Talab va taklif tahlili asoslari. Bozor muvozanati. Talab, talab chizig‘i va ularga ta’sir qiluvchi omillar. Talab funksiyalari va talab qonuni


Tovarning maksimal va minimal narxi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə5/6
tarix07.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#102071
1   2   3   4   5   6
Talab va talab qonuni

Tovarning maksimal va minimal narxi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa ( - muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi. Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi (16-rasm).

S

16-rasm. Narx maksimal bo‘lganda mahsulot tanqisligi.


Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan echadi, ya’ni o‘z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.

17-rasm. Narx minimal bo‘lganda mahsulot otiqchaligi.


Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin).
Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, (Re-muvozanat narx) (17-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin bo‘lmasa. Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 17-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi. SHunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə