T oshkent “ Himoyaga ruxsat etilsin” amaliy fanlar fakultet dekani universiteti


Maktabgacha yoshdagi bolani kun tartibiga rioya qilish malakalarini oʻstirishning samaradorligini oshiruvchi tajriba –sinov ishlari



Yüklə 133,98 Kb.
səhifə14/15
tarix24.12.2023
ölçüsü133,98 Kb.
#160042
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kurs ishi 22Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta\'lim-tarbiyasi2222222

2.3. Maktabgacha yoshdagi bolani kun tartibiga rioya qilish malakalarini oʻstirishning samaradorligini oshiruvchi tajriba –sinov ishlari.
Maktabgacha yoshdagi bolani maktab talimiga tayyorlashda kun tartibiga qay darajada amal qilishlarini aniqlash hamda bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻiylgan talablar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish maqsadida aniqlovchi va shakllantiruvchi tajriba –sinov ishlari olib borildi.
Aniqlovchi tajriba sinov ishining vazifalari:
1. Bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va ularga ota –onalar tomonidan rioya qilinishi pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash.
2. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibining mazmunini ishlab chiqish.
3. Maktabgacha yoshdagi bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullarini ishlab chiqish va tajribada tekshirish.
4. Ota –onalar hamda tarbiyachilar uchun bolani maktabga tayyorlashda kun tartibi va rioya qilish usullari boʻyicha metodik tavsiyalar tayyorlash.
Tadqiqot ishida Quyi Chirchiq tuman “Gʻuncha” maktabgacha ta’lim muassasasi tayyorlov guruhiga qatnovchi 20 ta bolaning ota –onalari bilan izlanishlar olib boriladi. Ota –onalar uchun anketa savollari ishlab chiqildi va shu asosda ota –onalarning kun tartibiga rioya qilish darajalari aniqlandi.
Ota –onalar uchun anketa savollari
1. Farzandingiz uchun kun tartibi tuzib chiqilganmi?
2. Kun tartibini tuzishda qanday tavsiyalardan foydalangansiz?
3. Siz tuzgan kun tartibi bilan bogʻchadan kun tartibi oʻrtasida farq bormi
4. “Shanba va Yakshanba” kunlari farzandingiz kun tartibiga rioya qiladimi?
5. Kun tartibiga rioya qilinmaganda bolangizda qanday oʻzgarishlar boʻladi.
6. Yuolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish ahamiyatli deb oʻylaysizmi?
7. Farzandingizni maktabga tayyorgarlik darajasini bilish qiziqib koʻrganmisiz.
8. Bolani maktabga tayyorlik darajasini aniqlovchi testlar, soʻrovnomalarni bilasizmi?
Bolalar uchun anketa savollari.
1. Kun tartibi rioya qilish deganda nimani tushunasan?
2. Bir kunlik kun tartibini aytib bera olasanmi?
3. Ertalab badan tarbiya bilan shugʻullanasanmi?
4. Shanba va Yakshanba kunlari kun tartibiga amal qilasanmi?
5. maktabga borish va “oʻquvchi” boʻlish uchun nimalarni bilish kerak db oʻylaysan?

Ota –onalardan berilgan savollarga quyidagicha javoblar olindi:


4 kishi 8 ta savoldan barchasiga qoniqarli javob berdi (20%) 6 kishi 8 ta savoldan 4 tasiga qoniqarli javob topa olishdi 30%, qolgan ota –onalardan savollarga qoniqarli javob olinmadi (30%).


Ota – ona soni


Bilim darajasi


I

II

III

20 ta

50%

30%

20%


Tayyorlov guruhi bolalari bilan oʻtkazilgan soʻrovnmalardan ma’lum boʻldiki, bolalar kun tartibi, unga rioya qilish usullari haqida ma’lumotga egadilar. Faqatgina bolalar oilada shanba va yakshanba kunlari kun tartibiga rioya qilmasliklari aniqlandi.


Bolalar soni


Bilim darajasi


I

II

III

20 ta

50%

30%

20%


Shakllantiruvchi tajriba –sinov ishining vazifalari:
1. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilishni izchillik tarzda olib borish;
2. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish jarayonining mazmui maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalariga muvofiq tarzda tanlash;
3. Oilada bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga rioya qilish usullarini toʻgʻri tanlab foydalanish.
4. Oilada bolani kun tartibi ilmiy –nazariy va metodik jihatdan asosli tarzda tashkil etish va maktabga tayyorlash samaradorligi oshirish.

Shakllantiruvchi tajriba sinov ishining vazifalaridan kelib chiqqan holda ota –onalar uchun mashgʻulot ishlanmalari va tavsiyalar ishlab chiqildi. Oilada ota –onalar biz tavsiya qilgan ishlanmalardan foydalanishlari natijasida bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi va bolani maktabga tayyorlashda katta natijalarga erishishlari mumkinligi isbotlandi.


Shakllantiruvchi tajriba –sinov yakunida ota –onalar bilan qayta soʻrovnomalar oʻtkazildi va ijobiy natijalarga erishildi.


Ota – ona soni


Bilim darajasi


I

II

III

20 ta

60%

20%

20%


Tajriba sinov ishlarimizni yakunida oilada ota –onalarda bolani maktabga tayyorlash omillari, bolani maktabga tayyorlik darajasini aniqlash usullari, bolani aniqlash usullari, bolani maktabga tayyorlashda kun tartibiga qoʻyilgan talablar va rioya qilish usullari haqida bilim, malaka va koʻnikmalar hosil qilindi.


Yüklə 133,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə