Suyak va mushaklarning tarkibi, tuzilishi va yoshga oid rivojlanishlarini bbb( bilaman, bilishni xohlayman,bilib oldim) usulida yoriting


Bolalarda harakatlarning rivojlanishi



Yüklə 393,09 Kb.
səhifə10/11
tarix09.04.2022
ölçüsü393,09 Kb.
#85243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Suyak va mushaklarning tarkibi, tuzilishi va yoshga oid rivojlan

Bolalarda harakatlarning rivojlanishi. Yangi tug'ilgan bolalarda qo'l-oyoqlarning, gavdaning va boshning tartibsiz harakatlari kuzatiladi. Koordinatsiyalangan - ritmik bo'lish, rostlash, olib kelish va uzatish kabi harakatlar, algaritmik – koordinatsiyalanmagan va izolatsiyalangan harakatlar bilan almashinadi. Bolalarning harakat faoliyati vaqtinchalik bog'lanish mexanizmlari

bo'yicha shakllanadi. Bu bog'lanishlarning shakllanishida harakat analizatorining boshqa analizatorlar (taktil, ko'rish, vestibular) bilan uzviy aloqasi jiddiy rol o'ynaydi. Ensa muskullari tonusining ortishi, 1,5-2 ovligida qoringa yotqizilgan bolaning boshini ko'tarish imkonini beradi. 2,5-3 oylik bolalarda ko'ringan narsaga qarab qo'lni harakati rivojlanadi.4 oylik bolalar orqadan yonboshga burilsa, 5 oylikda qoringa va qorindan orqaga ag'darilish imkoniga ega bo'ladi. 3 oylikdan 6 oylikkacha bo'lgan davrda bola siljish uchun tayyorgarlik ko’radi; qoringa yotib boshini va gavdasini yuqori qismini ko'tarishga harakat qiladi va 8 oylik bo'lganida u ancha masofani siljishi – emaklashi mumkin bo'ladi. 6 oylikdan 8 oylikkacha bo'lgan yoshda gavda va tos muskullarining rivojlanishi tufayli bola. o'tirishni, turish, tik turish, qo'li bilan tayanish. biron narsaga suyanishlarni boshlaydi. Bola bir yoshga to'lganida erkin tik turadi va qoida bo'yicha vura boshlaydi. Lekin bu yoshda bolaning qadami kichik, notekis tanani ushlab turilishi turg'un bo'lmaydi. Muvozanatni saqlashuchun bola qo'li yordamida tenglikni saqlashga harakat qiladi,

oyoqlarini keng qo'yadi. Sekin-asta qadamning uzunligi orta boradi. 4 yoshga borib qadamning uzunligi 40 sm gacha yetsada, hali ham oyoq olishlari tekis boimaydi. 8 yoshdan 15 yoshgacha odim uzunligi orta borsada vurish tempi pasayadi. 4-5 yoshlarda muskullar guruhlarining rivojlanishi. va harakat koordinatsiyalarining takomillashishi tufayli chopish. sakrash. konkida uchish. gimnastik mashqlar singari ancha murakkab harakatlarni bajarish imkoni tug'iladi. Bu yoshda bolalar rasm

chizishi va musiqa asboblarida o'ynashlari mumkin. Yosh ulg'ayishi bilan 13 yoshgacha bolalarning chopish tezligi orta boradi. 14-15 yoshli o'smirlarda tez yugurishga chidash bera olishning pasayishi. bizning nazarimizda ularning jinsiy yetilish davri bilan bog'liq bo'lsa kerak. Bolaning o'sishiga qarab sakrash kabi harakatlar ham rivojlanadi.Bolalarning yoshi kichik boiganida ular sakraganida, ularning oyog'i yerdan uzilmaydi va barcha harakatlar devarli o'tirib turish va tanani tik ushlashdan .i bo rat boiadi. Uch yoshdan boshlab bolalar yengilgina oyoqni yerdan uzib joyida sakrashni boshlaydilar. Faqatgina 6-7 yoshlardan boshlab sakrash paytida oyoqlar suyaklarining koordinatsiyasi ko'vina boshlaydi. Sakrashni bajarish paytida harakatlarning koordinatsiyasini takomillashishi bilan bir qatorda



uning balandligi va davomiyligi ham ortadi.


Yüklə 393,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə