Talab va taklif tahlili asoslari. Bozor muvozanati. Talab, talab chizig‘i va ularga ta’sir qiluvchi omillar. Talab funksiyalari va talab qonuni



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə2/6
tarix07.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#102071
1   2   3   4   5   6
Talab va talab qonuni

2.2. Talab va taklifning o‘zgarishi
Talab va taklif chiziqlari, raqobatlashgan ishlab chiqaruvchilarga berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotishi mumkinligini va iste’molchilarga esa berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olishini ko‘rsatib beradi. Ammo shuni ham unutmaslik kerakki, talab bilan taklif narxdan tashqari boshqa sharoitlarga ham bog‘liqdir. Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog‘liqdir. Tovarga bo‘lgan talab esa iste’molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog‘liqdir. SHu sababli biz talab va


taklif egri chiziqlarining, ish haqi stavkasi, kapital xarajatlar va daromadlar o‘zgarganda qanday o‘zgarishini qarab chiqamiz


(3-rasm).

3-rasm. Taklif egri chiziqlari.
Taklif chizig‘i dan boshlaymiz. 3-rasmdan ko‘rinib turibdiki? narx bo‘lganda, ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot miqdori ga teng. Endi faraz qilaylik, xom ashyo narxi kamaydi, demak, bir birlik mahsulot xarajati kamayadi. Bu taklifga qanday ta’sir qilishi mumkin?
Xom ashyo narxining kamayishi, mahsulotga bo‘lgan xarajatning kamayishiga olib keladi, xarajatning kamayishi esa, ishlab chiqarish samarasini oshiradi va ko‘proq foyda olishga olib keladi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantiradi va ilgari rentabel bo‘lmagan firmalar uchun bozorga o‘z tovarlari bilan kirib kelishga imkoniyat yaratadi. Demak, agar bozorda tovar narxi o‘zgarmasa, ya’ni saqlanib qolsa, ilgaridagiga nisbatan, bozordagi mahsulot taklifi oshadi, natijada taklif egri chizig‘i unga siljiydi. narxga birlik emas mahsulot miqdori to‘g‘ri keladi. Mahsulot ishlab chiqarishning oshishi, bu erda narxga bog‘liq emas, shu sababli taklif egri chizig‘i butunlay o‘ngga, ga siljiydi (3-rasm). Taklif egri chizig‘ining bunday o‘zgarishiga, ya’ni narxga bog‘liq bo‘lmagan holdagi o‘zgarishiga taklif o‘zgarishi deyiladi. O‘zgarmas taklif egri chizig‘idagi biror nuqtadan pastga yoki yuqoriga qarab harakat qilishga taklif miqdorining o‘zgarishi deyiladi.

4-rasm. Taklif o‘zgargandagi yangi muvozanat holat.


Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta’sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya’ni uning narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta’sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir (4-rasm).


4-rasmda taklif chizig‘i dan ga siljigan, muvozanat nuqta dan ga tushgan, umumiy ishlab chiqarish hajmi dan gacha oshgan. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari qancha kam bo‘lsa, u shuncha mahsulot narxini pasaytirishga va mahsulotni ko‘proq sotishga olib keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, fan texnika taraqqiyoti asosida boshqarishni takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, iqtisodiy o‘sishning muhim harakatlantiruvchi kuchidir.
Endi, iste’molchilar daromadini oshishining talabga ta’sirini o‘rganish uchun, quyidagi 5-rasmni qaraymiz.

“The Demand Curve


The inverse relationship between price and quantity demanded for any product canbe represented on a simple graph, in which, by convention, we measure quantitydemandedon the horizontal axis and priceon the vertical axis. In Figure 3-1 we haveplotted the five price-quantity data points listed in Table 3-1 and connected thepoints with a smooth curve, labelled D. Such a curve is called a demand curve. Itsdownward slope reflects the law of demand—more people buy more of a product,service, or resource, as its price falls. The relationship between price and quantitydemanded is inverse.
Table 3-1 and Figure 3-1 contain exactly the same data and reflect the same rela-tionship between price and quantity demanded. But the graph shows that relation-ship more simply and clearly than a table or a description in words..”1.

Ma’lumki, iste’molchilar daromadi yuqori bo‘lsa, ular tovarlarni sotib olish uchun ko‘proq pul ajratadi. Agar bozor narxi o‘zgarmas bo‘lganda iste’mol qilinadigan mahsulot miqdori, masalan dan ga o‘sishini kuzatish mumkin. Bu siljish bozor narxi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar amalga oshadi, shuning uchun talab chizig‘i o‘ngga qarab siljiydi. Rasmda bu siljish dan ga siljishi kabi akslantiradi.




5-rasm. Talab egri chiziqlari.


Ikkinchi tomondan, iste’molchining real daromadi oshsa, u miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda, masalan, narxda ham sotib oladi, ya’ni daromadi oshmaganda tovarni narxda sotib olsa, real daromadi oshsa, u shu miqdordagi tovarni narxda sotib oladi. Bu holatda ham talab chizig‘i o‘ngga siljiydi.
Umuman olganda, daromad oshganda narx ham, sotib olinadigan tovar miqdori ham o‘zgarmay qolmaydi. YAngi narx va yangi tovar miqdori natijada talab va taklifning muvozanatligiga olib keladi (6-rasm).
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iste’molchilar yuqori narxni to‘lashi mumkin, firmalar esa, daromadi oshgani uchun ko‘proq, ya’ni miqdorda mahsulot ishlab chiqarishadi.
Talabga bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham ta’sir qiladi. Masalan, mis bilan alyuminiy bir-biri o‘rnini bosadigan tovarlar hisoblanadi, nima uchun deganda, ishlab chiqarishda ulardan biri ikkinchisini almashtirishi mumkin. Agar alyuminiy narxi oshsa, misga bo‘lgan talab oshadi. Boshqa tomondan benzin avtomobilga nisbatan to‘ldiruvchi tovar bo‘ladi, ya’ni ular birgalikda ishlatiladi. Demak, benzin narxining kamayishi yoki oshishi avtomobilga bo‘lgan talabni oshiradi yoki kamaytiradi. SHu sababli, bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini oshishi yoki to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini kamayishi ham talab chizig‘ini o‘ngga siljishga olib keladi.

6-rasm. Taklif o‘zgargandagi yangi muvozanat.


Ko‘pgina bozorlarda bir vaqtning o‘zida ham talab, ham taklif egri chiziqlari o‘zgarib turadi. Iqtisodiy o‘sish yuqori bo‘lganda iste’molchilar daromadi yuqori bo‘ladi, aks holda daromadlar ham kamayadi. Ba’zi bir tovarlarga bo‘lgan talab ham vaqt bo‘yicha o‘zgaradi, masalan, mavsumlar bo‘yicha tovarlarga talab; bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlardan birining narxini o‘zgarishi; did va modaning o‘zgarishiga qarab talabning o‘zgarishi. Xuddi shunday, vaqt bo‘yicha ish haqi, xom ashyo narxi, kapital mablag‘ qo‘yishlar ham o‘zgaradi, natijada bu o‘zgarishlar taklifga jiddiy ta’sir qiladi.
Taklif va talab egri chiziqlari bunday o‘zgarishlar oqibatini tahlil qilishga yordam beradi. 7-rasmda ham talab, ham taklif chiziqlarining o‘ngga siljishlari keltirilgan. Bu siljishlar, narxni dan ga oshishiga va tovar ishlab chiqarishni esa, dan ga oshishiga olib keladi. Talab va taklifdagi o‘zgarishlarning miqdori va yo‘nalishlarini oldindan aytib berish uchun, talab bilan taklifning narxdan va boshqa parametrlardan bog‘langanligini miqdoriy jihatdan ifodalamoq kerak.

7-rasm. Taklifdagi va talabdagi o‘zgarish natijasidagi yangi muvozanat grafigi





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə