Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə6/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

b) XI – XV asrlarni

v) V – XVII asrlarni

g) XIV – XVII asrlarni

d) XVI – XVII asrlarni

7. Yevropada dastlabki universitetlar qachon tashkil topdi?

a) V – XI asrlarda

b) XI asrda

v) XIII asrda

g) XV asrda

d) 1209 yilda

8. Universitet so’zining lug’aviy ma’nosi qanday?

a) o’qimishli

b) majmua

v) uyushma

g) birlashma

3-Mаvzu: MАRKАZIY ОSIYO XALQLARINING MАDАNIYATI

Reja:


1. Arxaik madaniyatining dastlabki na’munalari.

2. Qadimiy So'g 'd, Xorazm, Baqtriya, Kushon madaniy yodgortiklari

3. Markaziy Osiyodagi xalqlar madaniyatiga zardushtiylikning ta’siri.

Arxiak yoki ibtidoiy madaniyat – mavjud insoniyat madaniyatning ibtidosi va eng uzoq davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko'lamining 99 foizini tashkil etgan xolda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. O'sha vaqtda vujudga kelgan arxiak madaniyatning ayrim ko'rinishlari bo'lmish fikrlash tarzi, fe'l-atvor xozirga qadar yo'qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang'ich davri keyingi barcha o'zgarishlarga zamin tug'dirgani sababli bu davrni o'rganish insoniyat evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.

Tosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan (Keniyaning Rudolf qo'li sohilidan topiltan qadimgi tosh qurollari) to eramizgacha 2 ming yilgacha (mehnat qurollarini jezdan tayyorlay boshlagan davrgacha) bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. O'z navba-tida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk poleolit bo'lib, bundan 40-35 ming yil oldsh! tugaydi. Ilk poleolshda antro-pogonez jarayonining sodir bo'lishi, qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda (zinjantrop, avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal va boshqalar,) madaniyatning alohida ilk namunalari vujudga keldi: qo'pol tosh qurollari tayyorlash (kesgich, tosh nayza, qirg'ich), olovdan foydalanish, oddiy turar joylarning qurilishi, muomala vositalarshting rivojlanishi, atrof-muhit haqida dastlabki murakkab tasavvurlarning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Detsentrizm farazi insoniyat paydo bo'lishini ikki o'choq Afrika va Osiyo bilan boglaydi, zero hozirgi vaqgda eng qadimti odam qoldig'i ham Afrika mintaqasidan topilgan. Markaziy Osie, xususan, O'zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung'ir g'oridan topgan «fergantrop» qoldig'ining yoshi 700 ming yilga teng.

Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilaigina chegaralansa so'nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So'nggi paleolitning boshlarida gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy «aqlli odam» turi paydo bo'ladi. So'nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqa qurollar notekis tarzda ko'payishi natijasida tarkibiy qurollar-tasma, uchlik, shuningdek, to'qimachilik payio bo'ladi. Nihoyat, dastlabki tartibli ijtimoiy tashkilot-urug' tashkil topadi. Bu inqilobning mahsuli insonlarning asosiy antropologik, ruhiy fiziologik, ruhiy ijtimoiy va ma'naviy birligi bo'lib, insonlar uyushmasining iktisodiy, siyosiy, ijti-moiy, til, magapiy rivojlanishidagi tafovutlarga qaramasdan tarixda saqlanib qoldi.

Ma'naviy madaniyat dastlab juda sodda bo'lib, o'sha davr kishilarining mehnat faoliyati bilan uygunlashib ketgan edi. Ibtidoiy odamlarning bilim darajasi ancha cheklangan bo'lsada, biroq yashash uchun kurash jarayonida atrof-muhitni ku-zatib tajriba to'plaganlar. Natijada yangi gushuncha va tasavvurlar iaydo bo'lib, gafakkur va nutq rivojlana bordi. Bu esa jamiyat ma'iaviy rivojlanishini tezlashtirdi. O'zlashtiruvchi ho'jaliqdan ishlab chiqaruvchi ho'jalikka o'tidgani bilim va tajribaning to'planishi natijasida yuzaga keldi.

Dastlab, ibtidoyy odamlar oziq-ovqat qidirib o'zi yashayotgan muhitni yaxshiroq o'rgana boshladilar. Bu esa ularning geografik bilimini oshirgan. Tabiatdagi mavjud iste'mol kdchishga yaroqli o'simlik va mevalarni qidirib topishi va kuzatishi natijasida botanika bilimlari to'plangan. Yovvoyi hayvonlar ovlash jarayonida hayvonlarning fe'li, turi, yashash joylarini kuzatish tufayli ibtidoiy odamcharda zoologiya bilimi shakllana boshladi. Bu jarayonlarni o'rganish ibtidoiy odamlar uchun zaruriy, hayot uchun kurash, tirikchilik manbai edi.

Kasallikni davolash uchun o'sha zamonning o'zsha xos sodda ta-bobati bo'lib, davolashda o'simliklar, mevalar, xayvonlar, mineral jismlardan foydalanganlar. Shuningdek, silash, uqalash usuli bilan ba'zi kasalliklarni davolaganlar va folbinlik, sehrgarlik va jodugarlik usullaridan ham foydalanganlar.

Umuman, ibtidoiy san'at kishilarning dastlabki umumiy ijodi bo'lib, u odamlarning mehnat faoliyati, ichki ruhiyati va diniy tasavvurlari bilan uygun bo'lgan. Aytish mumkinki, diniy tasavvur va e'tiqod shakllari madaniyatning moddiy va ma'anviy turlarining rivojiga samarali ta'sir ko'rsatgan.

Diniy tasavvur va e'tiqod jamoa tuzumining keyingi davrlarida shakllanib, ayrim unsurlari o'rta paleolit davrlarida vujudga kelgan. Ibtidoiy odamlar atrofidagi hodisalarni sabablarini tushuna olmagan. Tabiatdagi turli hodisalarning sir-asrorlari ularga ma'lum bo'lmagan. Bu hodisalar negizida sirli, g'ayritabiiy kuchlar yashiringan deb tushunib, shu g'ayritabiiy kuchlarga e'tiqod kilingan.

Ibtidoiy odamlar turli mintaqalarga tarqalib, turli xil tirikchilik bilan shug'ullana boshlaydi. Tabiatning va tirikchilikning xilma-xilligi turli e'tiqodlarning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Tabiat va jamiyat hodisalarga bog'liq g'ayrigabiiy kuchlarga ishonish ibtidoiy e'tiqod deyiladi. Uning totemizm, animizm, sehrgarlik, feteshizm kabi turlari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida keng tarqalgan.

Totemizm-jamoaning hayvon yoki o'simlik turi bilan g'ayritabiiy qarindoshlik aloqasiga ishonishi bo'lib, ovchilik va termachilik rivojlangan davrda paydo bo'lgan. Bu e'tiqodda totem-hayvon yoki o'simlik nihoyatda hurmat qilingan. Totemizmning ilk bosqichida hayvon muqaddas sanalib, uni o'ldirshn yoki go'shtini iste'mol qilish ta'qiqlangan. Faqat urug'ning urf-odat marosimlaridagina bu hayvon go'shti iste'mol qilingan.

Animizm — «rux», «jon» ma'nosini bildirib, bu dunyoda ruhlar, jonlar shaklidagi g'ayritabiiy kuchlarning borligiga ishonish. Tabiatdagi narsalar, odam va boshqalarning ruhlari-shular jumlasidandir. Urug'chilik jamoasining rivojtantirish bilan urug' boshliqlar, harbiy yo'lboshchilar ruhiga-ajdodlarga sig'inish paydo bo'lgan. Matriarxat davrida ruhlar ayollar nomi bilan atalgan. Xo'jalik shakllari paydo bo'lgach tabiatdagi narsalar (quyosh, suv, yer) ning ruhiga topinish kuchayadi. Sehrgarlik- odamning g'ayritabiiy kuchlarga ta'sir ko'rsatish qobilshgtiga asoslangan amallardir. Bu ibtidoiy san'atda ham o'z ifodasini topgai. Qoyatosh tasvirlaridagi yaralangan hayvon ifodasida ovchilar bo'lg'usi ovning baroridan kelishini ko'zlab, hayvonlarni sehrlaganligini kuzatshn mumkin.

Ibtidoiy odamning fikrlashi aniqlik, ta'sirchanlik, butunliqda farqlanadi. Ibtidoiy odam asta-sekin turli tashqi hodisalarni seza boshlaydi. U issiq va sovuqni, to'q va ochlikni, yaxshi va yomonlikni his qiladi, yorug'lik va qorong'ulikni ajratadi. Hodisalarning ro'y berishini kuzata boshlaydi. O.Freydenbergning fikricha, unda kuzatish ta'suroti ustun bo'lgan. Ibtidoiy odamning ta'sirchan, aniq tasavvuri hali hodisalarni umumlashtirish qobiliyatidan yiroq edi. U tevarak-atrofdagi voqea hodisalarniig mohiyatini tahlil qilmasdan. faqat yuzaki qayd qiladi, narsa va jarayonlarga, ularning xususiyatga bir xil yondoshgan. Ibtidoiy tafakkur uchun sababiy bog'lanishlar o'sha shartli bo'lib, qandaydir hodisaning sababi tez-tez qaytarilib turilishi natijasida vaqt o'tishi bilan idrok qilingan.

Dastlabki sehrgarlik harakatlari mazmunida totemizm-hayvonlar ajdodiga topinishni keltirib chiqardi. Ibtidoiy jamoa turmushi, ovi, urushi, hayvonlarni tutib yeyishi, tugilish va o'lim-umuman inson hayotini totemistik, ya'ni, totemlar kurashi va to'qnashishi orqali tasavvur qiladi. Bu tasavvurlar oqibatda kosmogonik manzaraga asos soladi, qaerda har bir totem-koinot borki yeydi, yo'qoladi va tirshgadi, qari koinot o'rniga yoshlar keladi. Ularning o'rin almashishi va yosharishi yoki tirilishning borligi o'limdadir.

Sehrgarlikka o'xshash hayot nafaqat paydo bo'lastgan tushunchalari o'zida jamladi, balki madaniyatning eig qadimgi shakli bo'lib qoldi. Undan hozirgi vaqtgacha olamni o'zida aks etgan din, san'at, fan sohalari paydo bo'ldi. Barchasi suyakka chizshp va naqsh solish, kichik haykaltoroshlik, belgi-muhr bosish, bo'yokdi hoshiyalar chizish, gor devorlariga beg'artib chiziq shakllar solishdan boshlandi va natijada mapghur Altamir, Lasko, Montospan va boshqa gorlardagi tasvir galereyasi vujudga keladi. G'or tasvirlari tabiiy, aniqrog'i hayotiy aks ettirshpan. G'or tasvirlarining dastlabki bosqichida joivorlar tasviri alohida o'rin tutadi: otlar, yovvoyi qbramol, mamontlar o'ta yorqin tasvirlangan. Paleolit kishisiiish tasvir faoliyatida nafosat uyg'unligi yoki rasm yozuvlar (piktografiya) emas, balki tasvirni «fotografik» tarzda ifodalash ustun bo'lgan. Bu tasvirlar marosim tafsilotlaridir. Mashhur san'atshunos A. Arnxeymning ta'kidlashicha paleolig davritsa san'at hayotiy zarur vazifani bajargan.U kishiga mislsiz kuch baxsh etib, tirik mavjudod va narsalardagi ma'nisizlikka»sehr baxsh» etish imkonini yaratgan. Ibtidoiy odam chizilgan tasvirga jonivorlarning joii o'tadi, shu tufayli ularga ta'sir qilish mumkin deb o'ylagan. Arxaik san'at insonni hayvonlar ruhiyati bshtan qiziqishida alohida vosita bo'lib, unda haqqoniyat va marosim uyg'unlashib ketadi.

O'zbekiston xududida so'nggi paleolit davriga oshg qoyaga solingan tasvir namunalari uchramasada, ushbu davrga tegishli 30 dan ortiq manzilgohlar o'rganilgan, jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan «ustaxona», Ko'kbuloq va Oqtosh manzilgohlari.

O'zbekiston hududidagi ibtidoiy tasviriy san'at namunalarini eng qadimgisi mezolit-neolit davrlariga oid bo'lib, ular jahon tasviriy san'at tarixining ajralmas qismidir. Shuningdek, bu tasviriy san'at tarixi bir qator alohida ko'rinish, o'ziga xoslik va farqyaik jihatlarga ega bo'lib quyidagi bosqichlardan iborat:

1. G'orlar, qadimgi toshlar va turli qoyalarda saqlanib qolgan ibtidoiy tasvirlar yaratalgan davr.

2. Loy, ganch, tosh va yog'ochdan ishlangan qadimgi haykallar namunalari va turli hunarmandchichik buyushtridagi tasvirlar yaratishgan davrlar.

Mamlakatimiz tog'lik tumanlarida keng tarqagpan qoyatosh tasvirlari ishlanish usuliga ko'ra ikki xil: bir xillari bo'yoq (ohra) bilan; ikkinchi xillari esa o'yib-ishqalash-chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar).

O'zbekistondagi qoyatosh tasvirlarinshp eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Beronsoy, Ko'ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabi yuzdan ziyodi topilgan. Bu qoyatosh tasvirlarda O'zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami turlarini kuzatish mumkin. Bular ibtidoiy sher va yo'lbarslar, qoplon, tulki va bo'ritar, bug'u va jayronlardir.

O'zbekistondagi qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatidan xilma-xil. Unda odamlar, ov, yirtqich hayvonlar to'qnashuvi manzaralari tasvirlangan. Bu tasvirdar orqali o'sha davr odamlarining ov, mehnat qurollarini bilib olish mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi ajdodlarimizning g'oyaviy qaragdlari va diniy e'tiqodlarini o'rganishda muhim axamiyatga ega. Negaki, ibtidoiy odamlar bir-birlariga fikrlarini, munosabatlarini istaklarini chiziqlar, oddiy shakllar, solda tasvirlar orqali yetkazishga intilganlar. Masalan, ular ov quroshgarini tasvirlash orqali ovga bormoqchi ekanliklarini ifodalasalar, yovvoyi buqa va boshqa turli hayvonlar tasvirlari orqali, o'sha hayvonlarni ovlamoqchi ekanliklarini bildirganlar.

Ko'hitang tog'ining yuqorisida joplnppnp g'orni «Oltin olov qoyasi» yoki «Oltin olov darasi» deb atashgan. Chunki zaroltin, o't-olov ma'nosida bu yodgorlik «Zaravutsoy» deb atalgan. Zaravutsoy ov manzarasidagi turli rasmlarni kuzatish qadimgi odamlarni hayotini, turmush tarzini jonli tasavvur qilish bilan birga ibtidoiy badiiy madaniyatning o'ziga xos jihatlarini anglashga yordam beradi. Ibtidoiy odamlarning tirikchilik manbai bo'lgan ov manzarasini kuzatish orqali ovchilik ilmining ayrim qirralarini o'rganamiz.

Tasviriy san'atning ibtidoiy davrga mansub namunalari-dan biri Jizzax viloyatidagi Taqatosh nomli toshdagi tasvir yozuvlardir. Bu tasvirlarda fikr, sezgi, amaliy extiyoj kabi tuyg'ular aks ettirilgan. Qadimiy tasvirlardan yana biri Zarafshon etaklaridagi «Sarmishsoy» tasvirlarida esa ibtidoiy rassomlar ijodi o'z aksini topgan. Bu ibtidoiy tasviriy san'at asarlari Sarmishsoy darasining ikki yuzida qad ko'gargan qoyatoshlarning silliq yuzasiga solingan. Sarmishsoy qoyalarida yovvoyi buqalar, shoxdor bug'i va qulonlar, yelib borayotgan tog' taqasi, ohu, to'ng'iz, bo'ri, qoplon, itlar hamda bir-biri bilan olishayotgan yovvoyi va honaki hayvonlar, shuningdek, ovchilar va ov manzaralari ham tasvirlangan.

Qadimgi rassomlar faoliyatida ham kuzatuvchanlik, shakl va chiziqlar orqali bo'layotgan voqealarning xarakterini, mazmunini yoritib bera olish qobiliyatlari ko'zga tashlanadi. Qoyatosh, daralar va g'orlardagi rasmlar mazmunan boy bo'lishi bilan birga xilma-xildir. Ularda turli manzaralar o'z aksini topgan. Umuman bu tasvirlar orqali odamlarning mushtarak tuyg'ulari yuzaga chiqqailigini ko'ramiz. Bu rasmlarda har bir belgi, qoralama yoki shakl o'ziga xos fikrni, hatto sehru jodularni ifodalab berishi bilan qiziqarlidir. Shulardan ko'rinadiki, ajdodlarimiz hayotida, turmush tarzida tasviriy faoliyat alohida o'rin tutgan.

Ma'lumki, inson o'z mehnati tufayli hayvonot dunyosidan ajralib chiqqach, yashash uchun kurash jarayonida qanchalik ongli mehnat qilsa, u shuncha muvaffaqiyatlarga erishgan. Kurash va mehnatda erishilgan muvaffaqiyatlar urf-odat, udum, marosim, an'ana va bayram-xursandchilikni vujudga keltirgan. Madaniyatshunoslar fikricha bayram va marosimlar eng qadimgi davrdayoq mavjud bo'lgan va ibtidoiy odamlar hayotida muhim rol o'ynagan. D.M. Genkinning fikricha, «marosim va bayramlarning chuqur ildizi insoniyatning «go'daklik» davriga borib taqaladi». M.M. Baxtining ta'kidlashicha, «Bayram insoniyat madaniyatining boshlang'ich shaklidir». Bu jarayon ibtidoiy odamlar ovchilik bilan kun kechirgan davrlarda yaqqol sodir bo'la boshlagan. Yuqorida tilga olgan tasvirlarda asosan hayvonlar, ov qilish, ovchilar raqsi (ba'zan hayvonlar niqobida) kabi tasvirlar qadimiy odamlarning o'z mehnati (ovi) natijasini tantana qilganliklaridan dalolat beradi. Ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik marosim - udumlari muhim o'rin tutgan. Ovchilik marosishgari ovdan oldin ham ovdan keyin ham o'tkazilgan. Shuningdek, ovchilik marosimlari-ovga tayyorgarlik, yoshlarni ovga o'rgatish va ovdan keyingi tantanalarni ifodalab, tasvirlarda aks etgan. Buni biz Zarautsoy va Saymalitosh rasmlarida nafaqat toteshgarga sig'inish, balki ov marosim-bayramlari ham aks etganligini ko'ramiz.

Ilk bor mahsus uyushtirila boshlangan marosim-bayramlar totemlarga bag'ishlangan. Ya.P. Belousovning fikricha, «Eng qadimiy va ommaviy marosimlar qatoriga zoofalik marosimlarni kiritish mumkin». Bu marosimlarda turli joylarda to-tem hisoblangan turli hayvonlar-ayiq, yovvoyi echki, sigir, bug’u, ot, bo'ri kabilarga topinganlar. O'rta Osiyoda ilon, buqa, qo'y, ot, tuya, sher totemlari keng tarqalgan. Buni biz qazilma yodgorliklardan topilgan amaliy san'at buyumlari misolida kuzatishimiz mumkin.

Mehnat taqsimotining vujudga kelishi munosabati bilan qadimgi odamlarning ishlab chiqaruvchi ho'jalikka (neolitda) o'tish natijasida yangi sohalarga oid marosim va bayramlar vujudga kela boshladi. Bu «Mehnat marosimlari» bo'lib, u ham o'z o'rnida madaniyat va san'at (teatr, raqs, pantamimo san'atining primitiv ko'rinishlari) ning rivojlanishiga zamin yaratdi.

Mif va mifologiya eng avvalo antropomorfizm-tabiatdagi narsalarga ham odamga xos deb qarashni va xudolarni odam qiyofasida tasavvur qilishni ifodalaydi. Mif va mifologiyani qadimgi e'tiqodlardan farqi, olamdagi barcha mavjud munosabat va qadriyatlarni izohlashni o'ziga oladi. Bu o'sha davrlarni bilishning o'ziga xos nazariy asosi va mahsus shaklidir.

Negaki bilim-yorqin rang-baranglik, fodalilik, jo'shqinliqdir. Mifologiya dastlabki bosqichda kishilar uchun bilim o'rganish va mustahkamlashning yagona manbai va usuli emasligi dargumon. Biroq, L.S. Vasilevning ta'killashicha, bitimni mustahkamlash bu- mifni o'rganish yo'li bilan emas, balki uning udumlari, marosimlarining amalda takrorlanib tarqalishida sodir bo'ladi. Mif va marosim arxaik madaniyatning go'yoki ikki tomoni, ya'ni - so'zdagi va harakatdagi, nazariy va amaliy. Mifologik bilim ilmiy hakikatga ma'lum miqdorda dahldordir.

Mifologik bilimning ikkita asosiy ijtimoiy vazifasi bor:

1. Ushbu umumiylikning asosiy vazifalarini, ularning odatiy mavjudligini kishilar ongiga kirgizish va mustahkamlash, xususan, shakllangan qoidalarni tasdiqlash, qonuniylashtirish va hatto jamoani tiklash va barqarorlikni ta'minlash uchun ularni an'anaga aylantirish;

2. Jamoani qo'rquvidan xalos qilish maqsadida va ruhiy halovatni kafolatlashda atrof-muhit bilan butun tashqi olam bilan mustahkam aloqa o'rnatyui va ta'minlash.

Mif olamni mavhum goyalardan buzilgan tarzini o'zida namoyon qilib, noaniq va quruq muhokamalarning shakllanishiga imkon beradi ya'ni, dastlabki davrda insonni uni chulg'ab turgan aniq kundalik ishlardan fikrini chalg’itib, hayoliy poetik olamga olib kiradi. Mif olamni jamoa bo'lib an'anaviy his qilishdir, negaki, shu alfozda u har doim ilk diniy tasavvurlar majmuiniig negizi hisoblangan. Mif - dastlabki dunyoqarashning zaruriy, muqarrar shaklidir. Umum tasavvurlar mifning shakllanishiga sabab bo'lolmaydi va hissiy tajriba-kuzatishlar uchun ham, noaniq-mavhum mulohazalarga ham asos bo'lolmaydi. Guruhlar tushunchasi eng avvalo butun borlikni o'ziga qo'shib hissiy qayg’urishga tayanadi.

O'zbekiston xududida jez davri mil. avv. II ming yillik boshlarini o'z ichiga oladi. Xuddi shu davrda ikki turdagi mus-taqil madaniyat shakllanib aniq ajraladi: o'troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat; ko'chmanchi dashtliklar madaniyati. o'groq dehqonchilik madaniyati dastlab Surxondaryo vohasidagi Sopol-litepa, Jarqo'gon madaniyatlari, Farg'ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi- Zamonbobo, Tozabog'yob, Suyargan va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi.

O'zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo'lgan ustalar, zargarlar va san'atkor — quruvchilar yaratgan madaniyat eng qadimgi madaniyatdir. Mil. avv. XUSh-X ming yillikka oid Sopollitepa va Jarqo'ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma tsivitizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. Sopollitepa labirintnoma (qasr) to'g'ri burchakli ko'cha tarmog'i va istehkom tizimi bo'lgan manzilgohlar majmuidan tashkil topgan Jarko'tonda ham monumental me'morchilik xom g'ishtdan qurilgan. Markazda qal'a joylashgan, uylar xom g'ishtdan baland ko'tarib qurilgan. Har bir guzarda binoning o'rtasidd yumaloq o'choq shaklida devor tokchasida olov mehrobdan iborat sig'inadigan markazi bo'lgan. Ikkala manzilgohda jez eritish, to'qimachilik, kulolchilik, zargarlik, suyak, tosh, yog'ochga ishlov berish gullab-yashnagan. Turli kulolchilik buyumlarini kulolchilik dastgohida pishirib sifatli tayyorlanganligi, shaklinishi chiroyliligi kulolchilik soqasining texnika va texnologiyasi yuqoriligidan dalolat beradi. Topilgan namunalardan ma'lum bo'lishicha O'zbekistonning Janubida yashovchi aholi qadimgi sharq ayniqsa hind vodiysidagi Xarappa tsivilizatsiyasi namunalari bilan keng hamkorlikda bo'lgan. Buni Sopollitepa va Jarko'ton shuningdek, O'zbekistonning boshqa dehqonchilik madaniyatida ham uchratish mumkin.

Bronza davrida shakllangan «ko'chmanchi chorvadorlar» madaniyati mil. avv. III ming yillik oxiri-I m. y. boshlariga oid bo'lgan. Buxoro vohasidagi Zamonbobo manzilgohida o'rganilgan. Zamonbobo aholisi katta yarim yerto'lalarda yashab, bronza va tosh qurollar ishlatishgan. Kulolchilik dastgohisiz qo'lda ishlangan tagi yumaloq yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo'yi oqimidan, Toshkent vohasi, Farg'ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Chorvador qabilalar jez davrida o'troq turmush tarziga o'ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug'ullanadi, keyinchalik ko'chmanchi chorvadorlarga aylanishgan.

Markaziy Osiyo madaniyati jahon madaniyati tarixida muxim o'rin tutadi. Uning o'rta asrlardagi madaniyatiga butun dunyo allaqachon munosib baho bergan. Hatto Baqtriya, Marg'iyona, So'g'd, Parfiya, Farg'ona, Xorazm, Choch xalqlarining qadimgi madaniyati ham jahonni hayratga solmoqda. Markaziy Osiyo madaniyati G'arb va Sharqning buyuk madaniyat elementlarini bir butunlikda uyg'unlashtirib ifodalagan holda o'ziga xos individuallik kasb etadiki, bu xususiyat keyingi taraqqiyot uchun ham negiz bo'lib qoladi.

Madaniyatshunoslik har qanday madaniyatning shakllanishidagi o'ziga xos alfozni joy manzarasi, iqlimi, biosfera omillarining ahamiyati borligiga alohida e'tibor beradi.

Markaziy Osiyo o'troq dehqonchilik va ko'chmanchi xalqlarida ancha – muncha farqlar bo'lishiga qaramasdan ilgaridan yaqin munosabatlar o'rnatilgan. Diniy e'tiqodlar, urf – odatlar, folklor, axloqiy me'yorlardagi umumiylik madaniy umumiylikning shakllanishiga olib kelgan. Shuning uchun, bundan keyin Markaziy Osiyoning yaxlit madaniyatini tashkil qiluvchi turli submadaniyatlar mavjudligi haqida to'xtalish joizdir: qadimgi davlatlar submadaniyati (Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Marg'iyona, Farg'ona), dasht ko'chmanchilari – sak, massaget, da – kochchilar submadaniyati, Pamir va Tangritog' kabilarning submadaniyati.

Markaziy Osiyo madaniyatining o'ziga xosligining ikkinchi jihati mintaqaning o'ta qulay jug'rofik o'rnashganligi bilan bog'liq. Mintaqa Mesopotamiya, Hindiston va Xitoy kabi uchta buyuk Sharq tsivilizatsiyasi bilan bevosita chegaradosh bo'lib, G'arb tsivilizatsiyasiga xos beshinchi – Gretsiya va Rim bilan aloqada rivojlangan. Bunday aloqalarning muqarrarligi tufayli Markaziy Osiyo madaniyati Sharq va G'arb o'rtasida vositachilik missiyasini bajarishiga sabab bo'ldi, ya'ni iqtisodiy sohalarda eng avvalo xalqaro savdoda madaniy soxalarda ham Markaziy Osiyo G'arb va Sharq o'rtasida bog'lovchi ko'prik vazifasini bajardi.

Ko'pgina urushlar Markaziy Osiyo madaniyatining qadimgi taraqqiyot davrlarining behisob dalillarini yo'q qildi. Arxeolog qazilma ma'lumotlar va manbalar miloddan avvalgi 1ming yillik boshlarida vujudga kelgan Markaziy Osiyoning ilk davlatlari Baqtriya, So'g'd, Xorazm madaniyati haqida bir oz ma'lumotlar beradi. Miloddan avvalgi VIII – VII asrlarga oid Afrosiyob (Samarqand), Surxondaryo vohasidagi Qiziltepa, Qashqadaryo vohasidagi Uzunqir, Xorazmdagi Ko'ziliqir kabi qadimgi shaharlarda o'tkazilgan tadqiqotlar murakkab ijtimoiy tuzilma va madaniyatning yuqori rivojlanganligini ko'rsatadi. Bu shaharlar mudofa devorlari va suv ta'minotidan iborat kuchli istehkom tizimiga ega bo'lib, ichida hunarmandlar mavzei joylashgan. Ayrim shaharlarda saroy qoldiqlari qal'alar topilgan. Qadimgi davlatlar xo'jaligining asosiy sohasi hisoblangan dehqonchilik taraqqiyotining darajasi haqida ko'p tarmoqli sug'orish tizimining mavjudligi bunga dalildir. Markaziy Osiyo davlatlari Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Midiya va Ossuriylarning siyosiy tarixida faol ishtirok etib, xunarmandchilik buyumlari va xom ashyo bilan (lojuvard, oltin mis bilan) savdo – sotiq qilganlar. Bu haqida Ossuriya va Qadimgi Yunon yozma manbalarida gapiriladi. Baqtriya shohi Oksartning afsonaviy boyligi haqida Ktesiy Knidskiy (mil.avv.V – IV asrlar) yozib qoldirgan.

Zardushtiylikda birinchi bo'lib esxatologik ta'limot yaratilgan, bunga muvofiq jahon tarixi 12 ming yilni tashkil etadi. Bu muddat tugashi bilan ezgulik va yovuzlik kuchlarining hal qiluvchi yovuzlik jangi boshlanadi. Butun olamni erigan metal oqimi yo'q qiladi, biroq xaloskor Saoshyant halok bo'lgan dunyoni va barcha marxumlarni tiriltiradi, barcha gunohlarni do'zaxdan chiqarib Ohuramazdaning ideal xukmronligida abadiy hayot kechiradi. Shu tariqa zardushtiylikda birinchi bo'lib oxiratdagi jazo, marhumlarning tirilishi so'roq kuni g'oyasi shakllanadi.


Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə