Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə4/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

Germaniya Yevropada birinchi bo'lib kitob bosish dastgohi kashf qilgan mamlakat edi. Xuddi shu sohaning keng taraqqiy qilishi natijasida yangi san'at turi-gravyura yuzaga keldi. Rassomlar yog'och yoki mis bo'laklaridan o'yib rasm tushurishar, so'ngra uni bo'yab va ustiga qog'oz qo'yib ko'chirma olar edilar. Kitob suratlari asosi bo'lgan gravyura shunday tayyorlanar edi. Bazelda 1494 - yili nashr qilingan nemis gumanisti Sebastyan Brantning "Ahmoqlar kemasi" hajviy asari rasmlarini chizishda Dyurerning ishtirok qilishi uning birinchi katta muvaffaqiyati bo'ldi.

O'zining italiyaga qilgan dastlabki sayohatidan qaytgan Dyurer Germaniyada birinchi rassomchilikning portret sohasiga asos soldi. Rassom insonning ruhiy olami borliqni ko'rsatishga intilib, irodali, jasur va talantli kishilarning qator portretini yaratdi. Uning chizgan portretlaridan: "Osvalt Kreal", "Avtoportret", " Yosh ayol portreti", gravyuralaridan esa: "Apokalipsis", "Odam va Havvo", "Mariyamning hayoti" va boshqalarni sanab o'tish kifoya.

Dyurer ijodida faqat rassomchilik emas, yog'och va misda gravyuralar tayyorlash ham muhim o'rin egailaydi. Albrext Dyurer Germaniya san'ati namoyondalari orasida eng serqirra va sermahsul ijodkor ekaniigini zamondoshlari ham tan olishgan.

Rembrandt van Reyn. Niderlandiya san'ati, ayniqsa burjua inqilobi g'alabasidan keyin gullab-yashnadi. Bu davrda, ayniqsa me'morchilik, haykaltaroshlik yuksak darajada rivojlandi. Niderlandiyadagi inqilobning g'alabasi haykaitarosh va rassomlarning ijod qilishlariga keng imkoniyat yaratdi. Ular chizgan asariarning ko'pchiligida tabiat manzaralari, dengiz, uy jihozlari keng ko'lamda aks ettirildi. Gollandiya rassomchilik san'atining eng yuksalgan davri Rembrandt Xarmens van Reyn (1606-1669 yillar) hayoti va ijodi bilan mujassam bog'liqdir. Rembrandt turli janrlarda, xususan rassomchilik va gravyuralar sohasidagi tinimsiz mehnati tufayli sermahsul ijodkor hisoblanadi. Dunyoning ko'plab muzeylarida uning 1500 ta rasmi saqlanib kelmoqda.

Me'morchilikning ravnaqi biz uchun hozirgi kunga qadar saqlanib kelayotgan madaniy yodgorliklaming asosiy ko'pchiligini feodal jamiyat davrida yaratilishini ta'minladi. Muqaddas Sofiya, Toj Mahal, AI-Qambara ibodatxonalari, saroylari bunga yorqin misol. Venetsiya, Florensiya, Parij va Keln, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa o'nlab shahardagi tarixiy obidalarning ko'pchiligi shu asrlarda qurilgan edi. Insoniyat o'z taraqqiyoti davomida doimo o'zaro iqtisodiy va madaniy muloqotda bo'lgan. G'arb va Sharq dunyosi o'rtasidagi bevosita munosabatlarning tiklanishi, rivojlanishi ham xuddi shu davr, ya'ni o'rta asrlardan yo'lga qo'yildi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Uyg'onish davri Yevropa mamiakatlarining madaniy va g'oyaviy hayotida katta progressiv rol o'ynaydi. Bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi.

Romantizm. Bu uslub 1810 - 1876 yillar oralig'ida kechgan davrai o'z ichiga oladi. Aynan shu davrda Londondagi Parlament binosi qurilgan.

Boshqa uslublardan farqli o'laroq romantizm me'morchilikka aytarli ta'sir o'tkaza olmadi. Romantik uslub rassomchilikda, musiqada, adabiyotda, shuningdek bog'u-bo'ston me'morchiligida namoyon bo'ladi.

Mazkur uslubning asosiy timsollari bilan birlashib ketgan orzu - umid to'la ko'tarinkilik. Asotiriy majoziy timsollardan keng foydalaniigan. Me'morlar romantik bog'lar va tomosha bog'larda yovvoyi tabiatga taqlid qiladi, turli vayronalar, g'orlar, yolg'on qabrlar yaratadilar.

Rassomchilikda ham Goya, Delakrua asarlarida tomoshabinni ishtirok ettirish maqsadida urushlar, inqiloblar, hamma tanish voqealarga murojaat etadilar. Ko'plab polotnolarda xira oy yog'dusida: vayronalar, fantastik-aqldan tashqari manzaralar tasviri namoyon bo'ladi. Bosh qahramonlar yorqin ranglar bilan ajratib ko'rsatiladi. Gyote, Shiller, V. Gyugo singarilar romantizmning adabiyotdagi namoyondalari edi.

Uyg’onish davri madaniyati yaratgan asosiy qadriyatlar keyingi asrlar Yevropa madaniyati asosini belgiladi. XVIII asrdagi “ma’rifatparvarlik” g’oyalarinig tarqalishi va sanoat inqilobining boshlanishi provardida madaniyatning yuksak texnikaviy yutuqlariga olib keldi.

Xo’sh, “marifat” o’zi nima?

Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi bu - bulish, tanish, ya’ni bilim demakdir. Bu so’zning ko’plik ma’nosi maorifdir. Atama sifatida u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqida turli bilimlar, ma’lumotlar majmuini bildiradi. Ma’rifat bilim va madaniyatning uyg’unlashgan mazmunidir.

Shu o’rinda “ma’rifatparvarlik” jumlasiga ham ta’rif berib o’tsak. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchisiga o’tishi avvalo ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaviy yetuk, ongli, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi ma’naviyatli fidoiy siymolar tabiatan ma’rifatparvar bo’ladilar. Jamiyatning bugungi va kelajagi uchun muhim g’oyalarni ko’tarib chiqadilar va ularni amalga oshirish uchun izchil kurash olib boradilar.

XVIII asrda katolik cherkovi absolyutizm va barcha feodal tartiblarni himoya qilar, xalq orasida bu tartiblar xudo tomonidan o’rnatilgan, degan ko’r-ko’rona ishonchni mustahkamlashga intilar edi. Biroq ilg’or yozuvchilar, olimlar, ilm-fan va maorifni dinga qarama-qarshi qo’yar, o’sib kelayotgan burjuaziya bilan xalq manfaatlarini himoya qilardilar. Ijtimoiy fikrning bu yo’nalishi “Ma’rifat” deb ataldi, uning vakillari esa tarixga XVIII asr ma’rifatparvarlari nomi bilan kirdilar. Barcha baxtsizlik va nohaqlikdan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatgina xalq va uning ideali “Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik”ni o’rnatishga qodir ekanligiga ma’rifatparvarlar chuqur ishonganlar. XVIII asr ma’rifatparvarlari ilg’or g’oyalarni ilgari surib, umrini yashab bo’lgan tartiblarni bekor qilish va yangi zamonaviy tartiblarni joriy qilish sari kurashga otlanganlar. Bu borada XVIII asr ma’rifatparvarlaridan Vol’ter, Mel’e, Didrolar faoliyatlari benazirdir.

XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida faoliyat yuritgan Simon Poyutskiy, Fyodr Rtikkev, Sil’vester Medvedev, Saltikov kabi bir qator ma’rifatparvarlar, o’z qarashlarida dehqonlar, hunarmandlar manfaatlari va kayfiyatlarini aks ettirdilar.

Xususan ularning g’oyalari XVIII asr ma’rifatparvarlarining jamiyat hayotiga oid demokratik tamoyillarni ishlab chiqishlarida muhim poydevor bo’lib xizmat qildi.

Ma’rifatparvarlar jamiyatdagi tartiblarni ijobiy tomonga o’zgartirishni, jumladan:

• Absolyut monarxiyaning bedodligini cheklash;

• Katolik cherkovi, ya’ni dinning jamiyat siyosiy va madaniy hayotiga ta’sirini zaiflashtirish va kerak bo’lsa butunlay yo’qotish;

• Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotning rivojlanishiga to’siq bo’lib kelayotgan feodal tartiblarni bekor qilish;

• Insonlarning barcha tabaqalarining teng huquqli bo’lishini (ya’ni saylash, saylanish va shu kabilar);

• Demokratik tamoyillarga ko’ra xalqning mamlakatni idora etilishida ishtirok etishi va shu kabi maqsadlarni amalga oshirishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygandilar.

Shuningdek XVIII asr ma’rifatparvarlari xalq ommasining yalpi saylov huquqi parlament boshqaruvi va respublika tuzimi uchun, demokratik huquqlar va erkinliklar uchun faol harakatda bo’ldilar.

1751 yildan boshlab yozuvchi va faylasuf Deni Didro (1713-1784) tashabbusi bilan ko’plab ma’rifatparvarlar ko’p tomli “Fan, san’at va hunarmandchilik entiklopediyasi”ni tayyorlash va nashr etish bilan shug’ullana boshladi. Entiklopediya mualliflari orasida Vol’ter, Russo singari taniqli siymolar bor edi. Ular o’z zamonining ilmiy bilimlari va ilg’or g’oyalarini bayon etish va ularga tartib berish borasida tinimsiz izlanishlarda bo’ldilar.

Entiklopediyadan matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geografiya va turli ishlab chiqarish sohalari va texnologilariga oid qiziqarli maqolalar o’rin olgan edi. Unda sanoat buyumlari yasash, qishloq ho’jaligini yuritishning ilg’or usullari batafsil tasvirlangan edi. Bu esa mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish tomon keng imkoniyatlar ochib berdi.

Entiklopediya mualliflari butun insoniyat faoliyatiga din emas, balki aql-idrok, ma’rifat va ilm-fan asos bo’lishi kerakligini chuqur asoslab berdilar. Shu bilan birga entiklopedistlar xususiy mulkchilik, sohibkorlikni himoya qildilar, qishloq ho’jaligi, sanoat va savdo-sodiq yo’liga zid hamma to’g’anoqlarning olib tashlanishini talab qildilar. Ular millat, ya’ni butun fransuz jamiyati tabaqalarga bo’lingan “fuqarolar”idan emas, balki qonun oldida teng huquqlar va teng majburiyatlarga ega fuqarolardan iborat bo’lishi kerak, deb ta’kidladilar. Xullas mazkur entiklopediya fransuz ma’rifatparvarlarining ilg’or ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkurining eng yorqin yodgorligi bo’lib qoldi.

Sanoat to’ntarilishi va ilmiy texnikaviy yutuqlar. XVIII-XIX asrlar sanoat, fan-texnika sohasida muhim yangiliklar davri bo’ldi. Jumladan, bu davrda ilmiy bilimlar jamiyat tafakkurining butunlay yangi sifat darajasiga ko’tardi.

Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko’plab mamlakatlarida XIX asr o’rtalarida industrlashtirish yoki sanoat burilishi nihoyasiga yetdi. Manfaatdorlikning madaniyatdagi belgilovchi o’rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Bug’ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, kimyo sohalarida ajoyib kashfiyotlarga boy bo’lgan bu davr, shubhasiz insoniyat madaniyatini yangi bosqichga ko’tardi. P.Sorokin iborasi bilan aytganda, faqat birgina XIX asrdagi kashfiyot va yangiliklarning o’zi oldingi asrlardagi kashfiyotlarning hammasini jamlangandan ham ko’proq bo’ldi. Xususan, bu asrdagi 248527 tadan ziyod kashfiyot makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o’sganligidan dalolatdir.

Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o’zgardi. Tabiat material va energiyaning bitmas-tuganmas manbai, universal omborxonasiga aylanib qoldi. XIX asr insonga koinot sardori, barcha narsalarning tojdori yorlig’ini berdi.

XVIII asrning oxirlariga kelib Angliyada ip-yigiruv mashinalaridan, mexanik to’quv dastgohlaridan keng foydalanila boshlandi. Shuningdek, bug’ mashinalari o’rnatilgan fabrikalar qurila boshlandi. Bu jarayon fan-texnika inqilobining yuz bera boshlanganligiga muhim iqora edi.

To’quv dastgohining takomillashuvi sanoat to’ntarilishiga asos bo’lgan muhim ixtirolardan biri bo’ldi. 1733 yilda Jon Keyning uchar moki ixtiro qilganligi, mehnat unumdorligini ikki barobar oshirdi, 1765 yillarda Jeyms Xargrivsning “Jenni” deb atalgan charxni kashf qilinishi yigiruv mehnati unumdorligining 18-20 barobar oshishiga sabab bo’ldi. 1784 yilda Ednunt Kartrayt tomonidan mehanik to’quv dastgohining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 40 barobarga oshirish imkonini berdi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilandi va tan narxi arzonlashdi.

Ish mexanizmi, ya’ni mashinaning inson qo’l mehnatiga o’rin qoldirmay xom ashyoni bevosita o’zi ishlashga o’tishi sanoat to’ntarishining boshlanishi bo’ldi. Ip-gazlama ishlab chiqarishning tez kengayishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. XVIII asrning oxirlarida paxta tozalash mashinasi ixtiro qilindi.

XIX asrning boshlarida Fransuz injeneri Jakard yaratgan to’quv dastgohida rangli iplarni turlicha joylashtirish yo’li bilan turli guldor gazlamalar tayyorlash mumkin bo’lib qoldi. So’ngra chitga gul bosish jarayoni mehanizatsiyalashtirildi. Bunda chitni silindrik vallar orasidan o’tkazish yo’li bilan bo’yash usuli topildi va bunday dastgohlar o’rnatilgan fabrikalar ko’plab paydo bo’ldi. Natijada manufakturadan fabrika ishlab chiqarishga o’tilganlagi sanoat to’ntarilishining asosiy mazmuni bo’ldi.

Metall ishlab chiqarish va unga ishlov berish takomillashib bordi. XVIII asrda Angliyada toshko’mir yordamida cho’yan, keyinroq temirni ko’plab ishlab chiqarish muammosi hal etildi. 1795 yilda Kort cho’yan tarkibidagi uglerodni kuydirish uchun, eri turgan cho’yanga koks aralashtirish yo’li bilan sof temir ishlab chiqarish usulini joriy qildi.

XIX asrning 60-yillarida Fransuz injeneri Martin cho’yanni temir aralashmasida yoki po’lat parchalari va shlak aralashmasida qayta quyish yo’li bilan po’lat olinadigan pech qurdi. Undan sal oldinroq, XIX asrning 50-yillarida Bessener cho’yanni po’latga yoki temirga aylantirish uchun ichida olovbardosh g’isht terilgan juda katta aylanma konveyr tuzilmasini yaratdi.

Sanoat to’ntarilishi jarayonida turli asboblar va mashinalar yaratish, rel’sli yo’llar, paraxodlar va shu singari qurish uchun asosiy materiallar sifatida temir va po’latdan foydalanish muhim o’rin tutdi.

Jemus Uatt bug’ mashinasini yaratdi. Bug’ mashinasining ixtiro qilinishi fabrika va zavodlargagina emas, balki transport uchun ham yangi dvigatel yaratishiga olib keldi. Bug’ mashinasi asosiy dvigatel bo’lib qoldi. XIX asr tarixga temir va bug’ asri bo’lib kirdi. O’sha vaqtlarda mashinasidan qatnov uchun foydalanish to’g’risida fikrlar paydo bo’ldi. Shunday qilib, dastlab tosh yo’llardan yuradigan paravozlar qurildi, ammo ular yaroqsiz bo’lib chiqdi. Parovozlar XIX asrda amaliy ravishda qo’llanila boshlandi. Endi ular temir izlardan yura boshladi. 1814 yilda Jorj Stefanson soatiga 10 km tezlikda 8 ta vagonni tortib yuradigan birinchi parovozni yaratdi. XIX asrning 20-yillaridan e’tiboran temir yo’llar qurtila boshlandi. 1830 yilda jahonda 332 km temir yo’l bo’lib ularning katta qismi Angliyaga to’g’ri kelar edi. 1870 yilga kelib 200 ming km temir yo’l qurilgan edi.

Bug’ mashinasini kemaga o’rnatib va eshkakli charxlar bilan ta’minlab, undan suvda qatnash uchun foydalanish mumkin edi. 1807 yilda mehanik Robert Fulton Amerikada eshkakli charxlari bo’lgan birinchi paroxodni ko’rib, sinab ko’rdi. XIX asrning 30 yillariga kelib bug’ mashinalari bilan harakatga keltiradigan g’ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalana boshlandi. XIX asrning 30 yillari oxirlaridan g’ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshlagan. Keyinchalik g’ildiraklar o’rnini eshkak vintlar egalladi. XIX asrning 50-60 yilarida g’arb mamlakatlarida elkanli dengiz floti o’z o’rnini paroxodlarga bo’shatib berdi. Parovozlar va paroxodlarning paydo bo’lishi shubhasiz savdo-sotiqning taraqqiy etishiga sabab bo’ldi.

XIX asrning 80 yllaridayoq fransuz o’quvchilari aka-uka Mongolfe issiq havo bilan to’ldirilgan havo sharida parvoz qildilar. Keyinchali Parijga vadorot bilan to’ldirilgan aerostatlar sinovdan o’tkazildi.

Shu bilan birga aerostatdan sakrash uchun parashut ham ixtiro qilindi. Bu havo sharlari va aerostatlar hozirgi kundagi zamonaviy samalyotlarning dastlabki avlodi edi.

Aloqa vositalari ham takomillashib bordi. Qadim zamonlardan ma’lum bo’lgan optik topograf o’rniga endilikda elektr simli telegraf tarqaldi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va bosuvchi qurilma yaratildi. XIX asrning o’rtalariga kelib quriqlikdagi telegraf liniyaridan tashqari suvosti kabellari ham yotqizila boshlandi. Angliyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli XIX asrning 60-yillari oxirida o’tkazilgan edi.

Yangi texnikaning kashf etilishi yoqilg’iga bo’lgan talabning oshib borishiga sabab bo’ldi. Natijada XIX asrning o’rtalarida neftdan kerasin ishlab chiqarishda foydalana boshlandi. XIX asrning 60 yillar oxirlarida dastlabki ichki yozuv dvigatellari ixtiro qilindi, ammo ulardan amalda foydalanish XIX asrning 70 yillariga to’g’rti keldi.

Manufakturalar va fabrikalarning rivojlanishi bilan mehnat qurollarini doimo takomillashtirish ehtiyoji ortib bordi. Tez harakatlanadigan mashinalarning qurilishi ko’priklar, temir yo’llarning barpo etilishi murakkab va aniq hisob-kitoblarni talab qilardi. Buni esa yangi matematik tenglamalarni hal etmasdan amalga oshirib bo’lmasdi. Turli materiallarning puxtaligi va boshqa hossalarini o’rganish, vaqtni, predmetlarning hajmini, masofani aniqroq o’lchash talab etilardi. Texnikani rivojlantirish uchun ilm-fan ahamiyatiga talab oshib bordi.

XVI-XVIII asrlarda tegirmon va sanoat singari mehanizmlarni takomillashtirish vaqtida matematika va mehanikaning ko’pgina vazifalari hal etildi.

Mashhur ingliz olimi I. Nyuton va nemis olimi G.Lebnits XVII-XVIII asrlarda hozirgi zamon oliy matematikasiga asos soldilar. Nyuton kashf qilgan va ta’riflab bergan mehanika va optika qonunlari fan va texnikaning ko’pgina vazifalarini hal etish uchun asos bo’lib hizmat qildi. Nyutonning eng asosiy xizmatlaridan biri, bu butn dunyo tortilish qonunini kashaf qilganligidir.

XIX asrda matematikaning ko’pgina amaliy va nazariy masalalari yangidan hal etilib, ishlab chiqildi. Atoqli rus olimi N.Lobachevskiy geometriyaning “noevklid” sistemasini tuzish imkoni borligini isbotladi va birinchi bor uning puxta variantlaridan birini yaratdi.

XVIII asrda rus olimi M.Lomonosv tajribalar yo’li bilan yonish va boshqa kimyoviy hodisalar paytida moddaning umumiy vazni o’zgarmasligi, yo’q narsadan modda vujudga kelmasligini isbotladi. U o’z amaliy tajribalari asosida materiyaning saqlanish qonunini kashf etdi.

D.Joul, R.Moyer, A.Levungun, E.Kenner, Ch.Darvin kabi olimlar ham astronomiya, fizika, meditsina, biologiya kabi fanlarning rivojiga o’z tajribalari va kashfiyotlari bilan o’zlarining bebaho hissalarini qo’shdilar.

XIX asrning 50-60-yillarida mashinalarning o’zini mashina yordamida ishlab chiqarishning rivojlanishi, fabrikaning ishlab chiqarishi uchun mustahkam texnika baza yaratdi. Ushbu yangiliklar sanoat to’ntarishining tugallanishi bo’ldi. Umuman texnika muvaffaqiyatlari XVIII asrning ikkinchi yarmida va 20 asrda mehnat unumdorligini g’oyatda oshirish imkonini berdi.

Me’morchilik va san’atda klassitizm, barokko uslublari. Ma’lumki, me’morchilik jamiyat hayotida, ayniqsa davlat miqyosiga molik hashamatli binolar qurilishida katta ahamiyatga egadir. Kapitalizm davrida fan va texnikada qo’lga kiritgan yutuqlar va katta binolarni, bahaybat ko’priklarni va boshqa inshootlarni tezroq qurish imkonini berdi. Me’morchilikda ayniqsa klassitizm, barokko, uslublari keng qo’llanildi.

XVII-XVIII asrning birinchi yarmi me’morchiligida dvoryanlarning klassik va barokko uslubi hukmronlik qilgan edi. Klassitizm erkinlik, ixchamlik, aqllilik talab etgan. Bu uslubda simmetriya, chiziqlar barobarligi asosiy o’rinni egallaydi. Masalan, Parij janubi-g’arbida, undan 23 km uzoqlikda joylashgan Versal qasri va uning saroylarini Hindistonning Tojmahali qiyosan solishtirish mumkin. Ganchdan har ikkala hashamatli binolar Sharq va G’arbning o’ziga xos sivilizatsiyasiga mansub bo’lsada, ular boburiylar va burbonlar sulolalari davrining noyob san’at va me’morchilik asarlaridir. Versal saroylarining mutanosib ustunlari, peshayvonlari o’z to’g’ri chiziqlari bilan qadimgi Rim klassik uslubidagi binolarni eslatadi. Bu binolar me’morchilikda dvoryanlar klassitizmiga misol bo’la oladi. Bu uslub Fransiyada ancha vaqtgacha saqlanib qoldi. Undan Angliyada ham keng foydalanildi (masalan, Londondagi avliyo Pavel sobori).

XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Yevropaning bir qator mamlakatlarida, ayniqsa Gollandiya, Germaniya va Polshada boshqacha uslub tarkib topdi. U yerlarda juda ko’p gumbazlari va karnizlari, ortiqcha hashamlari, tokcha va buyumlari, haykal bezaklari bilan ajralib turuvchi dabdabali me’morchilik namunalari saroylar va cherkovlar qurildi. Bu arxitektura uslubi barokko nomi bilan mashhurdir.

Barokko uslubi XVI asrning oxirida Italiyada vujudga keldi. U “g’alati, g’aroyib, ajoyib” ma’nosini anglatadi. Bu uslub zamirida sabrlilik, dinamizm, yuqori emotionallik va ulug’vorlik ko’rinishlari aks etadi.

Nemis knyazlarining ko’pgina saroylari va qasrlari, soborlari va monostrlar barokko uslubida qurilgan. Polsha, Ukraina va Rossiyada ham barokko me’morchiligi o’ziga xos belgilari bilan alohida nafosat va go’zallik kashf etdi. Masalan, Venadagi katta darvoza, Shenburgdagi saroyi va boshqalar shular jumlasidandir.

Sanoat to’ntarishi san’atning barcha turlariga, shu jumladan me’morchilikka ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. XIX asrning o’rtalaridan boshlab fabrika ishlab chiqarishi va katta shaharlarning rivojlanishi bilan bog’liq holda ularning qurilishi yangi materiallardan, ayniqsa temir va po’latdan foydalanila boshlandi. Yangi tipdagi inshootlar-vokzallar, temir ko’priklar, birja va banklar, yirik magazinlar, ko’rgazma binolari, uy-joy binolari yangi teatrlar, muzeylar, kutubxonalar paydo bo’ldi.

XIX asr o’rtalarida Fransiyada ikkinchi imperiya uslubi, Angliyada Viktoriya uslubi nomini olgan me’morchilik vujudga keldi. Bu uslub klassitizmdan chekinish va undan ilgari davrlarning turli uslublarining qo’shilib ketishi natijasida edi. Unda ganchkorlik hashamdorlik keng o’rin egallagan hamda haykallar tasvirida egri-bugri tarixlar paydo bo’lgan. Angliya va boshqa mamlakatlarda o’rta asrlar gotikasi uslubiga taqlid qilish kuchayib ketdi. Bu uslub asosida Parijdagi Grant opera, teatr va Londonning me’moriy qiyofasini belgilab turuvchi Parlament yangi binosi qurilgan.

XIX asr birinchi yarmida haykaltaroshlikda klassitizm uslubi rivojlandi.bu davrning mashhur haykaltaroshlaridan italiyalik Antonio Kanovaning (1757-1822) “Papa Kliment 13 ning qabr toshi”, “Amur va Psixeya” va daniyalik Bertel Torval’dsenning (1770-1844) “Yason” va shu kabi asarlari mazkur uslubning go’zal namunalari bo’la oladi. Bu haykallarda antic davr unsurlaridan ijodiy foydalanilgan holda inson tasvirini ideallashtirishga harakat qilinganligi yaqqol ko’zga tashlanadi.

Adabiyot va tasviriy san’atda romantizm, realizm, impressionizm va postimpressionizm. Ma’lumki, badiiy adabiyot odamlarni qarashlariga butun hayotiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Binobarin bu davrda yaratiladigan badiiy obrazlari, hatto fantastik, hayoliy obrazlarda ham voqeylik biror xususiyatini bevosita va bilvosita aks etishi tabiiy hol edi.

Feodalizm va absolyut monarxiya sharoitida badiiy adabiyotda dvaryanlar va saroy zodogonlari didi va qarashlari hukm surardi.

Shu bois ko’pgina ilg’or yozuvchilar o’z asarlarida absolyut monarxik zo’ravonligini dadillik bilan fosh qildilar, jamiyatni krepostnoylik va rasmiy din zanjiridan qutqarish yo’lida kurashdilar. Ular burjua ma’rifatparvarlari izidan borib xalqni xususiy mulkka va odamlar haq-huquqlari tengligiga, savdo va sanoat erkinligiga asoslanuvchi jamiyatni yaratishga da’vat etdilar. Ulardan biri, XVII asrning oxiri va XVIII asr birinchi yarmida yashagan mashhur ingliz yozuvchisi Daniyel Defo bo’lib, u ilg’or kishilarning ta’qib qilinishini qoralar, ingliz aristokratlarining takabburligi ustidan kulardi. Shu bois u ma’murlar ta’qibiga uchradi. Ular Defoni uch marta sharmandalarcha ustunga bog’lab qo’yishdi. Lekin bundan uning shuhrati ortdi, xolos.

Defoni butun dunyoga tanitgan asarlaridan biri bu-“Robinzon Kruzo” romanidir.

Asarning asosiy mazmuni quyidagicha: romanda bir matros kema halokatidan keyin Janubiy Amerika sohilidagi odam oyog’i yetmagan orolda bir necha yil yashaydi. Romanning eng muhim jihati shundaki, unda yangi yerlarni qidirish va kashf etish, inson mehnati, tabiatni o’zlashtirishdagi uning jasorati va qat’iyati, xavf-xatarga qarshi dovyuraklik bilan kurashishi g’oyalari sharaflanadi. Robinzon sarguzashtlari tajriba va bilimning, tadbirkorlikning ahamiyatini to’la kuch bilan namoyon etadi.

O’sha davr muammolar bilan hamnafas bo’lib yashagan va o’zining be’baho asarlari orqali jahon adabiyoti rivojiga katta hissa qo’shgan, XVIII asrning birinchi yarmida yashagan yana bir buyuk ingliz adibi Jonatan Sviftdir. Uning asarlarida Irlandiyaning ezilishi qoralanadi va xalqni ozodlik kurashi olib borishga da’vat etadi. Adib Angliyada katoliklarning jabrlanish hollariga ham keskin qarshi chiqadi.

Yozuvchining 1726 yilda yozilgan “Gulliverning sayohatlari” romani unga katta shuhrat keltirdi. Bu asarda u o’z qahramonining liliputlar huzuriga, devsifatlar davlatiga, ular orolga va g’aroyib hayvonlar mamlakatiga afsonaviy sayohatlarini tasvirlash yo’li bilan o’z zamonidagi jamiyat illatlarini fosh qiladi. Jamiyatda hukm surgan kibru zo’rovonlik, ochko’zlik va shubhalanish, adolatsizlik va mojarolar tasviri orqali ingliz podsholigi saroyining jirkanch hususiyatlari aks ettiriladi. Romanda sulolaviy urushlar kulgi ostiga olinadi. Laputa uchuvchi orolidagi fanlar akademyasi haqidagi hikoyada hayotdan ajralib qolgan fanlar ustidan kulinadi. Romanning oxirgi qismidagi ochko’z va jirkanch, ammo odamlarga o’xshaydigan afsonaviy maxluqlar hayotda uchraydigan odamlarning aynan nusxalarini eslatadi.


Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə