Standartlari


-misol. Kompaniya bosh boshqarmasi binosini sotish



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. Kompaniya bosh boshqarmasi binosini sotish 

Kompaniya bosh boshqarma binosini sotish rejasini tuzdi. 

A)  Kompaniya  xaridorga  binoni  to’la  bo’shatgandan  so’ng  beradi.  Bo’shatish 

uchun  ketadigan  vaqt  shunday  sotishlar  uchun  umumiy  vaqt  kabi  qaraladi.  Demak, 

aktivni tezda sotish talabi bajarilmoqda. 

V)  Kompaniya  bu  binoni  yangi  bino  to’la  bitguncha  ishlatadi.  Bu  kechiktirish 

kompaniya  tomonidan  binoni  tezda  sotish  zarur  emasligini  bildiradi.  Mazkur  mezon 

yangi binoni to’la bitirmaguncha ko’chib o’tish mumkin emasligini ifodalaydi. 

Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarni (yoki 

hisobdan chiqarish guruhlarini) baholash 

Uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) baholash 

Tadbirkorlik  sub’ekti  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida  tasniflangan  uzoq 

muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati bilan sotish 

xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o’rtasidagi kamrog’ida baholashi lozim. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  mulk  egalariga  taqsimlash  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  uzoq  muddatli  aktivni  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  uning  balans 

qiymati  bilan  taqsimlash  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  o’rtasidagi 

kamrog’ida baholashi lozim. 

Agarda yangi sotib olingan aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun 

mo’ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirsa, dastlabki tan olinishda 

aktivni  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  uning  balans  qiymati,  agarda  shunday 

tasniflanmagan  bo’lsa  (maslan,  tannarxda),  bilan  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi 

haqqoniy  qiymati  o’rtasidagi  kamrog’ida  baholanishiga  olib  keladi.  Demak,  agarda 

aktiv  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhi)  biznes  birlashuvining  qismi  sifatida  sotib 

olinsa, u sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim. 

Qachonki  sotuv  bir  yildan  ortiq  muddatda  sodir  bo’lishi  kutilsa,  tadbirkorlik 

sub’ekti  sotish  xarajatlarini  ularning  keltirilgan  qiymatida  baholashi  lozim.  Vaqt 

o’tishidan yuzaga keladigan sotish xarajatlarining keltirilgan qiymatidagi har qanday 

ko’payish foyda yoki zararda moliyalashtirish xarajati sifatida taqdim etilishi lozim. 

Aktivning  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhining)  sotish  uchun  mo’ljallangan 

sifatida  dastlabki  tasniflanishidan  bevosita  oldin,  aktivning  (yoki  guruhdagi  barcha 

aktivlar  va  majburiyatlarning)  balans  qiymatlari  o’rinli  MHXSlarga  muvofiq 

baholanishi lozim. 

Hisobdan chiqarish guruhining keyingi qayta baholanishida, hisobdan chiqarish 

guruhining  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  qayta  baholanishidan 

oldin,  mazkur  MHXS  ning  baholash  talablari  doirasida  bo’lmagan,  ammo  sotish 

uchun  mo’ljallangan sifatida tasniflangan  hisobdan chiqarish  guruhiga kiritilgan, har 

qanday  aktivlarning  va  majburiyatlarning  balans  qiymatlari  o’rinli  MHXSlarga 




 

 

134 



 

muvofiq qayta baholanishi lozim. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  aktivni  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhini)  sotish 

xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy  qiymatgacha  har  qanday  dastlabki  yoki  keyingi 

qisman hisobdan chiqarish bo’yicha qadrsizlanish zararini tan olishi lozim. 

Tadbirkorlik  sub’ekti  aktivning  sotish  xarajatlari  chegirilgandagi  haqqoniy 

qiymatidagi  har  qanday  keyingi  ko’payish  bo’yicha  foydani  tan  olishi  lozim,  ammo 

bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” ga 

muvofiq  tan  olingan  yig’ilgan  qadrsizlanish  zararidan  ortiq  summada  bo’lmasligi 

lozim.  


Tadbirkorlik  sub’ekti  hisobdan  chiqarish  guruhining  sotish  xarajatlar 

chegirilgandagi haqqoniy qiymatidagi har qanday keyingi ko’payish bo’yicha foydani 

tan olishi lozim:  

(a) 


buni  amalga  oshirish  hisobdan  chiqarish  guruhining  sotish  xarajatlari 

chegirilgandagi  haqqoniy  qiymati  qayta  baholanishidan  oldin,  mazkur  MHXS  ning 

baholash  talablari  doirasida  bo’lmagan,  ammo  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  hisobdan  chiqarish  guruhiga  kiritilgan,  har  qanday  aktivlarning  va 

majburiyatlarning balans qiymatlari o’rinli MHXSlarga muvofiq  

muvofiq tan olinmagan darajada bo’ladi; ammo 

(b) 

bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin MHXS 36 ga muvofiq, mazkur 



MHXS ning baholash talablari doirasida bo’lgan uzoq muddatli aktivlar bo’yicha tan 

olingan yig’ilgan qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo’lmasligi lozim. 

Uzoq  muddatli  aktiv  (yoki  hisobdan  chiqarish  guruhi)  sotuvining  sanasi 

holatiga oldin tan olinmagan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish sanasida tan olinishi 

lozim.  

Tadbirkorlik  sub’ekti  uzoq  muddatli  aktiv  bo’yicha  u  sotish  uchun 

mo’ljallangan  sifatida  tasniflanganda  yoki  sotish  uchun  mo’ljallangan  sifatida 

tasniflangan  hisobdan  chiqarish  guruhining  qismi  bo’lganda  eskirish  (yoki 

amortizatsiya) hisoblamasligi lozim. Sotish uchun mo’ljallangan sifatida tasniflangan 

hisobdan  chiqarish  guruhining  majburiyatlariga  tegishli  foizli  va  boshqa 

xarajatlarning tan olinishi davom ettirilishi lozim.  


Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə