Talabaning ehtiyoj va motivlari. Kelgusidagi kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajalari



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#149175
OkWKILCY9i3CcKagNmNMiwkHQFoOzOy3n4ujrYsY





Talaba – o’spirinlik, ilk yoshlik davri oʻzining mahsuldorligi, refleksiv
(anglashilganlik, ongli rejalashtira olishlik) xususiyati bilan boshqa yosh
davrdagi odamlardan oʻziga xos ravishda ajralib turadi. Talabalik yillari ijodiy
izlanishlar, aql – zakovat zahiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar
qilish imkoniyatlariga ega boʻlgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi.

Talabalar mutaxassislikka xos boʻlgan oʻquv predmetlari, fan asoslarini
egallash faoliyatida ijodiy mahsulot berish uchun tinimsiz harakat qiladilar.
Ularning bilishga, bilim olishga undovchi mayllari turgʻun, mustahkam va
barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy ijodiyot va ilmiy – tadqiqot bobida
dastlabki ezgu – niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar.



Mehnat faoliyatida motivlar odam ehtiyojlari sababli paydo bo’ladi. O’quvchilarning o’quv
faoliyatiga qiziqishlari u yoki bu fanning o’zlashtirishga intilishi, bilimlarini kengaytirish ham 
maʼlum motivlar asosida bo’ladi. 

Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Yaʼni, maqsadli hayotda
shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo boʼladi va aynan ularning tabiati va zaruratiga bogʼliq
tarzda xulq motivlari namoyon boʼladi. 

Misol uchun talabaning oʼquv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim, ilm olish, 
qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj taraqqiyotning maʼlum bir davrida, masalan, 
bogʼcha yoshidan boshlab qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va
boshqa oʼquv qurollari, maʼlum taʼlim maskanida tashkil etilgan shart - sharoitlar va u yerdagi
bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning oʼzi, bola uchun motiv oʼrnini bosadi. 

Shu bilan birga, o’qish faoliyati jarayonida o’qish, o’rganish motivi o’zgaradi va tarkib topadi. 



Har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki guruhga boʼlish mumkin:
1.
Biologik ehtiyojlar - bu - fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu), jinsiy, moslashuv
ehtiyojlari.
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar - bu - mehnat qilish, bilish, estetik va ahloqiy-maʼnaviy ehtiyojlar. 



D. Makklelland, D. Аtkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar fikricha, odamda turli
ishlarni bajarishini taʼminlovchi asosan ikki turdagi motiv bor:

muvaffaqiyatga erishish motivi

muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi.



Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va oʼz - oʼziga
munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi.

Motivlar taʼlim-tarbiya jarayonida uzoqni ko’zlagan, maʼlum ijobiy maqsadlarga
qaratilgan bo’lsa - bu oliyjanob ideallarning paydo bo’lishiga, o’qituvchini bola 
qalbiga chuqurrok kirishiga, izlanishiga, yangi bilimlar sistemasini bolalarimizga
singdirishiga, ularda o’qishga, mexnatga nisbatan ijobiy, ongli munosabatlarni
tarbiyalashga olib keladi va aksincha….



1. O’qituvchi o’zining sog’lom dunyoqarashi, aniq insoniy yunalishi, g’oyaviy-siyosiy
eʼtiqodining yuksak darajada ekanligi, o’z vazifasini vijdonan bajarishi;

2. Bolalarga, pedagogik mehnatga mehr qo’yishi, bolalar jamoasi bilan ishlash va birga
bo’lishga moyilligi;

3. Tarbiyaviy ishlarning sifatiga ahamiyat berish va ularni hayotga eʼtiqodli kilib tarbiyalash;

4. O’quvchilar, ota-onalar va turli millatlar orasidagi ijobiy va samimiy munosabatlarni
o’rnatilishi;

5. Taʼlim jarayonini takomillashtirish, unda o’quvchilarni bilish va fikr yuritish jarayonini
faollashtirish. Mustaqil, faol va ijodiy tafakkurni shakllantirish;



6. Taʼlim jarayonida o’quvchilarni maxsus va umumiy qobiliyatlarini shakllantirish;

7. Yoshlarni mehnatga nisbatan ongli munosabatda bo’lishini shakllantirish malakasiga ega
bo’lish;

8. Taʼlimning mazmunini takomillashtirish va intensivlantirishda uni yangi, samarali
metodlarini qidirib topish va undan foydalanish;

9. Taʼlim-tarbiyaning effektiv yo’llarini topa bilish. O’quvchilarning psixologik qobiliyatlarini
tushunish va unga qarab individual munosabatda bo’lish;

10. O’quvchilarni hozirgi zamon talabiga binoan tarbiyalash, o’z millatining urf-odatlari , 
axloqlari ruhida shakllantirish kabi qator vazifalarni hal qila oladigan bo’lmog’i lozimdir.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə