T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Data

4.1. Banklarda kassa operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar
aylanishini tashkil qilish
Tijorat banklari dastlabki faoliyatini amalga oshirishlarida bank kassasi
shakllantiradilar va 0 ‘zbekiston Respublikasi markaziy bankining litsentsiyasini
oladilar. Ushbu litsenziyaga ko‘ra, kassa operatsiyalari bo'limlari tashkil etiladi va
bank rahbari tomonidan kassa mudiri ( bank sohasida uch yil ishlagan), kassa
xodimlari tayinlab, kassa bo‘limIari (kirim kassasi, chiqim kassasi, kechki-
inkassatorlardan pul qabul qilish kassasi) ni tashkil etadilar. Mijozlarga kassa
xizmatini ko'rsatish uchun bank Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga
pul omborini tashkil etish bo'yicha pasportini va boshqa hujjatlami topshiradi va ular
ko'rib chiqib, Markaziy bankning Emissiya-kassa operatsiyalari departamentiga
yuboradi. Ular ijobiy xulosa berganda bank operatsiyalari kassasi ochiladi.
Shuningdek, bankning kassa operatsiyalari bo'limi maxsus jihozlangan ya'ni, ichki
devorlari va
to'shdevorlari qalinligi 80 mm bo'lgan juftlashtirilgan gips-beton
panellarga yoki qalinligi kamida 120 mm bo'lgan g'isht devordan iborat bo'lishi
kerak. Kassa darchasining hajmi 200x300 mm dan oshmasligi, kassa darchasi
eshikchasi va to'siqdevorlar qalinligi kamida 40 mm bo'lgan taxtalardan yasaladi,
ular ikki tomondan ruxlangan, metall listlar taxtalarga uzunligi kamida 40 mm
bo'lgan mixlar bilan perimetr va diagonallar bo'yicha 60 mm ga qadar masofada
mahkamlanadi.
Bank kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan naqd pul
mablag'larining me'yorini belgilash uchun Markaziy banka kassa arizasini beradi,
bunda, bank chiqimlari va tushumlari hamda kassa limiti qoldig'i o 'z aksini topadi.
Shuningdek, bank kassasida naqd pullar qoldig'i limitlari doirasida naqd pullarga ega
bo'lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ulami ishlatishlari mumkin. Kassadagi
naqd pullar qoldig'i limitlari va tushumni ishlatish me'yorlarini markaziy bank bilan
kelishgan holda belgilangan me'yoriy hujjatlarga rioya qilgan holda amalga oshiradi.
Kassada naqd pullar qoldig'ining belgilangan limitlaridan ortiqcha bo'lgan barcha
naqd pullami Markaziy bankning xisob-kitob-kassa markaziga topshiradilar.
Naqd pullik hisob-kitob operatsiyalari bankning kassa operatsiyalari bo‘lib,
ularga kassa bo'limi xodimlari tomonidan xizmat ko'rsatiladi. Ular asosan, bank
kassasiga mijozlardan, inkassatorlardan, bank xodimlari va jismoniy shaxslardan
qabul qilingan hamda ularga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa barcha
to'Iovlam i hisob-kitob cheklari bo'yicha naqd pul shaklida bankning operatsion
kassasidan beriladi. Bu operatsiyalar Markaziybank tomonida ishlab chiqilgan
m e'yoriy hujjatlar bilan tartibga solib turiladi14.
14 Т и ж о р а т б а н к л а р и д а к а с с а и ш и и и т а ш к н л э т и ш , и н к а с с а ц и я в а 
к и м м а т л и к л а р н н т а ш и ш г а д о й р й ў р и қ н о м а . Ў з Р А В
2 9 .0 3 .2 0 0 5 й и л д а 1 2 6 3 -1 -с о н б и л а н р ў й х е т г а о л и н г а н ; У э Р М Б 
н а к д ч е т э л в а л ю т а с и г а о и д о п е р а ц и я л а р н и а м а л г а о ш и р и ш
к о и д а л а р и . Ў э Р А В 1 5 .0 4 .2 0 0 4 й и л д а 9 5 7 -1 -сон б и л а н р ў й х а т г а 
о л и н г а н ; Ў э Р М Б н а к д ч е т э л в а л ю т а с и г а о и д о п е р а ц и я л а р н и


а м а л г а о ш и р и ш к о и д а л а р и . Ў зР А В 15.0 4 .2 0 0 4 й и л д а 9 5 7 -1 -с о н 
б и л а н р у й х а г г а о л и н г ан
Kassa hujjatlari bank uchun, shuningdek, hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi
tomonlarga kerak b o ‘lgan nusxalar sonida texnik vositalardan foydalanilgan va tijorat
bankining hisob-kitob cheklari esa qo‘lda yozilgan holda to'ldiriladi. Kassa
hujjatlarini bo‘yash, chizish va tuzatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Banklarda har bir operatsiyalami
amalga oshirish
bo‘yicha hujjatlar
aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Shu qatori, bankning kassa
operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishiga katta ahamiyat berish zarur, chunki
mijozlardan naqd pul qabul qilinayotganda yoki bank kassasidan ularga naqd pul
berishda bankning operatsion kassasi markazida mijozlaming uzoq vaqt turib
qolishlarining oldi olingan bo'lib, sifatli xizmat ko'rsatish imkoniyatini vujudga
keltiradi. Shu sababdan, banklarda kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
aylanishi grafigini tuzishni talab etadi (3-chizmaga qarang).
3 -chizma. Kirim kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar aylanishi tavsifi
Bu erda:
1) bank mijozi buxgalteriya nazoratchisiga naqd pul topshirish haqidagi
e’lonnomani uzatishi; 2) buxgalteriya nazoratchisi mijozning naqd pul topshirish
yuzasidan e'lonnomani ko'rib chiqib, uni kirim kassasi (simvol bo'yicha) jum aliga
qayd qilishi; 3) mijoz naqd pul mablag'larini bank kassiriga topshirishi; 4) kassir
e'lonnoma asosida naqd pul mablag'larini sanab olib, mijozga bank kassasi pattasi
(kvitantsiyasi)ni berishi; 5) nazoratchi va kassir tomonidan barcha hujjatlar hisoblash
markaziga yuborilishi; 6) hisoblash markazi tomonidan yuborilgan naqd pul
m ablag'larini qabul qilish bo'yicha yozilgan hujjatlar asosida nazoratchi topshirilgan
naqd pul mablag'larini mijozning shaxsiy hisobvarag'iga o'tkazilishi berilgan.
Tijorat banklari operatsion kassa markazidan o'zining mijozlariga ish haqi va
unga tenglashtirilgan to'lovlam i berishda kassa operatsiyalari bo'yicha hujjatlar
aylanishi grafigini yuqoridagi tartibda belgilashlar va ulaming grafigini bosh
buxgalter va bank rahbari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Bu holda bank
mijozlaridan belgilangan muddatlarda hisob-kitob cheklarini olib, o'm atilgan tartibda
m ablag'lar berilishini ta'minlaydi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə