Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va boshqa psixik jarayonlar



Yüklə 33,71 Kb.
səhifə3/12
tarix23.05.2023
ölçüsü33,71 Kb.
#112260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Tafakkur haqida umumiy tushuncha tafakkur turlari tafakkur va bo

II.TAFAKKUR TURLARI
Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xil­ma-xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo'ladi. Bilish uchun kerak bo'lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolganidashuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to'gri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shunday ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo'lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo'linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafak­kurga bo'linadi.

Ijodiy tafakkur va tushunish
Paydo bo'lgan savollarning javobini odam o'zi qidirib topsa, qo'yilgan vazifalarni odam o'zi hal qilsa, odamning ongida yangi hukmlar va tushun­chalar paydo bo'lsa, bunday hollarda ijodiy tafakkur paydo bo'ladi.
Inson faoliyatining hamma turlarida uning ehtiyojlari sababli savollar paydo bo'laveradi, faoliyat jarayonining o'zida bizda yangi savollar tug'iladi, yangi vazifalar qo'yiladi.
Nutq orqali muomala qilganimizda, kitoblarni o'qiyotgan vaqtimiz­da, narsalarni ko'zdan kechirayotganimizda, texnikaga va mexanikaga doir xilma-xil mashinalar bilan tanishayotganimizda va shu kabi hollarda bizda turli savollar tug'iladi. Tafakkur jarayonining o'zi ham, bilish jarayonining o'zi ham muttasil har xil savollar tug'ilishiga sabab bo'ladi. Odam qanchalik ko'p bilaversa, uning oldida noma'lum narsalar shu qadar ko'p paydo bo'laveradi, unda shu qadar ko'p savollar tug'ilaveradi va uning o'zi shu qadar ko'p savol beraveradi. Bilishga qiziqish savollar qo'yishda katta rol o'ynaydi.
Kundalik hayotda shunday ham bo'ladiki, savol berilishi bilan darrov uni g javobi ham topiladi. Masalan, “Bugun nima kun?” “Bugun shanba”, “Ikk i marta uch qancha bo'ladi?” “Ikki marta uch — olti”. Shunday qilib, bunday tafakkur jarayonida savolga javobni idrok qilinayotgan yaqin vazi­yatning o'zi beradi yoki hammaga ma'lum ochiq-oydin haqiqatlar javob bo’lib xizmat qiladi. Kundalik hayotimizdagi nutqni bevosita tushunish­ning o'zi ham oddiy tafakkurga taalluqlidir.

Yüklə 33,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə