Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə2/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

Qadimgi Hindiston madaniyati. Hindiston territoriyasining hajmi va aholisining soni jihatidan uzoq o'tmishdayoq hozirgiday kabi Osiyoning eng katta mamlakatlaridan biri bo'lgan. Uning tabiat yaratgan keskin chegaralari uni tashqi olamdan ajratib qo'ygan, boshqa mamlakat va xalqlar bilan aloqasini qiyinlashtirgan. Uning janubiy, janubi-g'arbiy va janubi - sharqiy chegaralari Hind okeani, Arabiston dengizi va Bengal qo'ltig’i bilan o'ralgan. Shimoliy chegarasi esa yer yuzining eng baland Ximolay tizma tog'lariga taqatgan. Tog'li to'siqlar sira o'tib bo’lmaydigan darajada bo'lmasa-da, juda bahaybatdir va ular Hindistonni g'arbda Erondan va sharqda Hindi - xitoydan ajralib turardi. Qadimgi Hindiston tarixiga doir asl nusxa manbalarining ko'p qismi yo'q bo'lib ketgan. Qadimgi hind adabiyotining ko'p asariari qayin po'stlog'iga yoki palma daraxti bargiariga yozilgan bo'lib, ular Misrdagidan ko'ra ancha nam iqlim sharoitiga bardosh bera olmagan (Misrda papirusdan mo'rt material ham saqlangan). Ikkinchi tomondan, yong'inlar Old Osiyoning kitoblariga zarar keltirmagan bo'lsa, qadimgi Hindiston kutubxonalari va arxivlarini obdan xarob qilgan, toshga o'yib yozilgan matnlarning asl nusxasi saqlangan bo'lsa-da, ular nisbatan ozdir.

Qadimgi Hindiston yilnomalarining axvoli ulardan ham yomon. Vedalar, Maxabxarata va Ramayana hajmi ancha katta va mazmundor she'riy asarlardir.

Vedaiar - gimniar, qo'shiqlar, afsungar va diniy duolardan iborat katta to'plamdir. Bunday to'plamlardan to'rttasi saqlangan. Bu to'plamlar - Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Abxarveda deb atalgan. Eng qadimgi qismlari eramizdan avvalgi 2 ming yillikka mansubdir, keyin uiar taxminan ming yildan ziyodroq davr davomida qayta ishlangan va uning eng oxirgi nusxasi bizning eramizga yaqin davrda yozilgan.

Hind xalqining og'zaki ijodidan ikkita doston borki, ularni adabiy qimmati va tarixiy ahamiyati jihatidan olamga mashhur Gomer dostoniari bilan tenglashtirish mumkin. Bu dostonlarning biri Maxabxarata (Bxarta avlodlarining buyuk urushi) deb, ikkinchisi esa Ramayana (Ramaning faoliyati tog'risida qissalar) deb atalgan. Garchi an'anada bu dostonlar avtorlarining nomi (Vayasi va Valmiki) saqlangan, ammo afsonaviy Gomerning tarixan rostligi qanchalik gumon bo'lsa, u mualliflar ham shundaydir U dostonlarning ikkisi ham eramizning avvalgi 1 ming yillikning taxminan o'rtalarida tarkib topa boshlagan va eramizdan dastlabki asrlarida qat'iy shakl olgan (vaqtlarni mutlaqo aniq belgilab bo'lmaydi).

Qadimgi Hindistonda har xil falsafly oqimlar shu jumladan, materialistik oqim tarkib topgan. Masalan, charvak ta'Iimotiga ko'ra bilishning birdan - bir manbai tajribadir.

Eramizdan avvalgi V-Vi asrlarda Hindistonda Yerning sharsimon ekanligini va yerning o'ziga tortish qonuni, shuningdek , yerning o'z o'qi atrotida aylanishini juda yaxshi bilganlar. Bu ilmiy kashfiyotlarni o'rta asrlarda arablar hindlardan o'rganib olganlar.

Ilk hind davridayoq (eramizdan avvalgi III - II ming yillikdayoq) Hind vodiysida hisobning o'nli tizimi tarkib topgan. Keyinchalik hindiar matematikada ba'zi jihatdan boshqa sharqiy davlatlardan o'zib ketgan. Masalan, nolni bildiradigan alomat faqat Hindistonda ishlatilgan. Biz rim raqamiaridan farq qilib arabcha raqamlar deganimizni aslida qadimgi hindiar ixtiro qilgan va keyin bu raqamlar arablarga o'tgan. Arab algebrasiga ham hindlar algebrasining ta'siri bor.

Qadimgi hind kimyogarlari sulfat, xlorat va azot ksilota ishlashni bilaganlar. Tabiat kasalliklarini muayyan tizimga solishga uringanlar va organizmdagi asosiy shiralar nazariyasini yaratganlar. Hindistonda juda ko'p til va shevalar bo'lishi filologiya sohasida tadqiqotlar olib borilishini talab qilgan. Braxman olim Panini (eramizdan avvalgi V- VI asrlarda yashagan) "tozalangan" tilning, ya'ni adabiy (sanskrit) tilining grammatikasini tuzgan.

Gumbazli binolar va o'ziga xos g'orlar-ibodatxonaiar qadimgi hindlarning ajoyib arxitektura yodgorliklaridir. Ajanta g'or-ibodatxonalarida saqlangan xilma-xil rangidagi freskalar (eramizdan avvalgi I - III asrlarda) o'zining realizmi bilan kishini hayratda qoldiradi.

Hind madaniyati Markaziy va Sharqiy Osiyo mamiakatlariga (asosan buddizmning yoyilishi munosabati bilan) katta ta'sir ko'rsargan. Hindiston g'arb olamiga arablar orqali ta'sir ko'rsatgan.

Qadimgi Xitoy adabiyoti. Qadimgi Xitoyliklar o’zlarining ajoyib adabiyotiga ega bo’lganlar. Qadimgi Xitoy adabiyotining shakllanishi xalq og’zaki ijodiyoti bilan bog’liqdir. Yozuv kelib chiqqan yozma adabiyot rivoj topgan.

Xitoyda “Shi-Szin”, “Chun-syu” kabi asarlar yaratilgan. Xitoylar ajoyib afsona, ertak, qo’shiq, topishmoq va ko’plab maqollar yaratganlar. Dostonlar Xitoyning qadimgi adabiyotidan katta o’rin olgan. Xitoy adabiyotida diniy, tarixiy va falsafiy mavzular keng o’rin olgan. Xitoyda miloddan avvalgi IV-I, milodning I-IV asrlaridan Soy Yuan, Sima Suan kabi shoirlar ijod etishgan. Qadimgi Xitoyda musiqa, raqs, qo’shiq san’atiga qiziqish erta boshlangan. Ularda musiqa asboblarining torli, urib, puflab chalinadigan turlari keng tarqalgan. Xitoyga qo’shni O’rta Osiyo xalqlarining arfa kabi musiqa asbobi I-II asrlarda kirib borgan.

Xitoylar adabiyotida diniy an'analar juda keng o'rin olgan. Ajdodlarga sig'inish katta ahamiyatga ega bo'lgan. Tabiat hodisalari va har xil ixtirolarni ilohiy kuchdan deb bilganlar Matriarxat davrida bu kuch butun mavjudotning otasi Nyuyva bo'lgan: olamni va odamzodni o'sha yaratgan, osmondagi teshik va yoriqlarni toshlar bilan o'sha bekitib, tekislab qoygan. Keyinchalik tabiat va insoniyat ajdodi ruhlarining panteoni vujudga keltirilgan, unga osmonni gavdalantiruvchi Shan Di bosh bo'lgan.

G'ayri tabiiy kuch egalari bo'lmish qahramonlar to'grisida dostonlar yaratilgan. Bu dostoniar epik sikllarga birlashtirilgan. Kishilarni o't hosil qilishga o'rgatgan Suy Jey to'g'risidagi ayniqsa ta'kidlab o'tmoq kerak (bu yunonlar greklar titani Prometeyni esiatadi).

Qadimgi Xitoyda me’morchilik, rassomchilik va haykaltaroshlik. Me’morchilik Qadimgi Xitoy san’atining bir turidir. Uning kelib chiqishi. Xitoy tarixining uzoq o’tmishiga borib taqaladi. Me’morlar ajoyib saroylar, ibodatxonalar, ma’muriy binolar va xarbiy istexkomlar qurganlar. Xitoyning qadimgi Xao Sanyan, Dalyan, In, Shoychun, Chanan kabi yirik shaharlarida ko’pdan-ko’p saroylar, ibodatxonalar va ma’muriy bunolar bo’lganki, uni xitoylik qo’li gul ustalar ishlaganlar. Me’morchilik ishlarida loy, g’isht, paxsa va ko’proq yog’och ishlatilgan. Bu jihatdan miloddan avvalgi I-II asrlarda uch qavatli qilib, oynavand peshayvonlar va to’tr chekkasida qorovul xonasi bo’lgan Chanandagi Xan podsholarining saroyi diqqatga sazovordir. Xitoyda rassomlik ancha rivojlangan edi. Rassomlar shox saroylari, ibodatxona devorlari va amaldorlarning uyi devorlarini o’simlik, daraxt, ot, otlik askar, jang aravalari it, fil va qandaydir maxluqlarning tasvirlari bilan bezaganlar. Xitoyda haykaltaroshlik kamroq rivojlangan. Ustalar miss, jez, kumush va oltin toshlardan xilma-xil idishlar yasab, ularning sirtini qush va ajdarxo va turli afsonaviy maxluqlar bilan bezaganlar. Haykaltarosh ustalar podsho, sarkarda, boy va oddiy kishilarning haykallarini o’ta nafis did bilan ishlaganlar. Qadimgi Xitoyning qo’li gul ustalari ajoyib zargarlik, kulolchilik, miskrlik va boshqa badiiy buyumlar ishlatishda shuhrat qozonganlar. Shunday qilib qadimgi Xitoyliklar adabiyot, me’morchilik va tasviri san’at sohasida o’zlariga xos asarlar yaratib, shuxrat qozonganlar.

Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda xo’jalikning rivojlana borishi bilan ilmiy – amaliy bilimlar ham ravnaq topgan. Ular matematika, geografiya fanlari sohasida jiddiy yutuqlarga erishganlar. Bu jihatdan miloddan avvalgi II asrda tuzilgan “Matimatikaning to’qqiz kitobi” degan asar diqqatga sazovordir. Qadimda matematikaning asoslari tushuntirib berilgan. Bu kitob dehqon, olim, hunarmand, tarixchi, astranom, chorvador va me’morlar uchun uzoq vaqtgacha qo’llanma bo’lib xizmat qilgan. Xitoy olimlari astranomiya sohasida ham jiddiy yutuqlarga erishganlar. Davlat, xo’jalik ishlarini yuritish, vaqtnu xisoblash va taqvim tuzish zaruriyati astranomiya bo’limlarni to’plashni taqozo etadi. Xitoy astranomlari miloddan avvalgi 2 ming yildayoq astranomik kuzatishlarni olib borganlar. Miloddan avvalgi 145-190 yillarda yashagan xitoy tarixchisi Sim Syanning “Tarixiy xotiralar” kitobining bir bo’limi osmon jismlari masalasiga bag’ishlangan. Tarixchi Ban Guning “Xan tarixi” kitobida 783 yulduzning nomi keltirilgan.

Milodning II asrida yashagan Chjan Xenning astronomiya va matematikaga oid asarida esa 124 yulduz turkumi, 2500 yulduzlarning nomi eslatib o’tilgan. Bu davrda planetalar xarakatini kuzatishga katta ahamiyat berishgan. Xitoy astronomlari bir yil 365 kun ekanini aniqlashgan. Ular bir yilni 12 oyga bo’lganlar va quyosh-oy taqvimini tuzganlar.

Qadimgi Xitoy tabobat ilmining rivojlanishi. Qadimgi Xitoyda tabobat ham ancha yaxshi rivojlangan. Tabiblar bemor tomirlarni ushlab ko’rib, ularning kasalliklarini aniqlab, tekshirib so’ng davolashga kirishganlar. Qadimgi Xitoyda Van Shu Xe, Van Sio va Xua Tu kabi mashhur tabiblar yashaganlar. Van Shu Xe tabobatga oid “Ney-Szi”,-“Odam tabiati va xayoti”, Van Sio esa “Qiyinchilik haqida kitob” kabi asarlar yozilgan. Ular bemorlarni davolashda meva, o’simlik va hayvonlarning ayrim qismlaridan tayyorlangan sodda va murakkab dorilardan foydalanganlar. Xitoy tabiblari dunyoda birinchi bo’lib, tomirdan shifobaxsh suyuqli dori yuborib davolash usulini qo’llaganlar. O’sha vaqtda Xitoyda dori-darmonlarning 1000dan ortiq turi ma’lum bo’lgan.

3. Qadimgi Xitoy yozuvi. Qadimgi Xitoy ko’hna Misr va Mesopotamiya singari o’z yozuvi va adabiyotiga ega bo’lgan. Qadimgi Xitoyliklar hozirgi kunimizdan 3.5- 4 ming yil ilgari o’zlarini yaratganlar. Ularning yozuvi ham Misrliklarniki singari rasm-belgilardan ierogliflardan iborat bo’lgan. Har bir ieroglif-belgi butun bir so’zni ifoda etadi. Bir kichik shoxcha belgisi “daraxt”, ikkitasi “o’rmon”, uchtasi “chakalakzor” kabi ma’nolarni bildiradi. Xitoyda dastlabki yozuv miloddan avvalgi 2 ming yillikda kashf etilgan. Bu Shan-In davlati davriga to’g’ri keladi. O’shanda yozuvlar soni 2000 ga yaqin bo’lgan. Xan davrida esa ierogliflarning soni 18000 ga yetgan. Xitoy yozuvlari asrlar mobaynida ayrim o’zgarishlarga duch kelgan. Ammo u o’zining asosiy belgilarini zamonamizgacha saqlab qolgan. Xitoyliklar xatni dastlab suyak, yog’och, cho’p teri va bambuk tanasidan tayyorlangan maxsus taxtachalarga yozganlar. Miloddan avvalgi V asrdan boshlab esa ipakdan tayyorlangan shoyi parchasiga yozganlar.

Miloddan avvalgi I asrda xitoylar qog’ozni kashf etgach, yozuvlar ana shu qog’ozga yozilgan. Xitoyliklar dunyoda birinchi bo’lib qog’ozni kashf qilishgan ekan. Matnlar o’ngdan chapga tomon ustunlar tariqasida yuqoridan pastga qarab yozilgan. Yozuvda bo’yoq, cho’p, qush patlari va cho’tkachalardan foydalanilgan. Xitoyliklar qog’ozni bambuk, latta va po’stloq aralashmasidan tayyorlaganlar.

Eramizdan avvaigi I ming yillik o'rtalariga kelib Xitoyda har xil falsafiy oqimlar paydo bo'lgan. Ularning eng etiborlisi konfutsiychilikdir: bu falsafiy oqim garchi vaqtincha mag'Iubiyatga uchragan bo'lsa - da, o'z mavqelarini to yangi zamongacha saqlab kelgan.

Bu oqimga asos solgan faylasuf Kun - tszi (Kontfusiy) eramizdan avvaigi 551 - 497 yillarda yashagan. Uning ta'limoti patriarxal tuzum an'analarini o'rnatish va ijtimoiy negiz buzilmasligini da'vo qilishdan iboratdir.

Xo'jayin - xo'jayin bo'lishi, unga tobe kishi-tobe bo'lishi, ota-ota bo'lishi va og'il-og'il bo'lishi kerak. Kichiklarning xalqning hukmdorlariga bo'ysunishi adabiy va buziimas qonundir. Tarbiya tartibni diniy prinsiplar (ajdodlarga sig'inish) bilan bog'liq o'sha tabiiy huquqlarni o'rgatishdan iborat qilib qo'yilgan. Har qanday tub o'zgartirishlar qoralangan.

Konfutsiy falsafasi bilan boshqa bir falsafiy oqim-daosizm raqobat qilgan. Kanfutsiy zamondoshi, ammo yoshi undan kattaroq Lao-tszi daosizmning eng ulkan namoyondasidir. Lao-tszi ta'limotida soda materialistic yo'nalish, hatto dialektika kurtaklari ham ko'rinadi. Qadimgi Xitoyning ilmiy ijodiyoti Xan zamonida eng yuksak darajaga ko'tarilgan. Yulduz osmonining kartasi (qutb yulduzi atrofida yulduzlarning turkumi) ishlagan, quyosh dog'lari tekshirilgan va h.k. Bu davrning eng katta olimi Chjan Xen (eramizning 78-139 yillari) eng qadimgi seysmografni yasagan. Farmakalogiya, agronomiya va boshqalarga oid ilmiy asarlar ham o'sha Xan davrida paydo bo'lgan.

Yunon va Rim antik madaniyati. Afina madaniyatining rivojlangan davri (mil. av. V -IV asrlar) yunon adabiyoti uchun ham yuksak bosqich bo'ldi. Dramatik janrlar taraqqiy etdi. Mifologik syujet asosida tragediya yetakchi janrga aylandi.

Antilk falsafa. Falsafa tarixida muhim o'rin tutadi. Qadimgi Yunoniston faylasuflari quldorlik tuzimini asoslashga intildilar. Qadimgi yunon mutafakkirlari Sharq mamlakatalarida to'plangan tabiiy-ilmiy bilimlari va falsafly g'oyalarni o'rganib yanada rivojlantirdilar va boyitdilar. Antik falsafa tarixi boshlang'ich tibbiyot bilimlari va ilk sodda materializmning diniy-mifologik qarashlarga, idealizmga qarshi kurash tarixidan iborat. Qadimgi yunon falsafasi Milet maktabi namoyondalari (Fales, Anaksimandr, Anaksimen) qarashlaridan boshlanadi. Milet maktabi tarafdorlari yagona bir butun dunyo nima ekaniigini tushunishga, tabiatdagi barcha narsalarning birinchi asosini topishga urindilar. Ularning nazaricha, bepoyon olamning kelib chiqishi va rivojida hech qanday xudolarning ishtiroki yo'q, hamma narsaning asosi doimo harakatdagi va o'zgarib turuvchi moddadir, Ana shunday moddani Fales suv, Anaksimen havo, Anaksimandr nomuayyan muhit (apeyron), Geraklit olov deb hisobladi.

Tasviriy san'at. Gomer davri san'ati haddan tashqari oddiy bo'lib yog'ochdan xudolar haykalini va geometrik naqshli vazopis san'ati (vazalarga turli xil rasmlar solish va yozish) rivojlangan. Bizgacha yetib kelgan san'at yodgorliklari ichida bronza va marmar ko'proq.

Arxitektura. Yunonistonda quldorlik demokratiyasining kuchayishi davrida stadion, gimnaziya, majlislar zali (dulevteriylar), ibodatxonalar, injenerlik inshoatlari (suv o'tkazgich va h.k.) va jamoat binolari ko'plab qurildi. Masalan, Gera, Korinfdagi Apollon ibodatxonasi, Selinundagi ibodatxonalar va b. Teatri-meva xudosi Dionis sharafiga bag'ishlangan bayramtarda ijro etiladigan o'yinlardan boshlangan. Ellinizm davri (mil. av. IV-I asrlarigacha) dramatik ko'rsatuvlarda xos asosiy rol o'ynagan. Mil. av. VI asrning 2-yarmida shoir Fespid sahnaga akterni olib chiqdi. Teatr bayramlar ochiq havoda ko'rsatiiadigan har xil o'yinlar bilan o'tar edi. Gretsiya teatrida ayollar rolini erkaklar niqob kiyib o'ynar edi. Esxil saxnaga 2 aktyorni olib keldi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarida 3 aktyor paydo bo'ldi, dialog ko'paydi.Qadimgi yunonlar me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik Krit-Minen davrlarida vujudga kelib, keyingi davrlarda rivojlanadi va mil.av. V asrda yuqori pog’onaga ko’tariladi.

Qadimgi yunonlar me’morchilikda ustunli binolar qurishlikni misrliklardan o’rgangan bo’lsada, bu usulni qayta ishlab uchta uslub yaratganlar: doriy, ioniy, korinf uslubidagi binolar. Ular ibodatxona, teatr, saroy va majlis binolariga alohida e’tibor berganlar. Dastlab bunday binolar doriy uslubida-ustunlar tagkursiga emas, yerga o’rnatilgan. Keyinchalk marmar toshlardan kuchli erkak kishining gavdasiga o’xshash ustundan, ba’zi ustunlar nozik, yuqori qismi gajakqayrilma, naqshli uslubdagi binolar qurilib, ayol gavdasiga qiyoslangan. Ibodatxonalarning baland poydevorlari bo’lib, ichi va tashqarisi haykallar bilan bezatilgan.

Afina akropolidagi Parfenon, Erexteyon ibodatxonalari yunon me’morchiligining nodir asarlaridan bo’lib, hozirgacha saqlanib qolgan. Prafenon ustunlari doriy uslubda bo’lsada, tarz-tarovati ioniycha uslibdadir. Uning qarshisidagi Erexteyon ibodatxonasi sof ioniycha uslubda, qiz haykallar ustun vazifasini bajarib, nafis ishlangan.

Mil.av. IV asrda rasm bo’lgan korinfcha uslubdagi ustunlar uzunroq, tagkursisi va qoshi ancha murakkab bo’lib, akanf o’simligi yaproqlari bilan bezatilgan. Afina markazida Lisikrat yodgorlik haykali shu uslubda qurilgan.

Yunon haykaltaroshligi ham mil.av. V-IV asrlarda yuksak darajada rivojlandi. Haykaltaroshlar bu davrda odam gavdasining harakat qilib turgan holatini tasvirlashni bilib olganlar. Miron, Poliklet, Fidiy, Traksitel, Skopas, Lisini kabi haykaltaroshlar yaratgan haykallar jonli harakatli holatda ishlangan.

Yunon rassomchilik san’ati namunalari kam saqlanib qolgan bo’lsa-da, asosan ko’za, vaza va sopol idishlar sirtiga rassomlar yunonlar hayotidan olingan ayrim manzaralarni ishlaganlar. Mazkur rasmlar jozibasi bilan diqqatni tortadi.Gretsiya (qadimgi Yunoniston, Ellada) - Bolqon yarim orolining janubiy, Egey dengizidagi orollar,Kichik Osiyoning g'arbiy sohili, Apennin yarim orolining janubiy sohili. Sitsiliya oroli, Marmar, Qora va O'rta dengiz soxillarida tashkil topgan quldorlik davlatlar guruhi.

Arxeologik ma'lumotiarga qaraganda, Gretsiya mintaqasida odamlar qadimdan yashab kelgan. Mil. Av. VIII-VI asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tashkilotmng alohida shakli bo'lgan qadimgi Gretsiya jamiyati-polislar aholisi erkin grajdanlardan iborat bo'lgan shahar-davlatlar vujudga keldi. Polis erkin grajdanlari yerga va quruqlikga egalik qilgan. Grek mustamlakachiligi shu davrda avj olgan. Egey dengizining shimoliy qirg'og'i, Sitsiliyaning sharqiy qismi, Italiyadagi tarent ko'rfazi qirg'oqlaridan to qora dengiz qirg'oqlarigacha bo'lgan yerlar Gretsiya mustamlakasiga aylangan.

Adabiyot. Bizga yunon yozma adabiyotining eng qadimiy na'munalaridan Gomerning "Iliada" va "Odisseya" epik poemalari yetib kelgan. Troya urushi voqealarini aks ettirgan bu poemaiar qahramon shaxslar va mashhur tarixiy voqeaiar madhiyasiga bag'ishlangan epik qo'shiqlar asosida maydonga kelgan. Gesiod (mil. av. VIII - VI! asrlar) didaktik folklor ta'sirida borliqning paydo bo'lishi va xudolarning kelib chiqish manzarasini yaratdi ("Teogoniya"), mehnatni hayotning asosi sifatida ulug'ladi("Mehnat va kunlar").

Doston va afsonalar teatr uchun boy ma’lumot bergan. Qadimga Yunon teatri miloddan avvalgi VI asrlarda qishloq xo’jaligi xomiysi, hudo Dionis sharafiga o’tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan qo’shiqlar va o’yinlar asosida vujudga kelgan. Yunonlar teatrni “katta yoshdagilar maktabi” deyishgan.

Teatr yunonchada “tomoshalar joyi” degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik qurilgan Yunon teatrlariga 17-25 ming tomoshabin joylashgan.

Teatr san’atining rivoji mashhur yunon adiblari ijodi bilan uyg’un bo’lgan. Adiblar afsona va rivoyatlar asosida tragediyalar yaratganlar. Tragediya yunonchada “echkilar qo’shig’i” degan ma’noni anglatadi.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Esxil, Sofokl, Yevripid tragediyalari Aristofan komediyalarini teatrda tomoshabinlar maroq bilan ko’rishgan. Esxilni “tragediya otasi” deb ataganlar. Ularning “Zanjirband Prometey”, “Forslan” tragediyalari, Sofoklning “Shox Edip”, “Antigona” tragediyalari mashhur bo’lgan. Sofokl 120 dan ko’proq tragediya yozgan.

Aristofan “Tinchlik”, “Suvoriylar” degan komediyalarida urush voqealarini va o’sha davrdagi illatlarni tasvirlagan. Bu ijodkorlarni xalq hurmat qilib Afina teatriga haykallarni o’rnatganlar va “donishmandlik yo’lboshchilari” deb ataganlar.

O'rta asrlarda Yevropa xalqlari madaniyati. O'rta asrchilik butunlay primitiv asosda rivojlandi. O'rta asrchilik hamma narsani eng boshidan boshlash uchun qadimgi tsivilizatsiyani, qadimgi falsafa, siyosat va yurisprudentsiyani yer bilan yakson qilib tashladi. Uning barbod bo'lgan qadimgi dunyodan qabul qilib olgan birdan – bir merosi xristianlik va yarim xaroba holiga kelgan, o'zining ilgarigi butun tsivilizatsiyasini yo'qotgan bir necha shahar bo'ldi.

O'rta asr falsafasi (G'arbiy Yevropa mamlakalarida) – G'arbiy Yevropa feodal jamiyati falsafasi, bu falsafa Rim imperiyasining halokatidan boshlab (5 asr) to kapitalistik jamiyatning ilk formalari paydo bo'lganga qadar (14 – 15 asrlar) o'tgan davrda rivojlandi. Antik quldorlik jamiyatining inqirozi falsafasining tushkunligi bilan birga bordi. Antik falsafiy meros yo'qotilgan va 12 asrning 2 – yarimigacha G'arbiy Yevropa olimlariga noma'lum edi. Diniy ideologiya: Yevropada 2 xildagi (Rim katolitsizmi va Vizantiya pravoslaviyesi) xristian ideologiyasi hukmron ideologiya bo'lib qoldi. Maktab, maorif cherkov qo'liga o'tdi, cherkov aqida va ahkomlari tabiat, olam va inson haqidagi hamma tasavvurlarga asos bo'lib qoldi. Maktablarning (dunyoviy va diniy maktablarning) rivojlanishi, 12 asrning o'rta asrlaridan boshlab esa dastlabki universitetlarning tashkil etilishi (Italiya, Angliya, Frantsiya, Chexiyada) falsafa oldiga din aqidalarini falsafiy jihatdan tushuntirish va hatto asoslab berishda cherkovga yordam berish vazifasini qo'ydi. Falsafa bir qancha asrlar davomida “ilohiyot xizmatkori” bo'lib qoldi. Bu rolni u majusiylikka qarshi xristianlikni madh – himoya qiluvchilar faoliyatida, so'ngra esa “cherkov otaxonlarining” asarlarida bajarib keldi. Bu “otaxonlar” dan G'arbda eng yirigi bo'lmish Avgustin Xristian falsafasi ta'limotlari sistemasiga neoplatonizmning qator ideologiyalarini kiritdi. Sharq neoplatonchilari, shular jumlasidan. Soxta – Dionisiy Areopagit (5 asr) neoplatonizm ta'sirining ikkinchi – g'arb uchun manbai bo'lib qoldi.

XII asrning o'rtalarida Aristotelning asosiy asarlari lotinchaga tarjima qilindi avvalda cherkov dushmanlik ko'zi bilan qaragan Aristotel ta'limotlari ko'p o'tmay xristianlikning falsafiy asosi sifatida e'tirof etildi. Shu paytdan boshlab sxolastika muallimlari Aristotel asarlarining sharhlovchilari va sistemalashtiruvchilari bo'lib qoladilar. Ular aristotelizmni o'zlarining diniy va falsafiy tushunchalariga moslashtiradilar, aristotel dunyoqarashining eskirgan qismlarini (masalan, geotsentrik sistemasini, uning fizikasi printsiplarini) aqidaparastlarcha o'zlashtiradilar, fanda yangilik izlashning hammasini rad etadilar. XIII asrda Buyuk Albert, Foma Akvinskiy va Ioani Duns Skott sxolastikaning asosiy sistemalashtiruvchilari edilar. Cherkov Foma Akvinskiyning faoliyati va ta'limotiga eng yuksak baho berdi: uni o'z “avliyolari” qatoriga qo'shdi, XIII asrning 2 – yarimida esa uning ta'limotini o'zining rasmiy falsafiy doktrinasi deb e'lon qildi (Neotomizm).

Diniy – klerikal adabiyot. Xristian cherkovi o'rta asr obskurantizmi (jaxolatparastligi) ning tayanchi bo'lib xizmat qildi. U o'sha davr ma'naviy hayotining hamma tarmoqlarini qamrab olib, ularni o'z hukmiga bo'ysuntiradi.

Cherkov o'rta asrlar davomida insonni din jaxolati bilan kishanlashga injener, savodsiz ommani afsonaviy jannat va'dalari bilan g'avlatda saqlar, itoat etmaganlarni esa do'zax azobi bilan qo'rqitar edi.

Xristian dini siyosat, huquq, axloq va ideologiyaning boshqa shakllariga ham aralashar, sud ustidan nazorat olib borar edi. Ilm – fan xukmron feodal – cherkov sxolastik ta'limoti tazyiqi ostida edi. G'arbiy Yevropa davlatlaridagi xalqlarining tili turlicha bo'lsa ham, lekin ular xristian dinida bo'lganliklari tufayli, katolik cherkovi lotin tilida ish olib borar, ruhoniylar esa bu tilni “muqaddas til” deb ko'rsatishga urinar edi. Shu sababli monastir maktablarida ham lotin tilida o'qitilar edi. Avliyolar hayoti haqidagi ertak, injil tekstlarni bayon etuvchi diniy afsona va gimnlar diniy – klerikal adabiyotga oid janrlardir. Avliyolar turmushini aks ettirgan afsonaviy ertaklarda tarkidunyochilik, jonni qiynash va shu yo'l bilan tanni emas, jonni “tozalash” kerakligi targ'ib qilinadi.

San'at va adabiyotning Gotika uslubida rivojlanish – asosan G'arbiy Yevropa mamlakatlari san'atida XII asrda vujudga kelib, XIV – XV asrlarga xukmron bo'lgan badiiy uslubning shartli nomi. Gotika XII asr o'rtalarida ijtimoiy fraktsiyada yuzaga keldi, XIII asr birinchi yarmida yuksak darajada rivojlandi. Shu yerda Gotikaning tosh ibodatxonalari o'zining mumtoz shakliga ega bo'ldi. Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr - Dam 1163 - 1253), Shatr (1194 - 1260), Reyms (1211 - 1311), Am'en (1220 - 1288) Gotika yuksak namunasidir.

Niderlandiya, Izim, Germaniya, Skandinaviya, Ispaniya, Italiya, Po'lsha, Chexiya, Latviya, Estoniya va boshqa joylarda ham Gotika mahalliy an'analar ta'sirida rivojlandi. Gotikaning ilg'or usullari yug'onish davriga ijodiy ta'sir ko'rsatdi.


Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə