Sug’urta haqida tushuncha Sugʻurta



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə5/5
tarix04.04.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#104176
1   2   3   4   5
sug\'urta

Konsorsium – ishlab chiqarish korxonalari va sug‘urta kompaniyalarining konkret masalalarni xal qilish, yirik maqsadli dastur va loyixalarni amalga oshirish uchun tashkil qilinadigan vaqtincha shartnomaviy birlashmalar.
Sug‘urta tashkilotlarida ikki xil toifadagi xodimlar mehnatidan foydalaniladi:
- Boshqaruv, iqtisodiy, maslahat-uslubiy va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi malakali shtatli mutaxassislar;
- Akvizitsion va inkassatorlik funksiyalarini bajaruvchi shtatsiz xodimlar.
Shtatli xodimlarga sug‘urta kompaniyasining prezidenti, vitse-prezident (bosh iqtisodchi), bosh direktor, ijrochi direktor (menejer), bosh hisobchi, referentlar, ekspertlar, bo‘lim boshliqlari, inspektorlar, hisoblash markazining xodimlari, bo‘limlar xodimlari, xizmat ko‘rsatish personali (umumiy bo‘lim, kotib-referent va boshqalar).
Shtatsiz xodimlarga sug‘urta agentlari, brokerlari (maklerlar), sug‘urta kompaniyasining vakillari (vositachilar), tibbiy ekspertlar va boshqalar.
Shtatli xodimlarning asosiy funksional majburiyati sug‘urta kompaniyasini barqaror faoliyat ko‘rsatishini, yuqori rentabellikni, to‘lovga qobiliyatlilikni, raqobatbardoshlikni ta’minlash hisoblanadi.
Shtatsiz xodimlarning asosiy funksional majburiyatlari tashkilotlar, korxona, firmalar va aholi o‘rtasida ularni sug‘urtaga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, shartnomalarni rasmiylashtirish hamda sug‘urtalanuvchilar tomonidan sug‘urta badallarini o‘z vaqtida to‘lanishini va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta qoplamalarini amalga oshirilishini nazorat qilish hisoblanadi, ya’ni boshqacha so‘z bilan aytganda shtatsiz xodimlarning bosh vazifasi sug‘urta xizmatlarini sug‘urtalovchilardan sug‘urtalanuvchilarga harakatlantirish hisoblanadi.
Sug‘urta kompaniyasi xodimlari mehnatiga ikki xil usulda haq to‘lanadi, ya’ni vaqtbay va ishbay.
Vaqtbay haq to‘lash ikki xil shaklda amalga oshiriladi:
- Oddiy vaqtbay haq to‘lash.
- Vaqtbay-mukofotli haq to‘lash.
Oddiy vaqtbay haq to‘lash kontrakt va haqiqatda ishlangan vaqtdan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Vih ═ K  T,
bu yerda Vih - vaqtbay ish haqi;
K - kontrakt bo‘yicha tarif stavkasi;
T - ishlangan vaqt (oy).
Sug‘urta tashkilotining shtatli xodimlari ishdagi alohida yuqori ko‘rsatkichlari uchun (foydani ta’minlash, sug‘urta kompaniyasi rahbariyatining muhim topshiriqlarini bajarish, sug‘urta portfelini oshirish, oldini olish tadbirlarini sifatli amalga oshirish va boshqalar) chegaralanmagan miqdorlarda mukofotlanishlari (vaqtbay-mukofotli haq to‘lash) mumkin. Sug‘urta kompaniyasining shtatsiz xodimlariga ishbay uch shaklda haq to‘lanadi:
- Oddiy ishbay.
- Ishbay-mukofotli.
- Ishbay komission.
Oddiy ishbay haq to‘lash me’yoriy miqdorlar va bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib amalga oshiriladi:
Iih ═ M  B,
bu yerda Iih - ishbay ish haqi;
M - me’yoriy miqdor;
B - bajarilgan ish hajmi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofotli shakli sug‘urta portfelini oshirish bo‘yicha qilingan yaxshi akvizitsion ishlar uchun; sug‘urta hodisalari ro‘y bermasligini ta’minlovchi oldini olish tadbirlarini tashkil qilish ma’lum darajada qo‘llash uchun; sug‘urta kompaniyasiga yangi vakillarni jalb qilish uchun; qayta yoki ko‘p marotaba shartnomalar tuzish va boshqalar uchun amalga oshiriladi. Ishbay-komission haq to‘lash har bir tuzilgan shartnoma uchun komission rag‘bat ko‘rinishida sug‘urta summasidan yoki kelib tushgan sug‘urta badallari summasidan foizlarda amalga oshiriladi. Mukofotlar singari komission rag‘batlar hajmi ham chegaralanmaydi. Sug‘urta kompaniyalarining shtatli xodimlari ishga kontrakt (mehnat shartnomasining bir turi) bo‘yicha, shtatsiz xodimlar esa, mehnat kelishuvi (shartnoma) yoki sinov muddatli kontrakt bo‘yicha ishga qabul qilinadilar.
Sug‘urta xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondi quyidagilarni o‘z tarkibiga oladi:
- Tarif stavkalari bo‘yicha hisoblangan ish haqi;
- Mukofotlar: resurslarni tejaganlik uchun; orig‘inal dasturlar, shartlar, nafaqalar ishlab chiqqanlik uchun; yangi samarali shartnomalarni jalb qilish uchun; bellashuvlar, ko‘riklar yakunlari bo‘yicha va boshqalar;
- Bayram va dam olish kunlari ishlangan mehnat uchun, o‘qish va amaliyotga, yangi texnikani qo‘llashga rahbarlik uchun haq;
- Ta’til, xizmat safarlari haqlari, ma’muriy xarajatlar;
- Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davolanish, dam olish uchun nafaqalar, moddiy yordam;
- Sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, kruizlar va boshqalar yo‘llanmalari qiymatining bir qismi uchun to‘lovlari.
Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə