Sud tizimi va uning turlari



Yüklə 196,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.05.2023
ölçüsü196,11 Kb.
#109429
  1   2   3
3653-Article Text-7214-1-10-20220529 (1)



Sud tizimi va uning turlari 
Maqsadbek Shokir o’g’li Sultonov 
Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada mamlakatimizda mustaqil, ochiq va shaffof sud 
tizimiga erishish borasida olib borayotgan islohotlar haqida fikrlar yuritilgan. 
Kalit so’zlar: 
Sud, Qonun chiqaruvchi, jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy sud ishlari, 
"proletarcha ong", Xalqaro tijorat arbitraj sudi, hakamlar sudi. 
 
Judicial system and its types 
 
Maqsadbek Shokir oglu Sultanov 
Karakalpak State University named after Berdakh 
Abstract:
This article discusses the reforms being carried out in our country to 
achieve an independent, open and transparent judiciary. 
Keywords:
Court, Legislature, Criminal, Civil, Administrative Court
"Proletarian Consciousness", International Commercial Arbitration Court, Arbitration 
Court. 
 
Sud
- zimmasiga davlat hokimiyatining boʻgʻinlaridan biri - sud hokimiyatini 
amalga oshirish yuklatilgan organ. Qonun chiqaruvchi (vakillik) va ijro etuvchi 
organlardan Sud uni shakllantirish, sudyalarga vakolatlar berish tartibi, tegishli ishlarni 
koʻrib chiqish tartib-taomillarining xususiyatlari, shuningdek qabul qilinuvchi 
qarorlarning majburiyligi va mas’uliyati, ularning yuridik ahamiyati bilan farq qiladi. 
Sud
(slavyancha sud - ish) - odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; 
muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, 
maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi. Ayrim shaxslar 
oʻrtasida, ular bilan davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, jamoat 
birlashmalari oʻrtasida mulkiy va nomulkiy nizolarni, qonunbuzarliklarga doir ishlarni 
koʻrib chiqib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxona, muassasalar, tashkilot 
huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qiladi. Sud boshqa 
davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va har qanday shaxsdan mustakil va xolisona 
faoliyat yuritishi, barcha ishlarni faqat qonunga boʻysunib koʻrib chiqishi va hal etishi 
lozim. Sudlar odatiy va favqulodda sudlarga boʻlinadi. Favqulodda Sudlarni tashkil 
etish deyarli barcha zamonaviy konstitutsiyalarda man etilgan. Odatiy sudlar umumiy 
vakolatli va ixtisoslashgan, yaʼni harbiy, xoʻjalik (arbitraj, savdo), bojxona, soliq 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1837


(moliyaviy), mehnat nizolari boʻyicha va hokozo sudlar boʻlishi mumkin. Sudning 
alohida turlari konstitutsiyaviy va maʼmuriy sudlar hisoblanadi. Baʼzi mamlakatlarda, 
shuningdek, diniy sudlar (mas, musulmon mamlakatlari - Eron, Pokiston, Sudan va 
boshqalarda shariat sudlari) va odatiy huquq sudlari (mas, tropik Afrika va 
Okeaniyadagi bir kancha mamlakatlarda kabila sudlari) ham mavjud. Shuningdek, 
instansiyalarga koʻra: birinchi instansiya sudi, apellyasiya, kassatsiya va nazorat 
sudlari, hududiy darajasi boʻyicha: tuman (shahar), viloyat, okrug va oliy sudlarga 
boʻlinadi. 
Sud hozirgi Oʻzbekiston hududida davlatchilikka xos koʻp asrlik tarixga ega. Sud 
faoliyatini qadimdan xalq madaniyati, anʼanalari va maʼnaviy negiziga asoslanib
obrueʼtiborli, katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan kishilar amalga oshirishgan. Ular 
chiqargan qarorlar har qanday shubhadan xoli va barcha uchun majburiy hisoblangan. 
Oʻzbekistonda qariyb 13 asr davomida shariat qonunlariga amal qilgan qozilik sudi 
hamda xalq urfodatlari va anʼanalariga suyanib qaror qabul qilgan biylar sudi mavjud 
bulgan. Oʻrta Osiyoni zabt etganidan sung mustamlakachi chor hokimiyati Rossiya 
qonunlariga amal qiluvchi sudlarni tuzdi. 1917-yil oktabr toʻntarishidan soʻng "xalq" 
sudlari va tribunallar taʼsis etildi. Ular kommunistik partiya va inqilob manfaatlariga 
xizmat qildi, qonunga emas, "proletarcha ong"ga suyanardi. Sud oʻrnini koʻp hollarda 
"maxsus kengash", "uchlik komissiya" kabi maʼmuriy tuzilmalar egallagandi. Sud 
adolatga emas, vahshiyona qatagʻon, shafqatsiz jazolashga xizmat qildi. Sud batamom 

Yüklə 196,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə