T ermiz davlat universiteti



Yüklə 342,12 Kb.
səhifə3/8
tarix04.01.2023
ölçüsü342,12 Kb.
#98191
1   2   3   4   5   6   7   8
23. KAMBAG\'ALLIK MUAMMOSI

BOZOR IQTISODIYOTIGA O’TISH NAZARIYASI
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir.
Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodiyotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li – ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;
3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;
4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xitoy, Vetnam).
Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonunqoidalari, amal qilish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o'tishning rivojlangan mamlakatlar yo'lida oddiy tovar xo'jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyofiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo'lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lining xususiyati -bu qoloq, an'anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishdir. Nihoyat, sobiq sosialistik mamlakatlar yo'lining mu-him belgisi markazlashtirilgan, ma'muriy - buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o'tishdan iboratdir. Bu yo'lning boshqa yo'llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo'q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo'lda bozor munosabatlariga o'tayotgan mamlakatlarning o'zi o'tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishning mazkur yo'lining o'ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo'l bilan, ya'ni jadal usulda yoki evolyusion yo'l bilan bosqichma-bosqich o'tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o'tkazish, awalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy tnunosabatlarni birdaniga va batamom sindirish talab etiladi. Bu «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Tslohotlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, evolyusion yo'l kamroq ijtimoiy larzalarga olib ke-ladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng awalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an'analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma'lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubli-giga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o'tishning zarurligi iqtisodiy o'sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notdvar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega. Birinchisi - bu uning moslashuvchan emasligi. ro'y berayotgan o'zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi. Markazdan turib boshqarishning moddiy va moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash bo'yicha qarori ko'rinishidagi moslashtiruvchi mexanizmi vujudga kelgan nomutanosiblik o'zining qaltis nuqtasiga yetgan vaqtdagina ishga tushadi. Ikkinchi kamchilik bu xo'jalik yuritish tashabbuskorligini «yo'qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning nihoyat dara-jada pasayib ketganligidir.
Ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o'tish turli mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institusional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o'zgarishlarni o'z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o'zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimini o'zgartirish mazkur tizim asosining o'zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o'zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo'ladi.
O'tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo'jalik hayotining barcha sohalaridagi to'siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- xo'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoli-yasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tu-gatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o'tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2.Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo'nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma'muriy to'siqlarni olib tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo'llab-quwatlash va tarmoqqa kirishidagi to'siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyo-satini tartibga solish va boshqalar.
3. Institusional o'zgarishlar. Mazkur o'zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o'zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investisiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo'jalik qonunchiligini qabul qilish va boshqalar.
4. Tarkibiy o'zgarishlar. Tarkibiy o'zgarishlar birinchi navbatda xalq xo'jaligi va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to'lovga qodir talabga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kir-maydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o'tkazilib turadi. Bu yo'nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi, eng awalo va kuchli rav-ishda moliyaviy sohada, ayniqsa, yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo'ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo'lishi bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to'sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o'tish davri iqtisodiyoti uchun o'ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta'minlash va boshqalar kiradi.
6. Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan.
Bozor tizimining ko'rsatib o'tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga yetishi o'tish davri tugaganligidan darak beradi.


  1. Yüklə 342,12 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə