Sutni qayta ishlash va sut mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi



Yüklə 3,44 Mb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü3,44 Mb.
#161615
  1   2   3   4

Sut va sut mahsulotlari sifatni boshqarish

Reja: 1. Sut mahsulotlari ishlab

chiqarish korxonalari.

2. Sutga ishlov berish va saqlash. 3. Sutning kimyoviy tarkibi va sut ishlab chiqarish texnologiyasi

Sut – juda qimmatli oziq-ovqat mahsuloti xisoblanadi. U dispers muxit (plazma, qaysikim bunda mineral tuz va sut qandi erigan xolda bo‘ladi), kolloid faza (oqsil va tuzlar) va kichik dispers faza (sut yog‘i) dan tashkil topgan.

  • Sut – juda qimmatli oziq-ovqat mahsuloti xisoblanadi. U dispers muxit (plazma, qaysikim bunda mineral tuz va sut qandi erigan xolda bo‘ladi), kolloid faza (oqsil va tuzlar) va kichik dispers faza (sut yog‘i) dan tashkil topgan.
  • Sut tarkibida o‘rtacha 3,8 % sut yog‘i; 4,7 % sut qandi; 3,3 % oqsil; 0,7 % mineral moddalar va 87,5 % suv uchraydi.
  • Bolalarning sog‘lom bo‘lishi, ularning aqliy va jismoniy jixatdan rivojlanishi uchun sut va sut mahsulotlarining ahamiyati ulkan ekanligini shifokorlar va olimlar ilmiy jixatdan isbotlagan. Shuning uchun yosh avlodni bunday mahsulotlar bilan ta’minlash ularning kuchli va aqlan sog‘lom bo‘lib o‘sib, mamlakatimiz taraqqiyotiga ishtirok etishiga qaratilgan muxim vosita deb qarash mumkin.

Sigirni sog‘ish

  • Sigirni sog‘ish
  • Sigirlar kunda ikki yoki uch marta sog‘iladi. Sog‘ishdan oldin quyidagi sanitariya talablariga rioya qilish kerak:
  • - qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish;
  • - toza oq xalat kiyish;
  • - sigir yelinlarini issiq suv (40 0S) bilan yuvish va sochiq bilan artish;
  • - yelinlarni 35-40 sekund davomida uqalash.

Sutni qabul qilish va unga dastlabki ishlov berish

  • Yuqori sifatli xom sutdan yuqori navli sut mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin.
  • Sifatli xom sut deb sutning qayta ishlashga layoqatliligini aniqlovchi kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va mikrobiologik ko‘rsatkichlar majmuasiga aytiladi.
  • Qabul qilib olingan sutga ishlov beriladi. Sutga ishlov berish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: qabul qilish, tozalash, issiqlik ishlov berish, sovutish, qadoklash va ma’lum muddatda saqlash.
  • Sutni qabul qilishda standart talabiga javob beruvchi kimyoviy ko‘rsatkichlari va miqdori xisobga olinadi. Sut tarkibidagi chiqindilardan tozalash maqsadida fil’trlanadi. Tozalash uchun xar xil fil’trlardan foydalaniladi: paxtali fil’tr, disklar, doka, sintetik materiallar, metalli elak va boshqalar. Mikroorganizmlarning ko‘payishini to‘xtatish maqsadida tozalangan sut tezda sovutiladi. Kichik korxonalarda sutni sovutish uchun suvdan foydalaniladi. Keyingi paytda sutni sovutish uchun plastinkali sovutgichlar qo‘llaniladi. Kislotaliligi 19-20 0T bo‘lgan sut ma’lum muddat (6 soat) saqlanishi mumkin. Bunday xolda sutga issiqlik ishlov beriladi. Sutga issiqlik ishlov berish 76 0C xaroratda 15-20 sekund davomida olib boriladi. Issiqlik ishlov berilgach, sut plastinkali sovutgich jixozida 4-6 0C xaroratgacha tezda sovutiladi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə