T o sh k e n t d a V l a t iqtiso diyo t u niversiteti f. T. A b d u V a X id o V, Z. A. Um arov, K. N. D ju ra y ev


 Banklarda ustav kapitalini shakllantirish va ularni hisobga olish



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/109
tarix22.03.2024
ölçüsü4,8 Kb.
#183996
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Data

7.5. Banklarda ustav kapitalini shakllantirish va ularni hisobga olish
Tijorat banklari faoliyatining rivojlanishi - bozor mexanizmini to'g'ri tashkil
etishda zaruriy shart-sharoit yaratadi, buning uchun iqtisodiyotning qayta shakllanish
jarayoni bank tizimini qayta isloh qilishni talab etadi19. Bugunda bu sfera dinamik
ravishda rivojlanmoqda. Banklar ma’muriy boshqaruv tizimi davrida uzoq vaqtlar
davlat tashkiloti bo'lib, iqtisodiyotni ma’muriy buyruqbozlik bilan boshqarish
tizimida tashuvchi loyihalardan biri bo'lib, qatnashgan. Bugungi kunda bozor
iqtisodiyotining rivojlanish yo'liga o'tar ekanmiz, yo'l qo'yilgan kamchiliklardan voz
kechib, rivojlangan davlatlar tajribasini o'rgangan holda bank va bank faoliyati
to'g'risidagi bilimlami oshirish bilan birga jahon andozasiga mos ravishda bank
xizmatlarini ko'rsatish talab etilmoqda. Bank - yuridik shaxs bo'lib, O'zbekiston
Respublikasi markaziy banki tomonidan berilgan litsenziya asosida quyidagi faoliyat
turlari bilan shug'ullanadi: yuridik va jismoniy shaxslardan qo'yilmalar olish, ushbu
qo'yilmalami o'z xavf-xatari asosida moliyalashtirib, kreditlar berish, to'lovlami
amalga oshirish va hokazo.
Tijorat banklari ustavi O'zbekiston Respublikasi markaziy bankidan
ro'yxatdan o'tganlaridan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo'lib, tijorat banki
tashkil etilgan hisoblanadi.
Tijorat banklarining ustav kapitalini shakllantirish borasida prezidentimiz
I.Karimov o’z asarida ... “Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo’jalik


yurituvchi sub'ektlaming bo’sh mablag’larini tijorat banklari depozitlariga jalb
qilishni rag’batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo’lib qoladi. Bank
tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e'tiborimiz markazida bo’lib
kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlami
yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta'bir
joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi,
mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan ulaming samarali
faoliyatiga bog’Iiq. Birinchi navbatda banklar, ulaming muassislari kapitallashuv
darajasini oshirish bo’yicha boshlangan ishlami oxiriga etkazishi, o’z nizom
19 V
t
P П резидентининг “Бозор ислохотларини чукурлаш тириш ва икгисодиетни янада 
эркинлаштириш
сохаснд аги устуво р йуналишлар амалга оширилишини жадаллаштириш чора-тадбирлари 
тўгрисида” ги
фармони. 2 0 0 5 йил 14 июн.
jam g’armasi mikdorini belgilangan ko’rsatkichlarga olib chiqishi lozim” deb
ta'kidlagan edi20.
Bankning ustav kapitalini shakllantirishda qatnashishga tayyor boMgan va
bankni tashkil etishga qiziquvchi yuridik va jismoniy shaxslar bankning ta'sischilari
hisoblanadi.
Bank ta'sischilari ustavi va ta'sis shartnomasiga imzo chekib yo‘l qo‘ygan
yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el rezidentlaridan tashkil
topadi. Ular aktsionerlik tijorat banki 0 ‘zbekiston Respublikasida banklami Davlat
ro‘yxatga olish kitobiga ro‘yxatga kirgan vaqtdan boshlab ta'sischi hisoblanadi. Bank
ta'sischilari bankni tashkil etishda zaruriy barcha hujjatlami rasmiylashtirishni, bank
ustav kapitalini shakllantirishi, moddiy texnik ta'minoti bazasi, xizmat ko'rsatiladigan
mijoz doirasi va amalga oshiriladigan bank operatsiyasini aniqlashni va muammoli
bo'lgan masalalami hal etishda javobgarlikni va ma'suliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Ular ta'sis shartnomasini imzolab rasmiylashtiradilar.
Ta'sis shartnomasi imzolangandan keyin ta'sischilar ta'sis majlisini o'tkazishga
tayyorgarlik ko'radilar. Majlisda bankning ustavini belgilab oladi va bank boshqaruvi
raisini saylaydi. Shu vaqtdan bank tashkil etilgan hisoblanadi, lekin to'liq oxirgi
bosqichigacha tashkil etilgan hisoblanmaydi Ustav kapitali faqat tasischi va
aktsiyadorlaming pul mablag'laridan tashkil topib amaldagi milliy valyutada
to'lanadi. Ustav kapitalini shakllanishida kreditga olingan, qarzga olingan va shu kabi
jalb qilingan pul mablag'lari kiritilmaydi. Ayrim hollarda agar qonunchilik asosida
davlat byudjeti mablag'larini hisobidan ustav kapitalini shakllantirishda kiritilishiga
yo'l qo'yilishi mumkin.
Bank ro'yxatdan o'tgan muddatda ta'sischilar tomonidan
bankning ustav
kapitaliga qo'yilgan pul mablag'larining yig'ilgan qismini Markaziy bankda yoki
boshqa O'zRning Banklarda ochilgan hisobvarag'ida vaqtincha saqlash uchun
qo'yadilar. Shuningdek, amaldagi me'yoriy hujjatlar2lga ko'ra yangi tashkil


etilayotgan banklar uchun ustav kapitalining eng kam minimal miqdori belgilab
qo'yilgan.
Bunga ko'ra, Toshkent shahrida ochiladigan tijorat banklari uchun ustav
kapitalining miqdori 2,5million AQSH dollarigacha, so'm ekvivalentida; boshqa
aholi yashaydigan punktlarida ochiladigan tijorat banklari uchun ustav kapitali
miqdori 1,25 AQSH dollarigacha, sum ekvivalentida; chet el kapitali ishtirokidagi
ochiladigan banklar uchun ustav kapitali miqdori 5 millon AQSH dollarigacha;
xususiy banklar uchun l,25millon AQSH dollari ekvivalenti hisobida belgilab
qo'yilgan. Ta'sischilar tomonidan bankning tashkil etilishida qarorlar qabul qilishda,
buxgalteriya hisobi va
hisobotini yuritish uchun markaziy bank tomonidan
o'matilgan milliy valyutaning kursida ko'zda tutilgan ustav kapitalining minimal
miqdorining shakllanishi bo'yicha hisoblaniladi.
20 Каримов И. Ж ахон молиявий-икгисодий инкирози, У збеки стон шароитида уни 
бартараф этиш нинг йўллари
ва чоралари. -Т .: “Ў зб е ки е го н ". 2009й . -5 2 -5 3 бетлар
21 У збеки стон
Республи каси Вазирлар М ахкам аси ни нг "‘Банк тиэимини и слох килиш бораси даги 
чора-
тадбирлари тўгриси да” ги карори, 1999 йил, 15 январ 16 сон
Bank tashkil etilishida ustav kapitali summasi miqdorida nomiga yozilgan
aktsiyalar chiqarilib, ro'yxatdan o'tgan kundan bir yilgacha bo'lgan muddatda bank
aktsiyadorlari tarkibidan chiqish huquqiga ega bo'lmagan ta'sischilar o'rtasida ushbu
aktsiyalar taqsimlanadi.
Aktsiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq usulda aktsiyaga
a'zo ettirilib, aktsiyani joylashtirishni o'tkazish huquqiga ega. Bunday hollarda
aktsionerlik jamiyati ustavida ko'rsatilgan usul bo'yicha aktsiyalar joylashtiriladi.
Agar ustavida aktsiyalami joylashtirish usuli qayd qilinmagan bo'lsa, u holda
aktsionerlaming umumiy yig'ilishida ko'rib chiqilib qaror qabul qilinadi, ulaming
ushbu qarori asosida aktsiyalami ochiq yoki yopiq usulda joylashtirish aniqlaniladi.
Aktsionerlik jamiyatining ustavida e’lon qilingan aktsiyalamingjoylashtirilishi tartibi,
shartlari, aktsiya kategoriyasi, aktsiyaning nominal boshlang'ich qiymati va miqdori
hamda shu tartibda aktsiyalami qayta chiqarilish emissiyasi ham ko'rsatilgan bo'lishi
kerak. Agar aktsiyalami joylashtirish tartibi, ya'ni aktsiyani ochiq yoki yopiq turda
a'zo qilinishi ustavda ham, aktsionerlaming umumiy yig'ilish qarorida ham
ko'rsatilib aniqlanmagan bo'lsa, u holda aktsiyaga a'zo qilish tartibi ochiq turda
aktsiyaga a'zo qilinishi mumkin.Ustavda aktsiyani joylashtirish tartibi ko'rsatilmagan
bo'lsa, u holda aktsionerlik jamiyati qo'shimcha bunday aktsiyalami chiqarish
huquqiga ega bo'lmaydi. Qimmatli qog'ozni tayyorlovchidan olingan va berilgan
qimmatli qog'ozlar blankasi uchun quyidagicha shartli 1 so'm miqdorida
hisobvarag'larda aks ettiriladi:
a) qimmatli qog'oz blankasi olinganda:
Dt 90327- «Bankning qimmatli qog'ozlari blankalari» hisobvarag'i,
Kt 96314- «Bankning qimmatli qog'ozlari blankalari bo'yicha kontr-


hisobvarag'i”.
b) qimmatli qog'oz berilganda:
Dt 96314 - «Bankning qimmatli qog'ozlari blankalari bo'yicha kontr-
hisobvarag'i,
Kt 90327- «Bankning qimmatli qog'ozlari blankalari» hisobvarag'i.
Ulaming analitik hisobi har bir qimmatli qog'oz turi bo'yicha alohida
hisobvarag'larda yuritiladi. Qimmatli qog'ozni ishlab chiqarish va tayyorlash bilan
bog'liq xarajatlar 56795- «Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag'ining «Qimmatli
qog'ozlar blankalarini tayyorlash xarajatlari» deb nomlanuvchi alohida hisobvarag'i
debetida hisobga olinadi.
Banklarda ustav kapitali va chiqariladigan aktsiyalami hisobga olish uchun
birinchi tartibli 30300- «Ustav kapitali» hisobvarag'i va unga tegishli ikkinchi
tartibli hisobvaraqlardan foydalaniladi. Analitik hisobi har bir aktsioner bo'yicha
alohida hisobvarag'larda yuritiladi. Yuqoridagi hisobvarag'lar quyidagi hisobvaraqlar
bilan korrespondentsiyada bo'ladi: 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd
pullar”-«Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar» - aktsiya uchun naqd pul
kassaga to'langanda, 10301- «Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag'i - Nostro»
yoki 10501- «Boshqa banklardagi vakillik hisobvarag'i -Nostro» -boshqa banklardan
aktsiya uchun pul mablag'lari kelib tushganda, xo'jalik yurituvchi sub’ektlaming
talab qilib olguncha depozit hisobvarag'idan, bank aktsionerlaridan, ushbu bank
xizmat ko'rsatadigan mijozlardan pullar aktsiya uchun to'lov amalga oshirilganda
sodir bo'ladi.
Bank aktsiyasiga obuna ro‘yxatga olinganligi uchun, lekin to‘lik puli
to'lanmagan
va
aktsiya
(sertifikati
)
ham
berilmagan
vaqtda
quyidagi
hisobvarag'larda aks ettiriladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30303- “Imtiyozli aktsiyalar uchun obuna mablag'ining to'lanmagan qismi
(kontr-passiv)” yoki 30306- “Oddiy aktsiyalar uchun obuna mablag'ining
to'lanmagan qismi (kontr-passiv)” hisobvarag'i.
A'zo bo'lgan aktsiya qiymati bilan aktsiya uchun to'langan pul mablag'i farqiga,
ya'ni, to'lanishi kerak bo'lgan summaga buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv
yoziladi:
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
“Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Obuna bo'lgan aktsiya uchun puli to'liq to'langanda, aktsionerlik kapitalidagi


ulushi tasdiqlanib, aktsiya (sertiflkat) blankasi berilganda, esa,
a) aktsiya uchun to'lanishi kerak bo'lgan qoldiq summa to'langanda,
Dt 10101- “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” hisobvarag'i,
Kt 30303- “Imtiyozli aktsiyalar uchun obuna mablag'ining to'lanmagan qismi
(kontr-passiv)” yoki 30306- “Oddiy aktsiyalar uchun obuna mablag'ining
to'lanmagan qismi (kontr-passiv)” hisobvarag'i.
b) aktsiya (sertifikat) blankasi berilganda,
Dt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30318- “Chiqarilgan
ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Aktsiyaning nominal boshlang'ich qiymati bilan obuna qilingan aktsiya qiymati
o'rtasidagi farq summasiga 30603- “Qo'shimcha capital” hisobvarag'ining «O 'z
aktsiyasini sotishdan qo'shilgan kapital» hisobvarag'i kreditiga yozuv qilinadi. Bir
vaqtning o'zida aktsiya (sertifikati) blankasi berilganda,
Dt 30309- “Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30312-
Ro'yxatdan o'tkazilgan ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i,
Kt 30315- “Chiqarilgan ustav kapitali - Imtiyozli” yoki 30318- “Chiqarilgan
ustav kapitali - Oddiy” hisobvarag'i.
Aktsiyani sotishda boshlang'ich nominal qiymatidan haqiqatda sotilgan qiymati
o'rtasidagi oshiqcha farq summasiga 30603- «Qo'shilgan kapital» hisobvarag'ining
«O 'z aktsiyasini sotishdan qo'shilgan kapital» hisobvarag'i kreditiga yozuv qilinadi.

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə