Suyak va mushaklarning tarkibi, tuzilishi va yoshga oid rivojlanishlarini bbb( bilaman, bilishni xohlayman,bilib oldim) usulida yoriting



Yüklə 393,09 Kb.
səhifə9/11
tarix09.04.2022
ölçüsü393,09 Kb.
#85243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Suyak va mushaklarning tarkibi, tuzilishi va yoshga oid rivojlan

Muskullarning tuzilishi. Muskullarda o'lta qism-qorincha va zich biriktiruvchi to'qimalardan hosil bo'lgan paylar farqlanadi. Paylar vordamida muskullar suyaklarga birikadi, lekin ayrim muskullar turli a'zolarga (ko'z olmasi) teriga (yuz va bo'yin muskullari va boshqalar) birikadi. Yangi tug'ilgan bolalarning paylari kuchsiz rivojlangan. Faqat 12-14 yoshga kelib voyaga yetgan odamlarga

xos bo'lgan muskul-payli nisbatlar paydo bo'ladi.






Muskullarning tuzulishi:

A - ko’ndalang kesilgan muskullar: 1 - muskul tolalarning tutami;

2 - alohida muskul tolalari;

В - skelet muskullarining umumiy ko'rinishi: 1 - qorincha; 2 - pay.

Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari. Gavda muskullariga ko'krak qafasi, yelka va qorin muskullari kiradi. Qovurg'alar orasida joylashgan muskullar, muskullararo va nafas funksiyasini bajarilishida ishtirok etuvchi boshqa muskullar nafas muskullari deb yuritiladi. Bular qatoriga diafragma ham kiradi (u ko'krak bo'shlig'ini qorin bo'shlig'idan ajratib turadi). Baquvvat rivojlangan ko'krak muskullari gavdaning oldingi qo'1-oyoqlarning muskullarini harakatga keltiradi va mahkam ushlab turadi (katta va kichik ko'krak, oldingi tishsimon muskullar).

Qorin muskullari turli funksiyalarni bajaradi. Ular qorin bo'shlig'ining devorlarini hosil qiladi va o'zining tonusi tufayli ichki a ’zolarning joyini o'zgarib ketishiga, pastga tushishiga, osilib qolishiga yo'l qo'ymaydi. Qorin muskullari qisqarishi natijasida ichki a’zolarga qorinning pressi sifatida ta’sir ko'rsatadi, buning natijasida siydik, najasni ajratib chiqarilishiga hamda tug'ish aktining bajarilishini ta'minlaydi,

qorin pressining muskullari qisqarishi, venoz tizimida qonning harakatlanishini ta'minlaydi va nafas harakatlarini bajaradi. Bundan tashqari, qorin muskullari umurtqalar ustunini oldinga egilishida ishtirok etadi.


Yüklə 393,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə