Sug’urta haqida tushuncha Sugʻurta



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə4/5
tarix04.04.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#104176
1   2   3   4   5
sug\'urta

Aksionerlik sug‘urta jamiyatlari tarkibida bir nechta bo‘limlar bo‘lgan: tashkiliy, nazorat-taftish, yong‘inga qarshi kurash, statistika va arxiv, ta’minot hamda markaziy buxgalteriya.
Rossiyaning 1864-1917-yillardagi birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi ham qiziqish uyg‘otadi. Barcha birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari ichki ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Nizomlar asosida faoliyat yuritganlar. Bunday nizomlarning xususiyati shundan iborat bo‘lganki, tashkiliy tuzulma va faoliyat masalalari bilan bir qatorda polis shartlari (sug‘urta shartnomasining asosiy moddalari) ham aks ettirilgan. Qayta sug‘urtalangan mulk uchun sug‘urtalanuvchilar oldida ular sug‘urta summasiga mos ravishda to‘liq javob berganlar.
Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlarining oliy organi uning a’zolarini (sug‘urtalanuvchilar) yilda bir marta chaqiriladigan umumiy yig‘ilishi hisoblanadi. Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyati joriy boshqaruvini kuzatuv qo‘mitasi va Boshqaruv xay’ati amalga oshirgan. Boshqaruv hay’ati Apparati odatda akvizitsiya, statistika, to‘lovlar, buxgalteriya va arxiv bo‘limlaridan tashkil topgan.
Birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari faoliyatining xususiyatlari shundan iborat bo‘lganki, ular sug‘urta shartnomalari tuzish uchun sug‘urta agentlari xizmatlariga murojaat qilmaganlar. Bu funksiyalarni akvizitsiya bo‘limining shtatli apparati bajarib, mulkdorlar yoki garovga oluvchilar u yerga murojaat qilganlar. Agarda favqulotda zararlarni qoplashga birgalikda sug‘urtalash jamiyati zahira fondi mablag‘lari yetmay qolsa, u holda uning a’zolari mazkur maqsad uchun qo‘shimcha summalar to‘lashi lozim edi.
Rivojlangan sharoitlarda birgalikda sug‘urtalash jamiyatlari yig‘ilayotgan sug‘urta badallari hajmi va sug‘urtalanuvchilar soni bo‘yicha aksionerlik sug‘urta jamiyatlaridan keyingi ikkinchi o‘rinda hisoblanadilar.
Davlat sug‘urta kompaniyalari – bu davlat mulki hisobidan davlat tomonidan ta’sis etiladigan tashkiliy shakl. Davlat sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilinishi davlatning sug‘urta bozori faoliyatiga aralashuvining bir ko‘rinishidir.
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda davlat mulki ishtirokidagi bir nechta yirik sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularga «O‘zbekinvest» EIMSK, «O‘zagrosug‘urta» DASK, «Kafolat» DASK, «Madad» sug‘urta agentligi, «O'zbekinvest Hayot» SK larni misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Xususiy sug‘urta kompaniyalari bir mulkdor yoki uning oilasiga tegishli bo‘ladi. Xususiy sug‘urta kompaniyasi tuzilmasining namunali shakli sifatida Angliyaning «Lloyd» korporatsiyasi misol bo‘lishi mumkin. «Lloyd» amaliyotida anderrayter deb nomlanadigan har bir sug‘urtalovchi o‘zining shaxsiy moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, «o‘z tavakkalchiligi»ga sug‘urtalaydi, «Lloyd» korporatsiyasi esa e’tirozlar bo‘yicha yuridik javobgarlikni olmaydi. Shuning uchun «Lloyd» korporatsiyasiga a’zolikka qabul qilish anderrayterlikka nomzodni qattiq tanlov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
«Lloyd» korporatsiyasining paydo bo‘lishi XVII asrga tegishli bo‘lib, kafe egasi Lloyd nomi bilan bog‘liqdir. 1871-yilgacha «Lloyd» xususiy tashkilot sifatida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, 1871-yil Buyuk Britaniya parlamenti qonun qabul qilgan bo‘lib, unga asosan «Lloyd» kemasozlik, dengizda yuk tashish va fraxt sohasida sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan korporatsiya sifatida rasman tan olingan.
Parlament 1911-yili 1871-yilgi qonunga qo‘shimchada «Lloyd»ga barcha boshqa sug‘urta turlarini ham, jumladan kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalarni ham amalga oshirishga ruxsat berdi.
Sug‘urta ishining yangi xo‘jalik-tashkiliy tuzilmalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Konsernlar – korxonalar birlashmasi, jumladan sug‘urta tashkilotlari.
Xo‘jalik assotsiatsiyalari – korxonalar va sug‘urta kompaniyalarining shartnomaviy birlashmalari (misol uchun, ma’muriy birlashmalar: harbiy-sug‘urta kompaniyasi, agrar-sanoat birlashmalari va boshqalar).

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə