Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Yüklə 262,1 Kb.
səhifə7/7
tarix11.03.2018
ölçüsü262,1 Kb.
#31148
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7

Ahmoniylar imperiyasi madaniyati ham ko'pgina mamalakat xalqlari yaratgan ilmiy bilimlar, diniy e'tiqodlar san'at yutuqlarning sintezi hisoblanadi. Bu madaniyatga Markaziy Osiyo xalqlari ham o'zining xissasini qo'shgan. Zardushtiylik Ahmoniylarning davlat dini sifatida qabul qilinishi bilan birga G'arbga ham keng yoyila boshladi. Ahmoniylar san'atining Suza va Persepoldagi ulkan yodgorligi qurilishiga Markaziy Osiyo mintaqasidan ko'plab xom ashyo keltirilgan. Saroylar qurilishiga Baqtriyadan oltin, Sug'ddan lojuvard va qimmatbaho toshlar, Xorazmdan feruza olib borilgan. 1877 yilda Tojikistonning janubidan topilgan Amudaryo xazinasi madaniy sintezning yorqin misolidir. Xazinada Eron va Baqtriyada tayyorlangan jixozlar topilgan bo'lib, bular bejirim oltin aravacha, qanotli ikkita qirg'iy shakli tushirilgan bilakuzuk hamda dashtliklarga xos “hayvon shakli” bitilgan jixozlardir. Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyat munosabatlari juda kengaydi, shuningdek, madaniy qadriyatlarning boyishi va turli madaniyatlarning o'zaro ta'siri jarayoni esa o'z madaniyatlarini juda tez rivojlanishi va boyishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi.

Kushon saltanatining dastlabki manzil markazini Baqtriya tashkil etdi. Iqtisodiyot asosi dehqonchilik bo'lib, murakkab irrigatsiya va yirik sug'orish inshoatlari barpo etildi. Xunarmandchilik va savdo – sotiqning rivojlanishi shaharlarni gurkirab rivojlanishiga, g'ishtlardan bino etilgan qal'a va saroylarni qurilishiga olib keldi. Bu mamlakatda G'arb mamlakatlari, xususan Rim imperiyasining sharqiy viloyatlari bilan savdo aloqalari birinchi o'ringa chiqdi. Kushon podsholarining tangalari Kiev yaqinida, Efiopiya, Skandinaviya va Rim imperiyasi shaharlaridan topilgan.

Markaziy Osiyo buddaviylikni butun Osiyo – Xitoy, Yaponiya, Koreyaga tarqalish manzilgohini tashkil etdi. Kushonlar davrida yozuvning turli tizimlari amal qildi. Aramey yozuvi asosida kushon – baqtriya alfaviti, so'g'd va xorazm yozuvi rivojlandi: Surq qotalda (Afg'oniston) yunon alfavitidagi kushon yozuvi topilgan. Termizdagi Qoratepa, Fayoztepadan hindlarning Brahma, Kxoratshxa yozuvlaridagi bitiklar topildi. Kampirtepadan esa (Surxondaryo) Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, noyob qo'lyozma (er.avv. II asrning 1 yarmi) papirusdagi bitik topildi.

Asrimizning boshida Buyuk Xitoy devori binolaridan birida topilgan “ko'xna so'g'd yozuvi” alohida qiziqish uyg'otdi. Yozuv eramizni 312 – 313 yillarida bitilgan bo'lib, unda Xitoydagi so'g'd savdogarlarining faoliyati haqida ma'lumotlar berilgan.

Xalchayon (er.avv. I – e.ni 1 asrlari) – Kushon san'atining ilk yodgorliklaridan biri bo'lib undan topilgan asarlarda ko'proq hukmdor Geroy Sanat ulug'langan. Qabulxona devorlarini yuqori qismidan o'rin olgan loydan ishlangan haykallar majmuida hukmdor va a'yonlari tasvirlangan. Haykal obrazlari ifodali bo'lib, unda tasvirlanayotgan obrazlarning individual belgilari ko'zga tashlanib turadi. Unda tantanavor ruhdagi qabul marosimi va jang lavhalari aks ettirilgan. Markazda podsho xonadoni va uning ilohiy xomiylari – Afina, Gerakl, Niki obrazlari gavdalangan.

Kushon san'ati Kushon imperiyasidan keyin ham ana shu zamonlar turli ellardagi, jumladan, Markaziy Osiyo, Xindiston va Xitoylik san'at ustalari va ijodkorlarini ruhlantirib keldi. Kushon san'ati an'analari ifodasi Hindistondagi Gupta davlatiga xos haykallar, So'g'ddagi bo'rtma tasvir va bezaklar (Panjikent, Vuraxiva, Afrosiyob), Sharqiy Turkiston topilmalarida bir – biridan farqlanadi.

Kushon imperiyasi davrida (I – III asrlar) Markaziy Osiyoda sug'orma dehqonchilik, xunarmandchilik, shaharsozlik, savdo – sotiq va iqtisodiy aloqalar ravnaq topdi. Bunga Kushon – Baqtriya yozuvlari, brahma va kharoshhi hind alifbosidagi yozuvlari, kushon tangalari guvohlik beradi. Buddizm dinning rasmiy darajasi budda ibodatxonalarining o'sha zamon san'ati bilan bezatilishida namoyon bo'ladi. Termiz yaqinidagi Ayritomdan topilgan ibodatxona tashqi devori peshtoqlariga sarg'ishroq toshlardan haykallar o'rnatilgan. Bino ichida g'ishtdan ishlangan “Budda” haykalining qoldiqlari topilgan. Haykallarning ishlanish uslubi, kiyimi, musiqa asboblari Hindiston, O'rta Osiyo, Yunoniston madaniyatlarining o'zaro ta'sirida rivojlanganligidan dalolat beradi.

Yunon – Baqtriya davrida Oyxonum (Shim. Afg'oniston), Dalvarzintepa, Yorqo'rg'on, Afrosiyob Talibarzi (O'zbekiston) kabi shaxarlar qurildi. Yunon xarbiy manzilgohlari madaniyatini aks ettiruvchi ellin uslublari xarobalarda ochib o'rganildi. Inshoatlar tosh, xom va pishiq g'ishtdan qurilgan bo'lib, ustunlari korinf usulida ishlangan. Aroy va ibodat majmualari, gimnaziya, teatr binolaridagi ustunlar attik bazaltlar, akant yaproqlari, palmetallar, cheti naqshlangan cheripitsa – antifikslar kabi unsurlardan foydalangan holda qurilgan.

Yunon – Baqtriya podsholigida teatr san'ati va musiqa keng rivojlangan. Baqtriya I saroylarida yunonistonlik aktyorlar, musiqachilar, raqqoslarning guruhlari saqlangan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining “maskars”, “mim” singari turlari keng yoyilgan. Ularning klassik tragediya va komediyalardan farqi belgilangan matn bo'lmagan, yoki matnsiz chiqilgan, lekin u yunon tilini bilmagan mahalliy aholiga tushunarli bo'lgan. Aktyorlar sharoit, tomoshabinlarning ruhiyatiga ko'ra matnlarni o'zgartirib, musohaba, xazil – mutoyiba, xajv, hikoya, qo'shiq usullarida ijro etganlar. Raqs, musiqa, ko'zbo'yamachilik va akrobatik mashqlar teatr ijrochiligining muhim elementlari bo'lgan.

Yunon – Baqtriya madaniyati sinkretizmi (qorishiqligi) turli tillarini yonma – yon faoliyat ko'rsatishi, har xil yozuvlar tizimi va dinlarning o'zaro singishib ketishida ham ko'rinadi. Zardushtiylik hukmron din sifatida saqlansa ham aholining yunon xudolari timsollariga sig'inish alomatlari paydo bo'lgan.

Xorazm Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahmoniylar ihtilosidan ozod bo'lgan davlat sifatida Hindiston, Xitoy, Yaqin Sharq va Yеvropa Sharqi bilan qizg'in savdo aloqalarini olib borganlar va o'zlarining hunarmandchilik buyumlari bilan dong taratganlar.

Kanal, qal'a, ko'pqavatli saroylar qurish nafaqat amaliy malakani, balki murakkab xisob – kitob va o'lchovlarni ham talab qilardi. Moviy yo'l ko'rsatkichlaridan foydalanishni bilmay dasht – sahrolardan o'tib bo'lmasdi. Xorazmliklar eramizning I asridan VIII asrigacha o'zlari foydalangan maxsus taqvim tizimini yaratganlar, mustaqil astronomik kuzatishlar olib borganlar, osmonning yulduzlar xaritasini yaxshi bilganlar. Binobarin, Qo'y – qirilgan qal'adagi abservatoriya eramizdan avvalgi III- II asrlarda qurilgan. Doira shaklidagi dastlabki diametri 42 metrli bu bino keyinchalik 8 ta mustahkam minoraga ega bo'lgan devorlar bilan o'ralib, diametri 80 metrni tashkil etgan. Ikki qavatli markaziy bino devorining qalinligi 7 metr bo'lgan.

Tayanch so’z va iboralar

Arxaik madaniyat, moziy, poleolit, neolit, fergantrop, totem, animizm, fetishizm, mifologiya, marosim, monumental, megalit, mentir, dolmen.

Avesto – “Hayot yoriqnomasi” deb nomlangan kitob, zardushtiylik dininig asosiy manbasi.

Esxatalogiya – inson va insoniyatning oxirgi taqdiri, olamning oxiri va qiyomat kuni haqidagi diniy ta’limot.

Mifologiya – rivoyat, afsona; soz, tushuncha, ta’limot.

Kosmopoletizm – jahon fuqarosi.

Mitra – tarixiy – adabiy “Avesto” yodgorligidagi eng qadimgi ilohiy obraz.

Sinkretizm (yunoncha – birlashtirish, qo’shish) – biron – bir hodisaning qismlarga bo’linmasligini, rivojlanmaganligini ifodalovchi tushuncha.

Til – insonlar orasidagi aloqa vositasi, ijtimoiy hodisa.

Mavzuni takrorlash uchun savollar

1. Arxaik madaniyat deganda nimani tushunasiz?

2. O'zbekiston hududida topilgan arxaik madaniyatning asosiy namunalari.

3. Arxaik davridagi an'analar, udumlar, bayramlarning xilma-xillik sabablari.

4. Arxaik davr madaniyatida tasviriy san’at va badiiy hunarmandchilikning ko'rinishlari.

5. O'zbekiston hududida arxaik davrga oid qanday yodgorliklar topilgan.

6. O'zbekiston hududidagi qanday qadimiy dinlarni va ularning marosimlarini bilasiz.

7. Qadimgi Baqtriya, Xorazm, So’g’d davlatlari madaniyatini tavsiflang.

8. Markaziy Osiyo madaniyatida zardushtiylik va “Avesto”ning o’rni.

Adabiyotlar ro’yhati

1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.T., 1998 y.

2. Karimov I.A.O'zbekiston XXI asrga intshshoqtsa.T., 1999 y.

3. Alekseev V.P., Istoriya pervobggaogo obshestva.M.1990 g.

4. Boynazarov F. Antik dunyo, T. 1983 y.

5. Drevnie tsivilizatsii. M. 1989 g.

6. O'zbekiston xalqlari tarixi. 1-qism.Toshkent. 1992 y.

7. Romanov V. N. Istoricheskoe razvitie kul'turi. (Proble-m1 tipologii) M. 1991

8. Taylor E. Pervobitnaya kul'tura.M., 1992 g.

Mavzu bo'yicha test vazifalari

1. O’zbekiston hududida arxaik davrga oid yodgorliklar qaerlarda topilgan?

a) Bolaliktepa, Xolchayon, Zamonbobo

b) Afrosiyob, Qo’yqirilgan qal’a, Obirahmat

v) Teshiktosh, Zirabuloq, Selung’ir, Uchtut

g) Chordona tepa, Urumchi, Marv

d) Xo’jand, Qashqar, Zartepa

2. Markaziy Osiyo hududida qadimda qanday yozuv mavjud bo’lgan?

a) lotin yozuvi

b) qadimgi yahudiy yozuvi

v) Avesto, Xorazm, So’g’d yozuvlari

g) kirill yozuvi

d) rus grammatikasi

3. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi dini qanday bo’lgan?

a) islom dini

b) nasroniylik dini

v) buddizm dini

g) zardushtiylik dini

d) totemizm dini

4. Yunon – Baqtriya madaniyatining takomillashishiga kim asos solgan?

a) Iskandar Zulqarnayn

b) Eron ahomoniylari

v) Massaget qabilalari

g) Qadimgi saaklar

d) Chingizxon qabilalari

5. Qadimgi Kushon madaniyatining qoldiqlari qaerlardan topilgan?

a) Urumchi, Qashqar, Xo’jand

b) Marv, Mari, Xirot

v) Termiz, Zartepa, Xalchayon

g) Qing’irtepa, Afrosiyob, Xo’jand

d) Chorbona tepa, Teshik tosh

6. Qadimgi So’g’d va Baqtriya madaniyati to’g’risidagi dastlabki ma’lumotlar kimlarning asarlarida o’z ifodasini topgan?

a) Gerodot, Strobon, Fukidid

b) Forobiy, Ibn Sino, Beruniy

v) Arastu, Aflotun, Suqrot

g) Gegel, Feyrbax, Kant

d) Umar Xayyom, Ulug’bek

4-Mavzu: MАRKАZIY ОSIYO XALQLARINING V-VIII ASRLARDAGI MADANIY HAYOTI

Reja:

1. Arab madaniyati.



2. Islom dini madaniyatining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatiga ta’siri.

V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topa boshladi. Etnik va madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kechib, yagona din, umumiy ong elementlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolardan xafsalasi pir bo'lgan arablarning ma'naviy – ruhiy izlanishiga turtki bo'ldi. Muxammad alayhissalomning payg'ambarlik faoliyati yagona ma'naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo'lida qonuniy jarayon bo'ldi. Islomiy e'tiqod 5 asosiy talabga tayanadi. Yagona Ollohni tan olish va Muxammadni uning payg'ambari deb bilish, namoz o'qish, ro'za tutish, beva-bechoralar yo'lida zakot berish, haj ziyorati. Islomning ushbu 5 axkomidan 4 tasi axloqiy udum tabiatiga ega. Xususan, payg'ambar shaxsi u haqidagi ma'lumotlar nufuzi islom diniga betakror o'ziga xoslik, ma'naviy-ruhiy qudrat baxshida etdi va uni jahon tarixidagi muxim voqea, o'zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror topish tomirini belgiladi.

Islomda san'atga nisbatan qat'iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko'ramiz. Bunda har bir odamni Olloh bilan tanho muloqotining mumkinligi aholi manzaralari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo'lib, uning dastlabki namunasi Muxammad payg'ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. Yuqori ma'lumotli musulmonlar orasida Yevropa mamlakatlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy ta'lim maktab-madrasalari keng tarqalishini belgiladi. Musulmon adabiyotida ustuvorlik qilgan she'riyatni rivojlanishida so'fiylik katta rol o'ynaydi. So'fiylar o'zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo'lgan e'tiqodini tinglovchilarga yetkazish, individual ta'sir etish mahoratini namoyish etadilar. Islom tadqiqotchilaridan bo'lgan G.Gryunbaumning ta'kidiga ko'ra, taxliliy, ma'joziy boy ifoda vositalariga ega bo'lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg'unligini o'zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasi xatto undan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari so'fiylikka u yoki bu tarzida aloqador bo'lganlar. Ilohiy haqiqat olamning aldamchi ko'rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham inson san'atida asl tasvir-ifodani inkor etgan. Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlarda muxrlangan belgilarida ifodalashga e'tibor qaratilgan. Mahobatli me'morchilik yodgorliklarini betakror go'zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko'zini, qalbini ham quvontiradigan murakkab geometrik shakllar (girih), o'simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo'lyozma, amaliy bezak san'ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi.

Jumladan, uchburchak-Allohning nazari, to’rtburchak-musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka’ba, beshburchak-dinning 5asosiy arkoni, jimjimador o’simliksimon shakl va gullar-jannat bog’i-Bo’ston timsollaridir. Musulmon sharqida san’atda diniy aqidalar o’ta izchillik bilan qo’llangan. San’atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda deyarli voqelikni tasvirlash ta’qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan.

Musulmon Sharqida ham Islom e'tiqodidagilar va sufizm vakillari o'rtasida murosasiz to'qnashuvlar sodir bo'ldi. Haqiqatni bilishni inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo'li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar (Al-Ashiriy, G'azolliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo'yuvchi mashxur faylasuflar (Forobiy, ibn Sino, Beruniy) ta'limoti vujudga keldi. Yevropa madaniyatida bu munozoralar natijasida idrok va e'tiqodning ajralishi sodir bo'ldi. Uilyam Okkam – e'tiqod va idrok, falsafa va din o'rtasida hech qanday umumiylik yo'q, bo'lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb, asoslaydi. Bu G'arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, “XVII asr ilmiy inqilobi” davrida tabiiy inson idrokini o'stirishning katta g'alabasi uchun turtki bo'ldi. Musulmon Sharqida boshqacharoq yo'nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat ma'naviy yuksalish yo'lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa maqsadga qaratilishi mumkin emas. Shuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlarning barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo'ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur bo'lgan ma'naviy asosni qidirishda davom etdi.

G'arb va Sharq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarli farqlar ham mavjud. O'rta asr Yevropasida cherkovning ahamiyati alohida o'rin tutadi. Cherkov xudo va inson o'rtasidagi vositachi bo'lib, faqat u insonning ruhini ilohiy “mo''jiza” yordamida xalos qilishi mumkin (cho'qintirish, tavba, nikoh udumlari). Cherkov o'zining yozma an'analariga ega bo'lmagan Yevropadagi qabilalar uchun bilimlarni to'plovchi va saqlovchi joy bo'lib, ta'lim tizimining shakllanishida. Jamiyatning ijtimoiy tuzilishida, huquqiy va axloqiy mezonlari shakllanishida muxim rol o'ynaydi. Islomiy an'analarning asosiy o'ziga xosligi shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovutga ajratmasdan, mutloq “sof diniy” mazmunda ekanligidir. Islomda hech qachon xristianlikdagi diniy aqidalarni qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo'lmagan. Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi aloxida diniy institutning (cherkovni) mavjud g'oyalari bilan muvofiq kelmagan. E'tiqod aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat va diniy muassasaning, xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik fikrining shakllanishi xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida bo'lib, ularning obro'yi diniy bilimlarga asoslangan. Din masalalari bo'yicha o'z fikrini bildirish huquqiga har bir musulmon ega bo'lgan, faqat u Qur'on va hadisga zid bo'lmasligi lozim edi.

Islom siyosiy madaniyati “maslaxatli demokratiya” shaklini yaratdi, xalifalik tamoyili Qur'ondagi uchta tamoyilga binoan yaratildi. Ularni birinchisi xukmdorni o'z fuqarolari bilan maslaxatlashishni va umumning fikrini inobatga olib qaror qabul qilishni talab qiladi, boshqasi boshqarishni va munozaralarni adolat bilan hal qilishga chaqiradi, uchunchi qoida esa “Allohning elchisiga” dindorning bo'ysunishini talab qiladi. Xalifa monarx ham, despot ham, emas uning boshqa musulmonlardan farqi, faqat e'tiqodni avaylash va shariat me'yorlarini bajarish uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olgan shaxs.

Har bir e'tiqodli mo'min-musulmon arab tilini bilishi va Qur'onni o'qiy olishi farz bo'lgan. Qur'onni xatga bitilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. VIII asrda As-Sibavxiy arab gramatikasiga oid asar yozadi XIII asrda arab tilining ikkita lug'ati yaratildi, bu As-Sag'aniyning lug'ati va ibn –Manzuriyning “Arablar tili” lug'atlaridir. VIII-XI asrlarda qadimgi Yunon olimlarining deyarli barcha asarlari, shuningdek, xind, shom, fors mualliflari asarlari ham arab tiliga tarjima qilingan. Falsafa, astronomiya, tibbiyotga oid ilmiy atamalar deyarli ishlab chiqildi. Arab tili o'rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri bo'lishi bilan birga, Hindistondan to Ispaniyagacha bo'lgan xalqlarni birlashtiruvchi xalqaro muomila til bo'lib xisoblangan.

Musulmon madaniyatinig o’ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga muhabbatdir. Yangi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo’lgan ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo’ldi. Musulmon Sharqida ma’lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog’onasiga chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko’pincha Sharq hukmdorlari saroyida shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar, munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidagi ma’lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo’lgan. Ma’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi, kiyinishni farqlashi, she’r yozish qobiliyatiga ega bo’lishi, o’z joyida askiya, hikoya ayta bilishi zarur bo’lgan. Turli xil ta’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlanadi.

IX asrda musumon Sharqida rasadxona quriladi; yulduzlarning aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya, optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug’rofiya sohalari bo’yicha ko’plab asarlar yozildi. Ulug’ alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog’i bo’lgan algebraga asos soldi. Buyuk Sharq olimlari Xorazmiy, Farobiy, Ibn sino, Ibn Rushdiy kabi ko’plab alloma asarlaridan Yevropaning yangi avlod olimlari ta’lim oldi.

O’rta asr Sharqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik madaniyat-shahar va ko’chmanchilar madaniyati ajralib turadi. Shahar sharoitida “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Lubna va Kays” singari dostonlar turli poetik shakl va janrdagi (qasida, masnaviy, g’azal, madhiya, ruboiy maqom) adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to’plamlari, (1001 kecha ertaklari, Kalila va Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa san’ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi.

Tayanch s’oz va iboralar

Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, vassal, ilohiyot, aqida, taxayyul, madrasa, rasadxona.

Adabiyotlar ro’yhati

1. I.А.Kаrimоv.Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo’q.T.: O’zbеkistоn,1998.

2. I.А.Kаrimоv. Amir Temur – fahrimiz, g’ururimiz. Xalq so’zi. 1996 y, 25 noyabr.

3. Аmir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvridа mаdаniyat vа sаn’аt.T.,1996.

4. Temur tuzuklari. T. 1990.

5. Madaniyatshunoslik. Ma’ruzalar matni. T., 2000.

6. Temur va Ulug’bek davri tarixi. T., 1995.

7. Ibоdоv Х. Mоvаrоunnаhr qоmusiy оlimlаrining IX-XV аsrlаrdа fаnlаrni rivоjlаntirishdаgi tаriхiy o’rni.T., 1996,38b.

8. Ibоdоv J.Х., Mаtviеvskаya T.P Ulug’bеk shоgirdi – Аli Qushchi. Tоshkent., 1994.

Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar

1. Islomiy e'tiqod qanday talabga tayanadi?

2. Naqshinkor bezaklar orasida qanday islomiy ramz tasvirlari yotadi?

3. Islom siyosiy madaniyati qanday qoidaga binoan yaratildi?

4. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Arab dunyosi va jahon madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi.

Mavzu bo'yicha test vazifalari

1. Imom al-Buxoriyning islom dunyosida eng ishonchli hadislar to’plami sifatida mashxur bo’lgan yirik asari qanday nomlanadi?

a) Tarixiy Buxoro

b) Kitob ul-fovond

v) Al-Jome as-saxix

g) Shamoiliy Muhammadiya

2. Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga katta ta’sir ko’rsatgan va so’fizm g’oyalarini she’riy ifodalagan «Devoni hikmat» asari kimning qalamiga mansub?

a) So’fi Olloyor

b) Xo’janazar Xuvaydo

v) Sulaymon Baqirg’oniy

g) Ahmad Yassaviy

d) Bahovuddin Naqshbandiy

Talabalar uchun “Madaniyatshunoslik”

fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma

I-qism


I va BF dekanati ilmiy-uslubiy majlisida

muhokama etilgan va tasdiqlangan

(25.05.2010 y., 9-sonli bayonnoma).

Taqrizchilar: t.f.d., dots. N.R. Mahkamova,

f.f.n., dots. D.R. Kenjayeva,

Muallif: SH.T.O’rmonova

Muharrir: Gayubova K.

ул

Majmuada atrof-muhit muhofazasi sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy yunalishlari loyihaviy hujjatlardayoq bayon etilgan edi. Korxona foydalanishga topshirilmasdan avvalroq qurilish maydonlari atrofida Respublika Vazirlar Mahkamasining bir qator Qarorlariga binoan yashil o’rmonzorlarni barpo etish ishlari boshlab yuborilgan edi.



Hozirrgi kunda korxonaning atrof-muhitga ta’siri ustidan to’laqonli kuzatuv ishlarini olib boorish uchun tarkibida Ekoanalitik labaratoriyaga ega bo’lgan atrof-muhit muhofazasi bo’limi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyaning davriy sinovi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tarkibidagi Analitik Nazoratga Ixtisoslashgan davlat Ispeksiyasi tomonidan ijobiy baholanib kelmoqda.

Atrof-muhit holatining nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda: ishchi hududlar atmosfera havosi tahlili va atmosferani ifloslovchi manbalar tahlili, oqava suvlarni tozalash ishlarining samaradorligi tahlili, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan tuproqning ifloslanish holati tahlillari. Atrof-muhitga ta’sirini baholash ishlarini o’z vaqtida bajarish uchun mavjud ko’chma avtolaboratoriya “Intereng Messtechnik” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, ular yordamida atmosfera havosi tahlillari (5 ta modda), oqava suvlar tahlillari (15 ta modda) va tuproq tahlillari (4ta modda) bajariladi. Mazkur uskunalar tahlillar bajarishda zarur bo’lgan uskunalar ishlab chiqarishda hozirgi kunda ilg’or kompaniyalar “Draeger”, “Fisher”, “Hach”, “Perkin Elmer”, “Accuro”, “Bacharach Inc.”, “Mettler Toledo” kabilarga tegishlidir.

Korxonaning sanitary-homoya hududida joylashgan Ishchilar shaharchasida atmosfera havosini nazorat qilish uchun “Thermo Invironmental Instruments” (AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan uskunalar majmuasi bilan jihozlangan laboratoriya uzliksiz ishlab turibdi. Mazkur uskunalar atmosfera havosi tarkibidagi SO2, H2S, CO, NO, NOx gazlar miqdorini kecha-yu-kunduz davomida aniqlab boradi.

Atmosferа hаvosigа tаshlаnаdigаn chiqindi gаzlаrini kislotаli komponentlаrdаn tozаlаsh uchun mаjmuаdа kislotаli gаzlаrni to‘g‘ridаn-to‘g‘ri oksidlаsh orqаli oltingugurt olishgа mo‘ljаllаngаn qurilmа uzluksiz ishlаb turibdi.

Sho‘rtаn gаz kimyo mаjmuаsidа bаrchа turdаgi oqаvа suvlаrni oxirigаchа tozаlаsh imkonini beruvchi qurilmаlаr mаvjud. Sаnoаt vа mаishiy oqаvа suvlаri mexаnik, fizik-kimyoviy vа biologik tozаlаshdаn o‘tkаzilgаndаn so‘ng, yuqori suv o‘tlаri ekilgаn biologik hovuzdа oxirigаchа tozаlаsh uchun berilаdi, bu suv o‘tlаri biologik filtrlаr vаzifаsini bаjаrаdi.

Integratsiyalаshgаn Boshqаruv Tizimini tаtbiq etish doirаsidа 2010 yildаn boshlаb Ekologik Boshqаruv Tizimi joriy etildi, buning uchun аvvаlo mаjmuаning bir qаtor xodimlаri xаlqаro mutаxаssislаr ishtirokidаgi treninglаrdа qаtnаshishdi. Ekologik Siyosаt vа ekologik boshqаruv sohаsidаgi mаqsаd vа vаzifаlаr, mаzkur tizimni tаtbiq etish vа fаoliyat yuritishini tа’minlаshgа qаrаtilgаn chorа-tаdbirlаr ishlаb chiqilib, аmаlgа oshirilmoqdа. Bundаn tаshqаri ustuvor ekologik аspektlаr vа ulаrning tа’sirlаri аniqlаb, ulаr ustidаn uzluksiz nаzorаt o‘rnаtildi.



Tаtbiq etilgаn ekologik boshqаruv tizimi аmаldаgi ISO 9001:2008 vа OHSAS 18001:2007 stаndаrtlаri аsosidаgi Sifаt vа Xаvfsizlik tizimlаri bilаn birgаlikdа integratsiyalаshtirilgаndаn so‘ng 2010 yil oxiridа Germаniyaning TUV Thuringen sertifikаtlаshtirish orgаni tomonidаn o‘tkаzilgаn аudit bo‘yichа muvаffаqiyatli sertikatsiyadаn o‘tdi.

Korxonаdа O‘zbekiston Respublikаsining tаbiаtni muhofаzа qilish sohаsidаgi qonunchilik tаlаblаrining hаmdа ISO 14001 xаlqаro stаndаrtidа belgilаngаn tаlаblаrning bаjаrilishini tа’minlаsh uchun bаrchа zаrur shаrt-shаroitlаr mаvjud, Ekologik boshqаruv tizimining sаmаrаdorligi vа foydаliligini yaxshilаsh bo‘yichа ishlаr to‘xtаb qolgаni yo‘q. Hozirgi kundа 2012 yildаn boshlаb xom аshyo gаzi tаrkibidа ortishi kutilаyotgаn kislotаli komponentlаrni to‘liq tozаlаshni аmаlgа oshirishni tа’minlаsh uchun oltingugurt olish qurilmаsini tаkomillаshtirish ishlаri boshlаb yuborilgаn. Qo‘zg‘аlmаs vа ko‘chmа mаnbаlаrdаn tаshlаnаdigаn ifloslovchi moddаlаrdаn аtrof-muhitgа bo‘lаdigаn аntropogen tа’sirni kаmаytirish mаqsаdidа yashil o‘rmonzorlаr bаrpo etilgаn hududlаrni suv resurslаrini iqtisod qilishgа imkon beruvchi tomchilаtib sug‘orish tizimi yordаmidа kengаytirish ishlаri аmаlgа oshirilmoqdа.
Yüklə 262,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə