Suyak shakllari



Yüklə 43,76 Kb.
səhifə1/7
tarix20.04.2023
ölçüsü43,76 Kb.
#106424
  1   2   3   4   5   6   7
O\'rinova Mahliyo 19.10 guruh pederiatriya


Suyak shakllari: suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi.
Naysimon suyaklar. Bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Uzun naysimon suyaklar ularga еlka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga esa qo`l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.
G`ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g`ovaksimon suyaklar bularga qovurg`a, to`sh, o`mrov suyaklari, kalta g`ovak suyaklarga esa umurtqa, qo`l va oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.
Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tеpa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari kiradi.
G`albirsimon suyaklar. Yuqori jag`, pеshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va g`albirsimon suyaklar kiradi.
Suyaklarning birikishi. Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri bilan ikki xil:harakatsiz va harakatli birikadi.
Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa, chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi. Bosh suyagi peshona, tepa, chakka, ensa kabi alohida suyaklardan iborat bo'lib, bola o'sgan sari chok yordamida bir-biriga birikib, yaxlit bosh suyagini hosil qiladi. Bu suyaklar bir-biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun harakatsiz bo'ladi.
Suyaklarning harakatli, ya'ni bo'g'im hosil qilib birikishiga qo'l va oyoqlarning bo'g'imlari kiradi: yelka, tirsak, kaft usti, son-chanoq, tizza, boldir-tovon hamda qo'l va oyoq panja suyaklarining bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikishi misol bo'ladi. Bo'g'im hosil qilib birikuvchi 2 ta suyakdan birining uchi qavariq, silliq, ikkinchisining uchi esa botiqroq bo'ladi. Bo'g'im 3 qismdan: bo'g'im xaltachasi, suyaklarning birikish yuzasi va bo'g'im bo'shlig'idan iborat. Bo'g'im xaltachasi tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan. Ichki qavatning pardasidan moysimon sinoviy suyuqlik (bo'g'im moyi) ishlab chiqariladi. Bu suyuqlik bo'g'im yuzasini moylab ishqalanishni kamaytiradi. Bo'g'im tashqi tomondan paylar bilan o'ralib, uning mustahkamligini ta'minlaydi.

Yüklə 43,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə