Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə32/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Tayanch so„z va iboladar:


Bixeiviorizm, Geshtaltteoriya, suggestiv konsepsiya.
Tashkil etish va boshqarish jihatidan pedagogik texnologiyalarni qo‗yidagi turlarini ajratish mumkin:

    1. Sust boshqariluvchi (talabalar faoliyati boshqarilmaydi, stixiyalilik ustun turadi).

    2. Siklli tekshirish – o‗z-o‗zini va o‗zaro tekshirish ustun turadi.

    3. Frontal (yalpi),

    4. Yo‗naltirilgan (individual),

    5. Verbal –o‗qituvchi ishtirokida,

    6. Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda.

Ushbu boshqarish turlarining kombinatsiyalashuvi natijasida qo‗yidagi didaktik tizim texnologiyalari vujudga keladi:

  • an'anaviy leksion ta'lim tizimi (boshqarish sust, frontal, verbal)

  • audivizual texnik vositalar yordamida ta'limni tashkil etish (boshqarish sust, frontal, avtomatlashtirilgan).

  • konsultatsiya texnologiyasi (sust, yo‗naltirilgan, verbal)

  • kichik guruhlar texnologiyasi (siklli, frontal, verbal, differensial)

  • kompyuter ta'limi (siklli, yo‗naltirilgan, verbal) – individual ta'lim.

  • repetitor tizimi (siklli, yo‗naltirilgan, verbal) – individual ta'lim.

  • dasturlashtirilgan ta'lim (siklli, yo‗naltirilgan, avtomatlashtirilgan- programmalar asosida).

  • differensial ta'lim (siklli aktiv boshqariluvchi, yo‗naltirilgan, vebral).

  • muammoli ta'lim (siklli, yo‗naltirilgan, o‗quvchi shaxsi aktiv).

Amaliyotda bu ta'lim texnologiyalari kombinatsiyalashgan holda qo‗llaniladi. Ta'lim texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.

Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab qo‗yidagi texnologiyalar ajratiladi:



  1. Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo‗ladi.

    1. Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar

    2. Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.

    3. Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning yechimini topishni talab etadi.

    4. Amaliy texnologiyalar – amaliy xatti- harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalar.

Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə