “Biznes  birlashuvlari”  ga  muvofiq,  agarda  nomoddiy  aktiv  biznes 

birlashuvi  jarayonida  sotib  olinsa,  ushbu  nomoddiy  aktivning  tannarxi  xarid 

sanasidagi  uning  haqqoniy  qiymatiga  teng  bo’ladi.  Nomoddiy  aktivning  haqqoniy 

qiymati  aktivda  mujassamlangan  kutilayotgan  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarning 

tadbirkorlik sub’ekti tomonidan olinishi ehtimoli to’g’risidagi kutishlarni aks ettiradi. 

Boshqacha  qilib  aytganda,  iqtisodiy  manfaatlar  oqimining  muddati  yoki  summasi 

bo’yicha  noaniqlik  mavjud  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  tadbirkorlik  sub’ekti  iqtisodiy 

manfaatlar  olinishini  kutadi.  Shu  tufayli,  biznes  birlashuvi  jarayonida  sotib  olingan 

nomoddiy  aktivlar  uchun  doimo  qanoatlantirilgan  deb  inobatga  olinadi.  Agarda 

biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan aktiv ajraladigan bo’lsa yoki shartnomaviy 

boshqa  yuridik  huquqlar  natijasida  yuzaga  kelsa,  aktivning  haqqoniy  qiymatini 

ishonchli  baholash  uchun  yetarlicha  ma’lumot  mavjud  bo’ladi.  Shu  tufayli,  biznes 

birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktivlar uchun doimo qanoatlantirilgan 

deb inobatga olinadi. 

Tadbirkorlik  sub’ektining  tugallanmagan  tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik 

ishlab chiqish loyihasi jarayoni nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantiradi, qachonki u: 

(a) 

aktiv ta’rifini qanoatlantirsa; va 



(b) 

aniqlanadigan,  ya’ni  ajraladigan  bo’lsa  yoki  shartnomaviy  boshqa 

yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa. 

Agarda  biznes  birlashuvi  jarayonida  sotib  olingan  nomoddiy  aktiv  ajraladigan 

bo’lsa yoki shartnomaviy boshqa yuridik huquqlar natijasida yuzaga kelsa, aktivning 

haqqoniy  qiymatini  ishonchli  baholashda  yetarlicha  ma’lumot  mavjud  bo’ladi. 

Qachonki  nomoddiy  aktivning  haqqoniy  qiymatini  hisoblashda  foydalaniladigan 

baholar  uchun  turli  xil  ehtimollarga  ega  mumkin  bo’lgan  natijalar  kengligi  mavjud 

bo’lsa, ushbu mavhumlik aktivning haqqoniy qiymatini hisoblashda inobatga olinadi. 

Biznes birlashuvi jarayonida sotib olingan nomoddiy aktiv ajraladigan bo’lishi 

mumkin,  biroq  u  faqatgina  tegishli  shartnoma,  aniqlanadigan  aktiv  yoki  majburiyat 

bilan  birga  ajraladigan  bo’lishi  mumkin.  Bunday  holatlarda,  xaridor  nomoddiy 

aktivni gudvildan alohida tarzda, biroq tegishli modda bilan birga tan oladi. 

Xaridor bir birini to’ldiruvchi nomoddiy aktivlar guruhini yagona aktiv sifatida 




 

 

114 



 

tan  olishi  mumkin,  faqatgina  alohida  aktivlarning  foydalanish  muddati  bir  xil 

bo’lganda.  Masalan,  “Brend”  va  “Brend  nomi”  atamalari  savdo  belgilari  va  boshqa 

belgilar  uchun  sinonimlar  sifatida  foydalaniladi.  Biroq,  “Brend”  va  “Brend  nomi” 

atamalari  umumiy  marketing  atamalari  bo’lib,  ular  odatda  bir  birini  to’ldiruvchi 

aktivlarga, masalan, savdo belgisi (yoki xizmat belgisi) va uning tegishli savdo nomi, 

formulalari, tarkiblari va texnologik ekspert bilimlariga nisbatan foydalaniladi. 

Tadqiqot  yoki  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  xarajati  bu-alohida  yoki 

biznes  birlashuvida  sotib  olingan  va  nomoddiy  aktiv  sifatida  tan  olingan 

tugallanmagan tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish loyihasiga tegishli; va 

Biznes  birlashuvida  sotib  olingan  va  nomoddiy  aktiv  sifatida  tan  olingan 

tugallanmagan  tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  loyihasi  bo’yicha 

navbatdagi xarajatlar:  

(a) 


sarflangan  paytda  xarajat  sifatida  tan  olinadi,  agarda  u  tadqiqot  xarajati 

bo’lsa; 


(b) 

sarflangan paytda xarajat sifatida tan olinadi; va 

(v) 

sotib  olingan  tugallanmagan  tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlab 



chiqish loyihasining balans qiymatiga kiritiladi. 

Ba’zi  holllarda,  nomoddiy  aktiv  davlat  granti  yordamida  bepul  yoki  o’rniga 

nominal  tovonni  berish  evaziga  olinishi  mumkin.  Bunday  holat  davlat  tadbirkorlik 

sub’ektiga  nomoddiy  aktivlarni,  masalan,  aeroportdagi  qunish  huquqlari,  radio  yoki 

televidenie  stantsiyalarini  boshqarish  litsenziyalari,  import  litsenziyalari  yoki 

kvotalari  yoki  boshqa  cheklangan  resurslardan  foydalanish  huquqlarini  taqdim 

etganda  yoki  ajratganda  yuz  berishi  mumkin.  MHXS  20  “Davlat  grantlarini  hisobga 

olish  va  davlat  yordamini  ochib  berish”  ga  muvofiq,  tadbirkorlik  sub’ekti  ham 

nomoddiy  aktivni  ham  grantni  dastlab  haqqoniy  qiymatda  tan  olishni  tanlashi 

mumkin.  Agarda  tadbirkorlik  sub’ekti  aktivni  dastlab  haqqoniy  qiymatda  tan 

olmaslikni  tanlasa,  tadbirkorlik  sub’ekti  aktivni  dastlab  nominal  qiymatda  tan  oladi 

(MHXS  20  tomonidan  ruxsat  etilgan  muqobil  yondashuv)    va  bunga  aktivni  ko’zda 

tutilgan  foydalanish  holatiga  keltirish  bilan  bevosita  bog’liq  har  qanday  xarajatlar 

qo’shiladi.  

Bir  yoki  bir  necha  nomoddiy  aktivlar  nomonetar  aktiv  yoki  aktivlar  yoki 

monetar  va  nomonetar  aktivlar  birikmasi  evaziga  sotib  olinishi  mumkin.  Quyida 

keltirilgan  mulohaza  bir  nomonetar  aktivni  boshqasiga  ayirboshlashga  tegishlidir, 

biroq  u  yuqorida  qayd  etilgan  barcha  ayirboshlashlarga  nisbatan  ham  qo’llaniladi. 

Bunday  nomoddiy  aktivning  qiymati  haqqoniy  qiymatda  baholanadi,  qachonki  (a) 

ayirboshlash  operatsiyasi  tijorat  maqsadlarig  ega  bo’lmaguncha  yoki  (b)  qabul 

qilingan  aktivning  ham  topshirilgan  aktivning  ham  haqqoniy  qiymati  ishonchli 

baholanmaguncha.  Sotib  olingan  aktiv  xuddi  shu  usulda  baholanadi,  hattoki  agarda 

tadbirkorlik  sub’ekti  topshirilgan  aktivni  tan  olishni  tezda  to’xtata  olmasa  ham. 

Agarda  sotib  olingan  aktiv  haqqoniy  qiymatda  baholanmasa,  uning  qiymati 

topshirilgan aktivning balans qiymatida baholanadi.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  ayirboshlash  operatsiyasi  tijorat  maqsadlariga  egaligini 

operatsiya  natijasida  uning  kelgusi  pul  oqimlari  qanchalik  darajada  o’zgarishi 

kutilishini  inobatga  olgan  holda  aniqlaydi.  Ayirboshlash  operatsiyasi  tijorat 




 

 

115 



 

maqsadlariga ega, agarda:  

(a) 

qabul  qilingan  aktiv  bo’yicha  pul  oqimlarining  tarkibiy  tuzilmasi 



(masalan,  xatar,  muddat  va  summa)  topshirilgan  aktiv  bo’yicha  pul  oqimlarining 

tarkibiy tuzilmasidan farq qilsa; yoki 

(b) 

tadbirkorlik  sub’ekti  faoliyatining  operatsiya  ta’sir  qilgan  qismining 



tadbirkorlik sub’ektiga-xos qiymati ayirboshlash natijasida o’zgarsa; va 

(v) 


(a) yoki (b) dagi tafovut ayirboshlangan aktivlarning haqqoniy qiymatiga 

nisbatan katta bo’lsa. 

Ayirboshlash  operatsiyasi  tijorat  maqsadlariga  ega  ekanligini  aniqlash  uchun, 

tadbirkorlik  sub’ekti  faoliyatining  operatsiya  ta’sir  qilgan  qismining  tadbirkorlik 

sub’ektiga-xos  qiymati  soliqdan  so’nggi  pul  oqimlarini  aks  ettirishi  lozim.  Ushbu 

tahlillarning  natijasi  tadbirkorlik  sub’ekti  batafsil  hisob-kitoblarni  amalga 

oshirmasidan aniq bo’lishi mumkin. 

Nomoddiy  aktivni  tan  olish  sharti  bu  aktivning  qiymati  ishonchli 

baholanishidir.  Nomoddiy  aktivlarning  haqqoniy  qiymati  ishonchli  baholanadi, 

agarda  (a)  oqilona  haqqoniy  qiymat  baholari  kengligidagi  o’zgarish  ushbu  aktiv 

uchun  ahamiyatli  emas  yoki  (b)  kenglikdagi  turli  baholarning  ehtimollari  oqilona 

baholanishi  mumkin  va  haqqoniy  qiymatni  aniqlashda  foydalanilishi  mumkin.  Agar 

tadbirkorlik  sub’ekti  yoki  qabul  qilingan  yoki  topshirilgan  aktivning  haqqoniy 

qiymatini  ishonchli  aniqlay  olsa,  bunda  qabul  qilingan  aktivning  haqqoniy  qiymati 

yaqqolroq  namoyon  bo’lmaguncha,  topshirilgan  aktivning  haqqoniy  qiymatidan 

tannarxni hisoblashda foydalaniladi. 

Ichki yaratilgan gudvill aktiv sifatida tan olinmasligi lozim. 

Ba’zi holatlarda, kelgusi iqtisodiy manfaatlarni keltirib chiqarish uchun xarajat 

amalga oshiriladi, biroq u mazkur Standartdagi tan olish mezonini qanoatlantiradigan 

nomoddiy  aktivni  paydo  bo’lishiga  olib  kelmaydi.  Bunday  xarajat  odatda  ichki 

yaratilgan  gudvillning  qismi  sifatida  inobatga  olinadi.  Ichki  yaratilgan  gudvill  aktiv 

sifatida  tan  olinmaydi,  chunki  tadbirkorlik  sub’ekti  nazoratida  bo’lgan  holda, 

aniqlanadigan  resurs (ya’ni, u na ajraladigan va na shartnomaviy yoki boshqa yuridik 

huquqlardan kelib chiqadigan resurs) emas, qaysiki tannarxda ishonchli baholanadi. 

Tadbirkorlik  sub’ektining  haqqoniy  qiymati  bilan  uning  aniqlanadigan  sof 

aktivlarining  har  qanday  paytdagi  balans  qiymati  o’rtasidagi  farq  tadbirkorlik 

sub’ektining  haqqoniy  qiymatiga  ta’sir  etadigan  bir  qator  omillarni  qamrab  olishi 

mumkin.  Biroq,  bunday  farqlar  tadbirkorlik  sub’ekti  tomonidan  nazorat  qilinadigan 

nomoddiy aktivlarning qiymatini aks ettirmaydi.  

Quyidagi  muammolar  tufayli,  ba’zida  ichki  ishlab  chiqilgan  nomoddiy  aktiv 

tan olish mezonini qanoatlantirishini aniqlash qiyin bo’ladi:  

(a) 


kutilgan  kelgusi    iqtisodiy  manfaatlarni  keltirib  chiqaradigan 

aniqlanadigan aktiv mavjudligini va qachon mavjud bo’lishini aniqlash; va 

(b) 

aktiv  qiymatini  ishonchli  aniqlash.  Ba’zi  hollarda,  nomoddiy  aktivni 



ichki tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish xarajatlarini tadbirkorlik sub’ektining ichki 

yaratilgan  gudvillini  saqlash  yoki  yaxshilash  yoki  kunlik  faoliyatini  amalga  oshirish 

xarajatlaridan farqlay olinmaydi. 

Shu tufayli, nomoddiy aktivni tan olish va dastlabki baholash bo’yicha umumiy 




 

 

116 



 

talablarni  qondirishga  qo’shimcha  tarzda,  tadbirkorlik  sub’ekti  barcha  ichki  ishlab 

chiqilgan nomoddiy aktivlarga nisbatan talablarni va qo’llanmani qo’llaydi. 

Ichki  ishlab  chiqilgan  nomoddiy  aktiv  tan  olish  mezonini  qanoatlantirishini 

aniqlash maqsadida, tadbirkorlik sub’ekti aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish 

jarayonini ikki qismga bo’ladi:  

(a) 

tadqiqot bosqichi; va 



(b) 

tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi. 

“tadqiqot”  va  “tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish”  atamalari  ta’riflangan 

bo’lsada,  mazkur  Standart  maqsadi  uchun  “tadqiqot  bosqichi”  va  “tajriba-

konstruktorlik ishlab chiqish bosqichi” atamalari kengroq ma’noga ega. 

Agar tadbirkorlik sub’ekti nomoddiy aktivni yaratish bo’yicha ichki loyihaning 

tadqiqot  bosqichini  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  bosqichidan  farqlay  olmasa, 

tadbirkorlik  sub’ekti  ushbu  loyiha  bo’yicha  xarajatlarni,  xuddiki  ular  faqatgina 

tadqiqot bosqichida sarflangan sifatida, inobatga oladi.  

Tadqiqot  (yoki  ichki  loyihaning  tadqiqot  bosqichi)  natijasida  yuzaga  kelgan 

hech qanday nomoddiy aktiv tan olinmaydi. Tadqiqot (yoki ichki loyihaning tadqiqot 

bosqichi)  bo’yicha sarflar ular amalga oshirilganda xarajat sifatida tan olinishi lozim. 

Ichki  loyihaning  tadqiqot  bosqichida,  tadbirkorlik  sub’ekti  ehtimolli  kelgusi  

iqtisodiy  manfaatlarni  keltiradigan  nomoddiy  aktiv  mavjudligini  namoyish  eta 

olmaydi. Shu tufayli, ushbu sarf u amalga oshirilganda xarajat sifatida tan olinadi. 

Quyidagilar tadqiqot faoliyatlariga misol bo’la oladi: 

(a) 

yangi bilimlarni egallashga mo’ljallangan faoliyat; 



(b) 

tadqiqot topilmalarini yoki boshqa bilimlarni izlash, baholash va yakuniy 

tanlab olish, qo’llash; 

(v) 


xom-ashyolar, uskunalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlar 

uchun muqobillar izlash; va 

(g) 

yangi  yoki  takomillashtirilgan  xom-ashyolar,  uskunalar,  mahsulotlar, 



jarayonlar,  tizimlar  yoki  xizmatlar  uchun  mumkin  bo’lgan  muqobillarni  yaratish, 

dizayn tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish, baholash va yakuniy tanlab olish. 

Tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  (yoki  ichki  loyihaning  tajriba-

konstruktorlik  ishlab  chiqish  bosqichi)  natijasida  yuzaga  kelgan  nomoddiy  aktiv  tan 

olinadi,  faqatgina agarda tadbirkorlik sub’ekti quyidagilarni barchasini  namoyish eta 

olsa:  


(a) 

Nomoddiy aktivni foydalanishga yoki sotishga tayyor qilish bo’yicha uni 

tugallashning texnik imkoniyatini. 

(b) 


O’zining  nomoddiy  aktivni  tugallash  va  undan  foydalanish  yoki  uni 

sotish bo’yicha moyilligini. 

(v) 

O’zining undan foydalanish yoki uni sotish qobiliyatini. 



(g) 

Nomoddiy  aktiv  qay  tarzda  ehtimolli  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarni 

keltirishini.  Shu  o’rinda,  tadbirkorlik  sub’ekti  nomoddiy  aktivning  mahsulotiga  yoki 

nomoddiy  aktivning  o’ziga  nisbatan  bozor  mavjudligini,  yoki  agarda  u  ichki 

foydalanishga  mo’ljallangan  bo’lsa,  nomoddiy  aktivning  foydaliligini  namoyish 

etishi mumkin. 

(d) 

Nomoddiy  aktivni  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqishni  tugallash  va 




 

 

117 



 

undan  foydalanish  yoki  uni  sotish  uchun  muvofiq  texnik,  moliyaviy  va  boshqa 

resurslarning  mavjudligini. 

(e) 


Tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  mobaynida  nomoddiy  aktivga 

tegishli sarflarni ishonchli baholash qobiliyatini. 

Ichki  loyihaning  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  bosqichida,  tadbirkorlik 

sub’ekti, ba’zi hollarda, nomoddiy aktivni aniqlay olishi va nomoddiy aktiv ehtimolli 

kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarni keltirishini  namoyish eta olishi  mumkin.  Bunga sabab 

shuki,  loyihaning  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  bosqichi  tadqiqot  bosqichiga 

nisbatan yanada takomillashgan bo’lishidir. 

Quyidagilar tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish faoliyatlariga misollardir:  

(a) 

ishlab 


chiqarish 

yoki 


foydalanishdan 

oldingi 


andozalarni 

va 


modellarning dizayni, yasalishi va sinovi; 

(b) 


yangi  texnologiyani  qamrab  olgan  uskunalar,  andozalar,  shakllar  va 

qoliplar dizayni; 

(v) 

tijoriy  ishlab  chiqarish  uchun  iqtisodiy  maqsadga  muvofiq  hajmda 



bo’lmagan dastlabki korxona dizayni, qurilishi va faoliyati; va 

(g) 


yangi  yoki  takomillashgan  xom-ashyolar,  uskunalar,  mahsulotlar, 

jarayonlar,  tizimlar  yoki  xizmatlar  uchun  tanlangan  muqobillar  dizayni,  yasalishi  va 

sinovi. 

Nomoddiy aktiv qaytarzda ehtimolli kelgusi iqtisodiy manfaatlarni keltiriishini 

ko’rsatish  maqsadida, tadbirkorlik sub’ekti MHXS 36 “Aktivlar qadrsizlanishi” dagi 

tamoyillardan  foydalangan  holda  aktivdan  olinadigan  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarni 

baholaydi.  Agarda  aktiv  faqatgina  boshqa  aktivlar  bilan  birga  iqtisodiy  manfaatlarni 

keltirisa,  tadbirkorlik  sub’ekti  BHXS  36  dagi  pul  mablag’larini  hosil  qiladigan 

birliklar tamoyilini qo’llaydi.  

Nomoddiy  aktivni  tugallash,  foydalanish  va  manfaatlar  olish  uchun 

resurslarning mavjudligi, masalan, zaruriy texnik, moliyaviy va boshqa resurslarni va 

tadbirkorlik sub’ektining ushbu resurslarni ta’minlay olish qobiliyatini aks ettiradigan 

biznes  reja  orqali  ko’rsatilishi  mumkin.  Ba’zi  hollarda,  tadbirkorlik  sub’ekti  tashqi 

moliyalashtirish  mavjudligini  namoyish  etishi  mumkin,  bunda  tadbirkorlik  sub’ekti 

kreditorning  rejani  moliyalashtirishga  moyilligi  bo’yicha  ko’rsatmasiga  ega  bo’lgan 

holda ko’rsatadi. 

Tadbirkorlik  sub’ektining  xarajat  tizimlari  odatda  nomoddiy  aktivni  ichki 

tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  xarajatlarini,  masalan,  ish  haqlari  va  avtorlik 

huquqlariga  yoki  litsenziyalarga  ega  bo’lishga  yoki  kompter  dasturini  tajriba-

konstruktorlik ishlab chiqishga sarflangan xarajatlarni ishonchli baholay oladi. 

Ichki  ishlab  chiqilgan  brendlar,  titul  ma’lumotlari  (nomlanishlar),  nashr 

nomlari,  mijozlar  ro’yxati  va  mohiyatan  bir  xil  moddalar  nomoddiy  aktivlar  sifatida 

tan olinmasligi lozim. 

Ichki  ishlab  chiqilgan  brendlar,  titul  ma’lumotlari  (nomlanishlar),  nashr 

nomlari,  mijozlar  ro’yxati  va  mohiyatan  bir  xil  moddalar  bo’icha  sarflar  butun  bir 

biznesni  rivojlantirish  xarajatlaridan  farq  qilmasligi  mumkin.  Shu  tufayli,  bunday 

moddalar nomoddiy aktivlar sifatida tan olinmaydi. 

Ichki  ishlab  chiqilgan  nomoddiy  aktivning  tannarxi  aktivni  rahbariyat 




 

 

118 



 

ko’zlagandek  ishlay  oladigan  qilib  yaratish,  ishlab  chiqarish  va  tayyorlashga  zarur 

bo’lgan  barcha  bevosita  tegishli  xarajatlarni  qamrab  oladi.  Bevosita  tegishli 

xarajatlarga misollar quyidagilardir:  

(a) 

nomoddiy  aktivni  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqishda  foydalanilgan 



yoki iste’mol qilingan xom-ayoshlar va xizmatlar xarajatlari; 

(b) 


nomoddiy  aktivni  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqish  bo’yicha  yuzaga 

keladigan xodimlarga haq to’lash xarajatlari (MHXS 19 da ta’riflangandek); 

(v) 

yuridik huquqni ro’yxatdan o’tkazish haqlari; va 



(g) 

nomoddiy  aktivni  tajriba-konstruktorlik  ishlab  chiqishda  foydalanilgan 

patentlar va litsenziyalarning amortizatsiyasi. 

BHXS  23  da  foizni  ichki  ishlab  chiqilgan  nomoddiy  aktiv  tannarxining  qismi 

sifatida tan olish mezoni ta’kidlanadi. 

Quyidagilar ichki ishlab chiqilgan nomoddiy aktiv tannarxining qismlari emas:  

(a) 

sotish,  ma’muriy  va  boshqa  umumiy  ustama  xarajatlari,  bunda  ushbu 



xarajatlar  aktivni  foydalanish  uchun  tayyorlashga  tegishli  bevosita  xarajatlar 

bo’lmaguncha; 

(b) 

aktiv  belgilangan  faoliyat  ko’rsatishga  erishishidan  oldin  aniqlangan 



samaradorsizliklar va dastlabki operatsion zararlar; va 

(v) 


aktivdan foydalanish uchun xodimlarni tayyorlash xarajatlari. 


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə