Talaba: Mustafayev Sherzod Balans likvidligi tahlili



Yüklə 14,36 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü14,36 Kb.
#184132
  1   2   3
Balans likvidligi tahlili


Talaba: Mustafayev Sherzod
Balans likvidligi tahlili
Balans likvidligi tahliliga ehtiyoj moliyaviy cheklanishlar kuchaygan va korxonaning kredit qobiliyatini baholash zarur bo‘lgan sharoitda yuzaga keladi.
Balans likvidligi korxona majburiyatlarini uning aktivlari bilan qoplash darajasi sifatida ta’riflanadi, ularning pulga shakliga o‘tish muddatlari majburiyatlarni qaytarish muddatlariga mos keladi.
Aktivlar likvidligi – aktivlarni pul mablag‘iga aylanish vaqti bo‘yicha balans likvidligiga teskari kattalikdir. Aktivlarning mazkur turi pul shakliga o‘tishi uchun qancha kam vaqt talab qilinsa, uning likvidligi shuncha yuqori bo‘ladi. Likvidlik tahlili likvidlik darajasi bo‘yicha guruhlangan va kamayish tartibida joylashtirilgan aktivlar bo‘yicha mablag‘larni qaytarish muddatlari o‘sish tartibida joylashtirilgan passivlar bo‘yicha majburiyatlar bilan taqqoslashdan iborat.
Iqtisodiy adabiyotlarda likvidlik ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirish, ularni hisoblash ketma-ketligi va korxona balans likvidligining ayrim ko‘rsatkichlari nomini ifodalash bo‘yicha turli yondashuvlar mavjud.
Biroq ularning har biri quyidagi asosiy qoidalardan kelib chiqishi lozim:
Birinchidan, korxona balans likvidligini aks ettiruvchi va ungabevosita aloqador ko‘rsatkichlardangina foydalanish. Ikkinchidan, ko‘rsatkichlar balans likvidligi darajasini bevosita aks ettirishi yoki likvidlik darajasiga mutanosib omillar, shartlar ta’sirini aniqlashi lozim. Uchinchidan, ko‘rsatkichlar korxona aylanma mablag‘larining turli elementlarining pul naqdinasiga aylanish darajasini ko‘rsatishi lozim. To‘rtinchidan, korxona balans likvidligining asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini farqlash zarur va ularning tahlili muayyan ketmaketlikda olib borilishi zarur.
Asosiy ko‘rsatkichlar korxona balans likvidligi mohiyati, iqtisodiy mazmunini aks ettirsa, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar – korxona balans likvidligini konkretlashtiruvchi ayrim jihatlarni aks ettiradi. Balans likvidligi ko‘rsatkichlari sifatida professor E.A. Akramov quyidagilarni sanab o‘tadi:
1. Likvidlikning umumiy koeffitsiyenti. 2. Joriy likvidlik koeffitsiyenti. 3. Likvidlikning oraliq koeffitsiyenti. 4. Mutlaq likvidlik koeffitsiyenti.
Balans likvidligining qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
  • korxonaning tashqi majburiyatlarining alohida guruhlarini qaytarish muddatlariga muvofiq korxona aktivlarining alohida guruhlarining likvidlik darajasini hisobga olgan holda balans likvidligi tahlili jarayonini chuqurlashtiruvchi ko‘rsatkichlar.
  • balans likvidligiga moliyaviy resurslar konkret tarkibi va korxona jami aylanma mablag‘larining umumiy ta’sirini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlarning birinchi guruhi korxona aktivlarini ularni sotiluvchanlik darajasiga bog‘liq ravishda mutanosib guruhlarga ajratish, passivlarni esa ularni qaytarish muddati kelishiga bog‘liq ravishda guruhlarga ajratishni, shuningdek, aktiv va passivlar guruhlarini taqqoslash, uning alohida elementlari bo‘yicha korxona balans likvidligi darajasini aniqlashni taqozo etadi.
Korxonaning tashqi majburiyatlarini qaytarish uchun aktivlarning turli shakllaridan foydalanish mumkin. Ularga aylanuvchanlik darajasi, ya’ni ularning naqd pul mablag‘lariga aylanish tezligi ta’sir qiladi. Aktivlarning mazkur turi pul shakliga o‘tishi uchun qancha kam vaqt talab qilinsa, uning likvidligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Likvidlik darajasi, ya’ni pul mablag‘lariga aylanish tezligiga bog‘liq tarzda korxona aktivlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:

Yüklə 14,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə