Standartlari



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

4-misol. 

Pochta  reklamasi  bilan  shug’illanuvchi  marketing  kompaniyasi  mijozlar 

ro’yxatini  tayyorladi  va  undan  kamida  bir  yil  ko’pi  bilan  uch  yil  foydalanishni 

mo’ljallayati. 

Bu  nomoddiy  aktivga  kompaniya  raxbariyati  belgilagan  foydali  muddatda 

masalan  18  oyda  amortizatsiya  hisoblashi  mumkin.  Mijozlar  ro’yxati  36  BHXS  ga 




 

 

123 



 

asosan qadrsizlanib boradi. 



5-misol. 

Kamida 15 yil davomida foyda keltirishi kutilayotgan  patent sotib olingan. Uni 

boshqa kompaniya 5 yildan so’ng uning haqqoniy qiymanining 60 % ga sotib olishni 

rejalashtirmoqda va kompaniya uni 5 yildan so’ng sotishni rejalashtirmoqda. 

Kompaniya  patentni  5  yil  davomida  haqqoniy  qiymanining  60  %  ni 

amaortizatsiya qiladi. Har yili patentning qadrsizlanishi 36 BHXS ga asosan hisoblab 

boriladi. 

“Aniqsiz”  atamasi  “cheksiz”  ma’nosini  anglatmaydi.  Nomoddiy  aktivning 

foydali  xizmat  muddati  faqatgina  aktivni  uning  foydali  xizmat  muddatini  baholash 

paytida  hisoblangan  ishlash  standartida  saqlash  uchun  talab  etilgan  kelgusi  saqlash 

sarflari  darajasini  hamda  tadbirkorlik  sub’ektining  bunday  darajaga  erishishdagi 

imkoniyati  va  hohishini  aks  ettiradi.  Nomoddiy  aktivning  foydali  xizmat  muddati 

aniqsizligi  to’g’risidagi  xulosa  aktivni  ushbu  ishlash  standartida  saqlash  uchun  talab 

etilgandan ortiq rejalashtirilgan kelgusi sarflarga asoslanmasligi kerak. 

Texnologiyadagi  tez  o’zgarishlar  tarixini  inobatga  olganda,  kompter  dasturiy 

ta’minoti va ko’pgina boshqa nomoddiy aktivlar texnologik eskirishlarga uchraydilar. 

Shu tufayli, ularning foydali xizmat muddati qisqa bo’lish ehtimoli mavjud.  

Nomoddiy  aktivning  foydali  xizmat  muddati  juda  uzoq  yoki  hattoki  aniqsiz 

bo’lishi  mumkin.  Noaniqlik  nomoddiy  aktivning  foydali  xizmat  muddatini 

ehtiyotkorlik  bilan  hisoblashni  ta’kidlaydi,  biroq  u  noreal  qisqa  muddatni  tanlashni 

ta’kidlamaydi.  

Shartnomaviy  yoki  boshqa  yuridik  huquqlardan  kelib  chiqadigan  nomoddiy 

aktivning  foydali  xizmat  muddati  shartnomaviy  yoki  yuridik  huquqlarning 

muddatidan  oshmasligi  lozim,  biroq  tadbirkorlik  sub’ekti  aktivdan  foydalanishining 

kutilayotgan  davriga  bog’liq  holda  qisqaroq  bo’lishi  mumkin.  Agarda  shartnomaviy 

yoki  boshqa  yuridik  huquqlar  yangilanishi  mumkin  bo’lgan  cheklangan  muddatga 

takdim  etilsa,  nomoddiy  aktivning  foydali  xizmat  muddati  yangilanadigan  davrni 

qamrab olishi lozim, faqatgina qachonki yangilashni tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 

ahamiyatsiz  xarajatlar  evaziga  amalga  oshirish  dalili  mavjud  bo’lsa.  Biznes 

birlashuvidagi  nomoddiy  aktiv  sifatida  tan  olingan  qayta  sotib  olingan  huquqning 

foydali  xizmat  muddati  huquq  taqdim  etilgan  bitimning  qolgan  shartnomaviy  davri 

bo’ladi va yangilanadigan davrlarni o’z ichiga olmasligi lozim. 

Nomoddiy  aktivning  foydali  xizmat  muddatiga  ta’sir  etadigan  ham  iqtisodiy 

ham  yuridik omillar  mavjud bo’lishi  mumkin. Iqtisodiy omillar tadbirkorlik sub’ekti 

tomonidan  olinadigan  kelgusi  iqtisodiy  manfaatlarning  davrini  aniqlashi  mumkin. 

Yuridik  omillar  ushbu  manfaatlardan  foydalanish  huquqi  bo’yicha  tadbirkorlik 

sub’ekti  nazorat  qiladigan  davrni  cheklashi  mumkin.  Foydali  xizmat  muddati  ushbu 

omillar asosida aniqlangan davrlarning qisqarog’idir. 

Shu  o’rinda,  quyidagi  omillarning  mavjudligi  shuni  ta’kidlaydiki,  tadbirkorlik 

sub’ekti shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlarni ahamiyatsiz xarajatlar evaziga 

yangilay oladi:  

(a) 


ehtimol 

tajribaga 

asoslangan 

holda, 


shunday 

dalil 


mavjudki, 

shartnomaviy  yoki  boshqa  yuridik  huquqlar  yangilanadi.  Agarda  yangilash  uchinchi 




 

 

124 



 

tomonning  roziligi  sharti  ostida  bo’lsa,  uchinchi  tomon  o’z  roziligini  taqdim  etishi 

bo’yicha dalil mavjud; 

(b) 


shunday  dalil  mavjudki,  yangilashga  erishish  uchun  zarur  bo’lgan  har 

qanday shartlar qanoatlantiriladi; va 

(v) 

yangilashdan  tadbirkorlik  sub’ektiga  oqimi  kutilgan  kelgusi  iqtisodiy 



manfaatlar  bilan  solishtirilganda,  tadbirkorlik  sub’ekti  uchun  yangilash  xarajati 

ahamiyatli emas. 




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə