Standartlari


Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxona



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/301
tarix13.04.2022
ölçüsü5,36 Mb.
#85411
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Xorijiy  investitsiyalar  ishtirokidagi  korxona

  –  bu  qatnashchilaridan  biri  albatta  xorijiy 

investor  bo’lgan,  xorijiy  investitsiyaning  aktsiya  (hissa,  pay)lar  yoki  ustav  kapitalidagi  hissasi  30 

foizdan  va  miqdori  qonunchilikda  belgilangan  summadan  kam  bo’lmagan  va  ustav  kapitalini  o’z 

vaqtida shakllantirgan huquqiy shaxs. 

 

1.1.Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning 

buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o’rni

 

 



Mulkchilik  va  tarmoq  shaklidan  qat’iy  nazar,  barcha  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida 

tuzish muhim hisoblanib,  xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni 

xorijiy  investorlar  tomonidan  tanishish  imkoniyatiga  ega  bo’lishi  va  o’zining 

sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi.  

Buxgalteriya  hisobi  ma’lum  bir  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  to’g’risida 

moliyaviy  ma’lumotlarni  aniqlash,  qayta  ishlash  va  moliyaviy  hisobot  shaklida 

faoliyat  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy  holatiga  qiziquvchi  foydalanuvchilarga 




 

 



 

ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning 

maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni 

olish  uchun  eng  kam  sarf-xarajatlar  bilan  qondirishdir.  O’z-o’zidan  ma’lumki 

qarorlarni  qabul  qilish  uchun  axborot  tizimdan  foydalanish  natijasida  olinishi 

mumkin  bo’lgan  iqtisodiy  naflar  ushbu  tizimga  ketgan  xarajatlardan  ustun  bo’lishi 

lozim. 

Demak,    moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  predmeti  bo’lib,  xalqaro 

standartlar  asosida    pul  ifodasida  aks  ettiriladigan  xo’jalik  mablag’lari,  shu 

mablag’lar  manbalari,  ularning  xo’jalik  faoliyati  va  moliyaviy  natijalari  bo’lib 

hisoblanadi.  

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  moddiy  va  nomoddiy  aktivlar,  majburiyatlar, 

kapital,  daromad  va  xarajatlar,  foyda  va  zararlar  hamda  ularning  harakati  bilan 

bog’liq  bo’lgan  xo’jalik,



 

moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlarining  ob’ektlari  

hisoblanadi. 

Aktivlar  -  avvalgi  davrlarda  sodir  etilgan  hodisalar  natijasida  olingan  va 

korxona  tomonidan  nazorat  qilinadigan,  ularni  foydalanishdan  kelajakda  iqtisodiy 

naf olinishi kutiladigan resurslardir. 

Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo 

bo’lgan  korxonaning  joriy  qarzi,  ushbu  qarzlar  qaytarilishi  natijasida  korxonaning 

iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. 

Xususiy  kapital  –  bu  barcha  majburiyatlarni  ayrgandan  keyin  korxonaning 

aktivlardagi bo’lgan ulushi. 

Foyda  -  bu  xo’jalik  sub’ektiga  ta’sir  etadigan  asosiy  va  asosiy  bo’lmagan 

faoliyat,  hodisalar  sharoitlar  natijasida  kapitalning  ko’payishi  bo’lib,  xususiy 

kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir. 

Zararlar  –  bu  asosiy  faoliyat  va  barcha  xo’jalik  muomalalari,  hodisalar, 

sharoitlar  natijasida  xususiy  kapitalning  kamayishi  bo’lib,  harajatlar  yoki  xususiy 

kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. 

Foyda  faoliyat  natijalarini  o’lchashda  yoki  boshqa  ko’rsatkichlarni,  ya’ni 

investitsiyani  olib  kelgan  foydasi,  bir  aktsiyaga  to’g’ri  keladigan  foyda  kabilarni 

asosi  sifatida  foydalanadi.  Foydani  o’lchash  bilan  bevosita  bog’liq  elementlar  –  bu 

daromadlar va xarajatlardir. 

Daromadlar –  bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni 

kamayishi  shaklida  vujudga  keladigan  va  pirovard  natijasida  xususiy  kapitalni 

oshiradigan  iqtisodiy  naflarni  ko’payishi,  ammo  aktsiyador  kapitalga  ta’sischilar 

tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir. 

Xarajatlar  -  bu  aktivlarni  sarflanishi  yoki  yemirilishi  yoxud  majburiyatlarni 

ko’payishi  shaklida  vujudga  keladigan  va  pirovard  natijasida  xususiy  kapitalni 

kamaytiradigan  iqtisodiy  naflarni  kamayishi,  ammo  aktsiyador  kapitalni  ta’sischilar 

orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir

2




Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə