Tadqiqot metodi va metodologiyasi tadqiqot natijasi



Yüklə 181,01 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü181,01 Kb.
#111137
  1   2   3   4   5
matematika-fanining-yuzaga-kelish-tarixi-boshqa-fanlar-bilan-aloqasi-hamda-o-quvchilar-bilimini-shakklantirishdagi-fundamental-ahamiyati



REJA:



  1. KIRISH.




  1. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI




  1. TADQIQOT NATIJASI




  1. MUHOKAMA




  1. XULOSA




  1. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:



MATEMATIKA FANINING YUZAGA KELISH TARIXI,
BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI HAMDA O’QUVCHILAR
BILIMINI SHAKKLANTIRISHDAGI FUNDAMENTAL AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada matematika fani haqida qisqacha mulohaza yuritilgan. Bu fanning o’zga sohalar bilan bog’liqlik darajasi, matematika fani barcha fanlarning asosi ekanligi bayon etilgan. Shuningdek, Al-Xorazmiyning matematika ilmiga qo’shgan hissasi, asarlari haqida ma’lumot berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: Al-Xorazmiy, matematika, ,,Al-jabr va al-muqobala” asari, renessans, aniq fanlar, musiqa, ona tili va adabiyot, ilm-fan, madaniyat, siyosat.

KIRISH
Hozirda yurtimizda siyosat, madaniyat, ilm-fan, ta‟lim sohalariga juda katta e‟tibor qaratilmoqda va bu sohalar yuksak darajada rivojlanmoqda. Ma‟lumki, sharqiy renesans davrlari tarixda ikki marotaba kuzatilgan. Birinchi renesans IX-XII asrlarda, ikkinchisi XIV-XVI asrlarda. Bu davrda O‟rta Osiyoda ilm-fan, madaniyat, siyosat kabi sohalar gurkirab yashnadi. Bu davrda aniq fanlar sohasi yuksak darajada rivojlangani butun jahonga ma‟lum. Ayniqsa, shu davr namoyondalaridan hisoblangan Xorazmiy, Ulug‟bek, Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi olimlarni alohida ta‟kidlash o‟rinlidir. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy ijodini olaylik. Xorazmiy ilmiy tafakkuri benihoya yuksak alloma ekanligini, nafaqat o‟z davrining balki hamma zamonlarning ham eng buyuk matematik, faylasuf va tabiatshunos olim ekanligini ko‟rsatadi. Uning nomini tarixda abadiy qoldirgan asrlardan biri “Al-jabr va muqobala” dir. Bu asar Sharq va G‟arb olimlariga algebra fani bo‟yicha dasturi amal bo‟lib xizmat qilib kelmoqda.

Shuningdek, “Algoritm” va “Algebra” degan atamalar Xorazmiyning nomi bilan bog‟liq ekanini alohida ta‟kidlash joiz.


Endilikda uchinchi renesans davri joriy asrda kutilmoqda deb aytish mumkin. Buni esa davlatimiz rahbari SH.M.Mirziyoyev har nutqida ko‟p bora ta‟kidlab o‟tmoqda. Shu bois, Al- Xorazmiy kabi kelajakda yangi, yetuk mutaxxasislarni yetishtirish, bugungi kun tanqidiy tahlilida turibdi. Mamlakatimizda joriy qilingan qaysi sohada bo‟lmasin, yangi innovatsion texnalogiyalar, yangi metodika, yangi usullar, tajribalar, yangi o‟quv, uslubiy qo‟llanmalar ishlab chiqilmoqda. Ixtisoslashtirilgan bog‟cha, maktab, ta‟lim muassasa faoliyatlari yanada takomillashtirilib, yosh avlod vakillariga ko‟plab, keng yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Yoshlarning bilim darajasini yanada oshirish, ularning chet elbilan hamkorlikda malaka va ko‟nikmalarini almashinish maqsadida dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda yoshlarni o‟qishga jo‟natilmoqda.



Yüklə 181,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə