Suv resurslari, havza tamoyili, irrigasiya tizim boshqarmalari, suv iste’molchilari uyushmalari, sig’imlilik, qaytimlilik, sug’orish usullari


Suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ularni aniqlash tartibi



Yüklə 57,36 Kb.
səhifə8/12
tarix31.05.2022
ölçüsü57,36 Kb.
#88418
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
5 mavzu Qishloq xo‘jaligida suv resurslari va ulardan foydalanish

2.2.2.Suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ularni aniqlash tartibi.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashning iqtisodiy ko’rsatkichlarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin :

  1. Qiymat ko’rsatkichlar.

  2. Natural ko’rsatkichlar.

Bir xil ixtisoslikka ega bo’lgan suvdan foydalanuvchilar o’rtasida ularga yetkazib berilgan suv resurslaridan foydalanish darajasini qiyosiy baholashda natural ko’rsatkichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday ko’rsatkichlar ikki xil, ya’ni

  1. Qaytimlilik

  2. Sig’imlilik usullaridan aniqlanadi.

Suv resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligining qaytimlilik ko’rsatkichlari, foydalanilgan suv birligi hisobida yetishtirilgan mahsulot birligini ko’rsatadi, Ya’ni :
Sn.q.=
Bu yerda,
Sn.q - suv resurslaridan foydalanish samaradorligining qaytimlilik ko’rsatkichi, kg,sentner, tonna.
Qye.m. –ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, kg, sentner, tonna.
Suv resurslaridan foydalanish iqtisodiy samaradorligining sig’imlilik ko’rsatkichi, qaytimlilik ko’rsatkichiga teskari ko’rsatkich bo’lib, u mahsulot birligini ishlab chiqarishga qancha miqdorda suv talab qilinishini ko’rsatadi, Ya’ni
S.n.s. =
Sug’oriladgan dehqonchilikda foydalaniladigan suv resurslaridan foydalanish samaradorligini belgilashning qaytimlilik va sig’imlilik ko’rsatkichlari o’zaro bir - biriga teskari ko’rsatkichlardir. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligining natural ko’rsatkichlaridan, birinchisi qanchalik yuqori bo’lib, ikkinchisi qanchalik past bo’lsa, subyektlar tomonidan suvdan yuqori, aksincha bo’lganda esa undan past samara bilan foydalanilayotganligi to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’ladi.
Bir xil ixtisoslikka ega bo’lgan ikki subyekt o’rtasida suvdan foydalanish darajasiga baho berishda natural ko’rsatkichlardan foydalanish ma’lum bir xulosalarga kelish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Masalan, paxtachilikka ixtisoslashgan bitta xo’jalikda 1 m3 suv hisobida 0,6 kg, ikkinchisida esa 0,7 kg hosil yetishtirilganda, hyech ikkilanmasdan ikkinchi subyektda suvdan foydalanish darajasi yuqoriligi to’g’risida xulosa qilish mumkin. Lekin, shu joyda masalaning ikkinchi tomoniga e’tibor berish lozim bo’ladi. Demak, birinchi subyektda 1 tonna paxtaning sotib olish bahosi 255,0 ming so’m bo’lib, ikkinchi subyektda 195,0 ming so’m bo’lganda suvdan foydalanish samaradorligi ularning qaysi birida yuqori degan savolga javob qidiradigan bo’lsak, birinchi subyektda 1 m3 suv hisobida 155 so’mlik mahsulot yetishtirilgani holda, ikkinchi subyektda xuddi shu hajmdagi suv hisobida 136,5 so’mlik mahsulot yetishtirilganiga iqror bo’lamiz.
Xuddi shuningdek, turli ixtisoslikdagi xo’jaliklarning birinchisi paxtachilikka ixtisoslashgan bo’lib, 1 m3 suv hisobida 0,6 kg paxta hosili olinib, ikkinchisi g’allachilikka ixtisoslashgan subyektda xuddishu miqdordagi suv hisobida 1,2 kg g’alla hosili olinganda ikkinchi subyektda suvdan foydalanish darajasi birinchi subyektga nisbatan ikki barobar yuqori degan xulosaga kelish mumkinmi degan o’rinli savol tug’iladi. Agarda 1 tonna paxta xom ashyosi bahosi 255,0 ming so’m, g’alla bahosi 80,0 ming so’m bo’lganda, mos ravishda paxtachilikka ixtisoslashgan subyekt 1 m3 suv hisobida 153 so’mlik mahsulot ishlab chiqargan bir paytda ikkinchisida bu ko’rsatkich 96 so’mga teng bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan hisob – kitoblardan shunday xulosa chiqadiki, suv resurslaridan foydalanish darajasini baholashning natural ko’rsatkichlari har doim ham suvdan foydalanish darajasida baho berishda haqiqiy holatni ko’rsatib bera olmas ekan. Natural ko’rsatkichlarga xos bo’lgan kamchiliklarni tugatish uchun qiymat ko’rsatkichlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati va foydalanilgan suv resurslari nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Viloyat, tuman, shirkat va fermer xo’jaliklari bo’yicha ular olgan suv resurslaridan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti (YaM) qiymatini ular hududiga yetkazib berilgan suv hajmiga (Qb.i.ye.,Qi.i.b.) nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni,
Sya.m. =
Bu yerda,
Sya.m. -suvdan foydalanish samaradorligi, so’m.
Xuddi shunday ko’rsatkichni sof daromad (foyda) (F)ga nisbatan ham aniqlash mumkin.
S f. =
Bu yerda,
F- viloyat, tuman va xo’jalik bo’yicha olingan foyda, mln so’m.
Har bir turdagi qishlok xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha suvdan foydalanishning qiymat ko’rsatkichlari, ushbu mahsulotni sotishdan olingan daromad yoki foydani, ushbu ekinni sug’orishga sarflangan suv hajmiga bo’lish orqali,
S e.t.=
Bu yerda,
S e.t.- ekin turlari bo’yicha suvdan foydalanish samaradorligi, so’m/m3.
T m.s. (FMS)-mahsulot sotishdan pul tushumi yoki foyda, mln so’m.
Qe.t.-ekin turiga sarflangan suv miqdori.
Mamlakat bo’yicha qishloq xo’jaligiga yetkazib berilgan suv resurslaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichi, qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsuloti ( Ya m.k.x.) qiymatini qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarga yetkazib berilgan suv miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni:
S ya.m. =
Bu yerda,
S ya.m.- qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkichi, so’m/m3.
Q ya.i.m- qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot qiymati, mlrd. so’m.
F q.x.t –qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berilgan suv hajmi, mlrd. km 3.
Sanab o’tilgan ko’rsatkichlardan foydalangan holda suvdan foydalanish darajasiga baho berish, masalani to’laqonli qamrab olish va bozor subyektlari faoliyatiga xolis baho berish uchun imkoniyat yaratadi.

Yüklə 57,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə