Tabiatdan foydalanshning geografik asoslari fanidan “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati”



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə1/9
tarix19.02.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#101087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
tabiat kurs ishi Tursunov Beg`am



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G119-GURUH TALABASI
TURSUNOV BEG`AMNING
TABIATDAN FOYDALANSHNING GEOGRAFIK ASOSLARI FANIDAN “ Muqobil energiya manbalarining xalq xo`jaligidagi ahamiyati” MAVZUSIDA YOZGAN

KURS ISHI

TerDU____2022-2023
Topshirdi: _________________
Qabul qildi: _________________

REJA:
KIRISH
1.Muqobil energiya manbalari va ularning turlari
2.Muqobil energiya manbalari va ularning xalq xo`jaligidagi ahamiyati
3.Quyosh energiyasidan foydalanish
4.Shamol energiyasidan foydalanish
5. O‘zbekistonda muqobil energiya resurslaridan foydalanish
Istiqbollari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
So`nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini yuksaltirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo`yicha keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi ―Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Farmoni va 2015-yil 5-maydagi 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi to`g`risidagi qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan: Energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha Respublika komissiyasi tashkil etildi, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida Respublika komissiyasining ishchi organi sifatida energiya samaradorligini oshirish bo`limi tashkil qilindi; Osiyo taraqqiyot banki ko`magida O`zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning ―yo‘l xaritasi ishlab chiqildi; Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko`magida 2014-yilning dekabr oyida quvvati 130 kVt bo`lgan quyosh fotoelektrik stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog`iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega; Surxondaryo, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bo`yicha loyihalar tayyorlanmoqda; Jahon banki ishtirokida O`zbekiston Respublikasining shamollar atlasi ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida quvvati 750 kVt bo`lgan tajribaviy shamol energoqurilmasi qurildi.
2016-yil yakunlari bo`yicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016/2017-yil kuz-qish mavsumida energoresurslarni tejash bo`yicha qo`shimcha choratadbirlarni hisobga olgan holda, 1210,3 million kVt.soat elektr energiyasi va 991,2 million kub metr ta‘biiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa tarmoqlarning 2016-yildagi iste‘molining mos ravishda 5,1 va 3,6 foizini tashkil etadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‗imi 10,8 foiz, 2016 yilda 7,2 foiz va 2017-yilning birinchi choragida 12,7 foiz qisqarishiga erishildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni jadal 4 rivojlantirishga to`sqinlik qilayotgan bir qator o`z yechimini kutayotgan masalalar mavjud.
Ushbu muhim vazifalarni inobatga olib, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017 – 2021-yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‗imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yo`naltirilgan. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish issiqlik va elektr energiyasi kabi energiyaning sanoat turlarini olishni ta‘minlashga yo`naltirilgan bo`lib, bu uglevodorodlarning o`rnini bosishga va ularni yuqori likvidli mahsulotlar, jumladan, polimerlar, yoqilg`ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo`naltirish imkonini beradi.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda oliy ta‘lim tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng mashtabli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ustuvor vazifalardan biri kadrlar tayyorlash tizimiga jiddiy e‘tibor berish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlashda zarur shartsharoitlar yaratish muhim vazifalardan sanaladi. O`quv-ilmiy laboratoriya bazalarini zamonaviy o`quv laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash oliy ta‘lim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirish, nazariya va amaliyot uyg`unligini ta‘minlash uchun muhim omillardan hisoblanadi. Energetika sohasida maxsus mutahasislik fanlarini o`qitishning ko`p yillik tajribasi shuni ko`rsatadiki, murakkab ilmiy-texnik masalalarni yechish kafedrada shu mutahasislik bo`yicha energetik qurilmalar mavjudligida soddalashadi.
Masalan, muqobil va qayta tiklanuvchi energetika sohasida tahsil olayotgan talabalar laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida hayotga nisbatan ularning ilmiy qarashlari shakllanadi, abstrakt fikrlar rivojlanadi.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə