Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish metodlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.09.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#124310
1   2   3   4
tabiiy-resurslardan-oqilona-foydalanish-metodlari

TADQIQOT NATIJALARI 
Tabiiy resurslardan foydalanishning printsip va qoidalari tabiatdagi barcha predmet va 
hodisalarning oʻzaro bogʻliqligiga asoslangan bolib, ular quyidagilardir: 
Birinchi qoida – koʻpqirralilik qoidasi. Bu qoidaga kora tabiiy resurslardan foydalanishda 
ularning koʻp qirrali ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish zarur. Masalan, oʻrmon 
resurslaridan foydalanishda shuni hisobga olish kerak-ki, oʻrmon xalq xojaligi uchun yogʻoch 
manbai bolib hisoblanadi. Bu yogʻoch qurilishda va kimyo sanoati uchun xom ashyo boʻlib 
xizmat qiladi. Lekin ormon resurslari bundan tashqari havoga kislorod yetishtirib beradi, 
tuproqda namlikni saqlaydi, tuproqni yuvilib ketishdan asraydi, mikroklimat hosil qiladi, insonga 
meva-chevalar yetkazib beradi. Qolaversa oʻrmon yovvoyi hayvonlar uchun yashash maskani 
bolib ham xizmat qiladi. Buni daryo misolida ham koʻrish mumkin (u chuchuk suv arteriyasi, 
qulay va arzon transport kommunikatsiyasi, gidroelektrostantsiyalarni harakatga keltiruvchi kuch 
va hokazo.
Ikkinchi qoida – regionallik qoidasi. Har bir joyning tabiiy resursidan foydalanishda bu 
resursning oʻsha joydagi miqdorini hisobga olish zarur. Masalan, Yer yuzining turli regionlarida 
suv resurslari turlicha joylashgan. Agar shimoliy regionlarda suv serobligidan yer botqoqlashgan 
boʻlsa, janubda suv tanqisligidan yerlar qaqragan. Shuning uchun suvdan foydalanishda bu 
joylarda hisob-kitobli ish yuritilishi lozim; 
Uchinchi qoida – oʻzaro bogʻliqlik qoidasi. Bu qoidaga koʻra biror tabiiy resursdan 
foydalanish u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa resursning holatiga ham ta'sir qiladi. Masalan, 
ma'lum maydonda rudali ma'danlarning koplab olinishi oʻsha joyning relfi va boshqa tabiiy 
holatlariga ta'sir qiladi, natijada bu joylarning oʻsimlik va hayvon dunyosi oʻzgarib ketadi; 
elementar resurs hisoblangan azotning havodan koʻplab soʻrib olinishi uning o`rnini boshqa 
gazlar egallashiga olib keladi va hokazo.
MUHOKAMA 
Bu yuqori keltirib oʻtgablarimiz tabiiy resurslardan oqilona foydalanish haqida yoʻl-
yoʻriq hamda eng asosiy qoidalar hisoblanadi.
♦konlardan qazilmalarni to‘liq qazib olish; 
♦ atrof-muhitning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
♦ barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish;
♦ geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish
♦ mahsulot birligiga sarf bo‘ladigan xomashyo va yoqilg‘ini tejaydigan texnika va 
texnologiyani qo‘llash. 
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali nafaqat 
bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish balki, ertanggi kundagi avlodlarga meros qilib iflos 
havo yoki suvni emas balki toza musaffo osmonni qoldirganimiz maqsadga muvofiq boʻladi. 
Atrof muhitni muhofaza qilishni tabiiy resurslardan foydalanishda zamonaviy metodlardan 


UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə