Ta lim texnologiyalari


“Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə7/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99
Ta lim texnologiyalari

“Ta`lim texnologiyalari” kursining maqsad va vazifalari


Ta`lim texnologiyalari (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o‘qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.

―Ta`lim texnologiyalari‖ - bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

«Ta‘lim texnolo‘giyalari» faniining maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan o‘quv rejalarining tegishli kursi bo‘yicha «Ta`lim to‘g‘risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar hamda Davlat talim standartiga ko‘ra qo‘yilgan talablar darajasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni o‘quv – tarbiya jarayonida qo‘llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘quv – tarbiya jarayonidagi o‘rni, ulardan foydalanish, shuningdek, ―Aqliy hujum‖, ―Tarmoqlar‖ (Klaster) usullari,

―Bumerang‖, ―Skarabey‖, ―CHarxpalak‖,‖Rezyume‖ va shu kabi boshqa ta`lim texnologiyalr va ularni o‘quv – tarbiya jarayoniga qo‘llashning nazariy asoslari bilan izchil qurollantirishdan iborat.

«Ta‘lim texnolo‘giyalari» fanidan belgilangan maqsad asosida talabalarni kasbiy tayyorlashning quyidagi vazifalarini hal etadi: bo‘lajak mutaxassislarning

«Ta‘lim texnolo‘giyasi» kursida mutaxassislik bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi hamda yangi tushuncha va qarashlar bilan qurollanadi. Ushbu dastur ta`lim oluvchilarni milliy mafkura tarbiyasi, Talabaning kasbiy ta‘lim asoslari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish, o‘qituvchi va o‘quvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar, kasbiy ta`limda pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish vazifasini bajaradi.


  • bo‘lajak kasb ta`limi o‘qituvchilarini zamonaviy ta`lim texnologiyalarining nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish;

  • yaxlit pedagogik darajada ta`lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo‘lishlari;

  • zamonaviy ta`lim texnologiyalari, g‘oyalar maktablar, yo‘nalishlar, keng turlarida yo‘l topa bilish mahorati;

  • pedagogik faoliyatni ijodiy va metodik to‘g‘ri rejalashtirishga tayyorlikni shakllantirish;

  • mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o‘zini tarbiyalash va o‘zini mutaxasislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish.


Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə