Tabiiy sharoiti



Yüklə 11,07 Mb.
tarix22.12.2022
ölçüsü11,07 Mb.
#97650
O’zbekiston Respublikasi

O’zbekiston Respublikasi

O’zbekistonning maydoni 448,9 ming kv km bo’lib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida 3 o’rinda turadi. Poytaxti – Toshkent shahri. Uning kengligi shimoldan janubga 930 km, g’arbdan sharqqa esa 1400 km cho’zilgan. Respublika Markaziy Osiyo davlatlarining 11,2 % hududini, aholisini esa 45 % tvashkil etadi.

O’zbekistonning geografik o’rni ancha qulay. U shimolda va shimoli-g’arbda Qozog’iston, g’arbda Turkmaniston, janubda Afg’oniston, sharqda esa Tojikiston va Qirg’iziston bilan chegaradoshdir.

Tabiiy sharoiti

O’zbekistonning tabiati boy va juda xilmi-xildir. Huddining katta qismini (78,7%) tekisliklar egallagan, qolgan qismini esa (21,3%) tog’lardan va tog’ oraliq botiqlardan iborat.O’zbekiston serquyosh o’lkadir. Iqlimi quruq, kontinental. Iqlimining tashkil topishiga geografik o’rni, quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi va yer yuzining tuzitlishi katta ta’sir ko’rsatadi.O’zbekistonning yozi juda issiq va uzoq bo’ladi. Iyul oyining o’rtacha harorati 32 gradus, eng yuqori havo harorati 50 gradusga yetadi. Qishda havo harorati 0 gradusdan past bo’ladi. Yanvar oyida Ustyurtda – 10 gradus, Toshkentda – 1 gradus, Termizda esa 2,8 gradus bo’ladi.

Ichki suvlari

O’zbekistonning suv bilan taminlanishida O’rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta ahamiyat kasb qiladi. Eng uzun daryo Sirdaryo bo’lib uning uzunligi 2981 km. Eng sersuv daryo esa Amudaryodir. Uning uzunligi esa 2660 km dir. Ammo bu daryolar respublikaning suvga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmaydi.

O’zbekiston hududida 250 yaqin ko’llar bo’lib ular asosan mayda ko’llardir. Bu ko’llardan eng yiriklari Orol, Aydarko’llardir. Orol ko’li kattaligi sababli dengiz nomini olgan edi, lekin uning sathi keyingi yillarda keskin pasayib ketdi. Kichik ko’llardan ayrimlari shifobaxshligi bilan ajralib turadi (Tuzkon, Axsikent, Dengizko’l, Qurbonko’l, Baliqko’l va boshq).

Tabiiy boyliklari

  • O’zbekistonda turli xil mineral resurslar tarqalgan. Bu yerda yonuvchi, rudali va rudasiz foydali qazilmalar ko’p. Ayniqsa oltin, volfram, mis, qo’rg’oshin, rux, tabiiy gaz va boshqalarning zahiralarining ko’pligi bo’yicha jahon mamlakatlarining orasida yetakchi o’rinlarda turadi. Respublika hududida qurilish materiallari (ayniqsa marmar), oyna qumi, sement keyingi yillarda ochilgan yirik fosforit konlari ham alohida ahamiyatga egadir.

Yüklə 11,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə