Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 24-mavzu



Yüklə 4,25 Mb.
tarix23.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#89978
2 5249073544704302168

Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari

9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 24-mavzu

Ma’lumki, sayyoramiz yuzasining 2/3 qismi suv bilan qoplangan. Inson hayotini suvsiz tasavvur qilish mumkin emas.

Kundalik turmushda, ishlab chiqarish jarayonlarining ajralmas qismi bo‘lgan suv ma’lum darajada tozalashdan o‘tkazilishi lozim.

Tabiiy suvlar tarkibida magniy va kalsiy xloridlar, sulfatlar, gidrokarbonatlar va boshqa qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi.

Qattiq suv – tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari ko‘p bo‘lgan suv.


Yumshoq suv – tarkibida Ca2+ va Mg2+ ionlari bo‘lmagan yoki juda kam bo‘lgan suv.

Qattiq suvdan foydalanilganda isitish tizimi bug‘ qozonlari devorlari magniy, kalsiy karbonatlar va boshqa tuzlardan iborat quyqa bilan qoplanib qoladi.

Quyqa suv isishini qiyinlashtiradi, yoqilg‘i sarfi ortishiga, qozon devorlarining ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.

Qattiq suvda sovun ko‘pirmaydi, chunki magniy va kalsiy ionlari sovun bilan suvda erimaydigan birikmalar hosil qiladi.

Suvda vaqtinchalik (karbonat), doimiy, kalsiy, magniy va umumiy qattiqlik farqlanadi.

Suvning qattiqligini pasaytirish, yumshatish uchun distillatsiya (suvni haydash) hamda kimyoviy usullardan foydalaniladi.

Uyingizda choy damlash uchun suv qaynatiladi. Doimo suv qaynatadigan idish tubiga e’tibor bering.


Suvda erimaydigan toshsimon quyqani ko‘rasiz, u CaCO3 va MgCO3 tuzlaridir

Doimiy qattiqlik suvni qaynatish bilan yo‘qolmaydi. Uni soda yoki natriy fosfat qo‘shib yo‘qotiladi: CaSO4 + Na2CO3 → CaCO3↓ + Na2SO4 3MgSO4 + 2Na3PO4 → Mg3(PO4)2↓ + 3Na2SO4

Kationitlar – suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit kationlariga (Ca2+, Mg2+) almashina oluvchi, harakatchan kationlar (Na+) tutadigan qattiq moddalar.

Anionitlar – suvda erimaydigan, tarkibida tashqi muhit anionlariga (SO–42, Cl–) almashina oluvchi, harakatchan anionlar tutadigan qattiq moddalar.

Kationitlarda R–murakkab tuzilishga ega organik radikal.


Kationitlar suvni kalsiy va magniy ionlaridan tozalashga yordam bersa, anionlarni chiqarib yuborish uchun anionitlar qo‘llaniladi.
Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə