T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda sintetik hisobni yuritish va uni tashkil qilish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Data

2.5. Banklarda sintetik hisobni yuritish va uni tashkil qilish
Buxgalteriya hisobining jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro
andozalarida jam lam a hisob o'm iga Bosh kitob, analitik hisob o'm iga esa yordamchi
kitoblar qo'llaniladi. Buxgalteriya hisobida kitob deb, - hisobvaraqlar guruhiga
aytiladi. Bosh kitob - bu bank - moliya hisobotlarida (balans hisoboti, daromad va
xarajatlar to ‘g‘risidagi hisobot va boshqalar) ko'rsatiladigan hisobvaraqlar guruhidan
iboratdir.
Bosh kitobdagi hisobvaraqlar umumiy ma'lumotni aks ettiradi, lekin batafsil
ma'Iumot bilan ta'minlamaydi. Chunki birlamchi buxgalteriya operatsiyalari
hisobvaraqlari guruhida batafsil ma'Iumot beradigan yordamchi kitoblar qoMlaniladi.
Bosh kitobda esa, birinchi navbatda balans hisobvaraqlari bo‘yicha jam lam a
ma'lumotlar qayd etiladi. Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh


kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi
yakuniy summalar har kundagi va oy oxiridagi ma'lumotlarni keyingi oyning birinchi
kuni holatiga, Bosh kitob ma'lumotlari summasi bilan bir xil boMishini ta'minlaydi.
Shu boisdan, yordamchi kitob ma'lumotlari asosiy o‘rinni egallab, ular dastlabki
hisob ma'lumotlarining tegishli hisobvaraqlarga qanchalik to ‘g ‘ri kiritilishi natijasida
hosil boMadi.
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma'lumotlari yordamchi kitobdagi
tegishli hisobvaraqlaming yakuniy summalari bilan taqqoslanadi va dastlabki
yozuvlarda xato boMmasa, summalar teng chiqishini ta'minlaydi. Xorijiy valyutadagi
operatsiyalar bo‘yicha Bosh va yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha
alohida-alohida, mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalaming hisobi
har bir turdagi mablagMar va qimmatliklar bo'yicha ochiladigan shaxsiy
hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jum allarda) yuritilishi lozim.
Bosh kitob balans hisobvaraqlari bo‘yicha yordamchi kitob hisobvaraqlaridagi
ma'lumotlar to'plam i hisoblanadi va ular quyidagi:
hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balanslarini;
-
balans hisobvaraqlari bo'yicha aylanmalap va qoldiqlar haqidagi jam lam a
ma'lumotlarni;
oylik, ehoraklik va yillik qoldiq aylanma qaydnomalarini;
kassaning kirim va chiqimi bo‘yicha kassa jum allari ma'lumotlarini;
-
mahalliy byudjetlarga ajratmalar qaydnomasi bo'yicha ma'lumotlarni o ‘zida
mujassamlashtiradi.
Bundan bosh buxgalteming xoxishiga k o ‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari,
xorijiy operatsiyalar, shuningdek, "Ko‘zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari
bo'yicha jam lam a kartochkalari yuritilishi mumkin. Shu boisdan, biz har bir bosh
kitob ma'lumotlarini alohida ko'rib chiqishimiz mumkin. Ma'lumki, tijorat banklari
balansi har kuni tuziladi va balansning har ikki tomonining o‘zaro teng boMishi bank
ishi kuni yakunlanganligi hamda buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisoblari
to ‘g ‘ri yuritilishidan dalolat beradi. Bosh kitob ma'lumotlari qatori kundalik balans
dasturiy yoM bilan kompyuterlar yordamida tayyorlanadi.
Demak, bankning kundalik balansida sana, balans ichidagi hisobvaraq
raqamlari, aktiv va passiv hisobvaraq qoldiqlari ko‘rsatilib, bank ish faoliyatining bir
kunlik yakunini ifodalaydi.
Bosh kitob ma'lumotlaridan yana biri, balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar
va qoldiqlaming jamlamalaridir. Bunday jam lam a ma'lumotlar nafaqat balans
hisobvaraqlari bo'yicha qoldiq, balki, hisobvaraqlar debeti va kreditidan o ‘tgan
aylanmalar summasi ham aks ettiriladi. Shuning uchun aniqroq ma'Iumot olishda
hozirgi kunda ko‘p banklar kundalik balans bilan birgalikda hisobvaraqlar bo'yicha
ham aylanmalar va qoldiqlar yuzasidan jamlama ma'lumolami tuzib boradilar. Ushbu
bosh kitob ma'lumotlari ham dasturiy yo‘l bilan kompyuterlar yordamida
tayyorlanadi va tuziladi.
Balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar haqidagi jamlama


ma'lumotlar bank rahbariyatining hoxishiga ko‘ra, har kuni shu bilan birga
aylanmalar va qoldiq summalarining o‘sib borish tartibida oylik va ehoraklik, ya'ni,
hisobot davri uchun tayyorlanishi mumkin. Oylik, ehoraklik va yillik qoldiq aylanma
qaydnomalar ham bosh kitob ma'lumotlari bo'lib hisoblanadi. Qaydnomalaming har
biri ma'lum bir hisobot davriga tuziladi.
Bankning bir kunlik balansi ma'lumotlari tegishli shaxsiy hisobvaraqlar bo'yicha
o'tkazilganidan keyin tuziladi. Kundalik balans to 'g 'ri tuzilganligi aktiv va
passivlaming (Majburiyatlar + kapital) qoldiqlar bo'yicha yakunlari tengligi orqali,
"Ko'zda tutilmagan holatlar" hisobvaraqlari qoldiqlarining yakuni to'g'riligi esa, u
o'tgan kundagi balans yakuniga balans tuzilayotgan kundagi kredit aylanmalarini
qo'shish va debet aylanmalarini ayirish orqali nazorat qilinadi. Balans aktivi balans
passiviga (Majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari
qoldiqlari) teng.
Balans bank rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Bank rahbari va
bosh buxgalteri mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishi, balans o 'z vaqtida tuzilishi
hamda hujjatlar aylanishi qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilishi uchun shaxsan
javob beradilar. Shu boisdan, ish kuni oxirida balans tuzilmasa yoki ish kuni
mobaynida mijozlarga xizmat ko'rsatish izdan chiqsa, bank bu haqda, shuningdek,
yo'l qo'yilgan qoida buzarliklami bartaraf etish uchun ko'rilgan chora-tadbirlar
to'g'risida yuqori bankka xabar qilinadi.
Bosh banklar rahbarlari balans tuzilmagan, hisobotda tartibga solinmagan
tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko'rsatilishi
ta'minlanmagan hollarda bu kamchiliklami bartaraf etish uchun zarur barcha chora-
tadbirlar ko'riladi.
Bank rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan
muddatda xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod
qilishgacha bo'lgan choralar ko'riladi. Bosh va yordamchi buxgalteriya kitoblarida,
shuningdek, kunlik balanslar va shaxsiy hisobvaraqlarda biron-bir tuzatishlar
qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Balansda summalami o'chirib yozish va tuzatish,
shuningdek, o'chiruvchi suyuqliklardan foydalanib, tuzatishlar kiritish, xatolar borligi
aniqlanganda shaxsiy hisobvaraqlar va hujjatlar qayta yozilishi mumkin emas.
Operatsiya kuni yakunlanib, balans tuzilganidan keyin aniqlangan xato yozuvlar
ushbu xato yozuvlar kiritilgan hisobvaraqlar bo'yicha teskari yozuvlar kiritish yo'li
bilan tuzatish orderlari asosida tuzatiladi. Bunday hollarda hisobvaraqlardan
summalar mijozlaming roziligisiz hisobdan chiqariladi va bu o 'z navbatida, bank
xizmati ko'rsatish to'g'risidagi shartnomada yozib qo'yilgan bo'lishi zarur.
Tuzatish orderlari to 'rt nusxada, ulaming birinchi nusxasi order bulib, ikkinchi
va uchinchi nusxalari mijozlar uchun debet va kredit yozuvlari bo'yicha
bildirishnomalar, to'rtinchi nusxa esa order kitobchasida tikib qo'yiladi. Bu kitobcha
bosh
buxgalter yoki
uning
muovinida
saqlanishi
va


orderlarga boshqa
hujjatlamikidan farqlanadigan tartib raqamlari qo'yilgan bo'lishi lozim.
Tuzatish orderi matnida qachon va qaysi hujjatda xato yozuvga yo‘l
qo'yilganligi, unga mijoz arizasi sabab boMgan boMsa, shu sabab ko‘rsatilishi zarur.
Bunda ordeming to'rtinchi nusxasining orqasiga kimning aybi bilan xatolikka yo'l
qo'yilganligi qayd etiladi, ijrochining, shuningdek, noto'g'ri yozuvni nazoratdan
o'tkazgan shaxsning lavozimi va familiyasi ko'rsatilishi, tuzatish orderlari tuzilishida
asos bo'lgan arizalar orderlari bilan birga hujjatlar orasida saqlanishi lozim.
Summasi keyinchalik stomo bilan tuzatilgan shaxsiy hisobvaraqlardagi xato
yozuv qarshisiga albatta "Stomolangan" belgisi qo'yilishi, tuzatish kiritilgan sana va
tuzatish orderining raqami ko'rsatilishi, bu qayd tuzatish orderini imzolagan bosh
buxgalter yoki uning muovini imzosi bilan tasdiqlanadi.
Bosh buxgalter tuzatish orderlarining kitobchada qolgan nusxalaridan
foydalanib, xodimlaming ishdagi xatolar hisobini yuritadi va ushbu xatolar
sabablarini o'rganib ishni yaxshilash choralarini ko'radi, elektron to'lovlar bo'yicha
xatolami memorial orderlar bilan tuzatish esa qat'iyan man etiladi.
Shunday qilib, banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda sintetik hisob
ma'lumotlari asosiy ahamiyatga ega bulib, har bir shaxsiy hisobvaraq bo'yicha
aylanmalaming dastlabki hisobini kompyuter dasturlarida o 'z vaqtida kiritilishi va
ulaming qoldiqlari kun yakunida to 'g 'ri hisoblab chiqilganligiga bog'liqdir. Shu
boisdan, ushbu ma'lumotlaming naqadar sifatli bajarilishi buxgalteriya xodimlarining
bilim va malakasiga bog'liq bo'lib, bunday ishlami amalga oshirishda Banklarda
buxgalteriya hisobining analitik va sintetik hisobi tushunchalarini chuqur
o'zlashtirishlarini talab qiladi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə