Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə5/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

Svift romanida yolg’onchilik, ikki yuzxlamachilik, zulm va politsiya ta’qiblarining murosasiz dushmani sifatida maydonga chiqadi. Biroq u o’z davrining tor, bekik, chegaralaridan to’la chiqa olmay, asarlarida jamiyatni rivojlantirishning ijobiy dasturini to’la ko’rsatib berolmadi. Umuman Svift asarlari chuqur mazmuni va jiddiy muommolari bilan ajralib turadi.

XIX asr boshlarida Yevropada romantizm nomini olgan badiiy yo’nalish paydo bo’ldi. Bu davrda jamiyatning turli tabaqalari orasida ishonchsizlik va qoniqmaslik hissi sezila boshlandi. Va’da qilingan “Aql hukmronligi”, tenglik va adolat o’rniga, qalloblik, kapitalistlar tomonidan ishchilarni ayovsiz ekspluatatsiya qilish, qashshoqlik kuchayib bormoqda edi. Bunday sharoitda romantika o’z san’atining asosiy mazmuni qilib insonning ma’naviy qiyofasini tanladi. Shu bois bu davr ijodkorlari shaxs erkinligi yo’lidagi kurashni madh etishdi. Ular e’tiborini insonning kuchli, bo’ysunmaslik harakteri o’ziga ko’proq jalb etgan edi. Romantikalarning tipik qahramonlari bu jamiyat turmush tarziga qarshi borayotgan va kuchli irodali bo’ysunmas insonlardir. Jorj Bayron asaridagi Kayn va Chayl’d, Adem Mitikevich asaridagi Konrad Valenord shunday qahramonlar sohasiga kiradi. Bu davrning yana bir harakterli jihati shundaki, yozuvchi va rassomlar ko’proq tarixga ”avalo o’rta asirlarga”, ertaklar, afsonalarga murojaat qilishib asarlar yaratdilar. Shuningdek, romantizm vakillari tarixiy drama va tarixiy romanlarni yaratdilar. (V.Gyugo, Val’ter, A.Dyuma).

1866-1822 yillarda yashagan Ernest Teodor Amadey Gofman yozuvchi-romantiklar orasida asosiy o’rin tutadi. Gofman o’zi yashayotgan zamonasining ichki tuzilmasi barqaror emasligini his qildi shu bois faqatgina fantastik huquqiy hayotni ochib berishi mumkin deb hisoblaydi. Gofman ertaklarning badiy olami farishtalar, sehrgarlar, ajdaholar bilan boyitilgan. Ular mavjud odamlar-amaldorlar, savdogarlar, bozor ayollari, talabalar bilan birgalikda aks ettirilgan. Gofman asarlardagi voqealar birdaniga bir necha rejadagi hayotiy, haqiqiy va uydirma, fantastik tarzda ro’y berishi mumkin. Asarda fantastikaning qo’llanishi haqiqiy hayotning zerikarli va tubanligidan chekinish emas, balki, uning ichki qirralarini aks ettirishdir. Masalan, mushuk Murrning hayotiy qarashlari shu ruhda tasvirlangan. Uning izdoshlari Edgar Po, Frants Kafke, Gogol va Dostoyevskiy ijodlari ham bu qarashdan harakterlidir.

XVIII asrlarning 70-yillaridayoq Germaniyada “To’g’yon va shiddat” nomini olgan adabiy oqim vujudga keladi. Ushbu harakterning atoqli vakillaridan biri-shoir va dramaturg F.Shillerdir. yning ko’plab asarlari ma’lum. Shulardan Shillerning “Vil’gel’m Tell’” dramasida shvetsar xalq qahramonini, uning mamlakatini Avstriya zulmidan ozod qilish va mustaqilligi yo’lidagi kurashi tarannum etadi. Uning “Orlean qizi” dramasi fransuz xalqining jasur qizi, ozodlik kurashi qahramoni Janna Darkka bag’ishlangan. Shiller insonning shon-shavkati uchun mutassil kurashidir. “Mehr va muhabbat” dramasida buzuqi, zadagon bekorchilarning fitnalari, tajavvuzkorliklari yosh qiz va uning sevgan yigitini falokatga olib kelishi hollari tasvirlanadi. Uning asaralari bugunda ham jahonning ko’plab davlatlari teatrlari sahnalarida namoyish etilib kelinmoqda.

Jamiyat hayotini chuqur o’rganish, undagi illatlarni fosh etish, hayotni haqqoniy tarzda tasvirlashga intilish G’arbda XIX asrning 30-yillariga kelib adabiyot va san’at sohalarida “Tanqidiy realizm” oqimini yuzaga keltiradi.

XIX asr birinchi yarmida Fransiyadagi tanqidiy realizmning yirik vakili Bal’zak (1799-1850) bo’ldi. Bal’zak minglab obrazlar yaratdi. Uning behisob roman, povestlari umumiy “Inson komediyasi” nomi bilan mashhurdir.

Bal’zak burjuaziyaning ochko’zligiga nafrat bilan qarab, aristokratik vakillarining pastkashligi, xudbinligi, takabburligini ayovsiz fosh etdi. U boylik ketidan quvish insonning barcha tuyg’ularini poymol qilishini yaqqol ko’rsata bildi. Bal’zak kapitalizm sharoitida pulning inson ustidan hokim ekanligini ham g’oyatda ustamonlik bilan tasvirlab berdi. Fransiyada XVII asrning ikkinchi yarmida buyuk fransuz dramaturgi, ajoyib komediya teatrining asoschisi Jan Batist Mol’er pyesalari adabiyotda ilg’or burjuaziya g’oyalari xalqchilligining yorqin ifodasi bo’ldi.

Xalqqa yaqinlik Mol’erga quvnoq xalq komediyasi an’analarini singdirib, uni rivojlantirish imkonini berdi. Uning pyesalarida muallifga zamondosh va oddiy tilda gaplashuvchi turli guruhlarga mansub kishilar timsoli ifodalanadi. U dvoryanlarning bema’ni hayotini zo’r mahorat bilan fosh qildi. “Dvoryanlikdagi meshchan” pyesasiga quyi tabaqa vakili, har qanday yo’l bilan bo’lsada, dvoryanga o’xshashga intiluvchi kishi ustidan kulinadi.

U “Don Juan” komediyasida biror narsani muqaddas deb bilmaydigan ashaddiy xudbin va buzuqi obrazini sahnada ko’rsatadi. Bu pyesa huzur-halovat orqasidan quvib, hech kimning taqdirini o’ylamaydigan bekorchi dvoryanlar haqida yozilgan o’tkir satira bo’ldi. “Xasis” komediyasida mol-dunyo yig’ish yo’lida insoniy tuyg’ulardan mahrum bo’lgan nihoyatda qizg’anchiq Garpagonning betakror obrazi tasvirlangan.

Mol’yerning “Tortyuf” nomli mashhur komediyasi cherkov ahlining riyokorligi va ikkiyuzlamachiligiga qarshi qaratilgandir. Komediya juda katta fosh qilish kuchiga ega bo’lib, bunda Tortyuf ikkiyuzlamachi kishilar timsoliga aylanib qoladi.

Yevropaning shoir va yozuvchilari singari Rossiyaning barcha muammolari A.S.Pushkin, M.Y.Lermontov lirikasi va nasriy asarlarida, Nekrasovning she’r va poyemalarida, N.Gogolning sahna uchun mo’ljallangan hajviy asarlarida, I.Krilovning masallarida, I.Turgenevning ixcham prozasi, F.Dostoyevskiy va L.Tolstoyning chuqur falsafiy, fojiali povest va romanlarida o’z aksini topdi.

Osiyo, Afrika mamlakatlarining adabiyoti yangi tarixning birinchi davrida o’rta asr istibdodiga asoslangan jamiyatning kamchiliklarini aks ettirdi. XIX asr boshlarida Xitoyda Li Fush yozgan “Ko’zgudagi gullar” romanida feodal jamiyatdagi xitoy ayollarining ahvoli tasvirlangan. Taypin g’alayoni davrida ko’plab g’alayon ishtirokchilarining she’rlari nashr qilindi. Hindistonda Mittro yozgan “Idigo ko’zgusi” asarida ingliz mustamlakachilarining zulmlari, hind dehqonlarining og’ir kulfatlari ochib tashlangan.

Umuman XVIII-XIX asrda ijod qilgan yozuvchilar o’z asarlari bilan jahon adabiyoti xazinasini yanada boyitdilar.

XVII-XVIII asrlardagi jamiyat taraqqiyoti tasviriy san’atda ham o’z aksini topdi. Unda diniy yo’nalishlar ozroq bo’lib, dabdabali, rasmiy va jozibali saroy san’atiga keng o’rin berilgan. Qadimgi Rim tarixi va mifologiyasidan olingan mavzular, qirollar va sarkardalarning portretlari, jang manzaralari bunda asosiy o’rin tutadi. Fransiyada burjuaziyaning dvoryanlarga qarshi jiddiy siyosiy kurashi tasviriy san’atda ham o’z aksini topdi. Shubhasiz bu davrda Fransiya tasviriy san’ati yetakchi o’rin egallagan bo’lib, qadimgi Gretsiya va Rim davrining respublika uchun olib borgan kurash qahramonliklari bu davr rassomlari asarlarida yangicha tus oldi. Ma’rifatparvarlik davri, buyuk fransuz inqilobi voqealari, ma’rifatparvarlar portretlari, tarixiy voqealar rassomlar tanlagan bosh mavzularni tashkil qilar edi. Ularning asarlarida dvoryanlar, xristian dini peshvolari bilan bir qatorda xalq ichidan chiqqan o’rta tabaqaga mansub kishilarning hayoti, faoliyati va obrazlari ko’proq o’rin egallay boshladi. Rasmlar o’sib, rivojlanib kelayotgan o’rta tabaqa vakillari qarashlariga mos keladigan syujetlar asosida chizilib, bu ilg’or tabaqaning eskilik va absolyutizmga qarshi kurashini aniq bo’yoqlar asosida tasvirlagan edi. Bundan tashqari rassomlar uchinchi toifadagi real odamlarning obrazlari aks ettirilgan rasmlarni ham yarata boshladilar. Tasviriy san’atda bu yo’nalishning atoqli vakili Jak Lui David bo’ldi. U “Goratiylar qasami” rasmini yaratdi. Rasm o’z farzandlariga respublika dushmanlariga qarshi jangga borish oldidan oq fotiha borayotgan ota qiyofasini aks ettirgan. Shu jumladan, uning “Maratning o’limi” asari ham mashhurdir. “Ko’kat sotuvchi” rasmida xalq orasidan chiqqan ayol tasvirlanadi. Bu rasmlar san’atda realizm sari tanlangan muhim qadam bo’ldi.

Fransuz rassomi Ejen Delakrua tasviriy san’atda romantizmning taniqli vakili bo’ldi. U 1830 yilgi “Iyul inqilobi” nomli rasmida barrikadada xalqni jangga ruhlantirayotgan go’zal va dovyurak ayol timsolida inqilob obrazini yaratdi.

Realizm tomon burilish, milliy ozodlik kurashi qahramonligini tasvirlash, cherkov xurofotini fosh qilish, XVIII asr oxiri va XIX asr birinchi yarmida yashagan buyuk ispan rassomi Fransisko Goyya ijodi uchun xarakterlidir.

G’oyaning ijodiy uslubi nihoyatda o’ziga xos edi. Masalan, u qirol buyurtmasiga binoan uning oilasining guruhiy portretini chizadi. Ularning kiyimlari, bezaklari saroy san’atiga xos tarzda tasvirlangan bo’lsada, Goyya qirol qiyofasini undagi hunuk belgilari bilan, qirolichaning yoqimsiz, takabbur va johil basharasini dadil va realistik tarzda aks ettirdi.

Ayni vaqtda Goyya Ispaniyaning oddiy kishilariga bag’ishlangan o’z rasmlarida xalqning jismoniy va ma’naviy go’zalligini zo’r muhabbat bilan chizgan. U ispan ayollarini xuddi shu tarzda mag’rur, hushchaqchaq, nazokatli qilib yaratdi. “Qo’zg’olonchilarni otish”, “Zo’r jasorat” va boshqa rasmlar xalqparvarlik, vatanparvarlik g’oyalari ruhi bilan sug’orilgan.

“Xios orolidagi qirg’in” rasmda orol aholisining greklar qo’zg’oloni vaqtida turk qo’shinlari tomonidan qirg’in qilinishi manzarasi tasvirlangan. Uning asarlaridagi erkin bo’yoqlar, yangilikka intilish, hurfikrlilik har bir rasmga o’ziga xos joziba baxsh etadi. Delakruaning yana “ Dante va Vergtlty”, “Barrikadalardagi ozodlik”, “Aljazoirlik ayollar” kabi asarlari ham mashhurdir.

Rakoko. Bu uslub o’zining yengilligi, notekisligi, to’g’ri chiziqlarning simmetriyasi yo’qligi bilan xarakterlanadi.

Bu usul rassomga bezash masalalarini hal qilishda qo’l kelgan. Arxitekturada inter’yerni rejalashtirishda va bezashda, tasviriy san’atda ham rakoko uslubi muvaffaqiyatli qo’llanilgan.

Tasvirda rakokoga yaqin uslubda fransuz rassomlari Vatto va Shardenlar ijod qilishgan.

Impressionizm rassomchilikning ming yillik an’analariga nuqta qo’ydi. Ular birinchilardan bo’lib abstraktionizmga qadam qo’ydi. Rassomlar real shakl va ranglardan vos kechib, o’z ta’ssurotlarini chizish bilan cheklandilar. Impressionistlar ko’proq o’z diqqatini tasvirlash imkoniyatlariga qaratdilar. Bu ular yo’nalishining dasturiy talabi emas balki, faqatgina ularning shaxsiy tushunchalari ham edi. Ular odamni yoki tabiat ko’rinishini tasvirlashda rasmni asl nusxaga aniq o’xshashi emas, balki uning shakli va rangini saqlagan holda ko’proq chiziqlarini tasvirlashga harakat qilganlar.

Yangi yo’nalishning ilk vakili Eduard Mane (1832-1883) “O’tloq ustidagi nonushta”, “Olimpiya” asarlari muallifi lekin, impressionizm o’zining yuksak yutuqlari uchun Mane bilan bir vaqtda ijod qilgan. K.Mane, Renuar, Dega va Pissaro kabi o’z kasbining ustalaridan minnatdor bo’lishi kerak. Birinchi impressionistik rasmning namunasi, bu Klod Mane (1840-1926) ning 1874-yilda yaratgan “Taassurot”, “Quyosh chiqishi” polotnosi hisoblanadi. Bu polotno nomini, Kamil Pissarro (1831-1903), Alfred Sisley (1839-1899), keyinroq Ogyust Renuar (1841-1919) kabi rassomlar guruhiga nisbatan qo’llay boshlashdi. Mane chizgan rasmda sof optik obraz nozik nur sochib suvdan ko’kga ko’tarilayotgan quyosh tasvirlangan. Mone ko’rish bobida ixtirochi geniy bo’lgan. U nur va rang nisbatini, boshqalar ungacha ilg’amagan uyg’unligini ko’ra olgan. Impressionistlar tabiatning tez o’zgarayotgan holatini tasvirlay olishgan Monening “Parijdagi Kaputinalar” bul’vari va Pissaroning “Monmartr bul’vari” polotnolari o’tgan asrdagi eng yaxshi shahar manzaralari hisoblanadi. Ogyust Renuar tasvirlangan go’zal va maftunkor ayollar modellari, kam uchraydigan ranglar sofligi bilan odamlar ko’zini quvontiradi. Edgard Dega (1834-1917) odatda teatr sahnasi, poygalarni tasvirlagan. U hayotdagi ta’sirchan, dinamik lahzalarni ilg’ay olgan. Uning raqqosalari, joke va otlari harakatda bir lahzaga to’xtaganday ko’rinadi “Yulduz”, “Moviy raqqosalar” va h.k.

XIX asrning 80-yillariga kelib impressionizm yo’nalish sifatida o’zining barcha tasvirlash imkoniyatlarini namoyon qilib bo’ldi va endilikda uning o’rniga impressionistlarning tasodifiy va lahzali tasvirlariga javoban impressionaliizm paydo bo’ldi. Postimpressionistlar rassom ta’ssurotlari va kechinmalariga qarshi o’laroq tasvir jarayoniga falsafiy yondoshdilar. Vinsent Van Gog (1852-1890) va Pol Gogen (1848-1903) kabi yorqin rassomlar paydo bo’ldi. V.Van Gogning “Dehqon qiz”, “Yedoki kartofel” rasmlarida oddiy odamlar hissiyotlari chuqur aks ettirilgan edi.

O’z zamonasining burjua qatlamlarida bo’lgan nafrati natijasida Goger Okeaniya orollarida yashab, o’sha joydagi sivilizatsiyadan yiroq, an’anaviy hayot tarzini original tasvirlovchi rasmlar yaratgan. Bular jumlasiga “Meva ushlagan ayol” “Qirol rafiqasi” kabi mashhur asarlarni nisbat berish mumkin.

Xuddi shu davrda Don’ye, Mille, Burlov. A.I.Ivanov va boshqa rassomlar ham barakali ijod qildilar.

Ommaviy madaniyat. XIX asrning o’rtalarida fan va texnika taraqqiyoti natijasida ommaviy madaniyatning ahamiyati oshib bordi. Zamonaviy madaniyatning holisona tahlili shuni ko’rsatadiki, ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik mazmunini kasb etib boradi. Ommaviy madaniyatning manzarasi quyidagicha:

1. U millati, yoshi, yashash joyi, ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq bo’lmagan ommaviy iste’molchilariga ega bo’ladi;

2. Bu madaniyat na’munalarini yaratish jarayonining o’zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning maxsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi. Bunda yuz minglab kishilar band bo’lib ularning “matbuot qiroli”, “Buyuk shou tomoshachilari” kino, TV, estrada yulduzlari bo’ladi. Ommaviy madaniyat umumiy iste’molchilik ehtiyoji bilan bog’liq. Ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi-matbuot, radio, kino, kitob chop etish va nusxa ko’chirish bularning barchasi jamoatchilik fikriga ta’sir o’tkazish ommaviy madaniyatning tezlik bilan rivojlanishiga sabab bo’ldi. Ommaviy madaniyat shou, treller kabi o’ziga xos janrlar yaratdi. Ularning umumiy mohiyati-individualizm, zo’ravonlik, ayrim hollarda g’oyaviy yo’nalishlarda o’zini ko’rsatishdan iborat. Ommaviy madaniyatning chegarasi “yulduz”larni kashf etish bilan tugaydi. Bunda sun’iy ravishda yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar, aktyorlar bir-birlari bilan o’zaro bog’lanadi.

XVIII-XIX asrlar davomida ommaviy madaniyat turlari ancha rivojlandi. Teatrlar, gazeta va kitob nashrlari, musiqa, tasviriy san’at, kino san’atlari yangi davrga qadam qo’ydi.

Teatrlarda o’sha davr muammo va yutuqlari, sarguzasht va ishqiy muhabbat asarlari namoyish etilib, xalq qalbiga yanada yaqinror bo’lib bordi.

XVIII-XIX asrlarda teatr ommaning eng sevimli ko’ngilochar va ma’naviy hordiq oladigan maskanlaridan biriga aylandi.

Teatr bilan bir qatorda XIX asrning ikkinchi yarmida ovozsiz kinofilmlar paydo bo’ldi. Hozirda ham mashxur bo’lgan Charli Chaplin kabi buyuk kinoaktyorlar kashf etildi va tomoshabinlar qalbidan o’rin oldi.

O’sha davrlarda nashr etilgan gazeta-jurnallar va kitoblarda ommani qiziqtiradigan siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayoinlar haqida so’z yuritildi. Ayniqsa gazetalar ommani o’sha davr dunyo yangiliklari bilan tanishtiruvchi muhim vosita bo’lgan.

Shu o’rinda musiqa haqida ham to’xtalib o’tish joyiz bo’ladi. Qadim zamonlardan beri musiqa jamiyat hayotida muhim o’rin egallab keladi. U mehnat maromida, xalq qo’shiqlari va raqslari davomida vujudga kelgan. Musiqa insonning his-tuyg’ulari va kayfiyatini quvonchi va ijodiy zavqini, hursandchilik va g’amligini ifodalay oladi. San’atning boshqa turlari kabi u fanlar o’rtasida ham munosabatlar vositasi bo’lib xizmat qiladi.

Qadim zamonlardan musiqa avloddan avlodga xotira orqali o’tardi. O’rta asrlarda esa nota xati vujudga kelib, ko’pgina musiqa asarlari yozib olindi. Musiqa sohasining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan buyuk san’atkorlardan Avstriya bastakori, Vena klassik maktabi asoschisi V.Mosart (1756-1791), ulug’ nemis bastakori L. Betxoven (1770-1827), mashhur Italyan bastakorlari Rossini (1792-1868), Juzeppi Verdi (1813-1901), buyuk rus bastakorlari: M. Glinka (1804-1857), A. Borodin (1833-1887), Musorskiy (1839-1881), P.Chaykovskiy (1840-1893), N. Rimskiy-Korsakov (1844-1908) va boshqa shu singari buyuk nomlarni tilga olib o’tish joizdir.

Bethoven ijodiga mansub 3 (qahramonlik), 5 va 9 sinfoniyalar. “Egmont”, “Leonora”, uvertyuralari. 10 ta sonatalari 119 chi kontatasi. Mosartning “Don Juan”, “Figaro to’yi”, “Sehirli Fleyt”, Rossinining “Sevilya sartaroshi”, “Vilgelm Tell”, “Italiyalik ayol Jazoirla”, “Otello”, “Semiramida” operalari (uning ijodi choqqilari), Verdining “Aida”, “Otello”, “Rigoletta” operalari, “Trubadur”, “Traviati”, “Balmakarad” asarlari-bular Evropa musiqa san’atining go’zal shoh asarlari sirasiga kiradi. Ularda yuksak insoniylik sevgi-muhabbat va boshqa olijanob tuyg’ular ma’rifatparvarlik g’oyalari kuylanadi.

Shu o’rnda mashxur venger bastakori, piyanisti, dirijyori. F.List (1811-1886) piyaninachilikda yangi yo’nalishga asos soldi, fortapiyanoga orkesrt ohangdorligini baxsh etdi. Butapeshtdagi musiqa akademyasining dastlabki asoschilaridan (1875) va birinchi prezidenti bo’ldi. U 13 ta bir qismli simfonik poyemalar muallifi, fortapiyano va orkestr uchun 2 ta konsert sohibi, “Sayohatchi al’bomi”, “Jahongashtalik yillari” sikllari va 19 ta Venger rapsodiyalari ijodkoridir.

Yana bir iste’dodli italyan skripkachisi va bastakori Nikolo Paganini (1782-1840) ijodi ham olamshumul ahamiyatga molikfdir. U xaqli ravishda musiqali romantizm asoschilaridan biridir. U g’ijjakchilardan biri bo’lib, yakka ovoz va soz uchun yozilgan 24 ta sahna asarini yoddan sahnada ijod etgan, 32 ta skripka va orkestr uchun konsert yaratgan daho san’atkordir. Uning nomi Milan, Vena Porij va boshqa shaxarlar tomoshabinlari tilidan ko’p vaqtlar tushmagan “Napaleon” qahramonlik sohasi ijrochisi. Uni Fransuz qirolligi Akademiyasi yakdillik bilan o’z a’zosi etib saylaganligi fakti uning shon-shuhratidan dalolatdir.

Nemis bastakori, organisti Iogan Bax ham musiqa madaniyatining turli janrlarida yetuk asarlar yaratgan. Romantizimga qadar bo’lgan so’nggi davrlarning deyarli barchasi asosiy oqimlari musiqa uslublari yutuqlarni umumlashtirgan. Uning “Matfeyaga ehtiroslar” oratooriysi va fortapyano uchun yozilgan “Klavirdagi tamp” nomli g’amgin ruhdagi shoh musiqa asarlari bor.

Buyuk rus bastakorlaridan Glinka rus klassik musiqasi asoschisi hisoblanadi. “Ivan Susanin” (1831) “Ruslan va Lyudmila” operalari, “Kamarinskaya”, “Ispan uvertyuralari” ko’plab simfonik asarlar muallifi hamdir. U rus romansining birinchi klassigi hisoblanadi. Musorgskiyning “Boris Godunof” musiqali dramasi, “Sarochin yarmarkasi” operasi, “Quyoshsiz”, “Mangulik” qo’shig’i va raqslari, “Bolalik” va boshqa siklli musiqa asarlari bular uning ijodining serqirraligidan dalolat beradi.

Shuningdek, bastakor va ayni chog’da kimyogar olim A.Borodinning “Knyaz Igor” operasi ham mashhur san’at asarlaridan hisoblanadi. P.Chaykoviskiy bastakor, simfonist, dramaturg sifatida jahonshumul shuhrat qozongan. Uning “Yevgeniy Onegin” (1878), “Mazape” (1883) operalari, “Uyqudagi go’zal”, “Oq qush ko’li” balet dramatik asarlari mavjud. Dunyoga mashhur oltita simfoniyasi, “Manfred” simfoniyasi, “Pomeo va Jullyetta” asarlari bastakor nomini abadiylikka muhrlagan.

Tayanch so’z va iboralar

Ma'naviy madaniyat, fir'avn, ehrom, papirus, mifologik tafakkur, Osiris va Szida, Veda, Ellin madaniyati, Moxabxarat, Fir’avn, ehrom, papirys, taqvim, piramida, mifologiya, veda, Mohabxorata, elinlar madaniyati, antik davr.

Ikonografiya, Roman uslubi, Gotika uslubi, Foma Akvinskiy, ta'lim tizimi, yepiskoplik maktabi, o'rta asr Yevropa oliy ta'lim muassasalari: Sarbonna, Oksford, Kembridj, Parij universitetlari, ilmiy darajalar, kitob chop etish, ilm – fan, haykaltaroshlik, tasviriy san'at, hokimiyat organlari.

Uyg'onish davri, protestantizm, gumanistlar, reformatorlar, buyuk geografik kashfiyotlar, Petrarka, Bokkachcho, Rable, T.Moor, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, N.Koopernik, J.Bruno, G.Galiley.

Ma’rifatparvarlik g’oyalari, demokratiya, sanoat to’ntarilishi, transport sohasidagi yutuqlar, realism, romantizm, barokko, klassitsizm, sentementalizm, inperessionalizm, ommaviy madaniyat.

Ikonagrafiya – o’rta asrlarda avliyolarni yog’och taxtalarda tasvirlash

Renessans – Uyg’onosh davri

Ioganni Guttenberg – 1445 yilda Germaniyada kitob bosish dastgoxini ixtiro qilgan

Gotika – me’morchilik uslubi

Iso Masih – Xristianlik dinining payg’ambari

Apostollar – Havoriylar. Iso payg’ambarning shogirdlari

Rober de Sarbon – Fransiyadagi Sarbonna universitetining asoschisi (1257 y)

Liturgiya – cherkov kuyi

Roman – me’morchilik uslubi

Ma’rifat – bilish, tanish, ya’ni bilim demakdir.

Deni Didro (1713 – 1784 yy.) – fransuz yozuvchisi va faylasufi.

Jeymis Uatt – bug’ mashinasining ixtirochisi

Barokko – Yevropa me’morchiligi uslubi

Rokoko – rassomchilikdagi uslub. Bu uslub o’zining yengiligi to’g’ri chiziqlarning simmetriyasi yoqligi bilan xarakterlanadi.

Lyudvig Betxoven (1770 – 1827 yy.) – Nemis bastakori

Adabiyotlar ro'yxati

1. Axmedova A., Gabidullin R. Kulturologiya. Akademiya Xudojestv Uzbekistana. T., 2001.

2. Sulaymonova F. Sharq va G'arb. T.: O'zbekiston. 1997.

3. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. Gulmetov va boshqalar. T. 2000.

4. Polishuk V. “Kulturоlоgiya”. M.,1999.

5. Гнедич П.П. Всемирная история искусств. М. 1999

6. Кнезер В.И. Человек и технология. Киев. 1990

7. Богусловская С.М. Механизм культурной преемственности.М., 1989г.

8. Sovet davrida, jumladan O’zbekistonda madaniy hayot.

Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar

1. Qadimgi Sharq madaniyatining vujudga kelishidagi shart – sharoitlar.

2. Qadimgi Sharqliklarning dunyoqarashi va tafakkuridagi farqli jihatlari.

3. Qadimgi Sharq va antik davrda din va davlatning o'zaro munosabati.

4. Qadimgi Misrning maishiy madaniyati.

5. Qadimgi Xitoy madaniyatining qanday namunalarini bilasiz?

6. Qadimgi Hindiston madaniyatining o'ziga xosligi.

7. Diniy madaniyatning o'ziga xosligi nimada.

8. O'rta asr Yevropa san'ati va me'morchiligi.

9. Evropa Uyg'onishini yuzaga keltirgan omillar to'g'risida tushunchalaringiz?

10. Italiya Uyg'onishining ilk namoyondalari – Dante va Petrarka ijodi haqida nimalarni bilasiz?

11. Gumanist yozuvchilar ilgari surgan asosiy g'oyalar o'zida nimani aks ettirgan edi?

12. Leonardo da Vinchi ijodiga oid nimalarni bilasiz?

13. Mikelanjelo dahosi xususida nimalar deya olasiz?

14. XV – XVI asrlar tabiatshunos olimlari ijodidagi muhim yutuqlarni sharhlab bering.

Mavzu bo'yicha test vazifalari

1. Qadimda oltindan qaysi mamlakat sof holda foydalangan?

a) Xitoy

b) Misr


v) Hindiston

g) Yunoniston

d) Rim

2. “Komediya” va “Tragediya” qaerda va qachon vujudga kelgan?



a) Misrda, eramizdan avvalgi V asrda

b) Lotin mamlakatlarida, eramizdan avvalgi V asrda

v) Hindistonda, eramizdan avvalgi V asrda

g) arkalk davrida Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda

d) Solon davrida Yunonistonda, eramizdan avvalgi V asrda

3. Birinchi kitob dastgohi kim tomonidan va qachon ixtiro etilgan?

a) 1670 yil Bernardino Ramatstsini

b) 1537 yil Andreas Vezalius

v) 1695 yil Antoni Guttenberg

g) 1440 yil Alfred Guttenberg

d) 1260 yil Mahmud ibn Ilyos

4. Uyg’onish davrining qaysi san’atkori inson strukturasini ifoda etgan?

a) Rembrand van Reyn

b) Albreхt Dyurer

v) Rafael Santi

g) Mikelandjelo

d) Leonardo do Vinchi

5. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishini isbotlovchi materialistik g’oyani kim isbot qilgan?

a) Galiley

b) Bruno


v) Ulug’bek

g) Koopernik

d) Kompanella

6. Yevropada O’rta asrlar qaysi asrlarni o’z ichiga oladi?

a) V – XI asrlarni


Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə