Strategiya yaratishning vazifalari



Yüklə 339,5 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü339,5 Kb.
#152276
  1   2   3   4
01 ma`ruza matni. Strategiya


STRATEGIYA YARATISHNING VAZIFALARI
1. Firma faoliyati yo’nalishlarini belgilash omillari
2. Stragegiyani ishlab chiqish uslubi
3. Strategiyani yaratishga bo’lgan turli xil yondashuvlar

1. Firma faoliyati yo’nalishlarini belgilashomillari
Kompaniya strategiyasini belgilashga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillarning o’zaro ta’siri har bir tarmoqda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, vaqt davomida o’zgarib turadi. Strategiyani belgilovchi omillar doim bir-biridan farq qiladi. Firma hamisha ham o’zi xohlagan strategiyani tanlay olmaydi. Uning harakatlari qonun, siyosati, ijtimoiy tartibot va jamiyat mavqei bilan chegaralanadi,
Strategiyani ijtimoiy talablarga moslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:

  1. jamiyat manfaatlari va odob me’yorlari doirasida ishchanlik ko’rsatish;

  2. ijtimoiy afzalliklar va jamiyat ehtiyojlariga ijobiy qarab, o’z faoliyatini tartibga solish;

  3. tartibga soluvchi me’yorlar bilan ziddiyatga bormaslik uchun zarur harakatlarni o’z vaqtida amalga oshirish;

  4. hissadorlar va jamiyat manfaatlari o’rtasida muvozanatni saqlash;

  5. jamiyatda kompaniyaning fuqarolik mavqeini ta’minlash.

Tarmoqning jozibadorligi va raqobatchilik darajasi strategiyani belgilashga katta ta’sir ko’rsatadi. Kompaniya strategiyasini ilgari shug’ullanilmagan sohaga asoslab qurish mutlaqo yaramaydi. Strategiya kompaniyaning yaxshi anglangan sohasiga qurilishi lozim.
Strategiyada hisobga olinishi lozim bo’lgan va aslida uni belgilovchi birlamchi omillarning oddiy modeli 5-chizmada keltirilgan. Bu omillarning o’zaro ta’siri, odatda, har tomonlama mazmunga ega bo’lib, tarmoq va kompaniya uchun alohida farqlanadi.
Odatda, ichki va tashqi vaziyat o’rtasidagi farq aniq bo’lmasa, raqobatli ustunlikka erishilmasa, kompaniya faoliyati yaxshilanmagan bo’lsa, strategiyaning o’zi muvaffaqiyat keltira olmaydi.



Yüklə 339,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə