Sug’urta haqida tushuncha Sugʻurta


Sug’urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə3/5
tarix04.04.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#104176
1   2   3   4   5
sug\'urta

3.Sug’urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday mulkchilik shakllaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘zining tashkiliy strukturasi, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilaydilar. Rivojlangan dunyoning barcha sug‘urta kompaniyalari boshqarish usuli va faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturalarga bo‘linadi. Jahonda «Hamkorlikka mos rahbarlik» deb nom olgan boshqarish (menejment) usuli keng tarqalgan. U quyidagi tamoyillarga tayanadi:
- Sug‘urta kompaniyasining qarori bir tomonlama, ya’ni yuqoridan, sug‘urta tashkiloti rahbariyatining o‘zi tomonidan qabul qilinmaydi.
- Sug‘urta kompaniyasining xodimlari faqatgina rahbariyatning topshiriqlarini bajaribgina qolmay, balki vakolat bilan o‘z harakat sohalari va rejalariga ham ega bo‘ladilar.
- Mas’uliyat sug‘urta kompaniyasi boshqaruvining faqat yuqori pog‘onasigagina tegishli emas. U faoliyat sohalari bo‘yicha boshqa xodimlar kompetensiyasining ham bir qismidir.
- Sug‘urta kompaniyasining rahbariyati faqatgina quyi instansiyalar qabul qilishi mumkin bo‘lmagan qarorlarnigina qabul qilish huquqiga ega.
- Menejment (boshqarish) strukturasining bosh tamoyili vakolat va javobgarliklarni yuqoridan quyigacha taqsimlanishi hisoblanadi.
Mazkur tamoyilning amalga oshirilishi quyidagilarni bildiradi:
- Sug‘urta kompaniyasining xodimiga ma’lum faoliyat sohasi topshiriladi. U mazkur soha chegarasida harakat qilish va mustaqil qaror qabul qilishga majbur hisoblanadi hamda bu uchun to‘liq javobgarlikni oladi. Tarkibiy bo‘linma (boshqarma, bo‘lim, sektor) rahbari jiddiy muammolar paydo bo‘lish holatidan boshqa hollarda o‘z qo‘l ostidagilar faoliyat sohasiga aralashish huquqiga ega emas. U asosan o‘z xodimlari ishi ustidan nazoratni amalga oshirishi zarur. Boshqarishning bunday tashkiliy tuzilishida har bir xodim, u qanday darajada ishlayotganligidan qat’iy nazar, u faqatgina o‘z vakolatlari doirasida qilgan va qilmagan ishlarigagina javob beradi. Xodimning xatosi uchun boshliq faqatgina o‘zining rahbarlik majburiyatlarini bajarmagan hollardagina javob beradi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar rahbar, birinchidan, xodimlarni yetarlicha o‘rganib tanlamaganda, ikkinchidan, xodim bilan tegishli instruktaj o‘tkazmagan bo‘lsa, uchinchidan, o‘z xodimlari harakatini nazorat qilmagan bo‘lsa, to‘rtinchidan, xodimni o‘z vaqtida tartibga chaqirmagan bo‘lsa. Rahbarlik va harakat uchun mas’uliyatlarni aniq taqsimlanishi xatolik uchun kim javob berishini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Barcha darajalardagi xodimlar faoliyatining tahlili sug‘urta kompaniyasining intelektual potensial (salohiyat)ini aniqlab beradi.
Sug‘urta kompaniyasining yuqori rahbariyati bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:
-Sug‘urta kompaniyasining har bir bosqichdagi umumiy maqsadlarini belgilash.
- Sug‘urta kompaniyasi faoliyatining tegishli strategiyasini ishlab chiqish va rejalashtirish
- Boshqarish (menejment) strukturasini ishlab chiqish.
- Marketing konsepsiyasini ishlab chiqish.
- Moliyaviy siyosatni belgilash.
- Faoliyat sohalarini (shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta. javobgarlik sug‘urtasi, qayta sug‘urtalash) shakllantirish.
Faoliyat sohalarini o‘zaro muvofiqlashtirish.
- Kadrlar va ijtimoiy masalalarni xal etish.
Sug‘urta kompaniyasini faoliyat sohalari bo‘yicha tashkiliy strukturasi shuni bildiradiki, sug‘urta kompaniyasining funksiyalari xodimlarning qobiliyatlaridan (malakalaridan) kelib chiqib emas, balki mazkur tashkiliy tuzilmaga mos ravishda shakllantiriladi.
Sug‘urta faoliyatida uzoq va katta tajribaga ega bo‘lgan Rossiyaning aksioner sug‘urta jamiyatlari tashkiliy tuzilmasining tarixiy tajribasi e’tiborga molikdir (1827-1917). Har bir aksionerlik sug‘urta jamiyati ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritgan. Aksiyalar bo‘yicha dividend miqdori 7 % qilib chegaralangan. Sug‘urta jamiyatlarining aksiyalari fond birjalarida erkin muomalada bo‘lgan. Qoida bo‘yicha, aksiyadorlar sug‘urtalanuvchilar bo‘lganlar. Aksionerlik sug‘urta jamiyatining oliy organi aksionerlarning yillik yig‘ilishi bo‘lib, Boshqaruv xay’ati va direktorlar Kengashini 5-yil muddatga saylagan.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə