Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə106/127
tarix28.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#133877
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

Jarohat tropizmi. Bu o'simlikning jarohatlangan tomonga qarab reaktsiyasidir. Masalan, o'simlikning o'stki tomonining biror qismi mexanik, kimyoviy yoki harorat ta’sirida zararlasak o'simlik organining shu jarohatlangan joyga nisbatan teskari tomonga qarab o'sishi kuzatiladi(manfiy jarohat tropizmi). Umuman kimyoviy, issiqlik yoki boshqa bir quzg'atuvchini meyoridan ortiq darajada qo'llash jarohat tropizmiga olib keladi.
O'sishning nastik harakatlari. Bu qo'zg'atuvchining har tomonlama ta’siri natijasida o'simliklarda paydo bo'ladigan harakatlanishdir. Bulardan nisbatan tabiatda keng tarqalgani niktinastik harakat bo'lib kun bilan tun almashinuviga bog'liqdir. Masalan, ko'pchilik gullar ertalab ochiladi, kechqurun esa yopiladi. Ayrimlari (nomozshomgul) aksincha kechasi ochilib, kunduzi yopiq bo'ladi. O'simlik barglari ham kun va tunga karab o'z harakatini o'zgartiradi. Ayrim o'simliklarda nastiyalar hujayralarning notekis o'sishi natijasida yuz beradi. Agarda yuqori organlar (barglar, gultojibarglar) juda jadal o'ssa ularning yerga tomon egilishi ro'y beradi-epinastiya. Buning teskarisida esa tepaga tomon o'sishgiponastiya ro'y beradi.
O'simliklarda u yoki bu quzg'atuvchiga nisbatan nastik harakatlar foto-, termo-, gidro-, nikti-, xemo-, tigmo-, seysmo-, travmo- va elektronastiyalarga bo'linishi mumkin. Umuman o'simliklardagi nastik harakatlar ular organlarining himoyasiga (barg og'izchalarining yopilishi) yoki narsalarni olishga (barg muylovchalarining harakati) qaratilishi mumkin.
Fotonastik harakat. Bu o'simliklarda yorug'likning o'zgarib turishi natijasida paydo bo'luvchi harakatlanishdir. Ko'pchilik kunduzgi o'simliklarda yorug'lik kamayishi bilan ularning gullari yopiladi, ayrimlarida esa kechasi ochiladi. Masalan, nilufar va qoqio't o'simligining gullari faqatgina yorug'likda ochiladi.
Termonastik harakat Ushbu harakat haroratning o'zgarishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, yopiq lola guli issiq xonaga (25 C) olib chiqilsa tezda ochiladi.
Ko'pchilik gullar haroratning 2°C o'zgarishiga ham reaktsiya qiladi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə