Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə12/127
tarix28.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#133877
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi

UGLEVODLAR. Uglevodlar o‘simliklar tarkibida eng ko‘p tarqalgan organik modda bo‘lib, umumiy moddalarniig 85-90 foizini tashkil etadi. Ular fotosintez jarayonining asosiy maxsulotidir. Ularning molekulasi kimyoviy jihatdan uglerod, vodorod va kisloroddan tuzilgan. Masalan, glyukoza — C6H2O6, saxaroza — C12N22O11 Hamma uglevodlar ikkita guruhga bo‘linadi:
1) oddiy uglevodlar monosaxaridlar;
2) murakkab uglevodlar polisaxaridlar.
Murakkab uglevodlar gidrolizlanish natijasida oddiy uglevodlarga parchalanadi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va polisaxaridlar kiradi. Disaxaridlar ikkita monosaxaridlar molekulasidan bir molekula suv ajralib chiqishi natijasida hosil bo‘ladi
C6H12O6 C12H22O11 + H2O
saxaroza

Asosiy vakillari saxaroza, maltoza, sellobioza va laktozalardir.
Trisaxaridlar. O‘simliklar tarkibida uchraydigan vakili raffinozadir. U chigit tarkibida ko‘p bo‘ladi. Asosan o‘simliklarning urug‘i va ildiz mevasida ko‘p uchraydi. Unayotgan urug‘larda esa keskin kamayadi.
Polisaxaridlar. Ular suvda erimaydi va kolloid eritma hosil qiladi. O‘simliklar tarkibida ko‘p to‘planadi. Eng muhim vakillari kraxmal va sellyuloza yaxshi o‘rganilgan.
LIPIDLAR. Bu guruhga o‘simliklar tarkibida ko‘p uchraydigan yog‘ va yog‘simon moddalar kiradi. Ularning o‘ziga xos xususiyati — suvda erimaydi.
Lekin efir, atseton, benzol, xloroformlarda yaxshi eriydi. Lipidlar yuqori molekulali yog‘ kislotalar hosilasidir. Ikkita asosiy guruhga bo‘linadi. Bular haqiqiy lipidlar va lipoidlardan iborat. Lipidlar asosan yog‘lar, mumlar, fosfatidlar va glikolipidlarga bo‘linadi.YOg‘lar o‘simliklar tarkibida juda ko‘p bo‘lib, aksariyat zaxira modda atrofida uchraydi. Xar xil o‘simliklarning urug‘larida turlicha bo‘ladi: kungaboqarda — 24-38 foiz, kanopda — 30 foiz, chigitda — 23 foiz, kanakunjutda — 60 foiz, kunjutda — 53 foiz, bug‘doyda — 2 foiz, makkajo‘xorida — 5 foiz, no‘xatda — 2 foiz. Bundan tashkari 0,1-0,5 foiz yog‘lar tuzilmaviy tavsifga ham ega.YOg‘lar o‘simliklar tarkibidagi boshqa organik moddalardan energiya zaxirasining ko‘pligi bilan farq qiladi: 1 g lipidda 37, 62 kDJ energiya bo‘ladi. Oqsillar va uglevodlar tarkibida esa yog‘larga nisbatan taxminan ikki baravar kam energiya bo‘ladi.



Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə