Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə5/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan extiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatdan ta`minlash jarayonining qatnashchisi.

Oliy ta'lim o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanadi hamda ikki (bakalavriat va magistratura) bosqichga ega.

Bakalavriat - ta'lim yo`nalishi buyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, o`qish muddati kamidaturt yil bo`lgan tayanch oliy ta'limdir.

Bakalavrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb buyicha «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish hukuqini beradigan diplom topshiriladi.



Magistratura - aniq mutaxassislik buyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.

Magistrlik dasturi tugallanganidan so`ng bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan "magistr" akademik darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiklangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.

Shuningdek fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumotni shartnoma asosida olishga haqli ekanligi belgilab berilgan.

Uzbekiston Respublikasi «Ta'lim to`g`risida»gi Qonunining 3-moddasida ta'lim sohasidagi daalat siyosatining asosiy tamoyillari belgilab berilgan bo`lib, unga ko`ra ta'lim Uzbekiston Respublikasi ijtimoiy tarakkiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilingan.



Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə