Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari



Yüklə 15,86 Kb.
tarix24.04.2018
ölçüsü15,86 Kb.

Aim.uz

Tabiiy resurslarning tasnifi va ulardan oqilona foydalanish yo’llari.

Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidal olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya turlari tushuniladi.

Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarar bo’lgan shunday vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi.

SHuni aloqida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: “Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarar bo’lgan xilma-xil vositalardir”.

Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab-chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va sanoat uchun xom ashyolarni" tabiiy resurslar deb ta’riflaydi.

Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada foydalaniishga qarab guruhlarga ajratiladi.

SHunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi.

Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy resurslar 2 ta asosiy guruhlarga bo’linadi:



  1. guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan hayvonlar kiradi.

  2. guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi.

Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar olinadigan maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi.

Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi:



  1. Tugaydigan tabiiy resurslar.

  2. Tutamaydigan tabiiy resurslar.

Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi:

  1. Tiklanadigan resurslar.

  2. Tiklanmaydigan resurslar.

Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda ko’rsatilgan.

Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l qo’ymaslik zarur.

Tiklanadigan tabiiy resurslarga tirik mavjudotlar, o’simlik va xayvovlar, daraxtlar, shuningdek, tuproq kiradi. Tuproq yo’q bo’lib ketmaydi, balki asosiy xossasini – umumdorligini yo’qotishi mumkin. Bunday resurslardan foydadaiayotganda shuni esda tutish kerakki, muayyan tabiiy sharoitning buzilishi ularning qayta tiklanishiga xalaqit berishi mumkin. Masalan, hozirga vaqgda butunlay qirib yuborilgan ko’pgina o’simlik va hayvonot turlari, shuningdeq, eroziya natijasida butunlay tarkibi buzilgan tuproqlar qaytadan tiklanmaydi. Bundan tashqari, shuni ham yodda tutish kerakki, tiklanadigan tabiiy resurslarning paydo bo’lish jarayoni ma’lum tezlikka ega bo’lishi kerak. Masalan, otib tashlangan hayvonlarning qaytadan paydo bo’lishi uchun bir yoki bir necha yil kerak. Ammo daraxtlari kesilib tashlangan o’rmon kamida 60 yildan keyin qayta tiklanishi mumkin. Er qobig’ida tuproqni unumli va hosildor qatlamini hosil bo’lish jarayoni nihoyatda sekinlik bilan kechadi. YUz yilda 0,5 sm dan 2 sm gacha tuproq hosil bo’ladi. Tarkibi o’zgargan tuproqning yaxshilanishi uchun esa bir necha ming yil vaqt kerak. 20 sm qalinlikdagi unumdor tuproq hosil qilish uchun tabiat 2000 yildan 7000 yilgacha vaqt sarflaydi. SHuning uchun tabiiy resurslarni ishlatish tezliga ularning tiklanish tezligi to’g’ri kelishi kerak.

Tiklanadigan tabiiy resurslar uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilsa, ular inson ehtiyojlarini qondirishga abadiy xizmat qilishi mumin.

Tugamaydigan tabiiy resurslarga suv, iqlim va kosmik resurslar kiradi.

Suv barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bo’lib, u tabiatda uchta fizik holatda: qattiq (muz), suyuq va bug’simon holatlarda uchraydi. Er sharida suvning umumiy miqdori bitmas tuganmas bo’lib, hech qachon o’zgarmasa kerak. Biroq insonning faoliyati natijasida suvning zahirasi va miqdori Er sharining ayrim mintaqalarida turli davralarda turlicha bo’lishi mumkin.

Dunyodagi suvlarning 94% i okeanlardadir. Bevosita foydalanishga yaroqli bo’lgan ichimlik suvining zahiralari 1% ni ham tashkil etmaydi. Biroq bitmas-tuganmas hisoblangan dengiz suvlari ham o’ta ifloslanish xavfi ostida turibdi. CHuchuk suv esa, sifat jihatidan tugaydigan resurs hisoblanadi, chunki insonga har qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Er sharining ko’pgina mintaqalarida suvdan samarasiz foydalanish, daryolarning sayozlanib qolishi va boshqa sabablar oqibatida ichimlik suv miqdori keskin kamaymoqda. Holbuki, sug’orish, sanoat va kommunal xo’jalik uchun chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.

Xuddi shunga o’xshagan, miqdor jihatidan olganda atmosfera havosi tugamaydigan tabiiy resurslarga kiradi, ammo sifat jihatidan olganda u tugaydigan resurslarga kiradi.

Quyosh radiasiyasi (yorug’lik, issiqlik), atmosfera havosi, shamol, suv va to’lqinlar energiyasi iqlim va kosmik resurslarga kiradi. YOng’ingarchiliklar esa suv resurslariga ham, iqlimiy resurslarga ham kiradi.

Sayyoramizga kelayotgan Quyosh nurlarining yarmidan ko’prog’i energiyaning boshqa turlariga aylanadi. Ularning muayyan qismi tuproq, suv va atmosfera havosini isitishga sarf bo’ladi va sekin-asta fazoga tarqaladi. Ularning muayyan qismi o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Quyoshning nurli energiya zahiralari milliard-milliard yillarga etishi mumkin. SHuning uchun Quyosh energiyasi bitmas – tuganmasdir.

Atmosfera havosi tirik organizmlar uchun hayot manbaidir. Havo bitmas-tuganmas, lekin uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo tarkibida karbonat angidrid (SO2), radioaktiv moddalar, turli gazlarning mexanik aralashmalari, kul, chang va boshqa moddalar mavjud. Bunday iflosliklarni sanoat korxonalari va xususan, transnort vositalari chiqaradi. Bu esa inson sog’lig’iga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi.



Tugamaydigan resurslardan samarali foydalanish uchun ularni toza saqlash va eng avvalo, suvni tejab-tergab sarflash kerak. Suv resurslari etishmaydigan mintaqalarda, ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida, suvni ehtiyot qilish kerak.


Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə